Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 3,89 Mb.
bet279/442
Sana19.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#564528
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   442
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA 2018

Televidenie. Agar estrada «san’atdagi jurnalistika» bo’lsa, televidenieni «jurnalistikadagi san’at» deyishimiz mumkin. Hozir uni faqat ommaviy axborot vositasi va san’at targ’ibotini texnikaning eng Yangi yutuqlari asosida amalga oshiruvchi zamonaviy omil sifatida olib qarash uni kamsatishdan boshqa narsa emas. To’g’ri, telejurnalistika mavjud va uni inkor etish aqlga to’g’ri kelmaydi. Lekin ayni paytda ana shu real hayot real voqealar va real odamlar ishtirokidagi «jurnalistik» syujetlarning san’at darajasiga ko’tarilganini, ularning estetik ahamiyat kasb etganini yaqqol ko’ramiz. M., Farhod Bobojonning «Bir o’lkaki...» turkumidagi ko’rsatuvlarini olaylik. Ularni oddiy jurnalistik televizon reportaj deyish mumkinmi?! Bu ko’rsatuvlarning deyarli har biri o’ziga xos film, shunday filmki, oldiga oddiy «hujjatli» degan sifatlashni qo’yish nohaqlik. Ularda real haqiqat telekamera orqali badiiy haqiqatga aylangani, real odamlar badiiy qiyofalar darajasiga ko’tarilganini, ko’rsatuvni olib boruvchining o’zi qahramonlardan biri bo’lib xotiramizda qolishi bilan ajralib turadi. Teleko’rsatuv muallifi, telerejissyor, tasvirchi mahorati hamda harakatdagi kamera imkoniyatlari televidenieni san’at, ta’bir joyiz bo’lsa, «hujjatli san’at» sifatidagi o’rnini belgilab beradi.
Albatta, bu – televidenie faqat hujjatlilikka tayanadi degan gap emas. Uning imkoniyatlari (agar bu san’at kelajagini ham inobatga olsak) tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada keng. Zero televidenie oilaviy va individual estetik idrok etiladigan san’at turi, u bizning uydagi kinoteatirimiz, uydagi stirkimiz, uydagi teatrimiz v.h. Ayniqsa, uning kinodasturlari alohida ahamiyatga ega M., davomli teleseriallarni, deylik, uch oy yoki yil mobaynida qaysi kinoteatrda ko’rishimiz mumkin? Kinoteatrlarda bunday imkoniyat yo’q. Bundan tashqari telekamera hamma erda - quruqlikda ham, suv ostida ham, osmonda ham ishlay oladi, qo’limiz, oyog’imiz, nigohimiz etmaydigan joylardan badiiylik darajasiga ko’tarilgan reallikni. bizga etkazib beradi. Biroq, buning uchun eshittirish muallifi yoki yolg’iz teletasvirchi, Yu.Borev aytganidek, ham aktyor, ham jurnalist, ham rejissyorlik bo’lib ishlash xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirishi, bir so’z bilan aytganda, katta iste’dod va bilimga. hozirjavoblik va o’tkir nigohga ega bo’lishi lozim.208
Agar ta’bir joyiz bo’lsa, televidenieni «tashviqotchi san’at» yoxud «estetik tashviqotchi» deyishimiz mumkin. Ekran orqali biz sho’rolar davrida oddiy «urf-odatlar» atamasi ostida qolib ketgan asl ma’naviy qadriyatlarimizning qanday qadrlanishi zarurligini anglab etamiz. M., o’zbek televideniesining baxshilik san’atiga bag’ishlangan dasturlari ko’pchilik tomoshabinlar uchun xalq og’zaki ijodi an’analaridan shunchaki bahramand bo’lish emas, balki haqiqiy san’at bayrami sifatida qabul qilinadi yoki «Ming bir rivoyat» kabi «lahzalik» ko’rsatuvlardagi falsafiylikning badiylik bilan uyg’unlashib ketishi katta tassurot qoldiradi. SHunday qilib, televidenie san’atlar ichida misli yo’q qudratli tarbiya quroli.
Biroq, shuni taassuf bilan ta’kidlash kerakki, bu qurol «teskarisiga» ishlashi, ya’ni televidenie xalqning estetik didini hamma vaqt yuksaltirishga emas, balki pasaytirishga, jo’nlashtirishga ham xizmat qilishi mumkin. M., O’zbek milliy televideniesidagi (yuqoridagi yutuqlarini ta’kidlagan holda) ba’zi bir amallab ishga kirib olgan saviyasi past jurnalistlarning real voqelikni badiylashtirib ko’rsatish o’rniga «o’zini ko’rsatish» uchun urinishlari shular jumlasidan. Ayniqsa, televideniedagi estrada qo’shiqchiligi saviyasining pastligi jihatidan ajralib turadi. Ekranda Xudo ovozdan qisgan ( barmoq bilan sanarli iste’dod egalaridan tashqari) horijiy qo’shiqlar musiqalarini o’g’irlab, kompyuter orqali «ovoz yasab» mashhurlikka intilayotgan kimsalarni ko’rib, hayratga tushasan. Chunki ular yoki tushunib-tushmay, yoki surbetlarcha o’zlarini «biz san’atkorlar» deb ataydilar va Nitstshe aytganidek, o’zining suvarak darajasidagi kichginagina «men»ini butun O’zbekistonga yoyishga harakat qiladi. Ularning asosiy maqsadi «televizorda chiqib», shuhrat qozonish va shu orqali to’ylardagi otarchiligiga balandroq narx so’rashdan iborat. Bundaylar haqida suhbatlaridan birida buyuk xonandamiz Muyassar Razzoqova «San’atni to’ydagi qistiriqqa sotadigan kimsalardan hazar qilaman», degan edi. Afsuski, televideniemiz ana shu «suvarak-san’atkorlar»ning ko’payishiga xizmat qilayotgani bor gap.
Televideniemizdagi yana bir nojoyiz narsa, bu – klip muammosi. Klip, bir qaraganda, texnikaviy mo’’jiza, ammo ikkinchi tomondan, san’at asarini idrok etishda zararli hodisa. YA’ni klipda rejissyor o’z tasavvuridagi manzaralarni, (ba’zan xonandaning taklifini ham) qo’shiqqa ilova qiladi, ko’p hollarda qo’shiqning o’zi emas, ana shu «ilova» tinglovchi-tomoshabin diqqatini tortib ketadi. Demak, klipda estetik idrok etishdagi demokratiya yo’qoladi, rejissyor o’zining tasavvurini tinglovchi-tomoshabinga «tiqishtiradi» Afsuski, ko’pchilik hozir ishlanayotgan kliplar ana shunday salbiy tabiatga ega. Bundan tashqari, bizdagi kliplarning aksariyatini o’ta beodoblik deb atash mumkin. Gap «go’zal ma’shuqalar»ning ba’zan salkam yarim yalang’och chiqishida emas, balki klipda «buyuk san’atkor»ning dang’illama hovli-joyi, qimmatbaho ashyolari, avtomobili v.h. ko’z-ko’z qilinadi. Endi o’ylab ko’ring-chi, qishloqdagi qurbi bir mahallik issiq ovqatu non-choyga etadigan jo’jabirday jon oilaning boshlig’i bunday klipni ko’rgandan keyin qanday ahvolga tushishi mumkin? Maqsad qo’shiqmi yoki kimlarnidir o’ksitishmi?
Xullas, televideniening buyuk qudratidan, qay tarzda foydalana bilish nihoyatda muhim masala. Uni ko’pyoqlama, miqyosli san’at turi va estetik tarbiya maktabi darajasiga ko’tarishi ham televidenie hodimlariga, ham biz – tomoshabinlarga bog’liq.
Endi ikki og’ir so’z “ommaviy madaniyat” haqida. Uning kelib chiqishi, ta’siri, tahdidi borasida mazkur anjuman ishtirokchilarining barchasi habardor, desam Yanglishmagan bo’laman. Lekin, bir narsaga g’oyatda tahdidli, u ham bo’lsa, ommaviy madaniyat insonni “qiyofasiz” oqimning bir qismiga aylantirib qo’yishidadir.
Bu illat aksariyat hollarda haqiqat, go’zallik, ezgulik singari muqaddas tushunchalarni umumiste’molchilik ehtiyoji bilan bog’lab, iste’mol va tovar sifatida xaridorgir bo’lishiga qaratilgan maqsadni targ’ib qiladi. Bu esa pirovardida “bozor adabiyoti”, “bozot san’ati” degan ma’naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning “gullab-yashnashi”uchun imkon yaratadi. Bugun turli arzonbaho ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon. Didsiz, saviyasiz, “millati”ning tayini yo’q “badiiy”filmlar ham ko’payib ketgan. “Bozor san’ati”deganda, birinchi navbatda, ana shunaqa filmlar va bayram sahnalarida qarsillatib aytiladigan yangroq ashulalar esga tushadi
XXI asr ommaviy madaniyati zamonaviy qiyofada go’yo rivojlangan madaniy dunyoga integratsiyalashish niqoblariostida namoyon bo’lmoqda. Bu niqoblar ostidagi salbiy holatlar va ular shakllantirish mumkin bo’lgan illatlar bilan umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin tafovutni anglay bilish zamon talabidir.
Ommaviy madaniyat eng avvalo, milliy axloqqa zarba berib, jamiyatning g’oyaviy tizimini izdanchiqarishi bilan xatarli ekanligini ham to’g’ri tushnish kerak. Bu xavf-xatarga qarshi qatiy tura oladigan shaxsni shakllanririshda tarbiyaning barcha ko’rinishlarini uyg’un holda olib borishlari shart. Etetik tarbiya aynan shu maqsad yo’lida yosh avlodni milliylikka zid bo’lmagan estetik ideal timsolida, yuksak didli qilib tarbiyalash bilan dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda.
“Ommaviy madaniyat”ning asl maqsadi har kuyga solish mumkin bo’lgan olamonni shakllantirish bo’lgani bois, u ma’naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, o’quvchini mushohadaga undab, tasavvur olamini kengayishiga xizmat qiladigan asarlarni yaqiniga yo’latmaydi. Shuning uchun “ommaviy madaniyat” namunalarini badiiy –estetik qimmatga ega emas. Ommaviy madaniyat xoh G’arb xoh Sharq bo’lsin uning ma’naviy hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. U yildan-yilga inson shaxsiga, uning estetik tafakkuriga juda katta kuch bilan daxl qiluvchi hodisaga aylanib bormoqda. Bu ayniqsa, estetik tarbiyaning eng muhim vositasi bo’lgan san’at orqali jamoatchilikka ta’sir etmoqda. Bu hodisa san’atda behayo filmlar tuturiqsiz musiqalar ko’rinishida namoyon bo’lib, ularning asosida fahsh, zo’ravonlik, shafqatsizlik kabi axloqiy illatlar yotishini bugungi kunda jamiyatimizning ziyoli qatlami tushunib yetmoqda.
Bu borada XX asrning 70-yillarida amerikalik bir qator sotsiologlar, faylasuflar, san’atshunoslar “ommaviy madaniyat”ning ijtimoiy taraqqiyotga, ayniqsa umumadaniy jarayonlarga ta’siri haqida bir qator tadqiqotlarni olib borgan edilar. Xususan, sotsiolog Ch.Reych o’zining “Gullayotgan Amerika” kitobida “isyonkor yoshlar o’zlarining shaxsiy “madaniyat”larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning asosini kiyim, musiqa va narkotiklar tashkil etmoqda. Yosh “isyonkor” madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot bilan bog’liq falsafiy axloqiy, estetik ahamiyatidan hamda muomala va muloqat madaniyatidan yuz o’girgan holda o’zlariga mos qadriyatlarni yaratmoqdalar va ularni himoya qilmoqdalar. Bu kabi “Yangi odam” uchun maskur qadriyatning asosi –bu o’zini mavjud tizimdan tashqarida his qilishga bo’lgan layoqatidir”,-degan fikrni bayon etgan edi.

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish