ZAMIN GRUNTLARINI SUN`IY KUCHAYTIRISH USULLARI
Reja:
1.Umumiy ma`lumotlar
2.Bo`sh gruntlarni almashtirish
3.Gruntlarni zichlash usullari
4.Gruntlarni qotirish usullari
1. Umumiy ma`lumotlar
Yuk ko`tarish qobiliyati inshoot barpo etish uchun yaroqsiz bo`lgan tabiiy gruntlar bo`sh (kuchsiz) gruntlar deyiladi. Ulardan zamin sifatida foydalanishda turli sun`iy usullar qo`llab, ushbu gruntlarning mustahkamligi oshiriladi. Qurilish amaliyotida faqat bo`sh gruntlarnigina emas, balki ancha mustahkam gruntlarni ham quyidagi hollarda sun`iy mustahkamlashga to`g`ri keladi.
Inshootdan uzatiladigan bosim zamin yuk ko`tarish qobiliyatidan ortiq bo`lib, poydevor tag yuzasi yoki yotish chuqurligini oshirish imkoniyati cheklangan bo`lsa.
Gruntning fizik va mexanik ko`rsatkichlari unga quyilgan talablarga javob bermasa (yirik g`ovaklar, gruntning bo`sh tuzilishi, notekis cho`kishlar va h.k).
2. Bo`sh gruntlarni almashtirish
Inshoot quriladigan joyda qalinligi 2...3 m dan oshmaydigan balchiqsimon yoki tarkibida turli organik moddalar bo`lgan gilli gruntlar bo`lsa, ularni olib tashlab, o`rniga tosh-shag`al yoki qumli gruntlardan maxsus yostiqlar o`rnatish maqsadga muvofiqdir.
Poydevor ostida hosil qilinadigan yostiqlar mustahkam gruntga o`rnatiladi va tag yuzasi ma`lum bikrlik burchagi () ostida kengaygan trapetsiya shaklida bo`ladi (1- rasm). Bunda, bikrlik burchagi grunt turiga bog`liq holda qabul qilinadi. Masalan, qumli yostiqlar uchun uning qiymati 30...35o, tosh-shag`alli yostiqlar uchun 40...45o atrofida qabul qilinadi.
Yostiqlar poydevordan tushadigan bosimni o`ziga qabul qilib, zaminga kamaytirib, uzatib berish vazifasini bajaradi. Tubining kengligi birmuncha kichik bo`lgan yostiqning balandligini quyidagi formula yordamida tanlash mumkin:
h = (N/R – b)/2tg , (1)
bunda N – yostiq og`irligi bilan birgalikda zaminga uzatiluvchi yuk; b – poydevor tovonining kengligi.
Qum va tosh-shag`al yostiqlar, qalinligi 20 sm dan oshmaydigan qatlamlar yig`indisidan barpo etiladi. Har qaysi qatlam to`kilgach, suv bilan namlanib, maxsus gurzilar yoki mexanik zichlovchilar yordamida shibbalanadi.
Ayrim hollarda, yostiq sifatida qum, tosh-shag`allardan tashqari, gilli gruntlardan ham foydalaniladi. Ularni sizot suvlari satxi chuqur joylashgan maydonlardagina qo`llash tavsiya etiladi. Chunki, suvlar ularning tuzilishini keskin bo`zib yuborishi mumkin.
1 – rasm. Bo`sh gruntlarni sochiluvchan gruntli yostiqlar bilan almashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |