5. Fan bo’yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari Fanning o’quv yuklamasi
-
№
|
Mashg’ulot turi
|
Ajratilgan soat
|
|
3-semestr
|
4- semestr
|
Jami
|
1
|
Ma’ruza
|
20
|
28
|
48
|
2
|
Amaliy
|
-
|
-
|
-
|
3
|
Seminar
|
30
|
41
|
71
|
4
|
Laboratoriya
|
-
|
-
|
-
|
5
|
Mus.ish
|
50
|
71
|
121
|
|
Jami
|
100
|
140
|
240
|
“TARIXIY O`LKASHUNOSLIK VA URBANIZASIYA JARAYONLARI” FANIDAN BAHOLASH TURLARI VA SHAKLARI
Baholash turlari, shakllari, mezonlari va namunaviy savollar kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta’lim muassasasi (fakultet)ning o‘quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi;
Tarixiy o`lkashunoslik va urbanizasiya jarayonlari fanidan baholash turlari, shakllari, soni hamda mezonlari haqidagi ma’lumotlar talabalarga professoro‘qituvchilar tomonidan fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda e’lon qilinadi;
Talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirishini aniqlash uchun quyidagi baholash turlari o‘tkaziladi:
- oraliq—baholash (OB) - semestr davomida talabaning fan o‘quv dasturini tegishli tugallangan bo‘lim(lar)ini o‘zlashtirishini baholash usuli.
Tarixiy o`lkashunoslik va urbanizasiya jarayonlari fanidan OB 3-semestrda 1 ta og‘zaki so‘rov shaklida, 4-semestrda esa 1 ta yozma ish shaklida o`tkaziladi.
Oraliq nazoratni o`tkazish shakli:
suhbat;
yozma ish;
og‘zaki so‘rov;
test o‘tkazish; kollokvium.
yakuniy baholash (YAB) - semestr yakunida talabaning muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishini baholash usuli. U asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan yozma ish og‘zaki so‘rov, test, ijodiy ish va boshqa shakllarda o‘tkaziladi.
Yakuniy nazoratni o`tkazish shakli:
Ushbu nazorat turi auditoriyada potok yoki akademik guruhning barcha talabalari ishtirokida 3 – semestrda “Test” shaklida, 4 – semestrda esa “Yozma ish” shaklida o`tkaziladi. “Yozma ish” shaklida o`tkazilganda jami variantlar soni 50 ta. Har bir variant 3 ta savoldan iborat.
Baholashlar yozma ish shaklida o‘tkazilganda, talabaning yozma ishlarini tekshirish identifikatsiya raqamlari berish orqali amalga oshiriladi.
Fandan yozma ish talaba tomonidan mustaqil ravishda yoziladi. Mualliflikni o‘zlashtirish (plagiat)ga yo‘l qo‘yilmaydi. YOzma ish matnidagi o‘zganing mualliflik ishidan olingan har qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshqa rekvizitlarini ko‘rsatgan holda havolalar keltirilishi shart. YOzma ishni tekshirishda plagiat holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortiq yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubha uyg‘otadigan darajada o‘xshash bo‘lishi ushbu barcha yozma ishlarga nol ball qo‘yish yoki oldin qo‘yilgan ballarni bekor qilishga asos bo‘ladi. Baholashlar bo‘yicha o‘tkazilgan yozma ishlar 6 oy saqlanadi va muddat o‘tganidan so‘ng o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinadi.
Tarixiy o`lkashunoslik va urbanizasiya jarayonlari fani bo‘yicha belgilangan baholash turlarini barcha talabalar topshirishlari shart. Yakuniy baholashlar jadvali fakultet dekani tomonidan tayyorlanib, baholash boshlanishidan bir oy oldin oliy ta’lim muassasasi rektori (prorektori) tomonidan tasdiqlanadi;
Oraliq baholash jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o‘rganib borilishi mumkin va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinib, oraliq nazorat qayta o‘tkaziladi;
Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi yoki o‘quv-uslubiy boshqarma (bo‘lim) boshlig‘i rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o‘tkazish jarayoni davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta o‘tkazidadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |