Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 430,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana04.01.2020
Hajmi430,03 Kb.
#32016
1   2   3   4   5
Bog'liq
ozbekistonda goyaviy-mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etish usul va vositalari


 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

14

1.2. Mafkuraviy tahdidning yo‘nalishlari 

Keyingi  paytlarda  umuman  dunyo  miqyosida,  xususan  Markaziy  Osiyoda 

siyosiy  muhitning  murakkablashuvi  sodir  bo‘layotgan  voqealar  ortida  qudratli 

kuchlar borligidan dalolat bermoqda. Mamlakat ichki va tashqi siyosatiga muttasil 

yangiliklar  kiritib  borish  va  kechayotgan  jarayonlarda  milliy  manfaatlar  nuqtai 

nazaridan  samarali  faoliyat  olib  borish  uchun  davlatimiz  rahbarining  mintaqaviy 

mojarolarga,  xavfsizlik  masalalariga  bag‘ishlangan  fikrlari  olim  va  mutaxassislar 

uchun  dasturulamal  bo‘ldi.  Shu  bilan  birga,  Prezident  o‘zining  xavfsizlik  va 

barqarorlikka  oid  g‘oyalari  orqali  har  qanday  jamiyatning  ijtimoiy,  iqtisodiy 

taraqqiyoti,  uchun,  avvalo  tinchlik  va  barqarorlik  eng  ustuvor  shart  ekanligini 

uqtirib  kelganligi  nafaqat  tashqi  siyosatimizni,  balki  mamlakatdagi  barqarorlikni 

ham belgilab berdi.  

Mamlakatimizga  tashqi  tazyiqlar  yildan-yilga  kuchayib,  ular  diniy 

ekstremizm,  terrorizm,  “demokratiya  eksporti”  singari  turli  ko‘rinishlarda  o‘zini 

namoyon  qilmoqda.  Ayrim  hollarda  ba’zi  fuqarolarning,  ayniqsa  yoshlarning 

bunday kuchlar ta’siriga tushib qolishi ham ro‘y berdi. Ammo davlatimiz rahbari 

bunday  tajovuzkor  kuchlarning  asl  maqsadlarini  chuqur  anglagan  holda  ularning 

niyatlarini  puchga  chiqardi.  Bunday  puxta  strategiya  tufayli  diniy  ekstremizm, 

terrorizm  singari  usullar  vositasida  qilingan  hujumlar  yengib  o‘tildi.  Jumladan, 

Toshkentda 2014 yilda Shanhay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar xavfsizlik 

kengashlari  kotiblarining  beshinchi  uchrashuvi  bo‘lib  o‘tdi.  Uchrashuvda  ShHT 

hududida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga doir dolzarb masalalar ShHTga 

a’zo  davlatlarning  terrorizm,  ayirmachilik  va  ekstremizmga,  shuningdek 

narkotiklarning  noqonuniy  aylanishi  haqida,  internet  –  terrorizmga  qarshi 

kurashish  borasidagi  hamkorligini  yanada  rivojlantirish  va  hamjihatlikda  harakat 

qilish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi

1

.  



                                                            

1

 Халқ сўзи. 2014йил  



 

 

15

O‘tgan  davr  tajribasi  endilikda  hukumat  va  rahbarlar  oldiga  xavf-xatarlarga 



qarshi  oddiygina  kurash  emas,  balki  ularning  oldini  olish  masalasini  ko‘ndalang 

qilib  qo‘ymoqda.  Prezident  asarlari  mutaxassis  olimlar,  mutasaddi  rahbarlarning 

dasturulamali,  bu  asarlarda  ko‘rsatib  berilgan  tinchlik  va  barqarorlik  tamoyillari 

hukumatimiz  tashqi  siyosatining  asosiy  qoidasi  bo‘lib  qoldi.  Xalq  bu  dunyoda 

kimning  kim  ekanligini  anglay  boshladi.  Natijada  o‘tgan  davr  mobaynida 

xalqimizda tashqi ta’sirlarga nisbatan “mafkuraviy immunitet” shakllana boshladi. 

Buning uchun esa, avvalo, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan har bir shaxs “milliy 

manfaatlar”  tuzilmasi,  jamiyat  xavfsizligi  va  barqarorligini  ta’minlashning 

samarali  yo‘li  nimalardan  iborat  ekanligini  aniq  tasavvur  etishi,  chuqur  anglashi 

kerak.  


Rahbar  xavfsizlik va  osoyishtalikni harbiy  qurollar  yoki  jazo choralari bilan 

emas, balki tashqi mafkuraviy ta’sirlarga to‘laqonli javob bera oladigan jamiyatni 

shakllantirish  orqali    ta’minlashga  intilishi  kerak.  Buning  uchun  esa,  u  yetarli 

bilimga, siyosiy salohiyatga ega bo‘lishi darkor. Zero, Prezidentimiz ta’biri bilan 

aytganda, bugungi kunda har qanday rahbar, u qaysi lavozimda ishlamasin, avvalo 

siyosiy  jarayonlarni  chuqur  idrok  eta  bilishi  kerak.  Ushbu  tadqiqot  davlat 

rahbarining  mazkur  fikrini  nazarda  tutgan  holda  milliy  ustuvorliklarning  faqat 

birgina  jihati  –  tinchlik  va  barqarorlikni  ta’minlash  masalasi  bo‘yicha  avvalo 

rahbar xodimlar bilimini kuchaytirishga qaratilgan.                

Barqaror  rivojlanish  va  taraqqiyotga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  xavf-xatarlar 

to‘g‘risida  davlatimiz  rahbari  fikriga  ko‘ra  ikki  mafkuraviy  tuzum  o‘rtasidagi 

qarama-qarshilik  barham  topgan  bo‘lsa-da  bizni  qurshab  turgan  dunyo,  ko‘plar 

kutganidek,  osoyishtaroq  bo‘lib  qolgani  yo‘q.  Unda  mojarolar  kamaymadi. 

Dunyoda  yangi  tartiblarni  shakllantirish  jarayoni  mintaqalar  darajasidagi  va 

mintaqalar  ichidagi  eskidan  saqlanib  kelayotgan,  zimdan  tutab  yotgan,  har  xil 

tarixiy,  etnik,  siyosiy,  diniy  va  boshqa  sabablarga  ega  bo‘lgan  mojarolarning 

keskinlashuvi  bilan  birga  yuz  berdi.  Bu  mojarolar  ilgari  ikki  tuzumning  dunyo 

miqyosidagi  qarama-qarshiligi  doirasida  ko‘pincha  u  yoki  bu  kuchlar  qutbining 



 

16

manfaatlari  yo‘lida  “bostirib  kelgan”  edi.  Bundan  tashqari,  yangi  mintaqaviy 



mojarolarning vujudga kelishi va ularga turli tashqi kuchlar o‘z jo‘g‘rofiy-strategik 

intilishlari doirasida jalb etilishidan iborat xavflar ham mavjud. 

Yangi yuz yillikda mintaqaviy  mojarolar qurolli harakatlar bilan emas, bilki 

virus kabi sezilarsiz tarzda kirib keladi, o‘zi kuchayib, qolganlarni holdan toydirib, 

osoyishta  mintaqani  tanazzul  yoki  portlash  sari  yetaklaydi.  Shuning  uchun 

mintaqaviy  mojarolarning  salbiy  oqibati  to‘g‘risida  ma’lum  tushunchaga  ega 

bo‘lish  va  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  hamda  boshqa  xatti-harakatlarni,  yuz 

berayotgan  voqealarni  kuzata  olish,  bu  haqda  mustaqil  fikrlab,  to‘g‘ri  xulosa 

chiqarish,  mojaro  kirib  kelishiga  yo‘l  qo‘ymaslik,  unga  qarshi  kurashish  kabi 

dunyoqarashning xalq orasida ommaviy shakllanishiga erishish shart. Mintaqaviy 

mojarolar  bir  davlatga  ommaviy  ta’sir  ko‘rsatish  xususiyatiga  ega  bo‘lgani  kabi, 

unga qarshi kurash ham butun xalqni qamrab olishi, ommaviy bo‘lishi, ya’ni xalq 

mafkurasiga aylanishi lozim. 

Mamlakatimizdagi  barqaror  rivojlanish,  tinchlikka  tahdid  soluvchi  og‘ir 

xavflardan  yana  biri  diniy  ekstremizm  va  fundamentalizm  ekanligi  ma’lum.  Bu 

haqda davlatimiz rahbari “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, 

barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida odamlarning diniy e’tiqodlari 

bilan  bog‘liq  har  qanday  muammo  g‘oyat  nozik  ekanligiga,  ularning  diniy 

ma’naviy  qadriyatlari  bilan  shiorlardan,  xususan,  islomni  qayta  tiklash  shioridan 

foydalanayotgan muayyan kuchlar ko‘zlayotgan, dinga aloqasi bo‘lmagan siyosiy 

va  boshqa  tajovuzkor  maqsadlar  o‘rtasidagi  farqni  tushunib  olishlariga  erishish 

zarurligiga e’tibor qaratadi.  

Islom  niqobidagi  Al  Qoida,  Hizb  ut-tahrir,  Vahhobiylik,  Islom  lashkarlari 

kabi  ekstremistik  guruhlar  yoki  ularni  qo‘llab-quvvatlayotgan  boshqa  siyosiy 

kuchlar  qanday  yo‘l  bilan  bo‘lishidan  qat’i  nazar,  dunyo  siyosatiga  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatish,  xalqlar  erishgan  yutuqlarni  chippakka  chiqarib,  o‘z  ta’sir  doirasiga 

tushirishga,  siyosiy  hokimiyatni  egallab,  o‘zlarining  siyosiy  va  huquqiy 

me’yorlarini  joriy  etishga  harakat  qiladi.  Radikal  guruhlar  jumladan  dinning 



 

17

ma’naviyat yuksalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini hisobga olib, undan siyosiy 



dastur  sifatida  foydalanishga  va  ijtimoiy  boshqaruvda  joriy  etishga  intilmoqda, 

ya’ni  barcha  ellarni  yagona  islom  boshqaruvi  ostida  birlashtirib,  bir  zamonlar 

«Farovon  islom  olamini  yaratgan  xalifalik»ni  qayti  tiklash,  unga  kirmaganlarga 

qarshi jihod yoki muqaddas urush e’lon qilish yo‘lidan bormoqda.  

Bundan  tashqari,  rivojlangan  mamlakatlar,  ayniqsa,  g‘arb  davlatlarining 

iqtisodiy  va  texnik  taraqqiyot  nuqtai  nazaridan  sharq  mamlakatlariga  ta’sir 

ko‘rsatishga  urinishi,  shu  mamlakatlarning  moddiy-iqtisodiy  boyliklaridan 

foydalanish asosida ularni o‘z ta’siriga tortishni turli uslublarda majburiy  amalga 

oshirishga  urinishi,  islom  mamlakatlarini  mensimay  ichki  va  tashqi 

munosabatlariga  aralashishlari  ham  ular  safining  tobora  kengayishiga,  shunday 

ruhdagi  yangi  guruh,  oqimlarning  yuzaga  kelib  tarqalishiga  ta’sir  ko‘rsatmoqda. 

Natijada  turli-tuman  diniy  murosasizlikni  bayroq  qilib  olgan  guruhlarda  «islom 

mamlakatlarini  yagona  boshqaruv  ostida  birlashtirish  kerak»,  degan  asossiz  fikr 

tug‘ilishiga zamin hozirlayapti. Bu esa asrlar davomida taraqqiyot yo‘lidan borgan 

turli islom xalqlari diniy va dunyoviy urf-odatlari, e’tiqodlarini isloh qilish kerak, 

degan  tushunchaga  yo‘l  ochib,  oqibatda  qo‘poruvchilik  bilan  shug‘ullanayotgan 

diniy guruhlar va davlatlar o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvlarga sabab bo‘lyapti.  

Mamlakat  taraqqiyotiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin  bo‘lgan  yana  bir 

xavf  buyuk  davlatchilik  shovinizmi  va  agressiv  millatchilik  bo‘lib,  u  ham  MDH 

hududida kuchayishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlardandir. O‘zbekiston Prezidenti 

Islom  Karimov  tarixiy  tajribaga  asoslanib,  bu  hodisani  muayyan  kuchlar  va 

davlatlar  tomonidan  bo‘ladigan  siyosiy,  mafkuraviy  va  iqtisodiy  hukmronlik  deb 

yoki  millatlararo  va  davlatlararo,  mintaqaviy  munosabatlarda  unga  intilish 

ekanligini ta’kidlaydi.  

Buyuk  davlatchilik  shovinizmi  va  agressiv  millatchilik  bugungi  fan-texnika 

va axborot ayirboshlash taraqqiyoti tobora yuksalayotgan XXI asrda yangi shaklda 

namoyon  bo‘lmoqda.  Bu  illat  hozirgi  kunda  jahonshumul  qurolli  to‘qnashuvlar 

bilan  emas,  balki  iqtisodiy,  siyosiy,  huquqiy,  ma’naviy,  integratsion  va  boshqa 



 

18

mazmundagi jazo choralari orqali namoyon bo‘lmoqda. Shuningdek, hozir bu usul 



ish bermagan taqdirda, tarixiy uslub, ya’ni qurolli harbiy tazyiq, bosib olish yoki 

majburan  ta’sir  doirasiga  kiritish  usullaridan  ham  foydalanilmoqda.  Chunonchi, 

go‘yoki biznes faoliyatini ko‘zda tutuvchi, aslida esa maqsadi boshqa bo‘lgan turli 

loyihalarga  yohud  nodavlat  tashkilotlar  ta’sir  doirasiga  olish,  ommaviy  axborot 

vositalari  yordamida  provakatsion  tashviqotlar  uyushtirish  orqali  o‘z  g‘oyalarini 

singdirish amaliyoti ham uning asosiy shakllaridandir. 

Hozirda  davlatlarning  mutlaq  aksariyati  ko‘pmillatlidir.  Shunga  ko‘ra,  

millatlar  o‘rtasida  vujudga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  ziddiyatlar  albatta  bir  davlat 

chegarasidan  tashqariga  chiqishi  va  mintaqa  doirasiga  yoyilishi  nuqtai  nazaridan 

tahlil etilishi kerak. Etnik va milliy nizolar maqsadiga ko‘ra, ichki yoki tashqi asos 

bo‘ladi.  Ba’zan  ichki  asoslar  sababli  yuzaga  kelgan  nizolarga,  ma’naviy,  etnik, 

milliy  yoki  boshqa  manfaatlar  tutash  va  yaqin  bo‘lishiga  qarab,  tashqi  sabablar 

ham aralashib ketadi. Oqibatda ichki nizolar davlat yoki mintaqa doirasidan chiqib, 

xalqaro maydonda davlatlararo tus oladi. Ayni vaqtda, ularning tub asoslari ilmiy 

tahlil  etilmagani  bois,  muammolarni  bartaraf  etish  o‘rniga  ularni 

chuqurlashtirishga yo‘l qo‘yilmoqda. 

Bugungi  O‘zbekistonning  tabiiy  sharoiti  totalitarizm  davrida  yo‘l  qo‘yilgan 

jiddiy  xatolar  oqibatida  ekologik  muammolar  girdobida  qolgan.  Shu  nuqtai 

nazardan  tabiatni  asrash  inson  zimmasiga  yuklangan  buyuk  vazifa  ekanligini 

ommaviy anglash, bu vazifani bajarishga mumkin qadar hissa qo‘shishga urinishni 

an’anaga,  inson  huquqlarining  azaliy  qonuniga  aylantirish  bugungi  kunning 

talabidir.  Ayni  paytda  hozirgi  kunda  butun  Yer  yuzida  atmosfera  bilan  bog‘liq 

ko‘plab  muammolar  ham  paydo  bo‘lmoqda.  Kasalliklar,  iqlimning  buzilishi,  yer 

osti boyliklaridan foydalanishdagi xatolar va uning oqibatlari, suv zaxiralari bilan 

bog‘liq  muammolar,  yadroviy  sinov  va  chiqindilar  keltirayotgan  zararlarni  ham 

xalq to‘g‘ri tasavvur etishi zarur.  

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidenti 

I.A.Karimovning 

O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma yig‘ilishida 



 

19

“Mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  va  kuchli  fuqarolik  jamiyati  barpo  etish-



ustuvor  maqsadimiz”  ma’ruzasidan  kelib  chiqadigan  vazifalarni  bajarish  uchun 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi O‘zbekiston ekologik 

harakati  deputatlar  guruhining  Harakat  dasturi  va  qonunchilikni  takomillashtirish 

va  rivojlantirish  bo‘yicha  2015  yil  va  istiqbolga  mo‘ljallangan  ish  rejasi  ishlab 

chiqilib faol ishlar olib borilmoqda. 

O‘zbekiston  Oliy  Majlisi  qonunchilik  palatasidan  ekologik  harakat  uchun 

maxsus  qonunchilik  palatasiga  deputatlikka  15  o‘rin  ajratilgan  bu  yangi  harakat 

haqida  saylov  kunidagi  chiqishida  alohida  to‘xtalgan  Prezidenti  Islom  Karimov¸ 

kelgusida  uning  O‘zbekiston  va  Markaziy  Osiyo  mintaqasidagi  muammolarni 

xalqaro maydonga olib chiqadigan siyosiy kuchga aylanishiga ishonch bildirdi. 

Ma’lumki,  mustaqillik  yillari  davomida  mamlakatimizda  atrof-muhit 

himoyasi  va  aholi  salomatligini  saqlash  sohasida  ulkan  ishlar  amalga  oshirildi. 

O‘zbekistonda  atrof-muhitni  sog‘lomlashtirish  va  aholi  salomatligini  yaxshilash 

muammolari  batartib,  bosqichma-bosqich  hamda  sobitqadamlik  bilan  hal 

etilmoqda.  Shu  bilan  birga,  hozirgi  zamon  ekologik  muammolarining 

keskinlashuvi  sharoitlarida  atrof-muhit  himoyasi  va  ekologik  sharoitni 

sog‘lomlashtirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlarining markaz va joylarda qat’iy 

ijro  etilishi,  bu  ishlarda  keng  ommaning  faol  ishtirok  etishining  ahamiyati  behad 

oshib ketmoqda. 

Atrof-muhit  himoyasi  masalalariga  oid  qabul  qilingan  davlat  dasturlarini 

amalga  oshirish,  ayniqsa  bu  sohadagi  qonunchilikning  yanada  takomillashuvi  va 

rivojlanishiga  ko‘maklashish  bo‘yicha  tizimli  ishlarni  olib  borish  katta  ahamiyat 

kasb etadi. O‘zbekiston Ekologik harakatining Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 

o‘z  vakillariga  ega  bo‘lishi  tabiat  muhofazasi  qonunchiligi  takomillashuvi,  atrof-

muhit  himoyasi  va  ekologik  sharoitni  sog‘lomlashtirishga  qaratilgan  qonunchilik 

hujjatlarining  markaz  va  joylarda  qat’iy  ijro  etilishiga  bevosita  va  unumli  ta’sir 

ko‘rsatishiga imkon yaratadi. O‘zbekiston Ekologik harakati siyosiy tashkilot yoki 

partiya  emas.  Uning  faoliyati  siyosiy  o‘rnidan  qat’iy  nazar  aholi  keng 



 

20

qatlamlarining  manfaatlariga  daxldor  bo‘lgan  muayyan  ekologiya  hamda  aholi 



sog‘ligi  himoyasi  muammolarini  hal  etishga  qaratilgan.  Bugungi  kunda 

O‘zbekiston  Orol  dengizi  suv  sathining  pasayishi  natijasida  uning  atrofidagi 

ekologik  muvozanatning  buzilishi,  Tojikistondagi  alyuminiy  zavodining 

chegaradosh hududlarimizning ekologik holatiga salbiy ta’siri kabi muammolarga 

duch kelmoqda.   

O‘zbekiston  Ekologik  harakatining  yaqinda  qabul  qilingan  qonunchilik 

hujjatlarida ko‘zda tutilgan mamlakat parlamentida o‘z vakillariga ega bo‘lganligi 

har  birimiz  uchun  favqulotda  ahamiyat  kasb  etadigan  ekologik  tahdidlarni  oldini 

olishda jamoatchilikning o‘rnini yuksalishiga ko‘maklashadi. 

Milliy manfaatlarning xavfsizlik va barqarorlikka oid jihatlarini belgilab olish 

demokratik  islohotlar  jarayoni  va  barqarorlikni  mustahkamlashning  dolzarb 

vazifalari,  xususan,  2005  yilning  12  mayida  Andijonda  sodir  bo‘lgan  voqealar 

sabablarini tahlil etishga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbarining Andijon voqealari 

munosabati bilan qilgan chiqishlari, matbuot anjumanlaridagi fikr-mulohazalarida 

mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  tub  mohiyatiga  ko‘ra 

demokratiya  niqobi  ostida  qilinayotgan  «o‘yin»lardan  ogoh  bo‘lish,  xalqimiz 

tinchligini ko‘z qorachig‘idek asrash va mamlakat xavfsizligini ta’minlash asosiga 

qo‘yilgani qayta-qayta uqtirilmoqda.  

Andijonda  yuz  bergan  ko‘ngilsiz  voqealarning  oqibatlari  tezda  bartaraf 

etilgani mamlakatimizda bu borada ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berayotganidan dalolat 

beradi.  Darhaqiqat,  fuqarolarimizning  mutlaq  ko‘pchiligi  bu  voqealarning  asl 

tashkilotchilari  va  homiylariga  nisbatan  aniq  munosabati,  fuqarolik  pozitsiyasini 

bildirdi.  Bu  mamlakatimizda  fuqarolik  jamiyati  kurtaklari  paydo  bo‘lganidan 

dalolatdir. Aslida ham jamiyat a’zolarining ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi asosida 

amal  qiladigan  demokratiya  jamiyat  uchun  hayotiy  zarurat  bo‘lgan  tinchlik, 

barqarorlik  va  xavfsizlikni  hamda  yurtimiz  taraqqiyotini  ta’minlab  beradi. 

Boshqacha  aytganda,  bugungi  kunda  O‘zbekistonda  tinchlik,  osoyishtalik  va 

barqaror taraqqiyot istiqbollarini to‘liq kafolatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 



 

21

Buning natijasida jamiyat a’zolarining  fuqarolik mas’uliyati va burchini teran his 



qilishi,  davlat  va  jamiyatga  nisbatan  mas’uliyatini  anglab  yetishi  kuchayadi.  Shu 

ma’noda, demokratiyalashuv jarayonlarini amalga oshirish va jamiyat xavfsizligini 

keng miqyosda ta’minlash bir-birini to‘ldiruvchi yagona tizimdir. 

Shuni ham ta’kidlash joizki, demokratiyaning o‘zi bugungi kunda dunyoning 

ko‘pchilik  mintaqalarida  murakkab  davrni  boshdan  kechirmoqda.  Bu  hol 

avvalambor  turli  siyosiy  kuchlarning  demokratiyani  turlicha  talqin  qilayotganida 

namoyon  bo‘lmoqda.  Chunonchi,  ayrim  siyosiy  kuchlar  o‘z  siyosiy  mo‘ljallariga 

erishish  uchun  demokratiyaning  haqiqiy  mohiyatini  o‘zgartirgan  holda,  uni  ta’sir 

va tazyiq o‘tkazish vositasiga aylantirishga urinmoqda. Shu tariqa, keyingi paytda 

xalqaro  munosabatlarda  siyosiy  makonni  ko‘r-ko‘rona  “sahnalashtirish”ga 

urinishlar ko‘zga tashlanmoqda. Bunda boshqa joyda ishlab chiqilgan “ssenariy”lar 

asosida  muayyan  mamlakat  taraqqiyotini  xohlagan  andozaga  tushirish  amaliyoti 

kuchayib  bormoqda.  Eng  noxush  tomoni  shundaki,  bunday  “ssenariy”larda 

demokratiya  g‘oyasi  shunchaki  vosita    sifatida  qo‘llanmoqda.  Tabiiyki,  bunday 

hollarda  “sinov  maydoni”  sifatida  tanlangan  mamlakatning  milliy  xususiyatlari, 

xalqining  asriy  ko‘nikmalari,  xohish-irodasi,  mentaliteti  e’tiborga  olinmaydi, 

aniqrog‘i, ular haqida mutlaqo tasavvurga ham ega emaslar . 

Albatta,  o‘tish  davrini  boshdan  kechirayotgan,  demokratik  tajriba  va 

ko‘nikmalar  asta-sekin  shakllanib  kelayotgan  mintaqalarda  demokratiyalashuv 

murakkab  kechadi.  Bunday  vaziyatda  demokratik  taraqqiyot  jarayoniga  nafaqat 

tashqi  xavf-xatar,  balki  ichki  omillar  ham  ta’sir  etadi.  Binobarin, 

demokratiyalashuv  jarayoni  yanada  chuqur  ildiz  otishi  va  jamiyat  xavfsizligi 

ta’minlanishi  uchun  mavjud  hokimiyatning  tazyiq  va  bosimlar  qarshisida  ojiz 

bo‘lib  qolishiga  yo‘l  qo‘yib  bo‘lmaydi.  Ayrim  mustaqil  mamlakatlar,  xususan, 

Gruziya,  Ukraina  va  Qirg‘izistonda  yuz  bergan  voqealar  shunday  xulosa 

chiqarishga asos bo‘la oladi.  

Demak,  tashqi  ta’sirlardan  himoyalanish,  birinchi  navbatda,  jamiyatning 

o‘ziga,  uning  davr  talablari  darajasiga  ko‘tarila  olish  qobiliyatiga  bog‘liq. 



 

22

O‘zbekistonda «demokratiya taqchilligi» haqida og‘iz ko‘pirtirayotgan kuchlarning 



kirdikorlarini  fosh  qilar  ekan,  Prezident  I.A.Karimov,  jamiyat  ichkarisida  zamin 

yaratilmas  ekan,  ijtimoiy  jarayonlarga  tashqaridan  turib  aralashuv  hech  qachon 

samara  bermasligini  ta’kidlaydi.  Xalqimiz  sobiq  ittifoq  respublikalari  hududida 

ro‘y bergan “demokratiya eksporti” bilan bog‘liq siyosiy jarayonlar ortida qanday 

maqsadlar  yotganini,    bunday  voqealar  hech  kimga  yaxshilik  keltirmasligini 

tushungan taqdirda, bunday rejalarning amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaydi.  

Ayni paytda demokratiyaga qarshi kuchlar haqida gapirilganda, ayrim diniy-

ekstremistik  kuchlarning  urinishlariga  to‘xtalish  joiz.  Avvalo  shuni  ta’kidlash 

zarurki,  mamlakat  taraqqiyotini  chetga  burishga  urinayotgan  ma’lum  diniy 

harakatlar, aytaylik, «Hizb ut-tahrir» demokratiyani kufr ta’limot deb e’lon qilishi 

bilan  allaqachon  buzg‘unchi,  g‘ayriinsoniy  mohiyatini  oshkora  qilgan.  Agar  so‘z 

chinakam  demokratiya  haqida  ketadigan  bo‘lsa,  unga  nisbatan  ochiq  salbiy 

munosabat bildirish bilan hali hech kim obro‘ topgan emas. Chunki demokratiyani 

barcha  istaydi,  unga  intiladi  va  unga  qarshi  biror-bir  doktrinani  muqobil  sifatida 

qo‘ymaydi. Fayriinsoniy qiyofasini namoyon etgan diniy ekstremistik kuchlargina 

shu  yo‘lni  yoqlab  chiqmoqda,  kurashning  eng  nomaqbul,  xufyona  yo‘lini 

tutmoqda.  

Ekstremistik  kuchlar  qo‘llaydigan  yagona  usul  keskin  choralar  qo‘llashdan 

iborat.  Ayni  paytda  diniy  ekstremistik  kuchlar  demokratiyaga  qarshi  g‘oyaviy 

kurashish  yo‘lini  ham  izlamoqda.  Boshqacha  aytganda,  islomni  niqob  qilgani 

holda,  demokratiyaning  g‘oyaviy  asoslariga  zarba  berishga  urinmoqda.  Xususan, 

“hizb ut-tahrir” uchun eng obro‘li bo‘lgan “Demokratiya – kufr nizomi” kitobi ana 

shunday “g‘oyalar”dan iborat. Demak, bunday diniy ekstremistik kuchlar nafaqat 

o‘z  tashkiliy  va  siyosiy  platformasiga  ko‘ra,  balki,  avvalo,  g‘oyaviy-mafkuraviy 

jihatdan  ham  dunyoviy  davlat,  fuqarolik  jamiyati  shakllanishiga  to‘sqinlik  qilishi 

tayin. Shu ma’noda, bunday  yot g‘oyalarga nisbatan, birinchi navbatda, g‘oyaviy 

chora-tadbirlar  yordamida  qarshi  kurashish,  shuningdek,  aholi,  ayniqsa,  yoshlar 

o‘rtasida  targ‘ibot-tashviqot  ishlarini  kuchaytirish,  mafkuraviy  tarbiyani  zamon 



 

23

talablari  darajasida  takomillashtirish  zarur.  Bu  o‘rinda  asosiy  masala  shundaki, 



milliy  mafkurani  mamlakatimizda  ro‘y  berayotgan  demokratiyalashuv 

jarayonlariga  begona,  zararli  g‘oyalar  ta’siriga  qarshi  ishonchli  to‘siq  vazifasini 

o‘tashi  va  jamiyatimizning  barcha  sog‘lom  kuchlarini  safarbar  qiladigan  kuch 

sifatida amal qilishi ustida ko‘proq o‘ylashimiz darkor. 



Download 430,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish