www.pedagoglar.uz
26-son 1 –to’plam may 2022
Sahifa: 284
qizning betakror va o‘ziga xosligini e‘tiborga olish; Amalda tarbiyaviy jarayon yaxlit
va uzluksiz ishiga va turli yoshdagi tarbiyalanuvchilarni qamrab olishiga alohida
ahamiyat berish lozim. O‘smir yigit va qizlar nafaqat bo‘lg‘usi katta hayotga
tayyorgarlik ko‘radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar. Tarbiyaviy
ishlar uslubiyoti ―Pedagogikaning bir qismi bo‘lib, fan sifatida ajralib chiqdi. Va
o‘zining nazariy, uslubiy, Amaliy asoslarini yaratdi. Natijada tarbiyaviy ishlarning
tarmoqlari vujudga keldi. Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fani bir necha qismga bo‘lib
o‘rganiladi. Bular quydagilardir: ―Odobnoma fanini o‘qitish‖ metodikasi, ―Jamoani
tashkil qilish metodikasi, ―Guruh rahbarining tarbiyaviy ishlarni tashkil etish
metodikasi hamda
―Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla hamkorligini amalga oshirish metodikasi va
hakozolar. Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti ―Pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, fan
sifatida qaraladi va o‘zining nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi. Natijada
tarbiyaviy ishlarning tarmoqlari vujudga keldi. Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fani bir
necha qismga bo‘lib o‘rganiladi. Demak bu fanni o‘qitishdan maqsad kelajakda
talabalarimizga ta‘lim muassasalarida ta‘lim –tarbiyaga davr talablaridan kelib
chiqqan holda yangicha yondoshishni, ishni sifat, mazmun jihatdan to‘g‘ri tashkil
etishni o‘rgatishdan iboratdir.Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fanining mazmuni,
mohiyati va shaxs tarbiyasidagi roli. Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti fanining bosh
maqsadi – yosh avlodni ma‘naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy,
ma‘naviy – tarixiy an‘analarga , urf – odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga
asoslangan samarali, tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga
joriy etishdir. Pedagogik texnika – bu shunday bir malakalar yig‘indisidirki, u
pedagogga tarbiyalanuvchilar ko‘rib va eshitib turgan narsalar orqali ularga o‘z
fikrlari va qalbini yetkazish imkonini beradi. Talabalar bilan bevosita muomala
qilishda pedagogning xuddi ana shu malakalari (yoki ularning yo‘qligi) uning xulq
atvorida namoyon bo‘ladi. Pedagogik mahorat bu fahm – farosat va bilimlarning,
chinakam ilmiy, tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo‘lgan nufuzli
rahbarlikning, talabalar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi
nozik va zaif bo‘lgan talaba shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondoshishi, donolik va
Do'stlaringiz bilan baham: |