Zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan



Download 224,61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.04.2020
Hajmi224,61 Kb.
#44484
Bog'liq
AX TIZ AMALIY ISH 3


AMALIY ISH № 3.  

ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYA VOSITALARI BILAN 

TANISHISH 

 

 



Ishning maqsadi. Talabalarda tizimning faoliyat ko‘rsatish qonuniyatlari bo‘yicha amaliy 

bilim va ko‘nikmalar hosil qilish. 

 

 

Masalaning qo‘yilishi. Tizimlarning faoliyat ko‘rsatish qonuniyatlari bilan bog‘liq asosiy 



tushunchalar haqida amaliy bilim olish. 

 

Qisqacha nazariy ma’lumotlar 

 

Murakkab  tizimlarning  qurilishi,  faoliyat  yuritishi  va  rivojlanishiga  oid  umumiy 



qonuniyatlar mavjud bo‘lib, ularni beshta guruhga ajratish qabul qilingan: 

 

1-guruhdagi  qonuniyatlar (qism  va butun  orasidagi  o‘zaro ta’sir qonuniyatlari):  yaxlitlik 



(yoki emerjentlik) qonuni; additivlik qonuni, sinergizm qonuni. 

 

2-guruhdagi 



qonuniyatlar 

(iyerarxik 

tarzda 

tartiblanganlik 



qonuniyatlari): 

kommunikativlik qonuni; iyerarxiklik qonuni. 

 

3-guruhdagi  qonuniyatlar  (tizimni  amalga  oshiruvchanlik  qonuniyatlari):  ekvifinallik 



qonuni; “muqarrar xilma-xillik” qonuni. 

 

4-guruhdagi  qonuniyatlar  (tizimni  rivojlantirish  qonuniyatlari):  tarixiylik  qonuni;  o‘z-



o‘zini tashkillashtirish qonuni. 

 

5-guruhdagi  qonuniyatlar  (barcha  tizimlar  uchun  umumiy  bo‘lgan  qonuniyatlar):  ko‘p 



tizimlilik qonuni; “80/20” qonuni. 

 

1-guruh qonunlari 



 

G1.1.  Yaxlitlik  qonuni.  Tizim  boshqa-boshqa  vazifalarni  bajarishga  mo‘ljallangan  bir 

nechta elementlardan tashkil topgan bo‘lib, bunda tizimning o‘z vazifasi bor va o‘z navbatida har 

bir elementning ham o‘z vazifalari bor. Ammo ular birlashib, yaxlit holda bir maqsad sari faoliyat 

ko‘rsatadi.  

 

1.1.1) tizimning xossasi uni tashkil etuvchi qismlarning xossalar yig‘indisiga aynan teng 



emas, ya’ni 

s

Q

Q



, bu yerda 

1

n



i

i

Q

q



 



 

1.1.2) tizimning xossasi uni hosil qiluvchi qismlar xossasi bilan funksional bog‘liq (tizim 

o‘zining qismlariga bog‘liq holda mavjud  bo‘ladi, rivojlanadi hamda faoliyat ko‘rsatadi, bunda 

bitta  qismning  o‘zgarishi  qolgan  barcha  qismlarning  o‘zgarishiga,  qolaversa,  butun  tizimning 

o‘zgarishiga ham sabab bo‘ladi): 

( )


s

i

Q

f q

 



 

1.1.3) tizim tarkibiga kirgan elementlar o‘zining tizimdan tashqaridagi, avvaldan mavjud 

bo‘lgan xossalarini yo‘qotib, yangi xossalarga ega bo‘ladilar: 

(

\



)

s

Q

Q

Q

Q





Bu yerda: 



s

Q

 – tizim xossasi; 



Q

 – tizimdagi avvaldan mavjud bo‘lgan elementlarning xossalar 



to‘plami; 

Q

 –  tizimga kirgan elementlarning bu tizimdan tashqaridagi  xossalar to‘plami; 



Q

– 



yangi elementlarning tizimga kirgandan keyin qabul qilgan xossalar to‘plami. 

 

G1.2. Additivlik qonuni. Bu qonun tizimning o‘zini tutishiga nisbatan teskari holat, ya’ni 

birorta qismda yuz bergan o‘zgarish shu qismning o‘zigagina bog‘liq bo‘lib, u butun tizimga ta’sir 

etmaydi. Tizimning bu xossasi o‘z navbatida fizik additivlik, alohidalik, jamlanuvchanlik, erklilik 

kabu tushunchalar bilan ifodalanadi. Tizimning additivlik qonuni quyidagi tenglikni e’tirof etadi: 

1

n

s

i

i

Q

q



 


 

G1.3.  Sinergizm  qonuni.  Bu  qonun  tizimning  ba’zi  elementlari  bir  tomonlama,  bir 

yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatgan jarayonda o‘zini namoyon etadi va bu multiplikativ xususiyatni 

kasb  etadi.  Sinergizmning  additivlikdan  farqi  shundaki,  tizimning  samaradorligini  aniqlashda 

alohida qismlarning samaradorligi jamlanmaydi, balki ko‘paytiriladi.  

 

2-guruh qonunlari 

 

G2.1.  Kommunikativlik  qonuni.  Bu  qonun  tizimning  o‘zidan  yo  yuqori  turgan,  yo  quyi 

turgan tizim bilan yoki bevosita tashqi muhit bilan aloqa qilishi bilan bog‘liq kommunikatsiyalar 

to‘plamini ifodalaydi. 

 

G2.2.  Iyerarxiklik  qonuni.  Iyerarxiklik  –  tizim  qurilishining  fundamental  qonuni  bo‘lib, 

bunda tizimning yaxlitlik xossasi iyerarxiyaning har bir pog‘onasida mavjud bo‘ladi. 

 

3-guruh qonunlari 

 

G3.1.  Ekvifinallik  qonuni.  Tizimning  vaqtga  yoki  boshlang‘ich  shartlarga  bog‘liq 

bo‘lmagan  holda  muayyan  bir  holatga  erishganlik  usuli  bo‘lib,  bu  usulda  tizimning  xususiyati 

uning parametrlaridan istisno holatda aniqlanadi. 

 

G3.2.  “Muqarrar  xilma-xillik”  qonuni.  Bu  qonunni  fanga  birinchi  marta  U.R.Eshbi 

kiritgan  bo‘lib,  u  ba’zan  “taribsizlik”  qonuni  deb  ham  yuritiladi.  “Muqarrar  xilma-xillik” 

tushunchasi kibernetika va tizimlar nazariyasining fundamental tushunchalarudan biri sanaladi. 

 

4-guruh qonunlari 

 

G4.1. Tarixiylik qonuni – tizimning ma’lum vaqt davomida rivojlanishi va o‘sishini o‘zida 

akslantiradi.  Istalgan  tizim  uchun  qayta  ishlash,  tatbiq  etish,  ekspluatatsiya  qilish  va 

ekspluatatsiyadan chiqarish bosqichlarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. 

 

G4.2. O‘z-o‘zini tashkillashtirish qonuni. Tizim tashqi yoki ichki muhit ta’siriga tez mosla-

shuvchi va o‘z strukturasini oson o‘zgartirish qobiliyatiga ega bo‘lgan faol elementlar hisobiga 

o‘z-o‘zini  qayta  tashkillashtirishi  mumkin.  O‘zini  o‘zi  qayta  tashkillashtirgan  tizimlarda 

elementlar bilan parallel ravishda yangi xususiyat shakllanadi. 

 

5-guruh qonunlari 

 

G5.1. Ko‘p tizimlilik (полисистемность) qonuni. Shunday elementlar mavjudki, ular bir 

vaqtda  bir  nechta  tizimlar  uchun  umumiy  bo‘ladi.  Tizimlar  esa  bu  elementlarning  “o‘ziniki” 

ekanligidan foydalanib, yuqori samaradorlik sari intiladi. 

 

Savol va topshiriqlar: 

1.  Tizim uchun qism va butun orasidagi o‘zaro ta’sir qonunlari haqida ma’lumot bering. 

2.  Tizimning qanday xususiyatlari 2-guruhdagi qonuniyatlar orqali ifodalanadi? 

3.  Ekvifinallik va “muqarrar xilma-xillik” qonunlari mohiyatan nimani ifodalaydi? 

4.  Tizim uchun tarixiylik qonuni nimani anglatadi? 

5.  Tizimning iyerarxiklik xususiyati haqida ma’lumot bering. 

 

Adabiyotlar: 

1.  Красов А.В. Теория информационных процессов и систем. – М.: 2002. 

2. 

http://www.elitarium.ru/



 – Закон эквифинальности. 

3. 


http://e-educ.ru/

 – Общесистемные закономерности. 



4. 

http://student-learn.ru/



 – Закономерности систем. 

 

Download 224,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish