Javob: Metro
Izoh: qolgan javoblarga savoldagi bir so’z to’g’ri kelmaydi. Ya’ni “kirib keladi”. M-n: kechqurun kelayotgan avtomobil hech qayerga kirib kelmaydi
49-savol:Undan qancha olsangiz kattalashadi, qancha qo’shsangiz kichrayadi. Nima u?
Javob: O’ra
50-savol:Quyidagi harflarga e’tibor bering:
1-B;
2-I;
3-U;
4-T;
5-B;
Siz qolgan beshta harfni yozib bering.
Javob: 6-O; 7-Y; 8-S; 9-T; 10-O’
Izoh: Bir, Ikki, Uch, To’rt, Besh, Olti, Yetti, Sakkiz, To’qqiz, O’n soz’larining bosh harfi
51-savol:Bir podshoh qadimda oshpazlar tanlovini o’tkazgan. U oshpazlarga quyidagicha shart qo’ygan: “Siz shunday bir ovqat pishiringki, boshida 1 chelak tuz soling, pishayotganda 1 chelak tuz soling, va men yana unga tuz sepib yey.” U qaysi ovqatni nazarda tutgan?
Javob: Qaynatilgan tuxum
Do'stlaringiz bilan baham: |