MUNDARIJA
|
kirish............................................................................................
|
3
|
|
|
|
|
Kurs ishini bajarishning maqsad va vazifalari.................................
|
6
|
|
Kurs ishlarini bajarish bo‘yicha metodik tavsiyalar.........................
|
6
|
|
Kurs ishini tayyorlashda ilmiy rahbar vazifalari va talaba majburiyatlari...................................................................................
|
7
|
|
Kurs ishini bajarish jarayoniga tayyorgarlik....................................
|
8
|
|
Kurs ishining tarkibi va mazmuni....................................................
|
8
|
|
Kurs ishining rasmiylashtirilishi......................................................
|
10
|
|
Kurs ishini taqrizchilarga taqdim etish............................................
|
11
|
|
Kurs ishini baholash mezonlari........................................................
|
11
|
|
|
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.........................................
|
14
|
|
|
|
kirish
Oliy ta’lim muassasalarida bakalavrlarni tayyorlash tasniflagichiga ko‘ra 5111800 – Maktabgacha ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha talabalarning maktabgacha pedagogika va metodika fanlari bo‘yicha tayyorlash va himoya qilish jarayonlari kiradi. Ushbu metodik tavsiyanoma 5111800 – maktabgacha ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan malaka talablari asosida asosida tuzilgan.
Kurs ishlarini o‘tkazishdan maqsad - 5111800 – Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni bilim darajalarini malaka talablari darajasiga muvofiqligini ta’minlash hamda kasbiy pedagogik masalalarni yechish asosida ularning amaliy va nazariy tayyorgarlik darajalarini aniqlashdan iborat.
Kurs ishlari talabalarning eng avvalo, erkin fikrlay oladigan, izlanuvchan, o‘z ishiga ijodiy yondasha oladigan, yangilikka intiluvchan shaxs sifatida tayyorlashga yo‘naltirilgan. Kurs ishlarini bajarishdagi talabalarning bajargan ishlarini baholash mezonlari kafedra yig‘ilishlarida muhokama qilinadi va oliy ta’lim muassasasi Ilmiy metodik Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Kurs ishlar mavzulari kafedra tomonidan mutaxassislarga talabgorlarning talablarini, shuningdek, maktabgacha ta’limga zamonaviy yondoshuvlar, fan, pedagogik texnologiya yutuqlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Bo‘lg‘usi tarbiyachi - pedagoglarning kurs ishlari bo‘yicha muammo yechimi yuzasidan pedagogik tadqiqot ishlarini amalga oshirish va olingan natijalarga ishlov berish, umumlashtirish va tahlil qilish kabilar ifoda etilishi lozim.
Kurs ishida bakalavr umumkasbiy fanlar bo‘yicha bilimlarni qo‘llanilishini talab qiladigan, tugallangan kasbiy pedagogik topshiriqni yechadigan va pedagogik texnologiyalarni o‘quv-tarbiya jarayoniga keng joriy etishni talab qiladi.
Bu ishda bakalavr:
yechilayotgan mavzu bo‘yicha muammo holatining mazmuni va bu masalaning tahlilini mavjud va yangi adabiyotlarga tayangan holda beradi;
kasbiy-pedagogik talablarni ifodalaydi, mavzuni ochib berish yo‘lini aniqlaydi;
muammo yechimi bo‘yicha xulosa va takliflarni beradi hamda ularni o‘quv-tarbiya jarayonining mos sohalarida qo‘llash imkoniyatini aniqlaydi.
Talabaga kurs ishning topshirig‘i, odatda, u kurs ishining mazmunidan kelib chiqqan holda beriladi.
Kurs ishini himoya qilishda attestatsiya komissiyalari, mutaxassis tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kadrlari tarkibidan belgilanadi.
5111800 – Maktabgacha ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha kurs ishining himoyasiga metodik talablarni to‘liq bajargan va mavzuda nazarda tutilgan muammoning yechimini muvaffaqiyatli aniqlagan hamda kurs ishini qonun-qoida bo‘yicha rasmiylashtirgan talabalar qo‘yiladi.
Kurs ishlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi hamda attestatsiya komissiyasining majlis bayoni belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan so‘ng shu kunning o‘zida e’lon qilinadi.
Taqdim etilayotgan mazkur metodik qo‘llanma talabalarga kurs ishlarni tayyorlash va ularni himoya kilish jarayonida zaruriy manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu qo‘llanma asosida talabalar kurs ishlarining mavzularini tanlash va tasdiqlash tartibi shuningdek, kurs ishining mazmuni va tarkibiy tuzilishi, rasmiylashtirish hamda tayyorlash ketma-ketligi bo‘yicha ularga qo‘yiladigan umumiy talablarni aniqlab oladilar.
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2015 yil 25 avgustdagi №246-sonli O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagogik faoliyat samaradaorligini va sifatini oshirish bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risi”dagi qaroriga asosan Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tarkibining o‘quv, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalariga muvofiq ravishda tuzildi.
Bir kurs ishi uchun 2 soat.
Bir professor o‘qituvchi bir semestr davomida, odatda,25 nafar talabaga (ko‘pi bilan 1-2 ta akadem guruh talabalariga) rahbarlik va maslahat berishi mumkin. Kurs ishiga raxbarlik, kurs ishini himoyaga taqdim etilganligi bilan aniqlanadi.
Kurs ishi himoyasini o‘tkazish.
Bir kurs ishi himoyasi uchun – 0.6 soat. Bunda professor-o‘qituvchilarning kunlik ish soat xajmi 8 soatdan oshmasligi lozim.
Kurs ishi himoyasida kamida 2 nafar professor o‘qituvchi ishtrok etadi. Jami soatlar himoyada ishtrok etgan professor – o‘qituvchilar soniga bo‘linadi va ularning o‘rtasida keng taqsimlanadi.
Professor-o‘qituvchilarning kurs ishi himoyasini o‘tkazishda ishtrok etishi tegishli qaydnomalarda aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |