Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish hamda ularda o’z—o’zini anglash va to’g’ri fikrlash ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari:
- falsafiy bilimlar, qonunlar va kategoriyalarni o’rganish orqali hayotda o’z o’rnini topish;
- o’zining eng oliy maqsadini topish va unga erishish yulida maqsadli faoliyat olib borish;
- jamiyat hayotidagi ijtimoiy jarayonlarga falsafiy tafakkur nuqtai nazaridan yondashish, voqealarga shaxsiy, ijodiy tanqidiy baho berish;
- o’z-o’zini ma’naviy axloqiy tarbiyalash;
- jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash jarayonida faol ishtirok etish hissini tarbiyalash.
“Falsafa” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi:
№
|
Ma’ruza va amaliy mashg’ulot mavzulari
|
Jami
|
Ma’ruza
|
Seminar
|
Mustaqil ta’lim
|
I-BO’LIM. FALSAFANING MOHIYATI, RIVOJLANISHINING ASOSIY
BOSQICHLARI VA YO’NALISHLARI
|
1.
|
Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li
|
4
|
2
|
2
|
|
2.
|
Fаlsаfiy tаfаkkur tаrаqqiyoti bоsqichlаri:
Shаrq fаlsаfаsi
|
4
|
2
|
2
|
|
3.
|
Fаlsаfiy tаfаkkur tаrаqqiyoti bоsqichlаri: G’аrb fаlsаfаsi
|
2
|
2
|
|
|
4.
|
Shаrq vа G’аrb mutаfаkkirlаri ijоdidа оlаm vа оdаm muаmmоsi
|
2
|
|
2
|
|
II-BO’LIM. ONTOLOGIYA – BORLIQ FALSAFASI
|
5.
|
Bоrliq – fаlsаfаning fundаmеntаl kаtеgоriyasi
|
2
|
2
|
|
|
6.
|
Оntоlоgik qоnun vа kаtеgоriyalаrning fаlsаfiy tаhlili
|
2
|
|
2
|
|
III-BO’LIM. RIVOJLANISH FALSAFSI
|
7.
|
Оlаmning univеrsаl аlоqаlаri vа rivоjlаnish. Fаlsаfаning qоnun vа kаtеgоriyalаri
|
2
|
2
|
|
|
8.
|
O’zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari kategoriyalari
|
2
|
|
2
|
|
IV-BO’LIM. GNOSEOLOGIYA-BILISH NAZARIYASI
|
9.
|
Bilish nаzаriyasi: аsоsiy muаmmоlаri vа yo’nаlishlаri
|
2
|
2
|
|
|
10.
|
Bilish mеtоdоlоgiyasi: аsоsiy tushunchаlаr
|
2
|
|
2
|
|
11.
|
Til vа tafakkur. Axborot va axborotlashuvning falsafiy asoslari
|
2
|
|
2
|
|
V-BO’LIM. IJTIMOIY FALSAFA
|
12.
|
Jamiyatning falsafiy tahlili.
|
2
|
|
2
|
|
13
|
Tаriхiy jаrаyondа jаmiyatning mаdаniy vа mа’nаviy qаdriyatlаri. Jаmiyat vа tаriх fаlаfаsi
|
2
|
2
|
|
|
14.
|
Falsafiy antropologiya (inson haqidagi ta’limot)
|
4
|
2
|
2
|
|
15.
|
Glоbаllаshuv vа glоbаl muаmmоlаrning fаlsаfiy jihаtlаri
|
4
|
2
|
2
|
|
MANTIQ
|
16
|
Mаntiq ilmining prеdmеti, аsоsiy qоnunlаri. Tushunchа tаfаkkur shаkli sifаtidа
|
2
|
2
|
|
|
17
|
Tushunchаlаrni shаkllаntiruvchi mаntiqiy usullаr
|
2
|
|
2
|
|
18
|
Mulоhаzа vа хulоsа chiqаrish
|
4
|
2
|
2
|
|
19
|
Аrgumеntlаsh vа bilimlаr tаrаqqiyotining mаntiqiy shаkllаri
|
4
|
2
|
2
|
|
AHLOQSHUNOSLIK
|
20
|
“Etikа” fаnining prеdmеti vа jаmiyat hаyotidаgi аhаmiyati
|
4
|
2
|
2
|
|
22
|
Nikоh vа оilаning ахlоqiy аsоslаri, uning yoshlаr tаrbiyasidаgi o’rni
|
4
|
2
|
2
|
|
23
|
Ахlоqiy mаdаniyat vа qаdriyatlаr
|
2
|
2
|
|
|
23
|
Ахlоqiy tаrbiya vа mаdаniyat uyg’unligi
|
2
|
|
2
|
|
ESTETIKA
|
24
|
Estеtikаning prеdmеti, mаqsаdi vа vаzifаlаri
|
2
|
2
|
|
|
|
Estеtik tаrbiyaning turlаri vа yo’nаlishlаri
|
2
|
|
2
|
|
25
|
Tаbiаt vа tехnоgеn tsivilizаtsiya estеtikаsi
|
4
|
2
|
2
|
|
26
|
Estеtikаning zаmоnаviy muаmmоlаri
|
2
|
2
|
|
|
1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja: 1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. 2. Dunyoqarash va uning tarixiy shakllari. 3. Falsafaning asosiy masalalari. 4. Falsafa va fanning o'zaro mutanosibligi va farqi.
«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday noma’lum so’z mazmunini uning etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o’rinli bo’ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so’zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan-avlodga o’tuvchi bilim va inson o’z aqliga tayanib, mushohada optimist yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo’li bilan olishi mumkin bo’lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab «falsafa» tushunchasiga uning keyinchalik paydo bo’lgan va mohiyat e’tibori bilan, falsafani «barcha fanlar podshosi» darajasiga ko’targan ma’nosidan boshqacharoq ma’no yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar o’zlarini donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka da’vo qilmaganlar, zero, o’sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko’ra, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o’tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so’nggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bo’lgan bashoratgo’ylar, kohinlar va oqsoqollar e’tirof etilgan. Ularning so’zlari birdan-bir to’g’ri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga ko’ra, izlanuvchi, donishmandlik muxlisi bo’lishi, e’tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o’z aqliga tayanib, ijodiy yo’l bilan, shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo’lgan.
Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari. Falsafa haqida gapirish – inson dunyoqarashi, uning oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Yerda paydo bo’lish tarixi haqida ga’irish demakdir. Bu yerda biz hali kam o’rganilgan murakkab muammolarga duch kelamiz, zero insonning kelib chiqishi odamlar doim javobini to’ishga harakat qilgan buyuk jumboqlardan biri hisoblanadi. Ammo bilimning bu sohasida yechilmagan muammolar bugungi kunda ham bisyor. Xususan, inson nima uchun, qaerdan, qaysi sabablarga ko’ra paydo bo’lgan, degan savolga aniq, umumiy e’tirof etilgan javob hanuzgacha mavjud emas. Xuddi shuningdek, aql faqat insonga xosmi yoki uning inson borlig’ida mavjudligi ob’ektiv borliqning bir parchasi, ayrim hodisasimi?, degan savol ham hali o’z javobini to’ganicha yo’q.
Binobarin, insoniyat tarixi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar nuqtayi nazaridan ayrim masalalar mavjud bo’lib, ular xususida olimlar va mutaxassislar ma’lum bir to’xtamga kelganlar. Xususan, boy tarixiy material, arxeologiya fani olgan daliliy ma’lumotlari, shuningdek boshqa fanlarning metodlari bilan olingan natijalar (masalan, jinslar, foydali qazilmalar yoshini aniqlash va sh.k.)ni e’tiborga olgan holda, ishonch bilan inson sayyoramizda hayotning tadrijiy (evolyutsion) rivojlanishi mahsulidir, deb qayd etish mumkin. Hozirgacha mavjud bilimlar oddiy mehnat qurollarini yasagan insonsimon mavjudotlarning (lot. homo habilis – uquvli odam) qadimgi manzilgohlari taxminan 3-5 mln yil oldin paydobo’lgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi.
Arxeologik va ilmiy ma’lumotlarga ko’ra, qaddini tik tutib yuradigan odam yoshi taxminan 1,5 mln yilni tashkil etadi. Homo sa’iens, ya’ni aqlli odamlar ti’i atigi 40-60 ming yil oldin vujudga keldi. Mutaxassislar fikricha, insonda ong paydobo’lib, ijtimoiy mavjudot sifatida uzil-kesil shakllanganidan beri, uning asosiy xususiyatlarida jiddiy o’zgarishlar yuz bergani yo’q, ya’ni u hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi.
Ong paydobo’lishi esa, ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi o’sib borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot ta’sirida o’ta rivojlanib, murakkab mavhumliklarni tushunadigan darajaga yetgan davri bilan bog’lanadi. SHunday qilib, inson tushunchalarga ta’rif berish, mulohazalar bildirish va mushohadalar yuritish yo’li bilan sodda, lekin so’zning to’la ma’nosida aqliy ish olib bora boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |