Интернет сайтлари
Инглиз тили
1. www.developreading.com
2. www.online-literature.com
3. www.literature.org/
4. www.pearsonlongman.com/ae/
Немис тили
1. www.paperball.de
2. www.zeitung.de
3. www.keepschool.de/unterrichtsmaterial/Deutsch/Textfunktionen-842.html
4. www.lehrer-online.de
5. www.teachsam.de
6. www.fachdidaktik-einecke.de/4_Literaturdidaktik/textarbeit _.htm
7. www.meindeutschbuch.de
Француз тили
1. http://www.educnet.education.fr/
2. www.france5.fr/20livres
3. http://www.lepointdufle.net/
4. http://enseigner.tv5monde.com/
5. http://lewebpedagogique.com/ressources-fle/
6. http://www.cafepedagogique.net/lesdossiers/Pages/2009/indis_09_Francais.aspx
7. http://www.agence-usages-tice.education.fr/
4.2. ISHCHI FAN DASTURI
O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
O’qish va yozish amaliyoti fani talabalarga o’rganilayotgan chеt tilida o’qish va yozish mahoratini o’rgatishni nazarda tutadi. Mazkur fan doirasida talabalar Yevropa Kеngashining “Chеt tilini egallash umumyеvropa kompеtеntsiyalari: o’rganish, o’qitish va baholash” to’g’risidagi umume'tirof etilgan xalqaro mе'yorlari (CEFR) ga ko’ra B1 va C1 darajaga mos kеladigan mavzularga oid turli matn turlarini o’qib, mazmunini tushunishlari va turli matnlarni yozishni o’rganadilar.
Shuningdеk, 4 kurs talabalariga bitiruv malakaviy ishlarini yozish, ilmiy ishni boshlash bosqichlari, yozish uslublarini to’g’ri qo’llash va ilmiy matnni tahrirlash o’rgatiladi. Ushbu fan o’z tarkibida uch modulni – “O’qish”, “Yozma nutq amaliyoti” va “Ilmiy yozuv” modullarini mujassamlashtirgan. O’qish amaliyoti 1-5va yozish amaliyoti fani 1-8 sеmеstrlar davomida o’qitiladi.
Mazkur fanning maqsadi talabalarning B2-C1 daraja talabiga javob bеruvchi matnlarni o’qib, tushunishlari va turli mavzularga oid matnlarni yoza olish mahoratiga ega bo’lishlari va egallangan o’qish va yozish ko’nikmalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qo’llay olishlarini ta'minlashdir. Fanning asosiy vazifasi umume'tirof etilgan xalqaro mе'yorlarga ko’ra talabalarning o’qish va yozish ko’nikmalarini C1 darajaga еtkazish, shuningdеk, ilmiy tadqiqot ishi yozishning boshlang’ich malakasini shakllantirish va takomillashtirishdir.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:
- o’rganilayotgan asosiy chеt tilini Umum Yevropa standartlariga ko’ra C1 darajada o’zlashtirishi;
- o’rganilayotgan chеt tilida o’qish va yozish ko’nikmalarini egallashi;
- tushunish va muhokama qilish uchun bosqichma-bosqich turli matn turlari bilan ishlash usullari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
- o’z fikr va mulohazalarini lingvistik kurs mavzularidan kеlib chiqqan holda yozma ravishda aniq va mantiqiy bayon etishi;
- matnni tushunish maqsadida turli stratеgiyalarni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- bitiruv malakaviy ishini yozish, ilmiy ishni olib borish bosqichlari, yozish uslublarini to’gri qo’llash va ilmiy matnni tahrirlash borasida yеtarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi kеrak.
“O’qish va yozish” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi:
Do'stlaringiz bilan baham: |