299
Аnnotatsiya.
Mazkur maqolada ijodkorlik, pedagogik ijodkorlik va
uning ta’lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati, yo’llari
yoritib
berilgan
.
Kalit so‘zlar:
ijodkorlik, kasbiy kompetensiya,
pedagogik ijodkorlik,
pedagogik mahorat.
Аnnotatsiya.
В данной статье рассматривается творчество,
педагогическое творчество и его роль в повышении эффективности
образования.
Ключевые
слова:
креативность,
профессиональная
компетентность, педагогическое творчество, педагогическое
мастерство.
O‘zbekistonda ta’lim tizimini o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-
tarbiyasining milliy g‘oyalari, talablari asosida tashkil etish, uni jamiyat
taraqqiyoti istiqbollari va jahon andozalariga javob bera oladigan darajada
bo‘lishini ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Shaxsni har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya
tizimini nazariy-metodologik jihatdan qurollantirish – bugungi kunda
pedagogika fanining bosh maqsadi sifatida belgilangan.
Yuqorida
bayon etilgan yuksak, ammo, sharafli vazifalarni
muvaffaqiyatli uddalash har bir pedagogik hodimdan yuksak kasbiy
mahorat, bilimdonlik va keng dunyoqarashni talab etadi.
Pedagogik mahorat – o‘qituvchi ijodkorligining oliy namunasi bo‘lib,
u yillar davomida shakllanadi. Uning yuksak mahoratni egallashi g‘oyat
murakkab jarayon bo‘lib, pedagogika fanining eng dolzarb
muammolaridan biri hisoblanadi. O‘qituvchi kasbiga xos bo‘lgan ko‘pgina
fazilatlar bilan birga uning pedagogik mahoratni egallashi katta
ahamiyatga ega. Yuqori pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchigina
o‘z kasbiga
layoqatli, iste’dodli bo‘lishi mumkin.
Ta’lim samaradorligini oshiruvchi pedagogik kasbiy kompentensiyasi
turlari quyidagilardan iborat: kasbiy, shaxsiy, umuminsoniy, ma’daniy.
Kasbiy kompetensiya
Pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarga ega bo‘lish;
O‘z ustida ishlash;
- Ta’lim jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta aloqani o‘rnata olish;
O‘quvchilar ehtiyojini anglay olishi;
O‘quvchilarda motivasiyani shakllantirish;
AKTni bilishi;
Ta’lim muhitiga yangilik kiritishi;
300
O‘z fanini mukammal bilishi;
Xorijiy tillardan birini bilishi.
Kasbiy kompetensiyani shakllanish bosqichlari:
1.O‘z-o‘zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash;
2.O‘zini rivojlantirishni
rejalashtirish maqsad, vazifa belgilash;
3.O‘zini namoyon etish va kamchiliklarini tuzatish [1 75].
Ta’lim muhitiga yangilik olib kirilishi har bir pedagogdan ijodkorlik
qobiliyatini talab etadi.
Ijodkorlik –yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi
va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy
qobiliyati [2 38]. Pedagoglarning ijodkorlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari
pedagogik muammolarni hal qilishga intilish,
ilmiy-tadqiqot ishlari yoki
ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari
orqali ta’minlanadi. Pedagog o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning
ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida
ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib
boradi. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi bo‘lajak pedagoglarning
ijodkorlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun talabalik
yillarida poydevor
qo‘yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi.
Bunda pedagogning o‘zini o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu
faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog
ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli
vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek,
pedagogik xarakterdagi ijod
mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.
Pedagogning ijodkorlik sifatlari o‘z-o‘zidan rivojlanmaydi. Shunga
ko‘ra tadqiqotlarda shaxs (jumladan, pedagoglar)da ijodkorlik Drapeau
Patti [3 51-b] tomonidan ham shaxs (jumladan, pedagoglar)da ijodkorlik
sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning to‘rtta yo‘li ko‘rsatilgan (1-
rasm):