Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


 Innovatsion faoliyatning muhim  komponentlari



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana18.02.2020
Hajmi0,54 Mb.
#40107
1   2   3   4   5
Bog'liq
1.O'qitish vositalaridan foydalanish va


1.2. Innovatsion faoliyatning muhim  komponentlari 

  

Hozirgi  davr  ta’lim  taraqqiyoti  yangi  yo‘nalish  –  innovatsion  pedagogikani  maydonga 



olib chiqdi. "Innovatsion pedagogika" termini va unga xos bo‘lgan tadqiqotlar G‘arbiy Yevropa 

va AQShda 60-yillarda paydo bo‘ldi. Yangilik kiritishning sotsial-psixologik aspekti amerikalik 

innovatik  E.Rodjers  tomonidan ishlab chiqilgan.  U  yangilik  kiritish  jarayoni  qatnashchilarining 

toifa(tip)lari  tasnifini,  uning  yangilikka  bo‘lgan  munosabatini,  uni  idrok  qilishga  shayligini 

tadqiq etadi. 

Innovatsiya  (inglizcha  innovation)  -  yangilik  kiritish,  yangilikdir.  A.I.Prigojin 

innovatsiya  deganda  muayyan  ijtimoiy  birlikka  -  tashkilot,  aholi,  jamiyat,  guruhga  yangi, 

nisbatan  turg‘un  unsurlarni  kiritib  boruvchi  maqsadga  muvofiq  o‘zgarishlarni  tushunadi.  Bu 



 

12 


innovator faoliyatidir. 

Tadqiqotchilar 

innovatsion 

jarayonlar 

tarkibiy 

qismlarini 

o‘rganishning  ikki 

yondashuvini  ajratadilar:  yangilikning  individual  mikrosathi  va  alohida-alohida  kiritilgan 

yangiliklarni  o‘zaro  ta’siri  mikrosathi.  Birinchi  yondashuvda  hayotga  joriy  etilgan  qandaydir 

yangi  g‘oya  yoritiladi.  Ikkinchi  yondashuvda  alohida-alohida  kiritilgan  yangiliklarning  o‘zaro 

ta’siri, ularning birligi, raqobati va oqibat natijada birining o‘rnini ikkinchisi egallashdir.  

Olimlar  innovatsion  jarayon  mikrotuzilmasini  tahlil  qilishda  hayotning  davriyligi 

konsepsiyasini  farqlaydilar.  Bu  konsepsiya  yangilik  kiritishga  nisbatan  o‘lchanadigan  jarayon 

ekanligidan kelib chiqadi.  

Pedagogikaga  oid  adabiyotlarda  innovatsiya  jarayoni  sxemasi  beriladi.  U  quyidagi 

bosqichlarni qamrab oladi:  

1.     Yangi  g‘oya  tug‘ilishi  yoki  yangilik  konsepsiyasini  paydo  qilish  bosqichi,  u 

kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.  

2.    Ixtiro qilish, ya’ni yangilik yaratish bosqichi.         

3.    Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llay bilish bosqichi. 

4.    Yangilikni yoyish, uni  keng tadbiq etish bosqichi.  

5.     Muayyan  sohada  yangilikning  hukmronlik  qilish  bosqichi.    Bu  bosqichda  yangilik 

o‘zining yangiligini yo‘qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo‘ladi. 

6.     Yangi  muqobillik  asosida,  almashtirish  orqali  yangilikning  qo‘llanish  doirasini 

qisqartirish bosqichi. 

Yangilik  kiritishning  tizimli  konsepsiyasi  mualliflari  innovatsion  jarayonlarning  ikki 

muhim  shaklini  farqlaydilar.  Birinchi  shaklga  yangilik  kiritishni  oddiy  ishlab  chiqish  kiritiladi. 

Bu  ilk  bor  mahsulot  o‘zlashtirgan  tashkilotlarga  taalluqlidir.  Ikkinchi  shaklga  yangilikni  keng 

ko‘lamda ishlab chiqish taalluqlidir. 

Yangilik  kiritish  ham  ichki  mantiq,  ham  vaqtga  nisbatan  qonuniy  rivojlangan  va  uning 

atrof-muhitga o‘zaro ta’sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir. 

Pedagogik  innovatsiyada  "yangi"  tushunchasi  markaziy  o‘rin  tutadi.  Shuningdek, 

pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va sub’ektiv yangilikka qiziqish uyg‘otadi.  

Xususiy  yangilik  joriy  zamonaviylashtirishda  muayyan  tizim  mahsuloti  unsurlaridan 

birini  yangilashni  ko‘zda  tutadi.  Murakkab  va  progressiv  yangilanishga  olib  keluvchi  ma’lum 

unsurlarning  yig‘indisi  shartli  yangilik  hisoblanadi.  Mahalliy  yangilik  konkret  ob’ektda 

yangilikning foydalanishi bilan belgilanadi. Sub’ektiv yangilik ma’lum ob’ekt uchun ob’ektning 

o‘zi yangi bo‘lishi bilan belgilanadi. 

 Ilmiy  yo‘nalishlarda  yangilik  va  innovatsiya  tushunchalari  farqlanadi.  Yangilik  -  bu 

vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. 



 

13 


Innovatsiya  jarayoni  tarkibiy  tuzilmalar  va  qonuniyatlarni  qamrab  olgan  tizimdan 

iboratdir.  Pedagogikaga  oid  adabiyotlarda  innovatsion  jarayoni  kechishining  4  ta  asosiy 

qonuniyati farqlanadi: 

  pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bemaromlik qonuni; 



  nihoyat amalga oshish qonuni; 

  qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni; 



  pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni. 

Ayovsiz  bemaromlik  qonunida  pedagogik  jarayon  va  hodisalar  to‘g‘risidagi  yaxlit 

tasavvurlar buziladi, pedagogik ong bo‘linadi, pedagogik yangilik baholanadi va u  yangilikning 

ahamiyati  va  qimmatini  keng  yoyadi.  Nihoyat  amalga  oshish  qonuni  yangilikning  hayotiyligi 

bo‘lib, u erta yo kech, stixiyali yoki ongli ravishda amalga oshadi. 

Qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni shundan iboratki, unda pedagogik innovatsiya 

fikrlashni  bir  qolipga  tushirish  va  amaliy  harakatga  o‘tish  tendensiyasiga  ega  bo‘ladi.  Bunday 

holatda  pedagogik  qolip  (stereotip)  qoloqlikka,  boshqa  yangiliklarning  amalga  oshish  yo‘liga 

to‘siq bo‘lishga majbur bo‘ladi. 

Pedagogik  innovatsiyaning  davriy  takrorlanishi  va  qaytishi  qonunining  mohiyati 

shundaki, unda yangilik yangi sharoitlarda qayta tiklanadi. Pedagogik innovatsiya tadqiqotchilari 

innovatsiya jarayonining ikki tipini farqlaydilar: 

1.  Innovatsiyaning  birinchi  tipi  stixiyali  o‘tadi,  ya’ni  innovatsion  jarayonda  unga 

bo‘lgan  ehtiyoj  hisobga  olinmaydi,  uni  amalga  oshirishning  barcha  shart  sharoitlari  tizimi, 

usullari va yo‘llariga ongli munosabat bo‘lmaydi. 

2.  Innovatsiyaning  ikkinchi  tipi  ongli,  maqsadga  muvofiq,  ilmiy  asoslangan  faoliyat 

mahsulidir. 

Oliy  maktab  innovatsion  jarayonlari  negizida  quyidagi  yondashuvlarni  belgilash 

mumkin: 


  madaniyatshunoslik jihatidan (insonni bilishning ustuvor rivojlanishi) yondashuv; 

  shaxsiy faoliyat jihatidan (ta’limdagi yangi texnologiyalar) yondashuv; 



 

ko‘p sub’ektli (dialogik) yondashuv, kasbiy tayyorgarlikni insonparvarlashtirish; 



  individual-ijodiy (o‘qituvchi va talabalarning o‘zaro munosabatlari) yondashuv. 

O‘qituvchi  va  talaba  o‘rtasidagi  muloqot  namunasining  o‘zgarishi  innovatsion  faoliyat 

shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar an’analarda bo‘lganidek, qistovlar, hukmga bo‘ysunish 

kabi  unsurlardan  holi  bo‘lishi  lozim.  Ular  tenglarning  hamkorligi,  o‘zaro  boshqarilishi,  o‘zaro 

yordam  shaklida  qurilgan  bo‘lishi  darkor.  Ular  munosabatlaridagi  eng  muhim  xususiyati  bu 

o‘qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir. 

Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi: 



 

14 


  kasbiy faoliyatning ongli tahlili; 

 

me’yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv; 



  kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik; 

  dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo‘lish; 



 

o‘z  imkoniyatlarini  ro‘yobga  chiqarish,  o‘z  turmush  tarzi  va  intilishlarini  kasbiy 



faoliyatida  mujassam  qilish.  Demak,  o‘qituvchi  yangi  pedagogik  texnologiyalar,  nazariyalar, 

konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi 

sifatida namoyon bo‘ladi. 

Hozirgi  jamiyat,  madaniyat  va  ta’lim  taraqqiyoti  sharoitida  o‘qituvchi  innovatsiya 

faoliyatiga bo‘lgan zaruriyat quyidagilar bilan o‘lchanadi: 

•  ijtimoiy-iqtisodiy  yangilanish  ta’lim  tizimi,  metodologiya  va  o‘quv  jarayoni 

texnologiyasining tubdan  yangilashni  talab qiladi.  Bunday  sharoitda  o‘qituvchining  innovatsiya 

faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o‘zlashtirish va foydalanishdan iborat bo‘ladi; 

• ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish doimo o‘qitishning  yangi tashkiliy shakllarini, 

texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi; 

•  pedagogik  yangilikni  o‘zlashtirish  va  uni  tatbiq  etishga  nisbatan  o‘qituvchining 

munosabati harakteri o‘zgarishi. 

O‘qituvchining  innovatsion  faoliyati  tahlili  yangilik  kiritishning  samardorligini 

belgilovchi  muayyan  me’yorlardan  foydalanishni  talab  qiladi.   Bunday  me’yorlarga  -  yangilik, 

maqbullik  (optimalnost),  yuqori  natijalilik,  ommaviy  tajribalarda  innovatsiyani  ijodiy  qo‘llash 

imkoniyatlari  kiradi  Yangilik  pedagogik  yangilik  me’yori  sifatida  o‘zida  taklif  qilinadigan 

yangini,  yangilik  darajasi  mohiyatini  aks  ettiradi.  Pedagog  olimlar  yangilikning  qo‘llanish 

mashhurligi  darajasi  va  sohasiga  ko‘ra  farqlanadigan  mutlaq,  chegaralangan  mutlaq,  shartli, 

sub’ektiv darajalarini farqlaydilar. Maqbullik me’yori o‘qituvchi va talabaning natijaga erishish 

uchun  sarflangan  kuch  va  vositalarini  bildiradi.  Natijalilik,  pedagogik  yangilik  o‘z  mohiyatiga 

ko‘ra  ommaviy  tajribalar  mulki  bo‘lib  qolishi  lozim.  Pedagogik  yangilik  dastlab  ayrim 

o‘qituvchilarning  faoliyatiga  olib  kiriladi.  Keyingi  bosqichda  -  sinalgandan  va  ob’ektiv  baho 

olgandan so‘ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi. 

V.A.Slastenin  o‘tkazgan  tadqiqotlar  o‘qituvchining  innovatsion  faoliyatga  kasbiy 

tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan iborat: 

•  mo‘ljallangan  yangilikni  yalpi  va  uning  alohida  bosqichlari  muvaffaqiyatini  bashorat 

qilish; 

•    kelgusida  qayta  ishlash  maqsadida  yangilikning  o‘zidagi  va  uni  tatbiq  qilishdagi 

kamchiliklarni aniqlash;  

• yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, 



 

15 


ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash; 

• yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish; 

• yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish. 

O‘qituvchining  innovatsion  faoliyati  o‘z  ichiga  yangilikni  tahlil  qilish  va  unga  baho 

berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga 

oshirish  va  tahrir  qilish,  samaradorlikka  baho  berishni  qamrab  oladi.  Innovatsion  faoliyatning 

samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.  

O‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim: 

  yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish; 



  yangicha harakat qila olishga o‘rgatish. 

Oliy  maktab  o‘qituvchisining   innovatsion  faoliyati  oliy  maktab  pedagogikasining  bosh 

muammolaridan biridir. O‘qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim  komponentlaridan biri 

yuksak  professionalizm  –  akmeologiya,  yunoncha  eng  oliy  nuqta,  eng  gullagan  davr,  yuksak 

professionalizm  ma’nolarini  beradi.  Kasbiy  intelletual  yetuklik  va  mahoratni  bildiradi.  Yuksak 

professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar ko‘rsatiladi: 

• iste’dod nishonalari; 

• uquvlilik; 

• qobiliyat; 

• iste’dod; 

• oila tarbiyasi sharoiti; 

• o‘quv yurti; 

• o‘z xatti-harakati. 

Akmeologiya ilmiy nuqtai nazardan professionalizm va ijod munosabatida olib qaraladi. 

Bunda quyidagi kategoriyalar farqlanadi: 

• ijodiy individuallik; 

• o‘zining o‘sish va takomillashish jarayoni; 

• o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish sifatidagi kreativ tajribasi. 

O‘qituvchining ijodiy individualligi quyidagilardan iborat: 

• intellektual - ijodiy tashabbus; 

• bilimlar kengligi va chuqurligi intellektual qobiliyati; 

• ziddiyatlarga nisbatan xushyorlik, ijodga tanqidiy yondashuv, vujudan yaratuvchilikka 

kurashchanlik qobiliyati; 

•  axborotlarga  tashnalik,  muammolardagi  g‘ayri  odatiylikka  va  yangilikka  bo‘lgan  his-

tuyg‘u, professionalizm, bilishga bo‘lgan chanqoqlik. 

O‘qituvchi  innovatsion  faoliyatining  eng  muhim   komponentlaridan  biri  kreativlikdir. 


 

16 


Kreativlik  termini  angliya-amerika  psixologiyasida  60-yillarda  paydo  bo‘ldi.  U  individning 

yangi tushuncha yaratishi va yangi ko‘nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi. 



 

1.3. Ta’lim tizimida innovatsion uslublarni ishlab chiqishning zaruriyati 

 

Hozirgi  sharoitda  innovatsion  faollik  oliy  ta’limning  ham  mazmun  hamda  tashkiliy 



tuzilmaviy  jihatdan  qayta  ishlab  chiqish  bilan  bevosita  bog‘liq.  Bu  jarayonlarning  asosi  bo‘lib 

oxirgi  uch,  o‘n  yillikda  pedagogik  ta’lim  nazariyasini  tezkor  ishlab  chiqilishi  bo‘ldi. 

(A.A.Abdulina, 

Ye.V.Bondarevskaya, 

V.I.Zagvyazinskiy, 

V.S.Ilin, 

N.M.Kan-Kalik, 

V.A.Slastenin va b.q) 

Pedagogik  ta’lim  rivojlanishining  zamonaviy  innovatsion  yo‘nalishlarini  ichida  xususiy 

innovatsion  nazariyani  shaxsiy  (xususiy)  yo‘nalishli  ta’lim  sohasidagi  ishlanmalarni,  ta’limni  

tashkiliy-tuzilmaviy  modelini,  ta’limni  ko‘p  darajali  tizimini  rivojlantirishni  ajratib  ko‘rsatish 

mumkin. 


Oxirgi o‘n yillikda pedagogik innovatikani  nazariy asoslari ishlab chiqilyapti. Ayniqsa, 

K.Anglovskiy  M.V.  Klarin,  V.Ya.Lyaudis,  M.N.Potaщnik,  S.D.Polyakov,  T.I.Shamova, 

O.T.Xomeriki,    N.R.Yusupbekova,  V.A.Slastenin  va  b.q.larning  ishlarida    pedagogik 

professionalizmni  rivojlantirishning  o‘ziga  xos  tomonlarini  aniqlash  va  oliy  ta’limda  o‘qitish 

jarayonida  bo‘lg‘usi  o‘qituvchining  innovatsion  imkoniyatlarini  rivojlantirish  olib  borilayotgan 

ilmiy-tadqiqotlarning bahs mavzusi bo‘lib qolmoqda. 

Shaxsiy  yo‘nalishli  ta’lim  konsepsiyasi  madaniy-tarixiy  va  faoliyatli  yondashuvga 

asoslanadi  (L.S.Vыgotskiy,  A.A.Leontev, 

D.B.Elkonin,  E.V.Ilenko,  V.V.Davыdov, 

G.P.Shedrovitskiy, A.G.Asmolov) va bugungi kunda umummetodologik  jihatdan V.V.Serikov, 

V.G.Sukerman,  V.P.Zinchenko,  L.N.Kulikovlarning  ishlari  alohida  ahamiyatga  molik. 

Tashkiliy-boshqaruv  darajasida  ushbu  muammo  bilan  M.N.Kostikov,  V.A.Boltovlar 

shug‘ullangan.  Ushbu  konsepsiyaning  yetakchi  g‘oyalaridan  biri  pedagogik  ta’limda  predmetli 

tayyorlashning  roli  va  o‘rnini  anglab  yetish,  predmetlarni  o‘zlashtirish  bilan  asosiy  e’tibor 

o‘quvchilarni rivojlantirish vositasi sifatida predmetni o‘qitishga asosiy maqsad qaratiladi. 

Ushbu  konsepsiyaning  boshqa  bir  g‘oyasi  o‘quv  shakllarini  konstruksiyalash  bilan 

bog‘liq bo‘lib, bunda ta’lim jarayoni yagona jarayon sifatida qaraladi, (xususiy o‘quv faoliyati) 

unda  materialni  anglab  yetish  va  tadqiqot  ishi  birgalikda  bo‘lg‘usi  pedagogning  shaxsiy 

pedagogik  pozitsiyasi  bo‘lib  shakllanadi.  Mazkur  yondashuvda  asosiy  talablar  quyidagi 

izchillikda:  shaxs  o‘zi  uchun  va  boshqalar  uchun  ham  asosiy  boylik  bo‘lib,  bunda  ta’lim-oliy 

ta’limdagi  yaxlit  pedagogik  jarayon  sifatida  yo‘naltirilgan  shaxsni  o‘zgartirishga  qaratilgan 

jarayondir. 



 

17 


Bunday  ta’limning  bosh  natijasi  egallangan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalar  emas,  balki 

shaxs  o‘sishiga  qobiliyat,  empatik  o‘zaro  munosabatlar  va  shaxsiy  samaradorlikka  qaratilgan 

yuqori  ijtimoiy  faollik  tushuniladi.  Hayotiy  kelajakni  amalga  oshirish  uchun  inson  ongli  tarzda 

qayta  o‘z-o‘zini  faoliyatini  yo‘lga  qo‘yadi  va  buning  uchun  ta’lim  jarayoni  imkoniyatlaridan 

foydalanadi.  Ayniqsa, bu jarayon talaba  yoshi davri,  yoshlik  davri ayni  ushbu  jarayonni  yo‘lga 

qo‘yish  uchun  muhim  bosqich  davri  hisoblanadi.  Ushbu  konsepsiyaning  keyingi  g‘oyasi 

pedagogik  sub’ektivlikni  rivojlanishi  bilan  bog‘liq:  talaba  “o‘rganuvchi”,    “o‘quvchi”, 

“o‘qitadigan” pozitsiya orqali o‘tadi. 

Agar  oliy  o‘quv  yurti  “o‘qish  joyi    va  vaqti  emas,  balki  yigit  va  qizlarni  katta  bo‘lish 

maydoni”(D.B.Elkonin) deb qaralsa, u holda ushbu oliy o‘quv yurtidagi pedagogik jarayon uni 

amalga  oshirish  orqali  ta’lim  olayotgan  talabaning  o‘z-o‘zini  rivojlantirishini  faollashtiruvchi, 

hech  bir  narsa  bilan  qiyoslab  bo‘lmaydigan  pedagogik  jarayonni  ijodiy-o‘zini  qayta  qurish 

sub’ekti ham talaba, ham pedagog uchun imkoniyatlar hisoblanadi.  

O‘qituvchi  faoliyati  ham  o‘zgaradi:  “usta”  ishlari  orqali  bilimlarini  pedagogik 

texnologiya  asosida  yetkazishdan,  talabalarda  pedagogik  qobiliyatni  shakllantirish  maqsadida 

birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi “maslahatchi”  pozitsiyada talabalar bilan birgalikda uning 

kelajak  kasbiy  faoliyatini  loyihalovchiga  aylanadi.  Shunga  ko‘ra  integrativ  ta’lim 

texnologiyalarini yo‘lga qo‘yish dolzarb bo‘lib qoladi.  

Ushbu masalada ta’limni loyihalash bilan shug‘ullanuvchi muammolar instituti bugungi 

kundagi  dolzarb  masalada  yetakchilik  qilmog‘i  zarur.  Bundan  tashqari  oliy  ta’limda  har  bir 

fanlarni o‘qitish sohasida pedagogika va psixologiya fanlari bloki tezkor texnologik izlanishlarni 

amalga oshirish bilan shug‘ullanishlari kerak.     

Pedagogik  ta’lim  amalga  oshirishining  tashkiliy-tuzilmaviy  modeli  haqida  alohida 

to‘xtalish kerakligi e’tiborga loyiq. Bular:  kichik darajadagi, ko‘p bosqichli va ko‘p darajadagi 

modellarga qaratilishidan iborat. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har bir model mustaqil yaxlit ta’lim 

sifatida  qaralib,  ular  o‘zlarining  jilg‘alariga  ega  bo‘lib,  aniq  ijtimoiy-madaniy  va  iqtisodiy 

xolatlar bilan bevosita bog‘liq.   

Kichik  darajadagi  tizim  –  bu  oliy  ta’limdagi  an’anaviy  tizim  hisoblanib,  u  qat’iy 

hisoblanib, bunda tor mutaxassislar tayyorlanib, ta’lim jarayonida  o‘qitish variantlarini tanlash 

imkoniyati mavjud emas. Qabul qilingan 1998yildagi DTS da variativ qismi kiritilgan bo‘lsada, 

lekin bu tizim ham baribir shaxs tanlash imkoniyatlarini chagaralaydi. 

Ko‘p  bosqichli  tizimda  o‘rta  maxsus  ta’lim  tizimi  asosida  oliy  ta’lim  olish  uchun 

imkoniyatlar  mavjud  bo‘lib,  o‘zaro  bog‘lovchi  o‘quv  rejasi  ishlab  chiqilgan.    Ushbu  tizim 

ixcham hisoblanib, bitiruvchilarni uchinchi kursga qabul qilish bilan bog‘liq ko‘plab muammolar 

kelib  chiqadi:  qaysi  mablag‘  asosida  o‘qitish,  birinchi  o‘rinda  pedagogika  bilim  yurti  va 


 

18 


pedagogika kollejlarida talabalarni egallagan bilimlari sifati masalasi turlicha gumon uyg‘otadi. 

1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunga muvofiq oliy ta’limning ko‘p 

bosqichli tizimi yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’limning ko‘p bosqichli tizimini ishlab chiqish  va joriy 

etishni kuchli innovatsion jarayon sifatida belgilash mumkin. Ushbu masalada G‘arbiy Yevropa 

mamlakatlari  tajribasi  har  tomonlama  tahlil  etilib,  baho  berildi  va  O‘zbekiston  Respublikasi 

sharoitida o‘zimizning mentalitetimizdan kelib chiqib, oliy ta’limning o‘ziga xos ko‘p bosqichli 

tizimi yaratildi. 

Oliy  pedagogik  ta’limni  ko‘p  bosqichli  mazmuni  bizning  sharoitimizda  ikki  darajali 

model:  

­  umumiy  (bazaviy-bakalaviriat  va  to‘liq  (magistratura)  ko‘rinishida  amalga  oshirilib, 

har biri o‘ziga avtonom hisoblanadi;  

­ 

yaxlit tizim ko‘rinishiga ega; 



­ 

bozor iqtisodiyoti talablariga to‘la javob beradi; 

­ 

ta’limni ko‘pgina yo‘llari orqali egallash imkonini beradi;  



­ 

o‘qiyotganlarni akademik va kasbiy yo‘naltirishga rag‘batlantiradi;  

­ 

o‘z-o‘zini anglash, uning qimmatli  yo‘nalishlarini va hayot  tarzini belgilash asosida 



shaxs rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratib beradi. 

O‘qitish  asosiga  ta’limiy-kasbiy  dasturlar  qo‘yilgan  bo‘lib,  ular  beshta  blok-model 

prinsipidan  tashkil  topgan:  ijtimoiy-iqtisodiy  va  gumanitar  fanlar,  matematik  va  tabiiy-ilmiy 

fanlar,  umumkasbiy  fanlar,  ixtisoslik  fanlari  hamda  qo‘shimcha  fanlar  tizimidan  iborat. 

Texnologik jihatidan kasbiy ta’limning mazmuni, metodlari va metodikasini tanlashga madaniy 

yondashuv  bilan  bevosita  bog‘liq..  Ushbu  dasturlarni  ishlab  chiqilishida  har  bir  blokning 

vazifasi,  bloklar  o‘rtasidagi  o‘zaro  bog‘liqlik  tashkiliy,  didaktik-texnologik  ishlar  va  malakali 

mutaxassislar bilan hamkorlikda amalga oshirilgani ko‘zga tashlanadi.  

Olib  borilgan  tadqiqotlar  natijasi  shuni  ko‘rsatadiki,  fakultetlarda  oliy  ta’limdagi  ko‘p 

bosqichli  tizim  (OTKT)  asosida  ishlash  va  an’anaviy  tizim  bilan  ishlash  qiyosiy  taqqoslab 

ko‘rilganda,  talabalar  (OTKT)  yangicha  ta’lim  tizimida  ongli,  ijodiy  ishlashga  ko‘proq  e’tibor 

qaratgani,  talabalarda  ta’lim  motivatsiyasi  darajasi  yuqori  ekanligi  ko‘zga  tashlanadi.  Oliy 

ta’limni fakultetlari va kafedralarida tuzilmaviy-funksional va mazmunli-texnologik qayta qurish 

amalga oshiriladi. Umuman olganda oliy ta’limda individual-ijodiy va jamoaviy-ijodiy faoliyat 

sohasida  bugungi  kunga  kelib  sezilarli  tajribalar  to‘plandi,  o‘quv  pedagogik  jarayoni 

ishtirokchilari  o‘rtasida  sub’ekt-sub’ekt  munosabatlari  rivojlanishida  o‘zgarishlar  sodir 

bo‘layotganini kuzatish mumkin.  

Ushbu tizim orqali talabalarni mustaqil ishlashga ishtiyoqi ortib, reyting tizimida ularning 

faol  ishtiroki  ta’minlansa,  ikkinchi  tomondan  pedagoglar  tomonidan  talabalar  faoliyatini 


 

19 


boshqarishda metodik madaniyat darajasi o‘sib borishi kuzatiladi. 

 

20 


II BOB. TA’LIMDA INNOVATSION USLUBLARNI ISHLAB CHIQISH VA JORIY 

ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI HAMDA PEDAGOGIK SHART-

SHAROITLARI  

 

2.1. O‘qitish jarayonida innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning tashkiliy 

jihatlari 

 

Ma’lumki, didaktikaning predmetini o‘rgatish, o‘rganish ta’lim mazmunini tashkil qiladi. 



Bunda  ishtirok  etayotgan  uchta  komponent  bir-birlari  bilan  shunday  uzviy  aloqadaki,  ulardan 

birini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Xo‘sh, nimani nimadan boshlash kerak? Ishni 

o‘rganish  yoki  o‘rgatishdan  boshlasak,  tabiiy  ravishda  savol  tug‘iladi:  nimani  (qanday 

mazmundagi  o‘quv  materialini)  o‘rganmoqchisiz  yoki  o‘rgatmoqchisiz?  O‘rgatish  ham, 

o‘rganish  ham  asosiy  maqsadga  yo‘naltirilgan  ta’lim  ob’ekti  va  oxirgi  natija  mahsuli  bo‘lmish 

ta’lim mazmuniga bog‘liq. 

Har  xil  mazmun  uni  o‘zlashtirishning  o‘ziga  xos  usullari  bilan  farq  qilganligi  uchun 

o‘rganishning  qanday  bo‘lishi  uning  mazmuniga  bog‘liq,  bu  esa  o‘rganishni  tashkil  etuvchi 

o‘rgatuvchiga  bog‘liq.  Shunday  qilib,  didaktik  tafakkur  -  bu  o‘rganish,  o‘rgatish  va  ta’lim 

mazmunining doimiy aloqalari, munosabatlarini izlash, aniqlash demakdir.   

O‘qituvchi  o‘quvchini  faollashtiradigan,  o‘zi  va  o‘rganuvchi  uchun  qulay  bo‘lgan 

yo‘llarni,  usul  va  uslublarni,  o‘qitish  shakllari,  metod  va  vositalarni  izlaydi,  ularni 

takomillashtiradi.  Shu  boisdan  ham  «pedagogik  texnologiya»,  «didaktik  texnologiya»,  «ta’lim 

texnlogiyasi»  atamalari  qatoridan  «pedagogik  innovatsiyalar»  atamasi  ham  mustahkam  o‘rin 

olmoqda. 

Yuqorida sanab o‘tilgan tarzda o‘rgatish, o‘rganishda ta’lim mazmuni asosiy o‘rin tutadi. 

Shuning uchun ham,  o‘z oldimizga Davlat ta’lim  standartlarini  yaratish birinchi  galdagi  vazifa 

qilib  qo‘yildi.  Bu  vazifaning  uddasidan  chiqdik.  Davlat  ta’lim  standartlari  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  tasdiqlanib,  har  bir  ta’lim  muassasalariga,  har  bir 

o‘quvchiga  yetkazildi.  Endigi  vazifa  shu  standartlarni  tezroq  hayotga  tatbiq  etish  mexanizmini 

yaratishdan iborat. 

Biroq,  e’tirof  qilish  kerakki,  hali  Respublikamizda  yangi  pedagogik  texnologiyalarni,  

ta’lim   innovatsiyalarini   to‘plash, ular ichidan faoliyatimizda eng ko‘p samara beradiganlarini 

tanlash, tajriba-sinovdan o‘tkazish va qo‘llash- joriy etishni yo‘lga qo‘yadigan tizim (mexanizm) 

shakllantirilmagan edi.                          

«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ishlab 

chiqilgan umumiy ta’lim fanlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib, bosqichma-


 

21 


bosqich  amalga  oshirishga  kirishilgandan  keyin  bu  sohadagi  ishlarni  aniq  bir  tizimga  solish, 

qo‘llab - quvvatlash, yangiliklarni joriy etishga  yetarli shart-sharoitlar yaratadigan tuzilmalarga 

bo‘lgan ehtiyoj yaqqol ko‘zga tashlandi. 

Chunki,  Davlat  ta’lim  standartlari  o‘quvchilar  bilimiga  qo‘yiladigan  majburiy  minimal 

daraja bo‘lib, davr o‘quvchilarga ta’lim standartlari darajasi talablaridan oshirib bilim, iqtidor va 

ko‘nikmalar berishni taqozo etadi. Bu masalani ijobiy hal qilish ilg‘or tajribalar, yangi pedagogik 

texnologiyalarni izlash, ularning didaktik imkoniyatlarini sinab ko‘rgan holda amaliyotga tatbiq 

etishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojni oshirib yubordi.  

Bundan kelib chiqadigan amaliy hulosa  -  ilg‘or ta’limiy  yangiliklarni aniqlash, ularning 

jamg‘armalarini  tashkil  etish,  sinab  ko‘rish,  pedagogik  amaliyotga  joriy  qilishning,  ilmiy 

xulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratish masalasining dolzarbligini 

oshirdi. Hozirgi kunda bu tizimni yaratish yo‘lida bir qator izlanishlar, sa’y- harakatlar boshlab 

yuborilgan.                             

Jumladan, vazirlik, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari tarkibida Davlat ta’lim standartlari 

boshqarmalari  va  bo‘limlari  (monitoringi)  tashkil  etilgan.  Ta’limni  boshqarish  tizimida  tashkil 

qilingan yangi bo‘g‘inlar quyidagi vazifalarni amalga oshirib bormoqda: 

  ta’lim  sohasidagi  qonunlar,  me’yoriy  hujjatlarning bajarilish nazoratini yuritish;      

  Pedagogik  innovatsiyalarni  amaliyotga  tatbiq  etishning  tashkiliy  asoslarini  yaratish 

zarur. Buning uchun: 

  “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga, tatbiq etish, Davlat ta’lim standartlari 

va dasturlari bajarilishining monitoringini olib borish; 

  ta’limni boshqarish mahalliy organlari  va o‘quv muassasalarining umumiy tashkiliy 

pedagogik ishlari qatori pedagogik innovatsiyalarning samaradorligini tahlil qilib borish; 

  pedagogik  tajribalarning  borishini  analitik  tahlil  qilish,  umumlashtirish, 

ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash; 

  pedagogik texnologiyalarni kuzatuvchi, nazorat qiluvchi va joriy etuvchilarni o‘quv 

ishini  tashkil  qilish  shu  masalaga  oid  seminarlar  o‘tkazish,  treninglar  tayyorlash  choralarini 

ko‘rish; 

  pedagogik  texnologiyalarni  rivojlajtirish  haqida  tegishli  ma’lumotlar  jamg‘armasini 

yaratish, tahlil qilish va tartibga solib turish. 

Yuqorida ta’kidlanganidek, Davlat ta’lim standartlari- bu o‘quvchilar bilim saviyasining 

minimal  darajasini  belgilaydi,  bu  darajadan  yuqori  ko‘rsatkichlarga  erishish    uchun  ma’lum 

izlanish  hamda  tashabbus  lozim,  pedagogik  innovatsiyalarni  yaratish,  shuningdek,  ularni 

boshqarish avvalam bor, ana shu dorlzarb vazifalarni hal qilishga xizmat qiladi. 

Shu boisdan ham  pedagogik  iinovatsiyalarni izlab topish. o‘rganish,  tahlillar ostida eng 


 

22 


ko‘p  samara  beradiganlarini  tanlab  olish  va  ularni  amaliyotda  qo‘llash  tartibini  belgilab 

beradigan  tizimni  yaratish  maqsadga  muvofiqdir.  Fikrimizcha,  buning  uchun,  innovatsiyalar 

haqida  aniq  ma’lumotlar  jamg‘armasini  yaratish  zarur  bo‘lib,  buni  shartli  ravishda 

innovatsiyalarni «to‘plash» jarayoni deb qabul qilamiz.                             

Innovatsion  yangiliklarni  to‘plovchilar  jadvalga  ko‘ra  vazirlik  tizimida  yangi  tashkil 

qilingan  markazlar,  jumladan,  xalq  ta’limi  xodimlari  malakasini  oshirish  instituti  barcha  talim 

muassasalari rahbarlari malakasini oshirish bo‘yicha doimiy ishlovchi Respublika doimiy kursi 

qoshidagi monitoring markazi va respublika ta’lim markazi asosiy bo‘g‘in hisoblanadi.  

Mazkur ishlarni boshqaruvchi Davlat ta’lim standartlari monitoringi maktab pedagoglar 

kengashlari,  metod  birlashmalari,  tuman,  shahar  xalq  ta’limi  bo‘limlarida,  viloyat  malaka 

oshirish  institutlarida  o‘rganib,  to‘plangan  pedagogik  innovatsiyalarni  o‘z  vaqtida 

«TANLOVChI»larga  yetkazish  yeki  ayrimlarini  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  «QO‘LLOVChI»larga 

yo‘llashni muvofiqlashtirib boradi. 

Pedagogik innovatsiyalarni tanlashda amaliy ish olib boruvchi «Pedagogik texnologiyalar 

markazi»: 

­ 

ma’lumotning yo‘nalishini aniqlaydi



­ 

joriy qilish va qo‘llashda ilmiy-metodik jihatdan yordam beradi; 

­ 

metodik qo‘llanma, dastur va metodik tavsiyalarni nashrga tayyorlaydi va pedagogik 



matbuotga uzatadi; 

­  reyting  tizimi,   o‘quvchilarni   maktabgacha   tayyorlash,  Davlat  ta’lim standartlarini 

joriy qilishdagi ilg‘or tajribalar majmuasini yaratadi; 

­ 

xorijiy      davlatlardagi      ta’lim      sohasidagi      tajribalarni      o‘rganadi,  taqqoslaydi  va 



tavsiyalar tayyorlaydi; 

­  amaliyotga tatbiq qiluvchilarni o‘qitadi, malakasini oshiradi, tajriba almashuv ishlarini 

tashkil qiladi; 

­  pedagogika  sohasidagi  olimlar,  ilmiy  izlanuvchilar  bilan  hamkorlik  ishlarini  olib 

boradi; 

­ 

innovatsiyalarning qo‘llanilishini dinamik ravishda kuzatib boradi



­  innovatsiyaga oid Respublika ilmiy-amaliy kengashlar  yig‘ilishlar va konferensiyalar 

o‘tkazadi;    

­  malaka oshirish institutlari, tuman metodika va maktab pedagogik kengashlarini yangi 

axborotlar bilan ta’minlab boradi. 

Pedagogik  innovatsiyalarni  qo‘llash  bilan  uni  to‘plab,  ilmiy  jihatdan  xulosalar 

tayyorlovchi bo‘g‘in o‘rtasidagi «Pedagogik matbuot» asosan nashr ishlari, ommalashtirish, keng 

pedagogik  jamoalar,  ilmiy-pedagogik  xodimlarga  ularni  yetkazish,  ularning  taklif  va 


 

23 


mulohazalarini  olish,  tajriba-sinov  xulosalari  asosida  innovatsiyalarni  yanada  takomillashtirish 

ishlari bilan shug‘ullanadi.  O‘ylaymizki,  ta’lim  texnologiyasi  va  pedagogik  innovatsiyalarga 

bunday  tizimli  yondashuv  Davlat  ta’lim  standartlarini  amalga  oshirishda  o‘z  samarasini 

ko‘rsatadi. 

O‘qituvchining  pedagogik  faoliyatini  olib  borishga  halaqit  beradigan  psixologik 

to‘siqlarni  umumlashtirib  yangilik  kiritishlarga  o‘qituvchilarning  ko‘proq  qarshilik  bildirishini 

keltiradigan sabablarni ta’kidlab o‘tish zarur. 

1.  O‘zgarishning  maqsadi  o‘qituvchilarga  tushuntirilmagan  yashirin,  gapning  ikki 

ma’nosi  xavotir  va  noma’lumlikni  keltiradi.  Noma’lumdan  qo‘rquv  har  qaysi  yangi  usulga 

o‘qituvchilarni yo‘llashi mumkin. 

2.  O‘qituvchilar    yangilikni    kiritishda  rejalashtirish    va  ishlab  chiqarishda 

qatnashmaganlar. 

3. Jamoa an’analarini e’tiborga olmaslik va o‘z ishining odatiy  usuliga rioya qilish. 

4. Yangi usullarga sub’ektiv munosabat va qo‘rquv, statusni yo‘qotish xislari. 

5.  Ish  xajmining  ko‘payishi    rahbar  o‘qituvchilar  faoliyatida  o‘zgarishlarni 

rejalashtirmasligi oqibatida qo‘rqish paydo bo‘ladi.           

Yangilik  kirituvchi  tashabbuskor  odam  hurmat  va  ishonchga  ega  bo‘lmasa.  Afsus,  

ko‘pincha o‘qituvchilar loyihaga emas, uning muallifiga qaraydi. Agar bu insonning hurmati past 

bo‘lsa,  pedagog  uning  qadrligiga  qaramay,  bu  odamga    ishonchsizligi  uning  g‘oyasiga  

o‘tkaziladi.  O‘qituvchi ijodkorligini shaxsiyatning axloqiy munosabatiga qarab mulohaza qilish  

mumkin.    Agar  ijodiy  faollik  asossiz  va  mavjud  qadriyatlarga  e’tiborini  qaratmasa,  demak  bu 

faollik juda xavfli. Yosh o‘qituvchining bilim   berishi   va kasbiy faoliyatida ijodiy rivojlanishi 

uchun ko‘p variantli yechimlarga olib boruvchi mashqlarni topmaganlar. M.V.Klarinning «Chet 

el  pedagogik  izlanishlarda  ta’limotning  pedagogik  modellari»  monografiyasida  yuqori  sinf 

o‘quvchilar bilan darslarni tashkillashtirish asosiga qo‘yilgan quyidagi masalalar taqdim etiladi: 

-ijodiy  yaratishlarda  ichki  to‘siqlarni  yo‘qotish.  O‘quvchilar  ijodiy  izlanishga  tayyor 

bo‘lsa,  ularga  o‘quvchilar  va  o‘qituvchilar  bilan  o‘zaro  munosabatlarda  o‘zida  ishonchni 

o‘rnatishga yordam berish lozim. Ular qabul qilinadimi yoki ular ustidan kuladimi, lekin ushbu 

xavotirlanishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ular xato qilishdan ko‘rqmasligi lozim; 

-ongsizlikda ishga e’tibor berish. Agar muammo diqqatning markazida joylashmasa ham 

miyaning ongsiz qismi  uning ustida ishlaydi.  Ayrim g‘oyalar bir oyda chiqib  qolsa ham  ularni 

vaqtida  eslab  qolish  kerak  hamda  tushuntirib,  joylashtirib  qo‘yish  va  ulardan  maqsadli 

foydalanish lozim; 

-baholashdan  chetda  yurish.  Bu  ham  o‘quvchilarning  g‘oyalar  oqimini  kengaytirish, 

muammoning  ustidan  erkin  fikrlashiga  ko‘proq  vaqt  va  e’tibor  berishga  imkoniyat  beradi. 


 

24 


O‘quvchilarga  ijodiy  izlanish  va  yangi  tasavvur  bog‘lanishlarining  topilishi  uchun  metafora  va 

o‘xshatishlarni  ishlatilishiga  imkoniyat  berish  hisobiga  kengayadi.  O‘rta  va  oliy  maktablarda 

ixtirolar  bilan  ishlash,  obrazli  tafakkurga  chaqirish,  obrazlarning  yaratilishida  va  ularni 

anglashiga yo‘naltirishda spontallikning birlashuvini kiritadi;       

-aqliy  mashqlar  imkoniyatini  berish.  Boshqa  holatlarda  o‘rganish  uchun  o‘quvchilarga 

mashqlar beriladi, sababi-echimni topish holatida ular buni o‘zgacha his etadi, o‘zini yo‘qotishga 

yo‘l qo‘ymaslik; 

-tasavvurning  faolligini  qo‘llab-quvvatlash.  Bu  ijodiy  o‘ylashning  asosi  hisoblanadi. 

Tasavvurni,  hayolni  o‘z  joyiga  qo‘yish,  ularni  nazorat  qilish,  ichki  ozodalik,  tartib  yaratib 

bo‘linganidan so‘ng hamma gaplar mulohaza qilinadi

-o‘zlashtirishni  rivojlantirish,  sezish,  o‘zlashtirishni  kengaytirish  va  to‘ldirishlarni 

kuchaytirish.  

O‘quvchilarga ularning ijodiy faoliyatidagi ma’nosini umumiy yo‘nalishlarini anglashga 

yordam berish, o‘z imkoniyatlarning rivojlanishini bilish. Bunday tushunchasiz ijodiy faoliyatni 

kuchaytiradigan mashqlar o‘yin sifatida o‘zlashtiriladi. 

Yuqorida  sanab  o‘tilgan  maslahatlar  erkin  muloqotda,  fikr-almashuvda,  ijodiy 

bahslashuvda  eksperimental  ish  jarayonida  bo‘lib  o‘tishi  mumkin.  Mashg‘ulotlarning  tashkil 

etuvchi  shart-o‘quvchilarni  ijodga  shaxsiy  kiritishi  ekan.  Shunday  ta’lim,  bilim,  idroklarni 

shaxsiyat  sohasining  shakllanishiga  kiritadi,  yuqori  sinf  o‘quvchilari  ochiq,  o‘zlashtirish  va 

boshqa nuqtai nazarini tushunishi uchun qobiliyatlarni rivojlantiradi.  

Misol uchun qobiliyatlar rivojlanishining natijasini ko‘rib chiqamiz: «Shuni ko‘rib o‘tish 

kerakki,  hozir  nimalarni  mulohaza  qilsa,  uni  hammasini  tushunarmikan..?  Nimaga  u  o‘z 

qarashiga  meni  ishontirmoqchi?».  Menimcha:  «ma’lumotlarim  yetarli  emas:  yetmagan  to‘la-

to‘kislarni  bilib  olsam,  yaxshi  bo‘ladi...  U  nohaq  deb  aytyapmanmi  yoki  ochiqchasiga  o‘z 

munosabatimni bildiryapmanmi? Bu holda men ishonchliroq tarzda o‘z fikrimni o‘zgartirishim 

kerak».  O‘quvchilarda  ijodiy  fikrlashni  rivojlantiish  metodlarini  va  mazmunini  didaktik  izlash 

bilim  va  usullarni  shakllantirishga  olib  keldi.  Shunday  tadqiqiy  mo‘ljal  o‘quv  jarayoniga 

pedagogik  yondashuvni  o‘ziga  xos  tarzda  yo‘lga  qo‘yishni  taqozo  etadi.  Bu  esa  o‘z  o‘rnida 

ta’limning  maqsadi  yosh  o‘qituvchilarda  yangi  tajriba,  kasbiy  –  tadqiqiy  faoliyatda  yangi 

bilimlar  bilan  qurollanishni,  rolli  va  o‘xshatish  kabi  modellashlarni  o‘zlashtirish  imkoniyatini 

yaratadi. 

Bolalar  tomonidan  mazmunan  ma’lumotlarni  o‘zlashtirishi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  aniq 

shakllarga murojaat qilamiz. Talim modellarining misollar orasida  biz   muammolarni   tizimli   

yechim      asosida      ijobiy  izlanishning    tashkillashtirishni  bahslashuv  va  didaktik    o‘yinlarini 

ajratamiz. Sanab o‘tilgan modellar orasida biz didaktik va rolli o‘quv o‘yinlariga alohida e’tibor 


 

25 


qaratamiz. Didaktik o‘yinlar metodikasining asosiylari ularning tizimida o‘rnatilgan 4 bosqichni 

ajratsa bo‘ladi. 

Orientatsiya  –  o‘rnatiladigan  mavzuning  tasavvuri,  o‘xshatilishi  va  uning  qoidalar 

harakteristikasi,  o‘yin  mulohazalarining  bayoni,  o‘yin  o‘tkazishda  uning  sahnalashtirishi,  o‘yin 

mazmunining  detallarini  ishlab  chiqarish  katta  ahamiyatga  ega.  Sahna  –  bu  o‘yinning  tashkiliy 

va syujetli sxemasi, umumiy rejasi ekan.     

 


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish