Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 430,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana04.01.2020
Hajmi430,03 Kb.
#32016
1   2   3   4   5
Bog'liq
ozbekistonda goyaviy-mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etish usul va vositalari


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

24

1.3 Mafkuraviy immunitet-xavfsizlik va barqarorlik sharti 



 

O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritib suveren davlat sifatida taraqqiy etish 

jarayonida  siyosiy  imkoniyatini  qo‘lga  kiritganligidan  boshlab  tarixan  qisqa  vaqt 

mobaynida asrlarga teng yutuqlarni qo‘lga kiritishga muvoffaq bo‘linmoqda. Ana 

shunday  yutuqlardan  biri  yosh  avlodni,  ayniqsa  ta’lim  oluvchi  talabalarni  o‘z 

vataniga  mehr  –  muxabbat  qo‘yadigan,  sodiq  va  barkamol,  bilimdon,  komil  – 

insonni  voyaga  yetkazishning  to‘la  imkoniyati  yaratilganligidir.  Ana  shunday 

imkoniyatlarga  keng  yo‘l  ochib  berishga  xizmat  qilayotgan,  prezidentimiz 

tashabbusi  bilan  1997  yil  27  avgustida  Oliy  Majlisning  IX  –  sessiyasida 

O‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  qonuni  va  «Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi»ning  qabul  qilinganligidir.  Bu  qonun  va  «Milliy 

dastur»ning  asosiy  maqsadi  kelajakda  o‘z  vataniga  sodiq,  bilimdon, 

raqobatbardosh ixtisosli mutaxassis kadrlarni tarbiyalab voyaga yetkazish bo‘lsada, 

buning uchun ta’lim tizimini, qaramlik asoratidan, qizil mafkuraviy tushuncha va 

sarqitli  qarashlardan  batamom  xolis  etishdan,  kelajakda  rivojlangan  demokratik 

davlat  darajasiga  muvofiq  keladigan  ma’naviyatli,  barkamol,  yuksak  malakali 

kadrlarni milliy g‘oya ruhida tayyorlab, berishdan iboratdir. 

Ta’lim  sohasidagi  milliy  dasturlarni  hayotga  tatbiq  etish  boshlanganidan 

buyon 1 ming 140 taga yaqin akademik litsey va kasb-hunar kolleji, 4 ming 680 

tadan  ziyod  umumta’lim  maktabi  yangitdan  qurildi  va  kapital  ta’mirlandi, 

zamonaviy  mebel,  o‘quv-laboratoriya  uskunalari  bilan  jihozlandi,  ularda 

kompyuter sinflari va lingafon xonalari tashkil etildi

1



            Prezidentimiz  I.A.Karimov  «Vatan  sajdagoh  kabi  muqaddasdir»  nomli 



asarida  bu  haqda  shunday    deb  yozgan  edi:  «Bilimdon,  professional  jihatdan 

savodli  hamda  g‘ayrat-shijoatli  shaxslarni,  o‘z  mamlakatimizning  chinakam 

                                                            

1

 



Каримов  И.А.  Мамлакатни  модернизация  қилиш  ва  иқтисодиётимизни  барқарор  ривожланиш  йўлида.  16-

жилд.- Т.: Ўзбекистон, 2008. 31-б. 



 

25

vatanparvarlarini  tarbiyalay  oladigan,  ularni  buyuk  milliy  madaniyatning  ulkan 



ma’naviy  merosi  bilan  boyita  oladigan,  jahon  fani  va  madaniyati  durdonalaridan 

bahramand  eta  oladigan  mamlakatgina,  millatgina  buyuk  kelajakka  erishishi 

mumkin»

2



Yoshlarda  mafkuraviy  immunitetni  shakllantirishda  ijtimoiy-gumanitar 

fanlarning  o‘rni  sezilarli  ahamiyatga  egadir.  Ayniqsa  oliy  ta’lim  tizimida 

talabalarga  ijtimoiy  fanlardan  ta’lim  berish,  ularning  ushbu  fanlarga  qiziqishini 

tobora oshirish, bilim sohasini kengaytirish, fikrlash, mulohaza qilish qobiliyatini 

chuqurlashtirish borasida amalda bajarish uchun qo‘llaniladigan uslubiyati hozirgi 

davrda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muammolardan biridir. Undan kutiladigan 

asosiy  maqsad  kelajakda  barkamol,  vatanga  sodiq  avlodni  tarbiyalab,  voyaga 

yetkazishda,  ularda  ijtimoiy  –  siyosiy,  ma’naviy  –  mafkuraviy  masala  – 

muammolarni keng va atroflicha chuqurroq o‘rganish faoliyatini, bilimli, ilmli va 

muloxazali 

bo‘lishga 

qiziqish 

qobiliyatini 

shakllantirishdan 

iboratdir. 

Prezidentimiz  I.A.Karimov  «O‘zbekiston  XXI  asrga  intilmokda»  nomli  asarida, 

eng  muxim  ustuvor  yo‘nalishlardan  biri  qilib  jamiyat  ma’naviyatini  yanada 

yuksaltirishni,  erkin  fuqaro  ma’naviyatini,  ozod  shaxsni  shakllantirish  masalasini 

oldimizda  turgan  eng  muhim  dolzarb  vazifa  ekanligini  bejiz  uqtirmagan  edi

3



Chunki  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  muxim  ijtimoiy,  iqtisodiy  va 

siyosiy  isloxotlar  asosida  yuz  berayotgan  mohiyati  chuqur  va  mazmunli 

o‘zgarishlar  kadrlar  tayyorlashda  ta’lim-tarbiya  tizimida  milliy  g‘oya  ruhida 

o‘qitish,  dars  berishni  tubdan  o‘zgartirishni  ta’lim-tarbiyasini  zamonaviy 

uslublaridan  keng  ko‘lamda  foydalanishni,  uslubiyatda  yangi-yangi  samarali 

metodlar  ishlab  chiqish  va  ularni  qo‘llashni  taqazo  etmoqda.  Shu  asosda  keng 

profelli mutaxassis-kadrlar tayyorlashni yaxshilash, sifatini oshirishni vazifa qilib 

qo‘ymoqda.  Xalq  ta’limi,  oliy  ta’limning  barcha  tarmoqlarida  o‘zaro  aloqalarni 

                                                            

2

 



Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 3-жилд.- Т.: Ўзбекистон, 1996. 361- б. 

3

 



Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. 7-жилд.- Т.: Ўзбекистон, 1999. 381-б. 

 

26

mustahkamlash,  tarbiya,  ta’lim,  siyosiy  va  kasbiy  tayyorgarlikni  izchil  amalga 



oshirishni hozirgi davr talab etmoqda. I.A.Karimov «Maktab – o‘rta – oliy ta’lim – 

ilmiy tadqiqot institutlari shaklidagi ilmiy-ma’rifiy komplekslarni vujudga keltirish 

yo‘lidan  borish  kerak  deb  o‘ylayman.  Bunda  ilmiy-texnik  taraqqiyotning  ustuvor 

yo‘nalishlariga  alohida  e’tibor  berish  zarur.  Ana  shunday  mustahkam  aloqalar 

tufayligina  zamonaviy  yuksak  texnologiyalarda  ishlay  oladigan,  bozor 

qonuniyatlariga  mos  yangicha  fikrlay  biladigan  mutaxassislarni  tayyorlashimiz 

mumkin»

1

  -  deb  yoshlarni  milliy  g‘oyaviy  ijodiy  jihatdan  tayyorlashning  ilmiy-



nazariy yo‘lining ustuvorligini ko‘rsatib bergan edi. 

Shu  sababli  hozirgi  davr  va  kelajakda  ijtimoiy  fanlardan  dars  o‘tishning, 

asosan  seminar  mashg‘ulotlarini  sifatli  olib  borishni  aniq  dasturi  vazifasi  ana 

shundan  iborat.  Ayniqsa  talabalarga  ijtimoiy  fanlardan  ma’ruza  darslari,  amaliy 

mashg‘ulotlarini sifatli o‘tish, ixtisosli turdosh fanlar bilan uyg‘unlashtirish asosida 

ta’lim-tarbiya berish, ularda dunyoqarashni aniq shakllantiradi, bilim olish, bilish, 

mulohaza qilish, to‘g‘ri va aniq fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi. Ilmiy va nazariy 

bilimlarga  ega  bo‘lishda  tafakkuriy  ongini  kengaytiradi,  bu  sohadagi  samarali 

faoliyatini tezlashtiradi, ma’naviy, mafkuraviy va g‘oyaviy salohiyatini oshiradi. 

Shuning  uchun  ham  ijtimoiy  fanlardan  dars  o‘tish,  ta’lim-tarbiya  berish, 

yoshlarni,  ayniqsa  talaba  yoshlarni  porloq  kelajagimiz  ruhiga  mos  vatanparvar, 

insonparvar kadrlar qilib tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. 

Shu  maqsadda  ijtimoiy  fanlardan  talabalarga  ta’lim-tarbiya  berilar  ekan, 

ularda har bir predmetga nisbatan qiziqish uyg‘otish uchun dars o‘tishning ilg‘or 

zamonaviy  uslublaridan  foydalanish,  ma’ruza  va  amaliy  mashg‘ulotlarni  jonli, 

talabalar  ruhiyatiga  ijobiy  ta’sir  etadigan  asosli  materiallardan  foydalanib  har  bir 

so‘zni  aniq,  ravon,  tiniq  va  to‘g‘ri  ishlatib  tafakkuriy  ongini  chuqurlashtirish 

muhim ahamiyatga egadir.  

                                                            

1

 



Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 3-жилд.- Т.: Ўзбекистон, 1996. 16 - б. 

 

27

Ayniqsa  talabalarga  mustaqil  fikrlash  uchun  mustaqil  ishlarning 



samaradorligini  oshirish,  ilmiy  dokladlar,  referatlar  yozish  malakasini  berish, 

o‘tiladigan har bir darsni munozarali, muammoviy masalalar asosida, manba’larga 

tayangan holda, har bir predmet mavzuini diskussiya, muhokama qilib, fikr xilma-

xilligiga keng yo‘l berish asosida o‘tkazish nihoyatda  samaralidir va hozirgi kunda 

muhimdir. 

Undan  tashqari  har  bir  ijtimoiy  fan  kafedralari  qoshida  ilmiy  to‘garaklar 

tashkil etish, tanlovlar uyushtirish, ilmiy-amaliy talabalar anjumanlarini o‘tkazish, 

ularning  ilmiy  ma’ruzalarini  tinglab,  eshitib,  keng  muhokama,  munozara  qilish 

ham benihoya foydalidir. 

Bunday  tadbiriy  usullardan  foydalanish  hozirgi  huquqiy  demokratik 

fuqarolik  jamiyat  qurish  jarayonida  davr  taqoza  etayotgan  talablar  doirasida 

yoshlar  tafakkurida  bilish,  anglash  faoliyatini  tezlashtirishda  muhim  ahamiyatga 

egadir.  

Ana  shu  tarzda  yoshlarga  tarbiya,  bilim  berilsa,  ularning  ongini  ruhiy 

tafakkurni  chuqurlashtirishda,  atrof-muhitni,  borliq  dunyoni  bilishda  ijtimoiy 

fanlar katta rol o‘ynaydi va kuchli ta’sir etish imkoniyatini yaratadi, borliq dunyoni 

ongli ravishda tasavvur etib, ijtimoiy harakatni, umumiy taraqqiyot qonuniyatlarini 

to‘g‘ri tushunishida qo‘l keladi. 

XXI asr axborot asri bo‘lishi bilan birga, ilm-fan va texnologiyalarning tez 

sur’atda  rivojlanib  borishining  guvohi  bo‘lib  turibmiz.  Bugungi  to‘rtinchi 

hokimiyat, ya’ni OAV o‘z vazifalarini tezkor va haqqoniy yoritish imkoniyatlariga 

ega  bo‘lmoqda.  Davlatimiz  tomonidan  jurnalistlar  faoliyatini  himoya  qilish  va 

reklama to‘g‘risida qonunlar ishlab chiqilgan.  

Bugungi kunda respublikamizda jami  mingga yaqin OAV, shu jumladan: 

663  ta  gazeta,  195  ta  jurnal,  19  ta  byulleten,  53  ta  telekanal  (shundan  29  tasi 

nodavlat  telekanal),  79  ta  kabel  studiyasi,  50  dan  ortiq  nashriyot  faoliyat 

ko‘rsatmoqda.  Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgandan  keyin  ommaviy  axborot 

vositalarining  erkinligi  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  "Ommaviy 



 

28

axborot  vositalari  to‘g‘risida"gi  qonunga  muvofiq  faoliyat  yuritishi,  axborot 



izlashi,  olish va tarqatish hukuqiga  egaligi va  senzura  qilishga  yo‘l  qo‘yilmasligi 

belgilab qo‘yildi. 

Bugun  biz  yashayotgan  shiddatli  XXI  asrda  zamonning  o‘zi,  hayotimizga 

keskin  sur’atlar  bilan  kirib  kelayotgan globallashuv  jarayonlari  ommaviy  axborot 

vositalari  oldiga  katta  vazifalarni  qo‘ymoqda.  ”Bugun  hayotning  o‘zi  oldimizga 

fuqarolik  jamiyati  institutlari  tizimida  ommaviy  axborot  vositalarining  o‘rni  va 

rolini yanada mustahkamlash vazifasini qat’iy qilib qo‘ymoqda. Ommaviy axborot 

vositalarini  yanada  erkinlashtirish,  nodavlat  matbuot  nashrlari,  radio,  televidenie 

faoliyatini  jonlantarish, ularning  Internet global  tarmog‘iga kirish imkoniyatlarini 

kengaytirish  olib  borilayotgan  islohotlar  siyosatining  ochiqligi  va  oshkoraligini 

ta’minlashga,  kuchli  fuqarolik  jamiyatining  izchil  shakllanishiga  madad  berishi 

darkor


1

” deb ta’kidlab o‘tgan edi davlatimiz rahbari Islom Karimov. Chunki ezgu 

maqsadimiz bo‘lganhuquqiy  davlat, kuchli kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishda 

ularning  o‘rni  beqiyosdir.  Shu  bois  mamlakatimizda  demokratik  yangilanishlar 

jarayonini  chuqurlashtirish  va  fuqarolarning  erkinligini  ta’minlashning  muhim 

sharti  va  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  matbuot,  televidenie,  radio  faoliyatini 

liberallashtirish,  ularning  mustaqilligi  va  erkinligini  ta’minlash  borasida  tub 

yangilanishlar amalga oshirilmoqda.  

Mustaqillikning  ilk  kunlaridanoq  jamiyatda  so‘z  va  fikr  erkinligi  milliy 

taraqqiyotimizning  asosiy  tamoyillaridan  biri  sifatida  e’lon  qilinib,  mazkur 

tamoyilga  ko‘ra  fikrlar  va  qarashlar  xilma-xilligi  ta’minlanishida  fikr-so‘z, 

matbuotning  roli  oshib  bordi.  Bu  boradagi  intilishlarning  pirovard  natijasi 

fuqarolar  siyosiy  huquq  va  erkinliklarini  ro‘yobga  chiqarish  va  yanada 

kengaytirishdagi asosiy vazifalarni ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda. Ammo, 

shu bilan birga, jamiyat birligi faqat erkinlikdan iborat bo‘lsa, hech narsaga erishib 

bo‘lmasligi tabiiy hol. Shu ma’noda OAVda fuqarolarning fikr erkinligini anglashi 

                                                            

1

 И.Каримов. Асосий вазифамиз – ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир. 



– Т.: “Ўзбекистон”, 2010 йил, 31-б. 

 

29

ikki  tomonlama  talqin  qilish  milliy  mafkuraning  tamoyillariga  mos  maqsadga 



muvofiq erkinlikni mamlakat, xalq, millatning erkinligi bilan uyg‘un idrok etish va 

bu erkinlikni jamiyatdagi mavjud tartibotlar, qonunlar, qadriyatlar bilan birga idrok 

etishdir.  

Bugun  kishilarda  «Biz  boy  tarixga  egamiz»  degan  quruq  shiorlar  bilan 

mafkuraviy immunitetni shakllantirish qiyin, OAV turli mahsulotlarga, dasturlarga 

to‘la, informatsiya tanlash har kimning huquqi bo‘lgan bir paytda quruq shior va 

da’vatlar kishilar ruhiyatiga, ongiga samarali ta’sir etmaydi. 

Ommaviy kommunikatsiya vositalarining milliy o‘zlikni namoyon qilishda: 

-ziyolilarni, ijtimoiy ongi yuqoriroq kishilarni hamkorlikka jalb etish; 

-ijtimoiy fikrni shakllantirish; 

-fuqarolar bilan jamiyat, davlat o‘rtasida muloqot o‘rnatish; 

-u yoki bu g‘oyalarni, asarlarni, guruhlar faoliyatini reklama va targ‘ib qilish; 

-yoshlarda milliy istiqlol g‘oyasini va g‘oyaviy immunitetni shakllantirish; 

-tarixiy-madaniy boyliklarni, gumanistik merosni tashviq etish; 

-dunyoda kechayotgan jarayonlar, voqealar haqida xolis xabarlar tarqatish; 

-kishilarda, xalqda, mamlakatda kechayotgan o‘zgarishlarda faol ishtirok etish 

ishtiyoqini, fikrini uyg‘otish kabilarga asosiy e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. 

Demak,  OAVda  milliy  g‘oya  va  milliy  o‘zlikni  anglash  davlat  va  jamiyat 

qurilishida,  xususan,  yoshlarda  “Mafkuraviy  immunitet”ni  shakllantirish  hamda 

fuqarolik jamiyati qurilishining muhim omili bo‘lib qoladi.  

Ommaviy  axborot  vositalari  -  eng  asosiy,  qudratli  va  ta’sirchan  targ‘ibot 

quroli  hisoblanadi.  Chunki  ommaviy  axborot  vositalari  ommaning  o‘ziga  xos 

tarbiyachisi,  muhim  tadbirlarning  tashkilotchisi,  dolzarb  muammolarni  hal 

qilishning  ta’sirchan  quroli  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Aynan  ommaviy  axborot 

vositalari  orqali  milliy  qadriyatlarimiz  va  umuminsoniy  qadriyatlar,  milliy  g‘oya 

va demokratik tamoyillar targ‘ib-tashviq qilinadi.  

Ommaviy  axborot  vositalari  orqali  milliy  istiqlol  g‘oyasini  singdirishning 

yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga 



 

30

munosib  javob  berish,  ma’naviy-mafkuraviy  jihatdan  xalqimizni  tobe  etishga 



intilishlarning payini  kesish va  O‘zbekiston  fuqarolarida  mafkuraviy  immunitetni 

shakllantirish bilan bog‘liq. Agar OAVda har qanday yolg‘on ma’lumot haftasiga 

3-4 marta, bir necha yil takrorlansa bu yolg‘on – “haqiqat”ga aylanadi. 

Oxirgi  paytlarda  informatsion  hurujlarning  tez-tez  uyushtirilayotgani  aslida 

urushga munosabatning o‘zgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan 

darak  beradi.  Bu  qurol  –  axborotdir.  Bunday  qurol  yordamida  olib  boriladigan 

informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinadi. Garchi u daydi 

o‘q  singari  insonni  jismonan  yo‘q  qila  olmasa-da,  uning  qo‘poruvchilik  kuchi, 

keltiradigan  talofotlari  har  qanday  ommaviy  qirg‘in  qurolinikidan  kam  emas. 

Chunki  bu  qurol  yordamida  ongga  berilgan  zarbalar  kishini  adashtiradi,  uni  o‘z 

manfaatlariga  zid  harakat  qilishga  undaydi  va  demak,  insonni  boshqarish,  uning 

ustidan hukmronlik qilish imkonini beradi. Aslida axborot maqsadga erishishning 

eng arzon vositasi ham sanaladi. Haqiqatan ham, informatsion hurujlar uyushtirish 

uchun  u  qadar  ko‘p  mehnat,  u  qadar  ko‘p  harakat,  u  qadar  ko‘p  harajat  talab 

etilmaydi.  Garchi   bunday  mafkuraviy  ekspansiya  otishmalar  va  qon  to‘kishlarni 

keltirib  chiqarmasa-da,  milliy  o‘zlikni  anglashni  zaiflashtirish  evaziga  tanazzulga 

olib keladi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

31

II BOB. O‘ZBEKISTONDA MAFKURAVIY XAVFSIZLIKKA TAHDID 



SOLUVChI IChKI VA TASHQI OMILLAR 

 

2.1. O‘zbekiston Respublikasining xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki 

mafkuraviy tahdidlar 

 

Yuqoridagi  paragraflarda  aytilganlardan  kelib  chiqib,  bugungi  kunda 

mamlakatimizga  qarshi qaratilgan  mafkuraviy  tahdidlarni  alohida ko‘rsatib  o‘tish 

maqsadga muvofiqdir. Ular quyidagilardan iborat: 

1) 

Islom  xalifaligini  tiklab,  uning bayrog‘i  ostida  musulmon  xalqlarni 



yangi imperiyaga birlashtirishga qaratilgan intilishlar; 

2) 


yosh  mustaqil  davlatlarni  qaytadan  sobiq  Ittifoqqa  birlashtirish 

g‘oyasi; 

3) 

tariximizni,  milliy  qadriyatlarimiz  va  dinning  mohiyatini 



soxtalashtirishga urinishlar; 

4) 


axloqsizlikni  yoyib,  xalqni  ma’naviy  jihatdan  buzishga  qaratilgan 

intilishlar; 

5) 

turli  mafkuraviy  vositalar  orqali  mintaqaviy  va  davlatlararo 



mojarolar keltirib chiqarishga qaratilgan harakatlar. 

Islom  xalifaligini  tiklashga  urinishlar  xavfli  ko‘rinish  olmoqda.  Masalan, 

xizb  ut-taxrirga  tegishli  qaysi  bir  adabiyotni  olib  qaramaylik,  unda  xalifalikni 

tiklashga  da’vat  qilinadi.  «Akromiylik»  esa  dastlab  Andijon  viloyatida,  so‘ngra 

Farg‘ona  vodiysida,  keyinroq  mamlakatimizning  butun  hududida,  keyinchalik 

barcha musulmon mamlakatlarida xalifalikni tiklash g‘oyasini olg‘a suradi. Islom 

tarixidan  ma’lumki,  xalifalikka  Muhammad  payg‘ambar  vafotidan  keyin 

choriyorlar Abu  Bakr  as-Siddiq  (632–634),  Umar  ibn  Xattob  (634–644),  Usmon 

ibn Affon (644–656), Ali ibn Abu Tolib (656–661) birin-ketin rahbarlik qilgan. Bu 

davrda  xalifa  dinning  ham,  davlatning  ham  boshlig‘i,  rahnamosi  hisoblangan. 

Keyinchalik podsholik bo‘lib, rahbarlik 661–749 yillarda makkalik zodagonlardan 


 

32

Muoviya  bin Abu  Sufyon  sulolasi  qo‘liga  o‘tgan  va  ummaviylar  sulolasi  nomini 



olgan.  749 yili  toju  taxt  Muhammad  payg‘ambarning  amakilari  avlodlaridan 

bo‘lgan Abdul Abbos as-Safok sulolasi qo‘liga o‘tgan. Ularning davlati abbosiylar 

nomi bilan mashxur bo‘lib, 1238 yilgacha, mo‘g‘illar zabt etguncha davom etgan. 

Ayni  paytda  XII–XIII  asrlarda  Misr  va  Marokashda  fotimiylar  sulolasi  ham  o‘z 

davlatini  joriy  qilgan.  XVI  asrdan  e’tiboran  usmonli  turklar  ham  xalifalik  e’lon 

qilganlar va u 1924 yilning uchinchi martigacha hukm surgan. Turkiya respublika 

deb  e’lon  qilinishi  bilan  xalifalik  hokimiyatiga  chek  qo‘yilgan  va  so‘nggi  xalifa 

Abdumajid 1924 yil 4 martining tong otarida Istambuldan Shveysariyaga chiqarib 

yuborilgan. XX asrda islom dunyosi va boshqa mamlakatlar ham o‘zlari tanlagan 

taraqqiyot  yo‘lidan  rivojlanib  kelmoqda.  o‘tgan  yillar  tarixiy  tajribasi  xalifaliksiz 

ham erkin rivojlanish mumkin ekanini ko‘rsatdi. Xalifalik tarix saxifalarida qolib 

ketdi. 


 Bugungi  kunda  sobiq  Ittifoq  respublikalarining  ayrimlarida  eski  tuzumni 

qaytadan  tiklashni  xohlovchilar,  buni  o‘zlari  uchun  g‘oyaviy  maqsad  qilib  olgan 

kuchlar  ham  mavjud.  Sobiq  Sho‘ro  tuzumi  1991 yilgi  ijtimoiy-siyosiy 

o‘zgarishlardan  so‘ng  barham  topdi.  Holbuki,  o‘tmishga  qaytish,  tarixni  teskari 

aylantirish  mumkin  bo‘lmaganidek,  o‘z  yo‘lini  topib  olgan,  mustaqil  davlatlar, 

Ayniqsa,  O‘zbekiston  va  o‘zbek  xalqi  yana  eski  holatga  kaytishga  aslo  rozi 

bo‘lmaydi.  Islom  Karimov  «O‘zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda»  asarida  sobiq 

tuzum  to‘g‘risida  to‘xtalib,  shunday  degan  edi:  «Bugun  o‘sha  davr  to‘g‘risidagi 

haqiqatni  xolisona  aytadigan  bo‘lsak,  u  zamondagi  hayotimizni  jahon  tarixi  va 

amaliyoti  bilan  taqqoslaydigan  bo‘lsak,  shuni  ochiq  aytish  kerakki,  u  paytda 

O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdan chiqqan 

iqtisodiyotga  ega  bo‘lgan  yarim  mustamlaka  mamlakatga  aylangan  edi»

1



Endilikda O‘zbekiston bu borada o‘ziga xos va mos taraqqiyot yo‘lini tanlab olgan, 



u hech qachon o‘zi tanlagan mustaqillik yo‘lidan qaytmaydi. 

                                                            

Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. 7-жилд.- Т.: Ўзбекистон, 1999. 372-б.



 

 

33

 O‘zbekiston  xalqi,  o‘zbek  xalqi  juda  katta  ma’naviy  merosga  ega.  Lekin  sobiq 



mafkura  ta’sirida  uzoq  yillar  tariximiz  bir  tomonlama  yoritib  kelindi.  Lekin  hali  bu 

sohada ko‘plab muammolar ham mavjud. «Tarixdan ma’lumki, bir xalqni o‘ziga tobe 

qilishni istagan kuchlar, avvalo, uni o‘zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga 

intiladi...  zararli  ta’sirlar  davom  etaversa,  millat  o‘zligini  yo‘qotishi,  ming  yillik 

an’analarini  boy  berib,  olomonga  aylanib  qolishi  ham  hech  gap  emas»

1

. Ana  shuni 



yaxshi biladigan kuch va turli poligonlar bizni tariximizdan judo qilish, uni zo‘r berib 

soxtalashtirishga  intiladilar.  Bu  borada  turli  yo‘llardan  foydalanishga,  ayniqsa 

yoshlarimizni yo‘ldan ozdirishga harakat qiladilar. 

Mamlakatimiz  xalqining  qalbi  va  ongiga  yot  mafkurani  singdirish  uchun 

dushmanlarimiz  bir  qarashda  beozor,  go‘yo  siyosatdan  xoli  tuyuladigan 

mafkuraviy vositalarga katta e’tibor bermoqda. Jumladan, keyingi yillarda ko‘plab 

namoyish  etilayotgan  yengil-elpi  yoki  jangarilik  filmlari  bunga  misol  bo‘ladi. 

Ma’lumki, bu filmlarni ko‘pchilik, ayniqsa yoshlar maroq bilan tomosha qiladi. Sir 

emas,  anchagina  odamlar  tabiatida,  xulq-atvorida  mana  shunday  to‘polonlarga 

moyillik  bo‘ladi.  Prezidentimiz  shuni  hisobga  olgan  holda  ta’kidlagani  kabi: 

«Shuning uchun ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday 

filmlardan ko‘pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizliklarni o‘rganadi, xolos. 

Natijada  ularning  diydasi  qotadi,  qalbidan  toshbag‘irlik,  zo‘ravonlik,  axloqsizlik 

kabi  illatlar  joy  olganini  o‘zi  ham  sezmay  qoladi.  Hatto  shunday  tomosha  va 

filmlarning qaxramonlariga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishni istaydigan yigit-qizlar ham 

topiladi. Chunki, ular bunday uydirma talqinlar ta’sirida qo‘l urayotgan ishi qanday 

ayanchli  oqibatlarga  olib  kelishini  tushunib  yetmaydi.  Afsuski,  bizning 

televideniemizda  ham  shunday  filmlarni  namoyish  etishga  ortikcha  ruju 

qo‘yilmoqda»

2

.  Ayni  shu  ma’noda,  bunday  muamolarni  oldini  olish  maqsadida 



                                                            

1

 



Ислом Каримов. «Эгали юрт эркини бермас», «Халқ сўзи» , 2000 йил 31 август

 



Каримов  И.А.  Озод  ва  обод  Ватан,  эркин  ва  фаровон  ҳаёт-пировард  мақсадимиз.  8-жилд.-  Т.:  Ўзбекистон, 

2000. 494-б. 



 

34

milliy  qadriyatlarimiz  aks  ettirilgan  xujjatli  filmlar,  seriallar,  badiiy  filmlarni 



tayyorlash  muhim  ahamiyatga  ega.  Masalan,  buyuk  bobokalonlarimiz  Jaloliddin 

Manguberdi,  Temur  Malik,  Amir  Temurlar  to‘g‘risida  ko‘p  seriyali  film  olishga 

hukumatimiz  mablag‘  ajratsa  bizningcha  maqsadga  muvofiq  ish  bo‘lar  edi. 

Mamlakatimizga  tahdid  solayotgan  mafkuraviy  vositalardan  yana  biri  uzoq  davom 

etadigan  mintaqaviy  va  davlatlararo  mojarolarni  keltirib  chiqarishga  urinish  bo‘lib, 

buni ayrim mamlakatlar hududida faoliyat ko‘rsatayotgan ba’zi g‘oyaviy-mafkuraviy 

markazlar o‘zlariga maqsad qilib olgan. Ular muayyan mamlakat hududidan boshqa 

mamlakatga qarshi giyoxvand moddalar, ta’qiqlangan adabiyotlar, turli qurol-yarog‘ 

kabi  narsalarni  noqonuniy  tarzda  olib  o‘tishga  urinmoqda.  Ularning  ma’lum  bir 

kuchlari Afg‘oniston  hududida  turib,  Markaziy  Osiyo  davlatlariga –  O‘zbekiston  va 

Qirg‘iziston  hududiga,  bu  yerda  yashayotgan  xalqlar  hayotiga  qarshi  tajovuzkorona 

harakatlar  qilishga,  begunoh  insonlar  qonini  to‘kishga  intilmoqda.  Islom  Karimov 

ta’biri bilan aytganda, bunday o‘taketgan xunrezlik, muttahamlikni o‘ziga kasb qilib 

olgan  bizning  umumiy  dushmanlarimizga  muqaddas  zaminimizda  aslo  o‘rin 

bo‘lmasligi kerak. 

Bu tahdidlar, eng avvalo, oddiy insonlar qalbi va ongini zabt etishga, ularni 

o‘z  milliy  qadriyatlaridan,  umumbashariy  sivilizatsiya  yutuqlaridan  mahrum 

etishga,  pirovard  natijada  yurtimizni  qaram  qilib  olishga  qaratilgan 

tajovuzkorlikning mafkuraviy shaklda namoyon bo‘lishidir. 

Ma’naviy  xavfsizlikni  ta’minlashda  quyidagilarga  e’tibor  berish  maqsadga 

muvofiqdir: 

1) milliy ma’naviy qadriyatlarni avaylab-asrash; 

2) yoshlarni milliy ruhda tarbiyalash; 

3) o‘zbek san’atining nozik namunalarini muntazam ekspert qilib borish; 

4) mafkuraviy dahlsizlik masalasini qonunlashtirib qo‘yish; 

5) inson irodasini chiniqtirib borish; 

6) targ‘ibot ishlarini kuchaytirib borish. 


 

35

Zero,  “Mafkuraviy  xavfsizlik”-  jamiyat  a’zolarining  milliy,  insoniy  va 



shaxsiy  tuyg‘ulari,  qarashlari,  turmush  tarzi,  qadriyatlari  hamda  urf-odatlarini 

daxlsiz saqlashni anglatadi. 

Demak,  bugungi  kunda  biz  jamiyatimizda  o‘zga  g‘oyalarga  qarshi  kuchli 

mafkuraviy  qalqonni  joriy  etish  maqsadida  harakatlar  olib  borayotgan  ekanmiz, 

avvalambor,  uning  o‘ziga  xos  ichki  mexanizmi  va  elementlari  to‘g‘risida 

chuqurroq  fikr  yuritishimiz  zarur  bo‘lmoqda.  Ma’lumki,  har  qanday  milliy 

mafkuraning  o‘zi  sotsial  bazasining  ongi,  tafakkuridan  chuqur  joy  olib,  uning 

faoliyati  asosini  tashkil  etganidan  keyingina  haqiqiy  yaratuvchi  va  yo‘naltiruvchi 

kuchga aylanadi. 

Turli xavfli jarayonlarni bartaraf etishda insonning ishtiroki va o‘rni haqida 

so‘z  yuritar  ekanmiz,  ushbu  o‘rinda,  ma’naviy  faol shaxsning qiyofasi,  mohiyati, 

ichki  dunyosi,  qolaversa,  moyilliklari  to‘g‘risida  turli-tuman  fikrlar  mavjudligini 

albatta e’tiborga olish zarur. Insonning shakllanishi va ijtimoiy mavjudot sifatidagi 

ma’naviy  rivojlanishi  ijtimoiy  taraqqiyot  bosqichlari,  ularning  mohiyat  va 

xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Bu haqiqatni hech kim inkor etolmaydi. 

Lekin mustaqillikka erishib fikrlar xilma-xilligi tamoyili qaror topgunga qadar, bu 

muammo bir yoqlama talqin qilinib kelingan. Doimiy takrorlanib turuvchi ijtimoiy 

qonuniyatlar  jarayoni  bilan  inson  salohiyatining  o‘zaro  munosabati  haqida 

noto‘g‘ri fikr hosil qilindi. Inson bu ko‘r-ko‘rona bo‘ysunuvchi, uning buyuk kuch-

qudrati,  uning  cheksiz  imkoniyati  tan  olinmay  ko‘plab  ilg‘or  g‘oyalardan  ongli 

ravishda uzoqlashtirilgan edi.  

Bunday  yondashuvning  nomaqbul  jihatlardan  biri  insonning  barcha  xavf-

xatarlar oldida ojiz qilib qo‘yilgani insonning ijtimoiy hodisalarni tushunish, bilish 

va  anglab  yetish  qobiliyati  tan  olinmagan,  jamiyat  hayotidagi  xavf-xatarlarni 

bartaraf etish yo‘llari, vositalari va qurollari insonning o‘zidan emas, balki undan 

tashqarida  bo‘lgan  allaqanday  “ob’ektiv  borliq”dan  qidirilgan.  Ro‘y  berayotgan 

voqea-hodisalar mohiyati ishlab chiqarish, sinfiy kurash bilan bog‘lanib, ularning 

manbai turli mafkuraviy  yo‘llar bilan to‘sib kelindi. Insoniyat boshiga ulkan xavf-



 

36

xatar va  fojialarni solgan fashizm    va  bolshivizm  mafkurasining  asl sababi  inson 



tabiatidan  axtarilmasdan,  bu  holatlar  qandaydir  “tarixiy  zaruriyat”  deb  talqin 

qilindi. 

Inson  omilidan  shu  tariqa  yiroqlashish  oqibatida  shaxsdan  taqdirga  tan 

berish, faqat jon saqlab qolishning turli-tuman chora-tadbirlari haqida o‘ylashgina 

talab  qilindi.  Inson  o‘z  murakkab  muammolari  bilan  taqdir  girdobiga  tashlab 

qo‘yildiki, natijada u or-nomus, haq-huquqini himoya qilishni qandaydir “partiya 

rahnamoligi”  yoki  “xalqlar  otasi”  bo‘lgan  “dohiylar”  nomi  bilan  bog‘lash  payiga 

tushdi.  Sho‘rolar  tuzumida  yashagan  inson  shu  qadar  ixtiyorsizlikka  yuz  tutdiki, 

oqibatda u fashizm, kommunizm va totalitarizm singari vahshiy tartiblarga qarshi 

ochiqdan-ochiq  bosh  ko‘tarishdan  ko‘ra  yolg‘izlikni,  uzlatni,  loqaydlikni  afzal 

ko‘ra  boshladi.  Buyuk  nemis  faylasufi  I.Kant:  “Men  tarixni  o‘qigan  va  tahlil 

qilganim sari, uning insonlar nomukammalligining unsiz guvohi ekanligini anglab 

yetdim”

1

 deganida nihoyatda haq edi.  



Hozirgi  davrning  insoniyatga  qarshi  qaratilgan  eng  salbiy  jihatlaridan  biri 

kuchli  davlatlar  tomonidan  boshqa  mamlakatlar,  xalqlar,  millatlarni  mahv 

qilishning  makkorona  uslublari  va  vositalarini  qo‘llashdan  iborat  bo‘lmoqda.  Bu 

jarayonda  mustaqil  jamiyatni  qurish  va  rivojlantirishning  asosi  bo‘lgan 

ma’naviyatga xuruj qilish amaliyoti ustuvorlik qilmoqda. Ma’naviyatga xurujlarni 

amalga oshirishda «yangi globallashuv» jarayonlarini o‘z manfaatlari yo‘liga burib 

yuborishga  harakat  qilayotgan  ayrim  «lider»  mamlakatlar  va  ular  nomidan  ish 

ko‘rayotgan turli siyosiy tashkilotlar asosiy o‘rinni egallamoqda.  

Ularning  faoliyatida  xalqaro  globallashuv  jarayonlarida  allaqachon 

iqtisodiyot  omili  keyingi  o‘ringa  surib  qo‘yilib,  mafkura  va  ma’naviyat  bilan 

bog‘liq  masalalar  birinchi  darajaga  chiqarildi.  Sababi,  turli  niqoblarga  o‘ralib 

olgan,  g‘arazli  siyosiy  kuchlarga  o‘z  maqsadlariga  erishishida  iqtisodiy  omildan 

                                                            

1

 W.W.W. bankreferatov.ru. Критика чистога разума. 



 

37

ko‘ra  ma’naviy  omildan  foydalanib  xuruj  qilish  arzonroq  va  foydaliroq  bo‘lishi 



tabiiydir.  

Ma’naviy xurujning asl mohiyati – egallab  olish ko‘zda tutilgan jamiyatni, 

xalqni  o‘zining  milliy  qiyofasidagi,  ongi,  tafakkuridan,  ijtimoiy  hamkorlik 

tizimidan,  xulq-atvor  normalaridan,  tarixiy  ildizlaridan  ongli  ravishda 

begonalashtirishdan  iborat  bo‘lib,  u  mamlakatni  butunlay  qaram  qilib  olish 

maqsadida amalga oshiriladi. Negaki, biron bir millatni mafkuraviy qaram qilmay 

turib,  uni  to‘la  bo‘ysundirish  mumkin  emas.  Bu  tarixda  o‘z  tasdig‘ini  topgan 

haqiqatdir.  

Shu  bois  ham  ma’naviy  xuruj  «ijodkorlari»  o‘z  kirdikorlarini  amalga 

oshirish  uchun  globallashuv  tufayli  shakllangan  yangi  axborot  tizimidan  har 

tomonlama  foydalanishga  intilmoqdalar.  Ma’lumki,  o‘tgan  asrning  oxiri  va  XXI 

asrning  boshlariga  kelib  yangi  axborot  va  telekommunikatsiya  texnologiyalari 

misli  ko‘rilmagan  darajada  rivojlanib  ketdi.  Global  axborot  tizimi  vujudga  keldi. 

Buning natijasida paydo bo‘lgan xalqaro axborot makoni mamlakatlar o‘rtasidagi 

siyosiy,  ijtimoiy  munosabatlar  uchun  butunlay  yangi  sharoitlarni  yaratib  berdi. 

Xalqaro  axborotlashuv  jamiyatlar  hayotining barcha  sohalariga  chuqur  kirib  bora 

boshladi  va  bu  jarayon  hozirgi  kunda  ham  davom  etmoqda.  Ushbu  holat 

jamiyatlarning,  odamlarning  axborotga  bo‘lgan  ehtiyojlari  har  tomonlama 

kuchayishiga olib keldi.  

Xalqaro  axborotlashuv  mamlakatlarning  xalqaro  siyosiy  ahvoliga  ham 

sezilarli  ta’sir  ko‘rsata  boshladi.  Shu  bois  hozirgi  vaqtda  jahonning  ayrim 

mutaxassislari  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalari  XXI  asrda  jamiyatlar 

shakllanishiga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  yetakchi  omiliga  aylanganligini  e’tirof 

qilmoqdalar.  Global  axborot  tizimining  rivojlanishi  tufayli  zamonaviy  jamiyatlar 

hayotining boshqalarga bog‘liqligi ham vaziyatni tobora chuqurlashtirmoqda. Ayni 

paytda  axborot  xurujlaridan  himoyalanish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  muammolar 

ko‘lami  ham  nihoyatda  kattalashib  bormoqda.  Bularning    natijasida  axborot 

xavfsizligini  ta’minlash  muammosini  hal  qilish  ayrim  olingan  mamlakatlar 



 

38

jamiyatlarining  eng yetakchi siyosiy-ijtimoiy  talabiga  aylanmoqda.  Chunki  aslida 



axborot  xurujidan  jamiyatlar  ma’naviy  hayotini  vayron  qilishga  qaratilgan  qurol 

sifatida foydalanish bugungi kunning asosiy omiliga aylanib qoldi.  

Globallashuv  –  murakkab  jarayondir.  Birinchidan,  u  ijobiy  holat  va 

ustivordir.  Ayni,  bir  paytda,  u  salbiy  holatdir.  Bu  masalani  yoritishda,  uning 

yuqoridagi xususiyatlariga alohida etibor berish zarur. 

Demak,  xalqaro  axborotlashuv  mamlakatlar  o‘rtasidagi  aloqalarni 

tezlashtirish bilan bir  qatorda, afsuski,  milliy,  mintaqaviy    va  global xavfsizlikka 

nisbatan yangi tahdidlarni vujudga keltirmoqda. Bundan kelib chiqadigan muhim 

xulosa  shundan  iboratki,  xalqaro  xavfsizlik  ham,  ayrim  olingan  mamlakatlarning 

tinchligi ham axborot xavfsizligini ta’minlashga ko‘p jihatdan bog‘liq. Jamiyatning 

axborot  xavfsizligi  o‘z  navbatida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  jamiyatning  ma’naviy 

xavfsizligini  ta’minlashni  bildiradi.  Ma’naviy  xavfsizlikning  amaliyotda 

ta’minlanishiga  yetarli  darajada  e’tibor  berish  har  bir  jamiyat  oldidagi  dolzarb 

masala ekanligini alohida ta’kidlash lozim.  

Ma’naviy  xurujlarning  nihoyatda  keng  qamrovli  ekanligidan  kelib  chiqib, 

ularni quyidagicha guruhlash mumkin:  

Birinchidan, jamiyatimiz a’zolarining milliy ongiga ta’sir qilishga qaratilgan 

xurujlar.  Ma’lumki,  xalqimizning  asrlar  davomida  shakllanib  kelayotgan 

mentalitetida, ya’ni milliy ongi va dunyoqarashida hamda xulq-atvor normalarida 

ota-onaga, o‘zi  yashayotgan  mahalla  jamoasiga,  katta  yoshdagi  kishilarga  chuqur 

hurmat bilan qarash, muayyan voqea va hodisalarga bosiqlik, mulohaza va andisha 

bilan munosabatda bo‘lish, jamoa fikriga nisbatan alohida ehtirom ko‘rsatish kabi 

xislatlar  ustuvorlik  qiladi.  qolaversa,  aynan  mana  shu  qadriyatlar  jamiyatimiz 

ma’naviyatining tamal toshlarini tashkil qiladi.  

Bunday  vaziyatni  yaxshi  o‘rgangan  dushmanlarimiz  bizga  qarshi  ma’naviy 

xurujlarni  amalga  oshirishda  xalqimizning  mana  shunday  ulug‘vor  qadriyatlariga 

mutlaqo  teskari  va  begona  bo‘lgan,  asosan  g‘arbga  xos  «individualizm», 

«egoizm»,  mehr-muruvvat,  oddiy  odamiylik  va  vatanparvarlikni  inkor  qiluvchi 



 

39

«kosmopolitizm»,  «zo‘ravonlik»,  diniy  mutaassiblik  g‘oyalarini  iloji  boricha 



chiroyli  “Erkinlik  va  demokratiyani  olg‘a  siljitish”,  “Ommaviy  madaniyat”  kabi 

niqoblarga o‘rab jamiyatimiz ichkarisiga olib kirishga urinmoqdalar.  

G‘animlarimizning  xalqimiz  milliy  ongiga  ta’sir  ko‘rsatishdan  ko‘zlangan 

asosiy  maqsadlari  Prezidentimiz  I.A.  Karimov  xulosa  qilganidek:  O‘zbekistonda 

hukm  surayotgan  tinchlik  va  osoyishtalikni,  jamiyatimizdagi  bunyodkorlik 

muhitini,  bugun  biz  barpo  etayotgan  farovon  va  osuda  hayotni  buzish,  toboro 

kuchga  kirayotgan  davlatimizni  ag‘darish,  tanlagan  yo‘limizdan  qaytarishdir. 

Odamlarimizning  yuragiga  vahima  va  qo‘rquv  solish  hisobidan  ularning  ertangi 

kunga  bo‘lgan  ishonchini  yo‘qotish,  bir-biriga  qarshi  qo‘yish,  yurtimizda, 

mintaqamizda o‘z manfaati, o‘z siyosatini o‘tkazishdan iborat . 

Ikkinchidan,  milliy  urf-odatlarimizga  bo‘layotgan  xurujlar.    Milliy 

an’analarimiz  va  urf-odatlarimizning  mamlakatimiz  taraqqiyoti  uchun  naqadar 

ulkan ahamiyatini sezgan dushmanlar bu borada ham aniq maqsadga yo‘naltirilgan 

xurujlarni amalga oshirmoqdalar. Shu maqsadga erishish uchun ular global aloqa 

tizimlari  va  boshqa  vositalari  orqali  ma’naviy  qashshoqlikka,  xissizlikka, 

tarkidunyochilikka,  odamlarga  nisbatan  oqibatsizlik  va  shafqatsizlikka  olib 

keluvchi  g‘oyalarni  hamda  urf-odat  normalarini  zo‘r  berib  targ‘ib  qilmoqdalar. 

Bular orasida g‘arbda ko‘p uchraydigan odamovilik, ota-onaga nisbatan bepisand 

qarash shaxsiy hayotni ulug‘lash kabilar ayniqsa ustuvorlik qilmoqda.  

Uchinchidan,  milliy  madaniyatimizga  bo‘layotgan  xurujlar.  Sir  emaski, 

xalqimizning milliy madaniyati o‘zining qadimiyligi, boyligi bilan alohida ajralib 

turadi.  Prezidentimiz  ta’kidlaganidek,  Markaziy  Osiyo  tarixida  aql-idrok  bilan 

ma’naviy  jasoratni,  diniy  dunyoqarash  bilan  qomusiy  bilimdonlikni  o‘zida 

mujassam  etgan  buyuk  arboblar  ko‘p  bo‘lgan.  Imom  Buxoriy,  Imom  Termiziy, 

Xoja  Bahouddin  Naqshband,  Xoja  Ahmad  Yassaviy,  Al  Xorazmiy,  Beruniy,  Ibn 

Sino,  Amir  Temur,  Mirzo  Ulug‘bek,  Zahriddin  Bobur  va  boshqa  ko‘plab  buyuk 

ajdodlarimiz  milliy  madaniyatimizni  rivojlantirishga  ulkan  hissa  qo‘shdilar, 


 

40

xalqimizning milliy iftixori bo‘lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi 



taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum. 

Mafkuraviy  xuruj  uyushtirayotgan  siyosiy  kuchlar  jamiyatimiz  a’zolarini 

milliy madaniyatimiz boyliklaridan va imkoniyatlaridan begonalashtirishga harakat 

qilmoqdalar.  Shu  maqsadda  ular  internet  tarmog‘idan  kinofilmlar  va  san’at 

turlaridan  foydalangan  holda  nihoyatda  ohangrabo,  lekin  yengil-elpi,  inson 

tafakkurini  rivojlantirishga  emas,  aksincha  uning  sayozlashuviga  xizmat  qiluvchi 

namunalarini  jamiyatimizga  olib  kirishga  intilmoqdalar.  Bunday  san’at  va 

madaniyat  namunalarida  behayolik,  mantiqsizlik  g‘oyalarining  targ‘iboti 

yetakchilik  qilmoqda.  Vaholanki,  bu  mamlakatlarning  o‘zlari  millatlarni 

parokandalikka  olib  boradigan,  insoniyat  uchun  sharmandali  vaziyatlarni 

demokratiya,  inson  huquqlari  kabi  oliy  qadriyatlar  shiori  ostida  targ‘ib 

qilmoqdalar. Birgina dalil. 1960 yillarning oxirlaridan ruhiy kasallik sifatida jiddiy 

tashvish tug‘dirgan gemoseksualizm (besoqolbozlik) bugun “inson huquqlar”ning 

bosh  masalasiga  aylandi.    Bu  ham  yetmaganidek,  seks-industriya  katta  daromad 

manbaiga  aylantirildi,  1970  yilda  AQSh  bundan  10  million  dollar  sof  foyda 

ko‘rgan bo‘lsa, 2014 yilga kelib 10 milliard dollarga yetdi. Fahshni televidenie va 

kino orqali keng targ‘ib etish, ayollar homilador bo‘lib qolishdan qo‘rqmasliklari 

uchun  bola  bo‘lmasligining  samarali  usullari  ishlab  chiqildi.  Bular  jamiyatda 

buzuqchilikning keskin oshishi va tug‘ilishning eng past darajaga tushib ketishiga 

olib keldi.  

Mana  shunday  holatlardan  kelib  chiqib  xulosa  qilish  mumkinki,  bugungi 

kunda mamlakatimizda har tomonlama samarali va mustahkam bo‘lgan ma’naviy 

immunitetni  shakllantirishni  kuchaytirish  kechiktirib  bo‘lmaydigan  vazifaga 

aylandi. Ma’lumki, Prezidentimiz I.A. Karimovning 2000 yilda «Fidokor» gazetasi 

muxbiriga  bergan  intervyusida  mafkuraviy  immunitetning  mohiyati  va  zarurligi 

asoslab  berilgan edi.  Bugungi kunda biron  bir xalqni o‘ziga tobe  qilishni istagan 

kuchlar,  avvalo  o‘sha  xalqni  millatni  o‘zligidan,  tarixidan,  madaniyatidan  judo 

qilishga  intiladi.  Bunday  zararli  ta’sirlar  davom  etaversa,  millat  o‘zligini 



 

41

yo‘qotishi, ming yillik an’analarini boy berib, olomonga aylanib qolishi ham hech 



gap  emas.  Tabiiy  savol  tug‘iladi:  bunday  mafkuraviy  ta’sirlar  salbiy  oqibatlarga 

olib kelmasligi uchun nima qilish kerak?  

Buning  yo‘li  –  odamlarimiz,  avvalambor  yoshlarimizning  iymon-e’tiqodini 

mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan 

barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o‘zligini unutmaslik, ota-

bobolarning  muqaddas  qadriyatlarini  asrab-avaylash  va  hurmat  qilish  fazilatini 

qaror  toptirish.  Ularning,  men  o‘zbek  farzandiman,  deb,  g‘urur  va  iftixor  bilan 

yashashiga  erishishdir.  Bugun  kuchli  davlatlarning  targ‘ibot  va  tashviqotlari 

natijasida  uchinchi  dunyo  mamlakatlari  o‘zlarining  yuqori  malakali 

mutaxassislaridan  ajralmoqlar.    Oddiygina  raqamlarga  murojaat  qilganimizda 

buning  tasdig‘ini  ko‘ramiz.  G‘arb  ommaviy  axborot  vositalarining  doimiy  tarzda 

olib boradigan targ‘ibot va tashviqotlari natijasida kambag‘al Afrika mamlakatlari 

uchun yuqori malakali mutaxassislarga katta ehtiyoj bo‘lib turgan bir paytda, oliy 

va  yuqori  malakali  xodimlarning      har  uchtasidan  bittasi  rivojlangan  davlatlarga 

ketib  qolmokda.  Har  yili  Afrikadan  o‘rtacha  23  000  ilmiy  xodim  va  o‘qituvchi 

chiqib  ketmoqda.  Keyingi  besh  yil  mobaynida  qit’a  davlatlari  60  mingdan  ortiq 

o‘rta va yuqori bo‘g‘indagi boshqaruv xodimlaridan mahrum bo‘ldi

1

.   



Bu  o‘rinda  shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  bugungi  kunda  jamiyatimizda 

mustahkam  ma’naviy  immunitetni  shakllantirishda  Prezidentimiz  I.A.  Karimov 

tomonidan  ilgari  surilgan:  «Kuch  bilim  va  tafakkurda»  g‘oyasini  jamiyatimiz 

hayotiga  har  tomonlama  chuqur  tadbiq  etish  asosiy  mezon  bo‘lib  xizmat  qilishi 

kerak.  Sababi,  aynan  mana  shu  g‘oyada  inson  ongi,  tafakkuri  va  xulq-atvoriga 

ta’sir qilishga qaratilgan  har qanday  xurujlardan kafolatli  himoyalanish va qarshi 

zarba  berishning  manbalari  mujassamlangan.  Buning  uchun  esa  barcha  ma’naviy 

va  ma’rifiy  hamda  ta’lim-tarbiya  va  madaniy  sohadagi  chora-tadbirlarni  sifat 

jihatdan yangi zamonaviy darajalarga tezroq olib chiqishimiz zarur bo‘ladi.  

                                                            

1

 W.W.W. afrira. upenn.edu. 



 

42


Download 430,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish