Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 477,41 Kb.
bet7/8
Sana02.07.2022
Hajmi477,41 Kb.
#732198
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAFTUNA

Kimyoviy xossalari.
Naftalin benzolga nisbatan elektrofil o‘rin olish va birikish reaksiyalariga oson kirishadi.
Naftalinning elektrodonor xossalari yuqori bo‘lganligi uchun π-komplekslarni oson hosil qiladi. Elektrofil reagentlar ta’sirida α- va β- holatlar bo‘yicha σ-komplekslar hosil bo‘lishi mumkin.



Shuning uchun elektrofil o‘rin olish reaksiyalari ikki xil izomer hosil bo‘lishi mumkin. bu kvant-kimyoviy hisoblashlar natijalariga mos keladi. Bundan tashqari, α-holatdagi σ-kompleksning barqarorligi yuqori bo‘lganligi uchun α-holat bo‘yicha reaksiyalar tezroq ketadi. Ayrim hollarda, agar reaksiya qaytar bo‘lsa, yuqori temperaturalarda β-izomer hosil bo‘ladi. Ba’zan reaksiya yo‘nalishiga erituvchi ham ta’sir qiladi.


Naftalin alkillanganda va atsillanganda α- va β-izomerlarning aralashmasi hosil bo‘ladi. Izomerlar nisbati reaksiya temperaturasiga va erituvchiga bog‘liq.
Naftalin nitrat kislota ta’sirida oson nitrolanadi.



Nitrolash davom ettirilsa 1,5- va 1,8-dinitronaftalinlar aralashmasi hosil bo‘ladi.


Naftalin konsentrlangan sulfat kislotada eritilsa sulfolanadi. Reaksiya natijasida α- yoki β-naftalinsulfon kislotalari hosil bo‘ladi.

α-Naftalinsulfon kislotasi sulfat kislotasida qizidirilsa β-izomerga aylanadi. 160 oC da asosan β-izomerdan iborat bo‘lgan aralashma hosil bo‘ladi.





β-Izomer termodinamik jihatdan α-izomerga qaraganda barqaror. Shuning uchun qaytar sulfolash reaksiyasida termodinamik muvozanat qaror topadigan yuqori temperaturalarda β-izomer ko‘proq hosil bo‘ladi (termodinamik nazorat qilinadigan reaksiya). Nisbatan past temperaturalarda termodinamik muvozanat qaror topmaganligi uchun α-izomer hosil bo‘ladi (kinetik boshqariladigan reaksiya).

Naftalinning bromlanishi ham oson ketadi.



Mo‘l miqdorda brom ta’sir ettirilganda 1,4- va 1,5-dibromnaftalinlar aralashmasi hosil bo‘ladi. Ba’zida galogenlash reaksiyasida galogenning benzol xalqalaridan biriga birikishi ham mumkin.


Yuqorida ta’kidlanganidek, naftalin uchun birikish reaksiyalari ham xosdir. Masalan, xlor benzolga qaraganda naftalinga oson birikadi. Naftalin katalitik gidridlanganda dastlab xalqalardan biri gidridlanib oson tetragidronaftalin yoki tetralin hosil bo‘ladi. Ikkinchi xalqani gidridlash yanada yuqori temperaturda ketadi va reaksiya natijasida dekalin hosil bo‘ladi.



Naftalin turli oksidlovchilar ta’sirida oksidlanishi mumkin. Reaksiya natijasida ftal kislotasi hosil bo‘ladi.





Ushbu reaksiya sanoatda bug‘ fazasida V2O5 qo‘shilgan oksid katalizator ishtirokida yuqori temperaturada olib boriladi. Reaksiya sharoitida hosil bo‘lgan ftal kislotasi ftal angidridga aylanadi.


Naftalin xrom angidridining sirka kislotadagi eritmasida oksidlansa 1,4-naftoxinon hosil bo‘ladi.



Naftalin asosan ftal angidrid ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Naftalin bir qator bo‘yoq moddalar, dorivor moddalar va oshlovchi moddalar ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida qo‘llaniladi. Naftalin insektitsid (kuyadori) sifatida ham ishlatiladi.




Download 477,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish