Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Download 3,89 Mb.
bet277/442
Sana19.04.2022
Hajmi3,89 Mb.
#564528
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   442
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA 2018

Estrada. Qadimda estrada bilan stirk yaxlit bir san’at turi hisoblangan. XIX asrga kelib, estrada stirkdan mustaqil tarzda faoliyat ko’rsata boshlagan. O’zbekistonda u Qo’qon xonligida XIX asr boshlarida tashkil etilgan keyinchalik «qiziqchilar» teatri deb atalgan.206 Umuman olganda, u an’anaviy san’atlar ichida nisbatan Yangisi va ba’zi jihatlari bilan zamonaviy – texnikaviy san’at turlariga ma’lum ma’noda yaqinligi bor (estrada musiqasining zamonaviyligi, elektron asboblar ijrosi v.h.).
San’at turi sifatida estrada omuxtalik tabiatiga ega, unda teatr, musiqa, stirk, askiya unsurlari yaqqol ko’zga tashlanadi. M., drama va komediyaning, kichik shakllari, intermediyalar, akrobotika, pontomima, janglyorlik, qo’shiq, badiiy o’qish v.b. janrlar muvafaqiyatli ijro etiladi. Unda zamonaviy muammolarning ko’ngil ochish usullari va kulgi vositasida ifodasini, xilma-xil tanqid yo’llarini ko’rish mumkin. Falsafiylik, ijtimoiy-siyosiy mavzular, estradada qisqa, lo’nda, qiziqarlili tarzda ochib beriladi. Estrada, sahnaviy san’at bo’lsa-da, teatrdan aynan ana shu «engilligi», «ko’ptomonlamaligi» bilan farq qiladi. Mashhur rus estrada aktyori E.Petrosyan shuni nazarda tutgan holda, bu san’at turini «san’atdagi jurnalistika» deb ataydi.
Estrada namoyishlarini (nomerlarini) ko’pincha konferense bir tizimga solib turadi. Ba’zan esa buni aktyorning o’zi amalga oshiradi, estradada aktyor mahorati, uning xatti-harakatlari, yuz ifodasi, zarur paytdagi pauzasi v.b. hodisalar muvafaqqiyatning asosiy omili hisoblanadi. Estrada aktyori tomoshabin bilan uzviy aloqada bo’ladi: sahna va zal ba’zan bir-birini to’ldiradi. SHu o’rinda yana E.Petrosyanni eslashga to’g’ri keladi, mening bosh rejissyorim, tomoshabin u menga nima qilish kerakligini aytib berib turadi, deydi buyuk aktyor.
Hozirgi paytda maxsus «estrada teatrlari» mavjud. Rus va jahon estradasida aktyorlar asosan yozuvchilar maxsus yozib borgan yoki matbuotda e’lon qilingan eng yaxshi hajviyalar asosida ish ko’radi. Afsuski, bizning aktyorlar «Obid A» teatrida ham «Mirza» teatrida ham asosan matnlarni o’zlari to’qiydilar va jahon latifalarini o’zbekchalashtirib tomoshabinga taqdim etadilar. Natijada aktyorlarimiz qanchalik iste’dodli bo’lmasin, (ularning ko’pi haqiqatan ham iste’dodli), chiqishlari qiziqchidan ko’ra, ko’proq bachkanalikka aylanib ketadi.
XX asrda jahon estradasida o’ziga xos estrada qo’shiqchiligi maxsus janr sifatida keng yoyildi. Jahonga mashhur estrada guruhlari va qo’shiqchilari katta shuhrat qozondilar («AVVA», «Yalla», Jekson, Tarkan v.b.), ulkan stadionlarda o’tkaziladigan «gala konstertlar» paydo bo’ldi. Bularning hammasi estradaning zamon talablariga, jurnalistlar tili bilan aytganda, «operativ» javob beradigan jurnalistik ruhdagi san’at turiga aylanganini ko’rsatadi. SHundan kelib chiqadigan bo’lsak, bizning estradamizga qo’yiladigan talablar hozirgidan bir necha barobar yuksak bo’lishi kerak.

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish