1 – boshlavchi: Barakalla, bolalar biz ko’rdikki, alifbodagi hamma harflarni tanib olibsiz
2 – boshlavchi: - shu harflarni qo’shib so’zlar ham yoza olasmi?3-boshlovchi: -
Shuning bilan harflar kalomi bitdi Miron
Sizga aytgan dilkash salomim bitdi
Shuning bilan do’st bo’lamiz albatta
Qoldirmaydi harflar sizni g’aflatda
ALIFBE: Fursat yetdi siz bilan
Xayrlashib ketaman
O’qish kitobi do’stim
Endi taklif etaman
Sizga endi hamrohdir
O’qish kitobi qarang
Ona tili husnixat
Mavzulari rang barang
Tabiatni sevingiz
Hisob aql charxlaydi
Til o’rganing erinmay
Sizni barcha yo’qlaydi
O’QUVCHILAR:Alifbejon xayr endi
Bizlar zukko bo’lamiz
To’ng’ich kitobimiz deb
Seni eslab yuramiz
O’QISH KITOBI:Salom aziz do’stlarim ZARINA
Siz bilan o’rtoq bo’lay
Mehrim qo’yib sizlarga
Shodlikka zavqqa to’lay
Hikoya ertak she’rlar
Topishmoq hamda maqol
Tez aytishu hikmatlar
Menda barchasi bisyor
MAFTUNA O’qishjonim marhamat
O’tirib hordiq olgin
Biz o’rgangan bilimlarni
Eshitib rohatlangin
BABISH:Ey kitobim oftobim
Seni toza saqlaymiz
A’lo yozib va o’qib
Va’dalarni oqlaymiz
SHERZOD:Kitobimsan kitobim
Yo’l yoritgan oftobim
Senda bor ilmu quyosh
Ta’zim aylar keksa yosh
SHAHRUZ:Aziz o’qish kitobimiz
Bizni yo’l boshlovchimiz
Buyuk inson bo’lganda ham
Vatan uchun yelganda ham
Seni doim yodda tutamiz
O’gitlaring unutmaymiz
O’QISH KITOBI:Barakallo o’g’il qizlarim
Meni xursand qildingiz
Tez aytishu jumboqlar
Sizlar yod olganmisiz
TEZ AYTISHLAR
O’QISH KITOBI:Bolajonlar safimizga boshqa kitoblarni ham chorlaylik
ONA TILI:Ey kichkintoy do’stginam Malika
Ona tiling bilib ol
O’qib qoidalarni
Ma’nosiga quloq sol
To’g’ri chiroyli yozish
Bilsang asli shiorim
Unga amal qilganga
Bag’ishlaydurman borim
HUSNIXAT:Har bir harfning shaklin uslubin Maftuna
Erinmasdan o’rgatay sizga
Nuqta,vergul,so’roq,xat boshin
To’g’ri qo’ying yarashar bizga
Aniq ravon hamda bexato
Harf yozilsin barchasi birday
Toza tuting daftarlarni siz
Husnixatning talabi shunday
TABIAT:Tabiatni seving e’zozlang Bexruz
Asray oling har qarichini
Bu xususda bilim beruvchi
O’qing rango-rang mavzusini
MATEMATIKA:Zukko dono do’stlarim AMIR
Aqlingizni charxlayman
Misollarni tez yeching
Topqirlikka chorlayman
Hayotda yutqazmaysiz
Siz bilimdon bo’lsangiz
Amallar tartibiga
Doim amal qilsangiz
Zehningiz ham oshadi
Sanashda hech shoshmaysiz
Hisob-kitob ishida
Hech qachon adashmaysiz
Mittilaru ulkanlar
Bitta safga turganlar
O’ynanglaru kuylanglar
Siringizni so’ylanglar
Raqamlar tilga kirsin
ABDI: Al-jabr riyoziyot
Mendan boshlanar hayhot
Kichik va toq bo’lsam ham
Barcha songa men hamdam
SAMAN:Men ikkiman qo’shdirman
Juft sonlarning sardori
3,4 sondan yoshdirman
Ammo ular madori
B.BAHROM:Meni derlar 3 soni
Mukammal va ma’noli
Bo’lsa hamki nomim uch
Mujassamdir katta kuch
BAXTI:4 soniman bilsangiz
Meni xafa qilmangiz
Ko’ray deb qilsang havas
Uchga birni qo’shsang bas
BEXRUZ:Meni derlar 5 soni
A’lochilarning joni
Olti sonidir akam
3,4 sonlar mendan kam
MASHI:Men oltiman juft sonman
Jo’jabirdek ko’p jonman
Oltiboyga otdirman
Yomonlikka yotdirman
BEXRUZ:Boshga kiyib soyabon
Belbog’cha bog’laganman
Hisob kitobda do’stlar
O’zimni chog’laganman
MEXROJ:Jimjimador shaklim bor
Ko’rganlar qilar havas
Toza hamda chiroyli
Yozishni o’rgansang bas
NASTARIN:Men to’qqizman sen bilgin
Hisoblashni tez o’rgan
Yettiga sen ikki qo’sh
Sakkizga yetar bir ham
CHET TILI:Balki orzu qilarsiz
Ko’ray deb uzoq elni
Buning uchun avvalo
O’rganing chet tilini
SAhnaga Qorboboni chorlasak.Yangi yil raqslari
Do'stlaringiz bilan baham: |