VEGETATIV
JINSSIZ
JINSLI
Vegetativ ko‘payishda tanasi bo‘linib ko‘payadi yoki tanasida o‘simtalar hosil bo‘ladi. Sorediya – bu koptoksimon (tugunsimon) bo`lib, suvo‘tlarini zamburug‘lar o‘rab oladi. (1ta yoki 2ta suvo‘tlarini).
Sorediya etilgandan keyin lishaynikni tanasi bosim ta’sirida yoriladi va sorediya shamol yordamida uchib ketadi va qulay sharoitda nam erda o‘sib, ko‘payadi.
Izideya – lishaynik tanasida yonidan o‘sib chiqqan o‘simlik bo‘lib, shuni yordamida uzilib qulay erga tushib ko‘payadi.
Jinssiz ko‘payish sporalar yordamida bo‘ladi. Zamburug‘ bilan suvo‘ti birgalikda sorediya yoki izideya xosil qilib ko‘payishi mumkin. Suvo‘ti qaysi suvo‘tidan tashkil topgan bo‘lsa, shu bo‘yicha ko‘payadi. Lishayniklarning ba’zi birlari odamlar tomonidan ovqatga ishlatiladi. Masalan: Islandiya lishaynigi. Ba’zi lishayniklardan lakmus bo‘yog‘i olinadi. Tundrada o‘suvchi lishayniklar bug‘ular uchun ovqat. Lishayniklar juda sekin o‘sadi. Masalan: tundrada o‘suvchi lishayniklar 1yilda 3,5 sm o‘sishi mumkin. Ba’zi bir lishayniklardan efir moyi olinadi. Ba’zi bir lishayniklar zaxarli bo‘lgani uchun ovchilar bo‘rilarni zaharlash uchun ishlatadilar
Nazorat savollari
Suvo‘tlarining tuzilishi, yashash sharoiti va klassifikatsiyasi haqida nimalarni bilasiz?
Suvo‘tlarining ko‘payishini tushuntirib bering?
Suvo‘tlarining axamiyati to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
Zamburug‘lar qanday o‘simlik, ularning tuzilishi va klassifikatsiyasi haqida nimalarni bilasiz?
Zamburug‘larning ahamiyati qanday?
Lishayniklar qanday organizmlardan tashkil topgan?
Lishayniklarni qanday xillari mavjud?
Lishayniklarni ko‘payishi va ahamiyati?
Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv
qo‘llanmalar ro‘yxati
Яковлев Г.П., Челомбитко В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” , 2001.-230 c.
Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A. Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b.
Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A., Samatova SH. O‘simliklar sistematikasidan amaliy mashg‘ulotlar. – T.: “YUNAKS-PRINT” MCHJ bosmaxonasi, 2007.- 127 b.
Ahmedov O‘.A., Yulchieva M.T. Botanika fanidan elaktron darslik.-T.: 2008.
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published by forgotten books, 2013. –48 p
V. Ch. EvansFarmakognoziya. –Xalqaronashr:Edinburg, LondonNyu– York, Filadelfiya, Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009.
Hamidov A., Nabiev M.M. “O‘zbekiston o‘simliklarini aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b.
ВасилевA.E. “Морфология, анатомиярастений”. – M.: Изд-вo “Высшая школа ”, 1988. -435 c.
Xolmatov X.X., Karimova S.U., Ahmedov O‘.A. va boshqalar. Dorivor o‘simliklarning lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha va forscha-tojikcha lug‘ati.-T.: X.F. “Nizim” bosmaxonasi, 2004. – 239 b.
Berezovskaya T.P., Dmitruk S.E., Grishinna e.I., Belousov M.V. Osnovы farmatsevticheskoy botaniki. – Tomsk: Pechatnaya manifaktura, 2004.-294 s.
Xolmatov X.X., Ahmedov O‘. A. Farmakognoziya. 1-2 qism. – T.: “Ibn Sino” nashiryoti, 2007.- 806 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |