Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

Фойдаланилган адабиётлар. 
1.Н.Назарова “Клиник лабаратория текшириш усуллари” фанидан 
услубий қўлланма. Тошкент. Абу Али ибн Сино номидаги тиббиёт 
нашриёти. 1999 й 


414 
2.А.Қосимов. Қ.Қўчқаров. Биохимя Тошкент. “Ўқитувчи” 1988 й 
3.Д.Д.Шарипова ва бошқ. Келажак авлодни соғлиқни сақлаш сизнинг 
қўлингизда. Қўлланма. Тошкент,2011 
4.Д.ДШарипова ва бошқ. Ёш авлодни маънавий-ахлоқий ва маданий 
ривожлантириш мақсадида узлуксиз таълим тизимида соғлиқни 
сақлаш- технологияларидан фойдаланиш.Тошкент, 2014 
BOSHLANG’ICH SINFLARDA INTEGRATSIYALASHGAN 
TA'LIM TIZIMIDAN FOYDALANISH 
Abdumutalipova M.A.- ADU, BTSTI yo’nalishi talabasi
Annotattsiya:
maqolada boshlang'ich sinflarda integrativlikning 
mohiyati, integratsiya - o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalashga yangicha 
yondashuv ekanligi, bugungi kunda eng dolzarb muammo yosh avlodni 
har tomonlama barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ijtimoiylashtirish, 
ularning dunyoqarashlarini kengaytirish va bu muammo yechimining ildizi 
bevosita maktabgacha va boshlang'ich ta'lim tizimiga borib taqalishi 
haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar:
integratsiya, DTS, modullashgan integratsiya, 
mavzulararo integratsiya, innovatsiya, qiziqish, bola psixologiyasi 
Аннотация:
в статье освещается сущность интегративности в 
начальных классах, интеграция как новый подход к обучению и 
воспитанию учащихся. Наиболее актуальным вопросом на 
сегодняшний день является воспитание подрастающего поколения 
как всесторонне развитой личности, его социализация, расширение 
его мировоззрения. Корень решения этой проблемы лежит 
непосредственно в системе дошкольного и начального образования.
Ключевые слова:
интеграция, ДТС, модульная интеграция, 
междисциплинарная интеграция, инновации, интерес, детская 
психология 
Ta'lim tizimini tartibga solish, rivojlantirish va yo'l-yo'riqlar 
ko'rsatish uchun davlat ta'lim standartlari qabul qilindi va shundan so'ng, 
ta ’lim mazmuni qisman yangilandi. Davlat ta’lim standarti talablari 
asosida yangi o'quv dasturlar va darsliklar ishlab chiqildi. Lekin, 
kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, o'quv rejasida o'quv predmetlarning soni 
ortib ketgan. Shu o'rinda ko'p fanlarning alohida-alohida o'qitilishi yaxshi 
samara beryaptimi, ular o'quvchilarning bilim darajasini yetarlicha 
oshiryaptimi degan savol tug'iladi. Menimcha, yo'q.


415 
Hukumat tomonidan qabul qilingan boshlang‘ich ta’lim Davlat ta’lim 
standartida 4 ta ta’lim sohasi, ya'ni “Ona tili“, “Matematika“, “Tabiat“, 
“Inson va jamiyat“ ta’lim sohalari berilgan holda bugungi kunda o'quv 
rejasida o'rtacha 10 ta o'quv predmeti mavjud. Bu sohada jahon tajribasiga 
nazar tashlaydigan bo‘lsak, Singapur ta’lim tizimida boshlang‘ich sinflar 
uchun bor-yo‘g'ii 4 ta o‘quv predmeti mavjud ekan. Ular: “Ona tili“, 
“Matematika“, “Estetika“ hamda “Jismoniy tarbiya“. Bizga ma'lumki, 
bolalar maktab darsliklarida o'zlari uchun kerakli barcha bilimlarni 
oladilar, ko'pincha ularning barchasini o'zlashtira olmaydilar, hayotga 
tatbiq qilmaydilar. Buning sababi bu materiallar o'ta qiyin yoki oson. 
Murakkab bo'lsa, uni eslab qolish muammo tug'diradi. Agar sodda bo'lsa, 
bir xil oddiylikdan bola zerikadi. Shuning uchun har bir fan, har bir 
ma’lumot bir-biriga bog'liq, har safar innovatsiya asosida o'tkizilishi 
lozim.
Bugungi kunga kelib jahondagi mamlakatlarning 70 foizi ta’lim 
tizimida integrativ xarakterdagi o'quv dasturlari va darsliklardan 
foydalanib kelmoqda. Har bir mamlakat ayni shu davlatning ta’lim 
tizimiga qo'yilgan buyurtmaning tabiatidan kelib chiqqan holda 
integratsiyaning turli darajalarini ishlab chiqqan va joriy qilib kelmoqda. 
Masalan, Buyuk Britaniya ta’lim tizimida asosan integrativ fanlar joriy 
qilingan bo'lsa, Koreya va Shveytsariyada integratsiyalashgan fanlar yoki 
alohida o'quv predmetlari, Avstraliyada integratsiyalashtirilgan fanlar, 
Yaponiya, Shimoliv Irlandiya, Uels, Gong-Kong va Germaniyada ham 
alohida fanlar, Vengriyada madaniyat yo'nalishidagi o'quv predmetlari, 
inson va tabiat, integrativ fanlar, Niderlandiyada alohida o'quv 
predmetlari, Irlandiyada fan va texnika kabi bloklarda barcha o'quv fanlari 
mujassamlashtirilgan holda o'qitiladi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyev tashabbuslari bilan bizda ham bu sohada dastlabki qadamlar 
qo'yilmoqda.
Jumladan, boshlang‘ich ta’lim Davlat ta’lim standartlarida “Ona tili” 
va “O'qish” fanlari o'zaro bog'lanib, birlashtirildi va “Ona tili va o'qish 
savodxonligi” deb nomlangan yangi darslik ishlab chiqildi. Ushbu darslik 
oldingi darsliklardan tubdan farq qiladi. Avvalgi adabiyotlarda nazariy 
ma’lumotlar berilib, misollar, namunalar bilan mustahkamlangan bo'lsa, 
ushbu darslikda oldin namunalar, misollar keltirilib, mohiyatan bolaga 
tushuntirilib, so'ng nazariya bilan isbotlanmoqda. Chunki, bola o'zi 
hayotda qo'llab ko'rgan, anglagan narsasini tez eslab qoladi. Shuningdek, 
fanlar qatoriga yana bir yangi fan “Tarbiya” ham kiritildi, “Odobnoma” 
darsligining kengaytirilgan varianti sifatida. Ushbu yangi darsliklarda 


416 
keltirilgan mavzular juda keng qamrovli, matnlar tanlashda nafaqat o'zbek 
adabiyotiga balki jahon adabiyotiga ham murojat qilingan. Ular bolalarni 
har tomonlama fikrlashga,ko'proq o'zi ustida ishlashga o'rgatadi. Kitobda 
takroriylik yo'q, har safar yangicha tushuncha, bilimlar beriladi va o'sha 
bilimlar tez-tez takrorlanib, mustahkamlanadi. Asta-sekin qolgan barcha 
darsliklar ham o'zaro shunday integratsiyalandi va bir mavzuga turlicha 
yondashish orqali bolalarda turli xil fikrlar paydo bo'ladi, dunyoqarashi 
kengayadi.
Integratsiya fanlararo aloqalarni, turli ta’lim dasturlari o‘rtasidagi 
o‘zaro aloqalarni o‘rnatish orqali ta’lim mazmunining yaxlitligiga erishish 
jarayoni va natijasidir. Uning turli darajalari mavjud.
1.
Mavzularni izchillikda bayon qilish, mavzulashtirish. Bunda har bir 
mavzu bir-birini to'ldiradi. Ikkinchi mavzu oldin o‘tilgan mavzuga bog'liq 
bo'ladi, lekin aslo uni takrorlamaydi. Bunday integratsiya natijasida bilim, 
malaka va ko'nikmalar muntazam ravishda rivojlanib boradi.
2.
O'quv fanlari o'rtasidagi uyg'unlik. Bunda hamma fanlarda masalan, 
o'qish, ona tili va tabiatshunoslikda ham bitta kuz mavzusini takror 
o'tavermasdan bitta kitobda batafsil kengroq o'tish maqsadga muvofiq.
3.
Modullashgan integratsiya. Bunday integratsiyada o'zaro turdosh 
fanlar, matematika, geometriya, algebra kabi fanlar bir me'yor, qolip 
asosida ketma-ket bir-birini to'ldirib o'tiladi.
Integratsiyalangan darslarning tuzilishi o‘rganishning barcha 
bosqichlarida o'rganilayotgan mavzularning aniqligini va izchilligini, 
puxta o'rganilganligini va o‘zaro mantiqiy aloqalarini talab qiladi. Bunga 
dasturdagi o'quv materialining ixcham va yig'iq ekanligi, undan tashqari, 
o‘quv materialini o'rganishni tashkil etishning ba’zi zamonaviy usullarni, 
ya'ni innovatsion texnologiyalarni kiritish orqali erishish mumkin. Hozirgi 
kunda darslar qiziqarli bo'lishi uchun turli xil ta'limiy o'yinlar, mashqlar, 
texnologiyalardan foydalanilmoqda. Mavzuni o'quvchilarga yaxshi 
tushuntirish uchun mavzuga mos qulay metodlar tanlanilmoqda. Bunda 
o'qituvchining kreativlik qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi. 
Innovatsiya qilishda mavzular o'zaro boshqa fanlar bilan integratsiyalansa, 
yanada maqsadga muvofiq bo'ladi. Darsning qanday bo'lishi o'qituvchining 
pedagogik mahoratiga bog'liq. Darsni tashkil qilishda o'quvchilarning 
qiziqishlarini ham inobatga olish, ularni mavzuga qiziqtirish lozim. 
Buning uchun barcha fanlarni hayotga bog'lab, tabiiy misollar bilan 
tushuntirish kerak. Masalan, Matematika darsini oladigan bo'lsak, 
raqamlashni o'rgatish darsini o'tishda turli xil geometrik shakllardan, 
hayvonlarning rasmlaridan, tabiiy materiallardan foydalanish mumkin. Va 


417 
ular, albatta, biror bir rangda bo'ladi. Birgina sonni o'rgatishda biz 
matematikani tasviriy san’at, geometriya, tabiatshunoslik, ularni nomlarini 
aytish uchun ona tili yoki biror bir chet tilidan ham foylanishimiz mumkin. 
Aslida hayotda hamma narsa o'zaro integratsiyalangan, hamma narsa bir-
birini to'ldiradi. Ta'lim tizimida yaratilayotgan barcha yangiliklar ham ana 
shu tizimining kamchiliklarini to'ldirish, yanada mukammal qilish uchun 
xizmat qilmoqda. Boshlang’ich sinflarda ushbu integratsiyalashgan 
darsliklarni kiritish orqali bolalarning nutqini o'stirish, jahondagi 
tengdoshlari bilan bemalol bahslasha oladigan, jahon standartlariga mos, 
mustaqil erkin fikriga ega va o‘zining fikriga boshqalarni ergashtira 
oladigan yosh avlodni tarbiyalash maqsad qilib olingan.
Integratsiyaning u yoki bu darajasini ta'lim jarayonida qo‘llashning 
qulayliklari: 
-
o'quvchining vaqti va kuchi tejaladi, uning bilish imkoniyatlari 
kengayadi; 
-
ota-onalarning hamda davlatning o‘qish jarayoniga sarflaydigan 
mablag‘ini iqtisod qilish imkoniyati vujudga keladi; 
-
mavzulararo integratsiya asosida o‘quv-bilish jarayoni natijalarini 
istiqbolli qilish mexanizmlari yaratiladi; 
-
integratsiyalashtirilgan 
ta’lim 
jarayonini 
boshqaradigan 
o'qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yish uchun 
huquqiy metodik imkoniyatlar yaratiladi; 
-
integral dasturlar asosida o‘quv-biluv jarayonining iqtisodiy jihatdan 
samaradorlik darajasi aniqlanadi; 
-
o'quv-biluv jarayonini integral dasturlar asosida tashkil etish 
sohasidagi xalqaro tajribalardan keng foydalanish uchun qulay 
imkoniyatlar tug'iladi; 
Xulosa qiladigan bo’lsak, boshlang’ich sinflar yuqori sinflar uchun 
poydevordir. Integratsiyalashgan ta'lim tizimidan ko’zlangan maqsad 
to'laqonli amalga oshsa, yuqori sinflarda bu davom ettiriladi va yanada 
ko'proq natijalarga erishiladi. Har tomonlama barkamol shaxslar 
Vatanimiz gullab-yashnashi uchun o‘zining hissasini qo'shadi va 
taraqqiyotimiz yanada jadallashadi. Yaratilayotgan o'zgarishlar ham o'zini 
oqlaydi. Buning uchun barchamiz birga harakat qilmog'imiz shart.

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish