Zamburug‘lar, lishayniкlar va ularning кlassifiкatsiyasi



Download 46 Kb.
bet1/2
Sana04.03.2022
Hajmi46 Kb.
#483193
  1   2
Bog'liq
Zamburug0lar, lishayniklar va ularning klassifikatsiyasi


www.slaydlar.uz

Reja:
1. Zamburug`lar haqida tushuncha.
2. Zamburug`larning klassifiktsiyasi.
3. Zamburug`larning ahamiyati.
4. Lishayniklar haqida tushuncha.
5. Lishayniklarning klassifikatsiyasi

1. Tuban o`simliklarning xlorofilsiz va tuzilishi juda turli - tuman bo`lgan juda ko`p turi zamburug`lar deb ataladi. Ular o`z ichiga 100 mingdan ortiq to`rni oladi. Zamburug`lar tallofit o`simliklardir, chunki ular ham hech qachon suvo`tlari singari haqiqiy to`qima hosil qilmaydi va ularni tanasi qismlarga (barg, poya, ildizga) bo`linmaydi.


Ularning ko`pchiligi mikroskopik mayda bo`lib, nonda mog`or, o`simlik barglarida zangsimon dog`lar va shunga o`xshash shakllarda ham ko`rinadi.
Zamburug` tanasini mikroskop ostidan qarasak, uni chalkashib ketgan juda ko`p ipchalar yoki gifalardan iboratligini, gifalar to`planib mitseliy hosil qilganini ko`ramiz. Gifalar shoxlangan va shoxlanmagan, bir hujayrali yoki ko`p hujayrali bo`lishi mumkin. Zamburug` ba`zi turlarining gifalari tinim holatiga o`tishi mumkin. Bunda ular juda zich chalkashib olib sklerosiy deb ataladigan o`ziga xos tuganak hosil qiladi. Bir hujayrali zamburug`lar, ular yumaloq yoki ellipis shakldagi alohida - alohida hujayralardir. Masalan: achitqi zamburug`lari.
Hujayrasi qobig`ining kimiyoviy tarkibi bir xil emas. Po`st hech qachon sellulozali bo`lmay, unga turli azotli moddalar aralashgan bo`lib, ularda bir nechta yadro bo`ladi. Ular kraxmal hosil qilmaydi, uning o`rniga boshqa uglevod glikogen hosil qiladi.
Alohida tuzilmalar - meva tanalar ko`payish funksyasini bajaradi. Parazit zamburug`larda - gaustoriya hosil bo`ladi. Zamburug`lar jinsiy, jinssiz va vegetativ usullarda ko`payadi. Vegetativ ko`payish oidiyalar -mitseliy ipchalarining parchalanishidan hosil bo`ladigan ovalsimon hujayralar yordamida ro`y beradi.
Achitqi zamburug`i -kurtaklanish yo`li bilan ko`payadi. Zamburug`lar asosan sporalar yordamida ko`payadi. Gifalar uchida konidiya bandlarda yoki sporangiyda spora hosil bo`ladi. Zamburug`larda jinsiy ko`payish- izogamiya, oogamiya, usulida ro`y beradi. Tanasining tuzilishi va ko`payish xususiyatlariga qarab, zamburug`lar tipi quyidagi 6 ta sinfga bo`linadi.
1. Arximisetlar yoki xitridiomisetlar sinfi. 2. Oomisetlar. 3. Zigomisetlar (bular tuban zamburug`lar) 4. Xaltachali zamburug`lar yoki askomisetlar 5. Bazidiyeli zamburug`lar yoki bazidiyamisetlar (bular yuksak zamburug`lar). 6. Takomillashmagan zamburug`lar.
1. Arximisetlar sinfi - tanasi yalong`och - yaxshi rivojlanmagan mitseliy rizomitseliydan iborat 3 xil ko`payadi (vegetativ, jinsiy, jinssiz). Ular yosh karamni ildiz bo`g`zini zararlaydi. Qora oyoq kasalligini keltirib chiqaradi. Unga qarshi ko`rashish uchun tuproqqa ishlov berib namlikni kamaytirish kerak.
2. Oomisetlar sinfi mitseliysi shoxlangan alohida hujayralarga bo`lingan bo`ladi. Masalan: Fitoftora zamburug`i kartoshka, pomidor va poliz ekinlari bargida qo`ng`ir dog`lar hosil bo`ladi.

3. Zigomisetlar sinfi. Namiqib qolgan nonda, go`ngda va boshqa organik substrotlarda oq tuksimon g`ubor shaklda paydo bo`ladi. (Mog`or zamburug`i).


4. Xaltachali zamburug`lar - bularda hosil bo`lgan zigota xaltachaga aylanadi. Xaltachani ichida sporalar hosil bo`ladi. Ular unshudring, o`simlik raki kasalligini keltirib chiqaradi, yana achish jarayonida ishtirok yetadi. Shaftoli tafrinasi-shaftoli bargini sarg`aytirib bujmaytirib yuboradi. Penisill - zamburug`i, shoxkuya zamburug`i, qo`ziqorin ham shu sinfga mansubdir.
5. Bazidiyali zamburug`lar-sporalari maxsus bazidiyalarda etiladi. Qorakuya, zang, chang qorakuyasi kasalliklarini keltirib chiqaradi. G`allaguldoshlar oilasi vakillarida ko`p uchraydi.
6. Takomillashmagan zamburug`lar. Bu sinf vakillari vilt kasalligini keltirib chiqaradi. Organik moddalarni chiritishda ishtirok etadi. Simbioz hayot kechiradi. (mikoriza). Qo`ziqorin va qalpoqchali zamburug`lar oziq-ovqat sifatida foydalaniladi. Achituvchi zamburug`lar spirtli ichimliklar tayyorlashda, novvoychilikda, ulardan olingan fermentlar, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi, hamda achituvchi zamburug`lardan polivitaminlar tayyorlanadi. Salbiy tomoni, oziq-ovqatlarni buzadi, yog`ochlarni chiritadi. Кasalliklarni keltirib chiqaradi
Lishayniklar. Lishayniklar tanasi zamburug` va suv o`tlarining simbioz bir - biriga moslashgan holatda yashashi natijasida paydo bo`lgan organizm bo`lib hisoblanadi. Lishayniklar tarkibiga zamburug`lardan xaltachali, bazidiyali, suvo`tlardan ko`k, yashil suvo`tlari vakillari kiradi. Zamburug` gifalari bilan suvo`tini o`rab olib, u bilan birga o`sadi.
Lishayniklar avtotrof o`simliklardir. Lishayniklar tashqi ko`rinishi jihatidan xilma- xil ular kulrang, sariq, qo`ng`ir, qizil ba`zan qoramtir ranglarda bo`ladi. Lishayniklar tanasining morfologik tuzilishiga ko`ra 3 guruhga bo`linadi.
1. Yopishqoq yoki po`stloqsimon - ular eng sodda tuzilgan keng tarqalgan tollomi yupqa, qobiqsimon, substratga juda mahkam yopishadi.
2. Bargsimon yoki plastinkasimon tollomi oddiy yaproq ko`rinishda bo`lib, rizoidga o`xshash o`simtasi bilan birikadi. Ularni butunligicha ajratib olsa bo`ladi.
3. Butasimon yoki shoxlangan. Tallomi birmuncha murakkab tuzilgan, tik o`sadi, butaga o`xshab shoxlaydi. Tog`larda uchraydigan kladoniya, shimolda o`sadigan bug`i lishaynigi va yolli lishayniklar shular jumlasidandir. Lishayniklar tabiiy sharoitda asosan vegetativ ko`payadi. Ularning mo`rt tallomi qurib oson maydalanadi, shamol va hayvon vositasida uzoq yerlarga tarqaladi. Shuningdek ular maxsus ko`payish organi-soriydiy va izidiylar vositasida ham ko`payadi.
Кladoniya lishaynigi 10-15 s biomassa beradi. Bo`yi 20 smgacha yetadi. Bug`ular uchun oziq-ovqat hisoblanadi. Lishayniklarda uglevodlar to`planadi. Shuning uchun oziq-ovqat sifatida, dori tayyorlashda foydalaniladi. Ulardan efirmoyi, glukoza, spirt, lakmus, bo`yoqlar olinadi.

Adabiyotlar:





Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish