Axborot texnologiyalari –
bu odamlarning bilimlarini rivojlantiradigan,
ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo‘yicha imkoniyatlarini
kengaytiradigan ma’lumotlarni tashkil etish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash,
uzatish usullari va texnik vositalaridir. YAna shuningdek, axborot
texnologiyalari deganda, ma’lum bir maqsadga erishish uchun amalga
oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi.
Agar texnologik zanjirni tashkil etuvchi jarayonlar, ular orasidagi axborot
almashinuvini tashkil etish va ularni uyg‘unlashtirishda kompyuterlardan
foydalanish imkoniyati yaratilsa, har qanday texnologiyaning samaradorligi
ortadi. Albatta, buning uchun mazkur texnologiyani sinchiklab o‘rganish,
jarayonlardagi va ular o‘rtasidagi axborot almashinuvini, shuningdek,
jarayonlar zanjirini (ya’ni texnologiyani) boshqarishning axborot ta’minotini
tahlil etish zaruriyati paydo bo‘ladi.
Hozirgi zamon axborot texnologiyalarining asosini quyidagi uchta
texnika yutug‘i tashkil etadi:
1.
Axborotning
mashina
o‘qiydigan tushunchalarda jamlash
muhitining paydo bo‘lishi (magnit, lentalar, kinofilmlar, magnit disklar va
h.);
2. Axborotni er sharining istalgan nuqtasiga vaqt va masofa bo‘yicha
muhim cheklashlarsiz etkazishini ta’minlovchi aloqa vositalarining
55
rivojlanishi, aholining aloqa vositalari bilan keng qamrab olinishi (radio
eshittirish, televidenie, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, yo‘ldosh aloqa,
telefon tarmog‘i va h.);
3. Axborotni kompyuterlar yordamida berilgan algoritm bo‘yicha
avtomatlashtirilgan ishlab chiqish imkonini (saralash, tasniflash, kerakli
shaklda ifodalash, yaratish va h.) oshirish.
Axborot texnologiyalari, birinchidan, axborotning sirkulyasiyasi va
ishlov berish majmui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir.
Axborot texnologiyalari ta’lim jarayonida muhim o‘rin tutib, quyidagi
vazifalarni hal etishga yordam beradi:
har bir odamga xos noyob fazilatlardan iborat individual
qobiliyatlarni o‘qitilayotgan o‘quvchi va talabalarda ochish, saqlash va
rivojlantirish, ularda bilish qobiliyatlarini, o‘zini o‘zi kamolotga etkazishga
intilishni shakllantirish;
voqea va hodisalarni kompleks o‘rganishni, texnika, ijtimoiy,
gumanitar fanlar va san’at orasidagi o‘zaro bog‘liqlikning chambarchasligini
ta’minlash;
o‘quv-tarbiya jarayonlarining mazmun, shakl va metodlarini
doimiy dinamik yangilash.
Ta’lim tizimi nuqtai nazaridan axborot texnologiyalarining joriy etilishi
bilan birga yuzaga keladigan quyidagi muammolar muhimdir:
1. Texnik muammolar – bular ta’lim tizimida foydalaniladigan elektron
hisoblash va mikroprotsessor texnikasiga qo‘yiladigan talablarni, uni qo‘llash
xususiyatlarini belgilaydi;
2. Dastur muammolari – bular ta’lim tizimida foydalanish uchun dastur
ta’minotining tarkibi va turlarini, ularning qo‘llanish tarkibi va
xususiyatlarini belgilaydi;
56
3. Tayyorgarlik muammolari – bular ыqituvchi va ыquvchi, pedagog va
talabalarning hisoblash texnikasidan foydalanish uquvi bilan bog‘liqdir.
Bugungi kunda ta’limni axborotlashtirishda asosiy yo‘nalish turli
o‘quv fanlari bo‘yicha pedagogik dastur vositalarini yaratishdan iborat bo‘lib
qoldi. Ammo mavjud va ishlab chiqilayotgan kompyuter texnikasi bazasidagi
pedagogik dastur vositalari ыqitish nuqtai nazaridan ta’lim sifatida muhim
siljishlarga olib kelishi mumkin. Buning sabablaridan biri kompyuter
texnologiyalarini an’anaviy tashkil etilgan ыqitish jarayonida joriy etila
boshladi. U o‘zining asosiy mazmuni va metodlari bo‘yicha bu
texnologiyalarga yo‘naltirilmagan va ularga ehtiyoj sezmaydi.
Umuman olganda, ta’lim texnologiyalari doimo axborotli bo‘lgan,
chunki ular ko‘p xil axborotni saqlash, uzatish, foydalanuvchilarga etkazish
bilan bog‘liq edi. Kompyuter texnikasi va kommunikatsiya vositalari paydo
bo‘lishi bilan ыqitish texnologiyalari tubdan o‘zgardi. Ta’lim jarayonida
axborot texnologiyalarini amalga oshirilishi quyidagilarning mavjud
bo‘lishini taqozo etadi:
- ta’limning texnik vositalari sifatida kompyuterlar va kommunikatsiya
vositalari;
- ta’lim jarayonini tashkil etish uchun unga mos tizimli va amaliy
dastur ta’minoti;
- ta’lim-tarbiya jarayonida yangi ыquv texnika vositalarini tatbiq etish
bo‘yicha mos metodik ishlanmalar.
Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va
imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman axborotlar oqimining tezlashishini
hisobga olib, zamonaviy ta’limning yangi shakl, vosita va usullaridan
foydalanish mexanizmini yaratishni o‘z zammasiga olmog‘i talab etiladi.
Bugungi kunda turli tipdagi ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan
57
ta’limning o‘rni va darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqotlarda o‘qitish
vositalarining imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. Shundagina
ta’lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod hamda
jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga xizmat qila oladi.
58
UMUMIY XULOSALAR
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib va tadqiqot natijalariga tayangan
holda quyidagi umumiy xulosalarga kelindi:
Pedagog ta’lim beradigan fanlari turkumini ilmiy-nazariy jihatdan
o‘zlashtirgan bo‘lishi, rivojlanish tarixi, fanda erishilgan yutuqlar,
muammolar, ilmiy-tadqiqot va izlanishlar natijalaridan xabardor bo‘lish;
axborot madaniyatini egallaganlik; xorijiy tillarni o‘zlashtirganlik; darsliklar,
o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv-metodik adabiyotlarni tahlil qilish, ulardan
ta’lim-tarbiya jarayonida samarali va o‘z o‘rnida foydalana olish.
Fanning maqsadi, vazifalari, predmeti va ob’ekti, asosiy metodlari;
fanga qo‘yiladigan asosiy talablar; umumiy yuklama hajmi va uning
taqsimoti; fan bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lajak mutaxassisga
qo‘yiladigan: umumiy malaka talablari; ilmiy-metodik ishlarni amalga
oshirish, kasbiy faoliyat jarayonini tashkil etish va boshqarish; fan
taraqqiyotining axborot va kommunikatsiya texnologiyalariga bog‘liqligi;
foydalaniladigan asosiy adabiyotlar; fan bo‘yicha kasbiy kompetentlik
darajasi; fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan gorizontal va vertikal
uzviyligi ta’minlanganligi; fanni taraqqiy etish muammolari va echimlarini
oldindan anglab eta olishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |