352
4.Cat’rine
Sadolin.
Complete
vocal
technique.
2012.
www.Completevocalinstitute.com
5. Mannopov S. O’zbek xalq musiqa madaniyati. O’quv qo’llanma.
Toshkent. Yangi asr avlodi. 2004 y. 100 b.
6.Бегматов С. Хофизлик санъати. Ўқув-услубий қўлланма. 2007 й.,133
б.
7.Umarov M. “Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi”. Toshkent. Yangi
asr avlodi. 2009 y. 304 b.
“PAXMOQ” QISSASIDA NATURALISTIK TASVIR BADIIYATI
Madraximova I. B. – CHDPI, Boshlang’ich ta’lim fakulteti o’qituvchisi
O’zbek adabiyotining taniqli vakillaridan biri bo’lgan yozuvchi,
jurnalist Normurod Norqobilovning deyarli barcha asarlari hayvonot olami
va ona tabiat bilan chambarchas bog’liqdir. Yozuvchining aksariyat
asarlarida insonlar va hayvonlar munosabatlari aks ettirilgan. Adib
“Paxmoq” qissasida badiiyatning o’ziga xos qonuniyatlaridan kelib chiqib
ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi azaliy to’qnashuv
va unda ezgulikning
yovuzlik ustidan g’alaba qilish masalasini Panji sayoq bilan Paxmoq
orasidagi munosabatlar orqali tasvirlab beradi. Yozuvchi asari orqali
kitobxonga insoniyat va hayvonot olami o’rtasidagi bog’liqlikning botiniy
jixatini xis qildirishga harakat qilgan. Qissada Paxmoq obrazi orqali
yozuvchi o’zining ayiqlar bilan bog’liq kuzatishlari bilan o’rtoqlashadi.
Ayiqlarning o’ziga xos harakter-xususiyatlari,
yashash tarzi, odatlari,
boshqa hayvonlar bilan bo’lgan aloqasi juda qiziqarli tarzda namoyon
bo’lgan. Insonlardagi tabiiy tuyg’ular ya’ni, azob, nafrat, sevgi, xalollik
kabi tuyg’ular hayvonlarga ham begona emasligini ushbu qissasida
ko’rsatib bergan.. Ayni hayot haqiqatlari qissadagi
turli obrazlar orqali
ochib berilgan. Yozuvchi bu qissasida ayiq obrazining bizga noma’lum
tomonlarini ochib berishga harakat qilgan.
“Paxmoq” qissasida Panji sayoq va Paxmoq laqabli ayiqning hayot
tarzlarining o’xshash tomonlarini, ularga yon atrofdagilarning
munosabatini ko’rsatib bergan. Panji sayoqning hayoti bolaligidan boshlab
tog’u-toshlar bilan bog’liq holda kechgan, ota-onasidan ko’rmagan mehrni
tog’lardan, dala va o’rmonlardan topgandi. Birinchi turmushi ham shu
sababli o’xshamagan. Hayotda odamlardan mehr ko’rmagan.
Hayotining
asosiy qismini tog’larda o’tkazardi. Shahardan kelgan mehmonlarga berib
qo’ygan va’dasi sababli Paxmoqni orqasidan tushgandi. Shaharlik
353
mehmonlardan biri unga kata pul evaziga ayiq ovlab berishini so’raydi.
Shu sabab bo’lib Paxmoq va Panji sayoq ko’p marta bir-birlariga duch
kelishgan. Lekin har safar Paxmoq ovchini arosatda qoldirib ketardi.
Paxmoq bilan Panji sayoqning o’xshash tomonlari shunda ediki, ikkalasi
ham yoshligidan mehr ko’rmasdan katta bo’lishgan.
Ikkalasining ham
ko’nglida deyarli bir vaqtda o’z juftini topish istagi uyg’ongandi. Ikkalasi
ham yashash uchun kurashadi. Hayotda hech narsani qizig’i qolmagan bir
paytda ko’nglida o’z jufti bilan birga bo’lish xissi uyg’ongandi. Bu yo’lda
duch kelgan qiyinchiliklarni yengib o’tishga urunadilar. Panji sayoqning
taqdirining o’zgarishiga ma’lum ma’noda Paxmoq sababchi bo’lgan.
Chunki, Paxmoqni izlab yurib chekka bir qishloqdagi juvonni yoqtirib
qoladi.
Paxmoq ovchidan qochib olmazorda urg’ochi ayiqni uchratib qoladi.
Shu tariqa ovchi ham ayiq ham o’zlarining hayotini yo’lga qo’yib olish
uchun kurashni boshlaydilar. Yozuvchi qissa qahramonlarining ichki
tuyg’u
va kechinmalarini, ayniqsa Paxmoqning ko’nglidan o’tayotgan
tuyg’ularni huddi insonlarda kechadigan tuyg’ular kabi obrazli tasvirlab
bergan. Yozuvchi o’zi aytganidek maxluqotlar ichida eng vaxshiysi inson
zotidir. Olloh insonga boshqa jonzotlarda yo’q narsani,- aqlni bergan.
Lekin shu aql bugungi kunda oqsayotgani, bo’shliqlar paydo
bo’layotganiga ko’p guvoh bo’lyapmiz. Panji sayoq ham o’ylamay bergan
va’dasining, nafsning qurboni bo’ldi. Hayvonlar ham tabiatning bir
mo’jizasi ular
ham yashashga , nasl qoldirishga haqlidirlar.
Kuzatishlarimizdan shuni angladikki, Normurod Norqobilov nafaqat
insonlar ruhiy xolatini, xarakterini ochib beruvchi asar yozgan,
balki
hayvonot olami vakillarining ham hayot tarzi va xarakterini badiiy
obrazlarda ochib bergan. Adibning hayvonlar obrazini yaratgan asarlarida
hayotning azaliy qonuni bo’lgan ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi azaliy
to’qnashuv bosh masala qilib olinganiga guvoh bo’lamiz. Adib qissasida
inson va tabiat munosabatlari, ayniqsa, hayvonot olamiga bo’lgan
munosabatlarini ham ma’rifiy
jihatdan, ham badiiy jihatdan, ham estetik
jihatdan haqqoniy tasvirlay olgan. Yozuvchi yaratgan asarlar yangicha
badiiy talqinlari jixatidan biz uchun qimmatlidir
Do'stlaringiz bilan baham: