www.pedagoglar.uz
26-son 1 –to’plam may 2022
Sahifa: 283
bo‘ladi. Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning ilk yillaridanoq,
jismonan sog‘lom, ma‘nan yetuk shaxs yaratishga e‘tibor berila boshlandi. Bu
boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik
dasturlar, rejalar ishlab chiqildi.Mazkur ―Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti‖ fanining
o‘qitilishi ham aynan ushbu qarorga asosan pedagogikaga ixtisoslashgan
mutaxassislar uchun ishlab chiqilgan. Bunda uslubiyot tarbiya nazariyasining
umumiy qoidalariga asoslanishi, lekin ularni takrorlamasligi, bu qoidalarni ro‘yobga
chiqarish usullarining vositalari, yo‘llari va shakllaridan iborat bo‘lishi lozim.
Tarbiyaviy ish uslubiyotini o‘rganish talabalarni tarbiyalashning umumiy
masalalarini mustaqil, ijodiy va dadil hal qilishga tayyorlashi lozim. Tarbiyaviy
ishlarni davr talabiga javob beradigan holatga keltirishi uchun tarbiyaning asosi
bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e‘tibor shaxs shaxsiga
qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish
zarurligini taqazo etadi. Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fanining bosh maqsadi – yosh
avlodni ma‘naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma‘naviy – tarixiy
an‘analarga , urf – odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali,
tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir.
Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fanining asosiy vazifasi esa – shaxsning aqliy erkin
fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun
imkoniyat yaratishdir. Buning uchun: yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot
mazmunini tushunib olishga ko‘maklashish, o‘z – o‘zini idora va nazorat qila bilishni
shakllantirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondoshuv, ularda reja va amal
birligi hissini uyg‘otish; Talabalarda madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga
bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o‘stirib–boyitib
borish va estetik tushunchalarni shakllantirish; Har bir o‘smirning bilimdonligini va
ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish, inson faoliyatini turli sohalarda
joriy qilib ko‘rish; Insonparvarlik odobi me‘yorlarini shakllantirish (bir–birini
tushinadigan, mehribon, shafqatli, irqiy kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslik) muomala
odobi kabi tarbiya vositalari keng qo‘llanishi lozim. Tarbiya – tarbiyalanuvchi
shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir shaxs, o‘smir va yosh yigit –
Do'stlaringiz bilan baham: |