KURS ISHINI BAJARISHDAN MAQSAD
“Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini amalga oshirish;
talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga yo‘naltirish va bu boradagi bilim ko‘nikma va malakalarini oshirish;
talabalarni olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash;
pedagogik amaliyotga tayyorlash, pedagogik texnologiyalar, ixtisoslikning zamonaviy usullari bilan qurollantirish;
ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun talaba motivatsion qobiliyatlarini rivojlantirish.
KURS ISHINI BAJARISHDA TALABANING VAZIFALARI:
Kafedra tomonidan tayinlangan rahbar bilan hamkorlikda kurs ishi uchun kafedrada mavjud kurs ishlari mavzulari bankidan birini tanlaydi;
Tanlangan mavzu yuzasidan gipoteza qabul qiladi;
Mavzu bo‘yicha mavjud adabiyotlarni tahlil qiladi va masalaning o‘rganilganlik darajasini aniqlaydi;
Kurs ishining dastlabki rejasini tuzadi va rahbarning maslaxatlarini oladi;
O‘rganilayotgan masalaning ilmiy-tadqiqot metodikasini ishlab chiqadi, muammoning hal qilish yo‘llarini belgilaydi;
Olingan natijalar bo‘yicha xulosalar qiladi, ishlab chiqarishga qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar beradi;
Foydalanilgan adabiyotlarning ro‘yxatini tuzadi, zarur bo‘lsa kurs ishiga ilovalar tavsiya etadi;
Himoya davridagi ma'ruzasining matnini tayyorlaydi;
Kurs ishini kafedra muhokamasiga taqdim etadi;
Kurs ishini himoyaga olib chiqadi va kafedra a'zolaridan tuzilgan xay'at huzurida himoya qiladi.
KURS ISHINI BAJARISH JARAYONIDA UCHRAYDIGAN AYRIM TUSHUNCHALAR
Mavzu — masala, muammoning mohiyatini ifodalovchi aniq yo‘nalish, o‘rganishni, tadqiqot o‘tkazishni talab qiluvchi topshiriq, vazifa.
Gipoteza — haqiqatga yaqin ilmiy taxmin.
Muammo — hal qilishi lozim bo‘lgan, yechimini kutayotgan masala, mavzular majmui yoki bo‘lg‘usi tadqiqotlar sohasini o‘z ichiga qamrab olgan yirik, umumlashtirilgan, shakllantirilgan ilmiy masaladir.
Muammolar quyidagi turlarga ajratiladi:
Tadqiqot muammolari — bir ilmiy fan doirasidagi va birgina qo‘llanish sohasidagi tadqiqotlarning qarindosh mavzulari majmui.
Kompleks ilmiy muammo — xalq xo‘jaligining eng muhim masalalarini hal etish uchun yunaptirilgan turli fan sohalaridagi ilmiy tadqiqot mavzularining o‘zaro aloqasi.
Mavzuning dolzarbligi — oldinga qo‘yilgan muammo (vazifa, masala)ni hal qilishning ayni vaqt va mazkur vaziyat uchun muhimligi darajasi.
Masalaning qo‘yilishi — tadqiqot mantiqiy usulida:
tahlil etilishi va umumlashtirilishi talab qilinadigan fakt (dalil)larni aniqlash;
fanda hal qilinmagan muammolarni aniqlash. Fanda, tushuntirilmagan, tartibga solib, tizimlashtirilmagan faktlarni aniqlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday tadqiqot diqqat markazdan chetga tushib qolishi mumkin:
Ularni umumlashtirish — masalaning qo‘yilishi mazmunini tashkil etadi.
Tadqiqot vazifalari — muayyan tadqiqot mavzusi doirasidagi tadqiqot ishlarining element (qism)lari majmui, ularni ijro etishning aniq rejalari belgilangan topshiriqlar.
Xulosa — fikriy operatsiya, uning vositasida bir qancha berilgan mulohazalardan dastlabkisi bilan muayyan tarzda baholangan holda xukm chiqarish, ya’ni haqiqatga yaqin ilmiy taxmin— gipotezani isboti.
Do'stlaringiz bilan baham: |