Фойдаланилганадабиётлар:
431
1. Эволюция ценностей высшого педагогического образование:
историко-теоритический аспект,- дисcертация- Булынин А.М.
Москва, 1998.
2. Маҳмудхўжа Беҳбудий.- Танланган асарлар.- Т: Маънавият 1999.
3. Ҳошимов Ў. И.Ёқубов. Инглиз тили ўқитиш методикаси.-
Тошкент:2003.
PEDAGOGLARNING JAMIYAT HAYOTIDAGI TUTGAN ÒRNI
Mamatova Sh. S. - Buloqboshi tumani 8-umumiy o’rta ta’lim maktabi
o’qituvchisi;
Turģunova M. Z.- ADU talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada pedagog tushunchasini kelib
chiqishi, pedagoglar ning jamiyat hayotidagi tutgan òrni, mavqei, pedagog
xodimlarning huquqiy maqomi ochib berilgan.
Kalit sozlar:
pedagog, jamiyat, davlat, tarix, ta’lim, tarbiya, jadallik.
Bugungi kunga kelib, respublikamizda oqituvchi –pedagoglarga katta
e’tibor qaratilmoqda. Chunki oqituvchi – pedagoglar jamiyat va uning
barcha sohalariga talim tarbiya berish orqali katta xissa qoshadilar.
Olis tarixga nazar tashlasak, o’qituvchi – pedagoglar jamiyatda va
uning hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Pedagog atamasi ham tarixiy
tushuncha bo’lib, qadimgi Yunonistonda òz xòjayining bolalarini sayr
qildirgan,ehtiyot qilgan, harbiy mahoratni òrgatgan tarbiyachini,ya'ni
qullarni "pedagog"(bola yetaklovchi ) deb atashgan. Yillar òtib esa maxsus
òqitilgan va pedagoglikni òziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb
atay boshlashgan. Mana bugungi kunda pedagoglarning òrni katta va
ularga katta imkoniyatlar yaratilib berilgan,huquqiy jixatdan ham ularning
huquqiy maqomlari yuksak, nafaqat xuquqiy maqomlar balkim, xalq
orasidagi maqomlari ham yuksak.
Respublikamizda Pedagog xodimlarning maqomi huquqiy asoslarda
mustaxkamlab qoyilgan. Pedagog xodimlarning maqomi jamiyat va davlat
tomonidan tan olinadi. Pedagog xodimlar ijtimoiy qollab-quvvatlanadi, oz
kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro‘sini
oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek oz
huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi.
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-
432
qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida boladi
35
. Bundan
ko’rinib turibdiki, pedagog xodimlarni ularning lavozim majburiyatlari
bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday boshqa ishga jalb qilish taqiqlanadi.
Pedagoglarimiz bundan unumli foydalanishyapti. Jamiyat rivoji
uchun sezilarli hissalarini qòshishayapti. Pedagoglarimiz bugungi kunda
òz kasbiga masuliyat bilan yondashishyapti, òz kasbi doirasida pedagogik
mahoratlarini ishga solib, jamiyatga va uning rivojiga xissa qoshmoqdalar.
Pedagoglarni takror-takror onaga qiyoslasak maqsadga muvofiq boladi.
Pedagoglar òz shogirdlariga ,òquvchilariga òzining bolasidek mehr va
e'tiborni, tarbiyani qolaversa ta'limni ham berib kelishmoqda. Shu
jumladan L.Tolstoyni fikrlariga e'tibor qaratsak, maqsadga muvofiq bòladi.
Buyuk rus adibi L.N.Tolstoy pedagog fazilatining mukammalligini
oz mutaxassisligiga nisbatan ijobiy munosabatda bolishi bilan bir vaqtda
bolalarga bolgan munosabatida, ularni xuddi oz farzandlaridek jon-dilidan
sevishida ekanligida ko’rgan. Uning ta’kidlashicha, agar oqituvchi faqat
ishiga havas qoygan bolsa, u yaxshi pedagog boladi. Agar pedagog bolaga
faqat otasi va onasi kabi havas qoygan bolsa, u oldingi pedagogdan
yaxshiroq boladi. Bordiyu, ikkala xislatni ham ozida mujassamlashtirsa,
u holda u mukammal va mahoratli pedagog boladi-deya takidlagan edi.
Shuningdek jamiyat rivoji pedagoglar bilandir.Ular bugungi kunda
yosh kelajak avlodni vatanga muhabbat, unga jon fido qilish, òzidan keyin
yetuk kadrlarni tayyorlash, yurtimizni ravnaq toptirish, xullas, barmoq
bilan sanab bòlmas buyuk ishlarni bajarishmoqda. Jamiyat kishilarini
ma’naviy-madaniy jixatdan tarbiyalash ishlari ham pedagoglar bilan
amalga oshmoqda.
Bugungi kunda òzim ham bòlajak pedagogman. Men bugungi
kundagi imkoniyatlarni kòrib shu davr, shu yurt farzandi ekanligimdan
faxrlanaman. Kelajak bizning qòlimzda. Bizga ta'lim-tarbiya berayotgan
pedagoglarimiz ya’ni ustozlarimiz mana hozirgi kungacha bizni har
tomonlama qòllab,yetuk kadr bòlishimiz uchun òzlarini fido qilishyapti.
Biz ham yaqin kelajakda ulardek bòlishga harakat qilayapmiz. Shu orinda
aytish joizki, qaror va farmoyishlarda pedagoglarning orni va vazifalari
aniq belgilab berildi. Faxr bilan aytishim mumkinki, biz – yosh pedagoglar
uchun keng imkoniyatlar hamda izlanishlar olami ochildi. Zero,
Prezidentimiz oz nutqlarida “men muallimlarning jamiyatimizdagi
35
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son. 45-moddaning beshinchi qismi. Birinchi bandi.
433
obro`sini oshirish haqida ko`p o`ylayman. Chunki o`zim ko`p yillar
oliygohda domla bo`lib ishlaganim uchun bu sohaning qanchalik qiyin va
mashaqqatli ekanini yaxshi bilaman.
Biz endi jamiyatimizda o`qituvchilarni «siz»lab, ularning sha'ni va
hurmatini boshimizga ko`taradigan, ularni tom ma'noda kelajak
bunyodkorlari, deb ulug’laydigan muhitni yaratishimiz zarur. Jamiyatda
o’qituvchi kasbi eng nufuzli va obroli kasb bolishi lozim. Davlatimiz,
millatimiz taqdiri muhtaram muallimlarimizga bog’liq ekanligi hech kim
hech qachon inkor qilolmaydi. Muallimlarimiz bolalarga sifatli talim
berish va o`z ustida ishlashdan boshqa narsa haqida o`ylamasligi uchun
davlat barcha sharoitlarni yaratib berishi zarur. Bugundan boshlab eng
hurmatli, e’zozli inson – muallim. Biz sizlarni el-yurtning tayanchi va
suyanchi deb bilamiz. Sizlar bilan doimo faxrlanamiz”- deb alohida
ta’kidladilar. Pedagoglar uchun bu sozlar qadrli va qimmatlidir.
Talim - tarbiyada tanaffus bo’lmaydi deganlaridek, o’z kasbiga
fidoyi o’qituvchilarimiz sharaf bilan saboq berishlari hamda biz yoshlar
yanada ko’p muvaffaqiyatlarga erishishimiz yo’lida birgalikda harakat olib
borishimiz lozim. Shuningdek, buyuk yunon olimi Aristotelning “Vatan
taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi” ya’ni millat taraqqiysi hayoliy orzu-
havasda emas, farzandlar kamolotidadir-degan jumlani ham aytib o’tdilar.
Zotan, o’qituvchining yuksak madaniyati, teran bilim doirasi ta’lim-tarbiya
ishlarining muvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi. O’qituvchi
tomonidan qo’yiladigan maqsad aniq bo’lsa va bu maqsadga
erishish uchun astoydil harakat qilsa, kutilgan natijalarga erishiladi. Eng
katta boylik bu aql, zakovat va ilm; eng katta meros bu yaxshi tarbiya; eng
katta qashshoqlik bu – ilmsizlikdir- deb bejizga aytilmagan.
Yurtboshimizning aniq va keng yoritilgan qaror va qonunlar biz yosh
kadrlar uchun juda ahamiyatlidir.
Hulosa sifatida shuni aytish joizki, jadallik bilan rivojlanayotgan
dunyodan òrnak olgan holda biz bòlajak pedagoglar ham jadallik bilan tez
suratda rivojlanishimiz kerak. Shu kunga kelib pedagogning jamiyatdagi
òrni juda yuqori, shunday ekan biz bòlajak pedagoglar, bu mavqeni saqlab
qolishimi, nafaqat saqlab qolishimiz balki sayqallashimiz va pedagog
sifatida òz tog’imizni zabt etishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |