Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


 Globallashuv jarayonida O‘zbekiston Respublikasi xavfsizligiga ta’sir



Download 430,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana04.01.2020
Hajmi430,03 Kb.
#32016
1   2   3   4   5
Bog'liq
ozbekistonda goyaviy-mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etish usul va vositalari


2.2. Globallashuv jarayonida O‘zbekiston Respublikasi xavfsizligiga ta’sir 

ko‘rsatuvchi tashqi tahdidlar tasnifi 

Xalqaro  terrorchilikka  qarshi  kurash  borasida    jahon  hamjamiyati  duch 

kelayotgan muammolarni bartaraf etishda  eng yirik xalqaro  tuzilma- Birlashgan 

Millatlar  Tashkilotining  faoliyati  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Mazkur  tashkilot 

nizomida  BMT  xalqlar  va  millatlar  harakatlarini  muvofiqlashtirish  markazi 

ekanligi  nazarda  tutilganligi  sababli

1

,  BMTga    xalqaro  terrorchilikka  qarshi 



kurashni  universal  darajada  muvofiqlashtirishda  alohida  mas’uliyat  yuklatilgan. 

Ko‘pchilik mutaxassislar tomonidan xalqaro antiterroristik

2

 siyosatni ishlab chiqish 



va  uni  tatbiq  etishda  BMTning  hal  qiluvchi  roli  e’tirof  etilmoqda

3

.    BMT 



Xavfsizlik  Kengashi  tarkibida  terrorizmga  qarshi  kurash  qo‘mitasi  faoliyat 

ko‘rsatib,  ushbu  qo‘mitaning  asosiy  e’tibori    davlatlar  tomonidan  xalqaro 

antiterroristik  konvensiyalarni  ratifikatsiya  qilish  jarayonini  jadallashtirish, 

terrorizmning 

barcha 

ko‘rinishlariga 



qarshi 

kurash, 


terrorizm 

moliyalashtirilishining  oldini  olish  va  unga  barham  berish  yo‘nalishlariga 

qaratilgan.  

BMT  tomonidan  xalqaro  tinchlik  va  xavfsizlikni  saqlash,  inson  huquqlarini 

ta’minlash,  xalqaro  majburiyatlarni  vijdonan  bajarish,  xalqaro  nizolarni  tinch 

yo‘llar bilan hal qilish bilan bog‘liq chigal vaziyatlarda o‘zining salohiyatini to‘liq 

namoyish  qilayotgani  yo‘q.  Natijada  universal  va  mintaqaviy  xavfsizlikni 

ta’minlash qoidalariga tamoman zid tashabbuslar vujudga kelib, ularning oqibatida 

terrorchilik  faoliyati  yanada  jadallashmoqda.    Shu  bois,  mutaxassislar  tomonidan  

Birlashgan  Millatlar  Tashkilotini  isloh  qilish,  Xavfsizlik  Kengashi  tarkibini 

                                                            

1

 Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Низоми ва Халқаро суд Статути.-Т.: БМТнинг Ўзбекистондаги ахборот 



маркази, 2002- Б.15. 

2

 Илмий адабиётда кўпроқ  аксилтеррористик эмас, балки антитеррористик  ибораси қўлланилиши туфайли, 



тадқиқотда антитеррористик иборасини ишлатишга қарор қилинди-муаллиф 

3

  А.  Сичёвнинг  асосли  ёзишича,  терроризмга  қарши  кураш  самарадорлигининг  муҳим  шарти  бўлиб, 



давлатлар  томонидан  халқаро  ҳуқуқ  нормаларининг  бажарилиши  ҳисобланади.  Халқаро  антитеррористик 

тадбирларни амалга оширишда БМТ ва унинг Хавфсизлик Кенгаши марказий рол ўйнаши лозим. Батафсил 

қаранг:  Сычёв  А.Международный  терроризм  как  крайне  опасная  угроза  современному  мироустройству: 

характер проблемы и пути международного противодействия.// Белорусский журнал международного права 

и международных отношений. –Минск, 2004.-.№1.-С.31. 

 


 

43

kengaytirish,  uning    qoshidagi  faoliyat  yuritayotgan  terrorizmga  qarshi  kurash 



qo‘mitasining 

vakolatlarini 

kengaytirish, 

mazkur 


qo‘mita 

tomonidan 

jinoyatchilikka qarshi kurashda davlatlar hamkorligini muvofiqlashtirib boradigan 

organga aylantirish zarurligi qayd etilmoqda

1

.  


BMT  doirasida  xalqaro  terrorizmga    qarshi    kurashni  muvofiqlashtirish 

masalalari O‘zbekiston Respublikasi uchun  g‘oyatda dolzarb hisoblanadi. Xalqaro 

terrorizmga qarshi kurashning samaradorligini oshirish, jahon hamjamiyatiga jadal 

sur’atlarda integratsiya qilish, xalqaro munosabatlarning to‘laqonli sub’ekti sifatida 

BMT  faoliyatida  ishtirok  etish  O‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosatining 

ustuvor  yo‘nalishlarini  tashkil  etadi.Xalqaro  terrorizm  illati    O‘zbekiston 

Respublikasi  milliy  xavfsizligi  va  barqarorligiga  jiddiy  tahdid  solmoqda. Mazkur 

holatlarning  barchasi  O‘zbekiston  xalqaro  huquq  fani  oldiga  xalqaro  terrorizmga 

qarshi  kurash  sohasida  O‘zbekiston  Respublikasining  BMT  bilan  hamkorligining 

huquqiy  asoslarini  tadqiq  etish,  bunday  hamkorlikni  mustahkamlash  va  yanada 

rivojlantirish kabi dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. Zero, ushbu hamkorlikni yanada 

rivojlantirishga  ehtiyoj  mavjud.  BMTning    Markaziy  Osiyo    hududidagi  

mintaqaviy  vakolatxonasi    giyohvandlik  vositalari  va  psixotrop  moddalarning 

noqonuniy  aylanishiga  barham  berish  bo‘yicha  tashkil  qilinganligi

2

,  xalqaro 



terrorizmga  qarshi  kurashni  muvofiqlashtirish  yo‘nalishi  esa  chetda  qolganligi 

achinarlidir.  Darhaqiqat,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov 

ta’kidlaganlaridek:  “Uyushgan  jinoyatchilik,  terrorchilik,  narkotik  moddalarning 

noqonuniy  tarqatilishi  va  sotilishiga  qarshi  kurash  mamlakatlarimiz 

hamkorligining  asosiy  yo‘nalish  va  mazmuniga  aylanishi  kerak.  Afsuski,  alohida 

                                                            

1

  Исполнительный  директорат  Контртеррористического  комитета  :  Борьба  с  терроризмом-  прогресс  и 



вызовы.// Департамент обўественной информации ООН .DPI/2375B-январь 2005. 

2

 



Исполнительный  Директор  ЮНОДК  приветствует  решение  о  создании  Центральноазиатского  центра  по 

борьбе с наркотиками / 

http://www.unodc.org/uzbekistan/index.htmlhttp://www.unodc.org/uzbekistan/index.html

 

 



 

 

44

e’tiborni talab qiladigan bu muammolar bo‘yicha sa’i-harakatlarimizni hali yetarli 



darajada muvofiqlashtira olganimiz yo‘q“

1

.  



Ma’lumki, tahdid har qanday muammoning rivojlanib, ziddiyat va mojaroga 

aylanib,  yanada  keskinlashib,  umuminsoniy  taraqqiyotga  g‘ov  bo‘luvchi  salbiy 

fenomendir. Tahdid kishilik jamiyatining ilk davridan boshlab insoniyatga doimiy 

xavf  sifatida  jamiyatning  barqaror  rivojiga  to‘sqinlik  qilishga  intilib,  jamiyat 

a’zolarini  hushyorlikka  chorlab  kelgan.  Diqqat  bilan  fikr-mulohaza  yuritadigan 

bo‘lsak, insoniyat tarixi – turfa tahdidlarga qarshi kurash tarixidan iborat. Bunday 

kurash insoniyat avlodlarining yashovchanlik xususiyatini ta’minlab kelgan. Ya’ni, 

insoniyat  tarixidagi  taraqqiyot  tahdidlarni  mardona  yengish  hamda  chetlab 

o‘tishning  samarali  usullaridan  foydalanish  hosilasidir.  Tarix  chorrahasida 

rivojlanishning progressiv (taraqqiyot) yoki regressiv (inqiroz) holatini ta’minlash 

tahdidlarga  qarshi  tanlangan  kurash  usulining  samaradorligiga  yoki  uning 

aksinchalik holatiga bog‘liqdir. Shu bois, tahdid va taraqqiyot suv va olov kabi bir 

birini  inkor  qilib,  birining  g‘alabasi,  muvaffaqiyati  ikkinchisining  mag‘lubiyatini 

ta’minlab keladi.  

Ilmiy-ommabop  asarlarda  rivojlanish  va  taraqqiyot  aynanlashtirilib,  o‘zaro 

sinonim  sifatida  qo‘llanilishiga  qaramasdan,  taraqqiyot  —  bu  progressiv 

rivojlanishning  hosilasi  sifatida  ijtimoiy-siyosiy  o‘zgarishlarning  oddiydan 

murakkabga, quyidan yuqoriga, kishilar tafakkurini nisbatan pessimistik holatdan 

optimistik  holat  sari  yo‘naltiruvchi  shaklidir.  Agar  rivojlanish  optimal  mohiyat 

kasb  etib,  miqdor  o‘zgarishlarining  sifat  o‘zgarishlariga  o‘tish  qonuni  asosida 

yuqoriga qarab rivojlansa, u progressiv mohiyat kasb etib, taraqqiyot (progress)ni 

ta’minlaydi. 

Agar,  u  pastga  qarab  borsa,  taraqqiyotning  orqaga  (regress)  quyi  holatiga 

tushib qolgudek bo‘lsa, u regressiv holat sifatida muammo, ziddiyat va mojarolarni 

vujudga  keltiradiki,  ushbu  jihatlar  -  inqiroz  darajasida  ijtimoiy-siyosiy  hayotning 

                                                            

1

 Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қулимиз билан қурамиз.Т.7.-Т.: Ўзбекистон,1999.-Б.81. 



 

 

45

tabiiy  asoslariga  tahdid  sifatida  namoyon  bo‘la  boshlaydi.  Rivojlanishning  o‘zi 



ayrim kuchlar uchun taraqqiyotni ta’minlasa, unga qarama-qarshi bo‘lgan kuchlar 

uchun regress yoki inqirozni keltirib chiqarishi mumkin. Sobiq markscha-lenincha 

ta’limotning  bir  yoqlamaligi  ushbu  sohada  ham  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi:  ular 

rivojlanish  xarakterini  ishlab  chiqarish  usuli  bilan  chambarchas  bog‘laydilar, 

vaholanki,  u  jamiyatning  ma’naviy  qiyofasi  hamda  siyosiy  omillar  bilan  ham 

chambarchas bog‘liq jarayondir. 

Jamiyat ijtimoiy-siyosiy organizm sifatida rivojlanishga muhtoj. Chunonchi, 

inson organizmi ham o‘z rivojini ta’minlash uchun da’vatkor ehtiyojlar silsilasini 

vujudga  keltirganidek  (ovqatlanish,  dam  olish,  biologik  ehtiyojlar),  jamiyat  ham 

o‘z rivojini ta’minlash uchun davrning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda 

turfa  muammolarni  yaratib  turadi.  Sog‘lom  organizmda  insonning  jismoniy  va 

ma’naviy kamolotini ta’minlovchi hujayralar bilan bir qatorda, ma’lum miqdorda 

viruslar ham yashayotganidek, jamiyat ham o‘z qa’rida mavjud bo‘lgan illatlardan 

xalos  bo‘lishi  uchun  davrning  mazmun-mohiyatidan  kelib  chiqib  turfa 

chaqiriqlarni tashlab turadi. Bunday muammolar rivojlanishning u yoki bu holatini 

ta’minlash  uchun  tabiiy  jarayon  sifatida  amalga  oshadi.  Uning  sinovidan 

muvaffaqiyatli o‘ta olgan jamiyatgagina rivojlanish baxti nasib etadi, unga erisha 

olmagan  jamiyat  ijtimoiy-siyosiy  inqirozlar  girdobiga  tushib,  hatto  aytish 

mumkinki,  tahdidlar  qarshisida  o‘zligini  tamoman  yo‘qotib  boradi.  Tarixdan 

ma’lum,  yirik-yirik  imperiyalar  parchalanib  ketgan.  Shu  bois,  voqea-hodisalar 

rivoji  ziddiyatli  holatini  kutib  o‘tirmasdan,  o‘z  vaqtida  uning  oldini  olishga 

erishish, jamiyatda kuchli g‘oyaviy immunitet, ma’naviy jipslik asosida fuqaroviy 

birlikni ta’minlab borish – jamiyat rivojini ta’minlovchi omildir. Bugungi XXI asr 

sharoiti, ya’ni global gumanistik g‘oyalar tantanasi davrida ham tahdidlar ko‘lami 

va  xilma  xilligi  jihatidan  kengayib,  uning  oldini  olish  siyosiy  yetakchilarning 

doimiy  diqqat-e’tiborida  bo‘layotganligidir.  O‘zbekiston  Prezidenti  I.A.Karimov 

ta’kidlaganidek,  "Milliy  xavfsizlikning  keng  qamrovli  konsepsiyasini  ishlab 

chiqish, uning asosini belgilovchi qonunlarini yaratish g‘oyat dolzarb ahamiyatga 



 

46

ega"



1

.  Buning  uchun  mamlakatimizning  mudofaa  tizimini    mustahkamlash, 

Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini  ko‘z qorachig‘iday asrashimiz zarur. 

 Ushbu konseptual g‘oyaga suyangan holda aytish mumkinki: 

1. Tahdid – mintaqamizda va dunyodagi xavfsizlik va barqarorlikka nisbatan 

qarshi  turuvchi  jirkanch  illat  sifatida  jamiyat  taraqqiyotining  ustuvor  rivojiga 

to‘sqinlik qiladi; 

2.  Ilmiy-texnikaviy  rivojlanish  hamda  global  axborotlashuv  jarayoni 

umuminsoniy  taraqqiyotga  xizmat  qilishi  bilan  bir  qatorda,  ushbu  yangilik  va 

kashfiyotlardan qay  maqsadda foydalanilayotganligiga, qanday strategik ob’ektga 

yo‘naltirilganligiga qarab tahdidlarni ham vujudga keltirmoqdaki, bu – insoniyatni 

o‘z kashfiyotidan faxr-iftixor hissini tuyishi bilan bir qatorda doimiy hushyorlikka 

chorlaydi; 

3. Globallashuv ziddiyatlari hosilasi sifatida ichki tahdidlarga nisbatan tashqi 

tahdidlar  ehtimoli,  soni  hamda  ko‘lami  kengayib  ketayotganligi  hamda  mavjud 

tashqi  tahdidlarning  ichki  tahdidlarni  vujudga  keltirish  ehtimolining  ustunligi 

Vatan  sarhadlarini  mustahkamlash,  avaylash  va  asrashdek  mas’uliyatli  vazifasini 

har birimizning zimmamizga yuklaydi. 

Bugungi kunda, dunyoning barqarorligi  va  taraqqiyoti uchun har bir  millat 

muayyan darajada javobgar bo‘lib, bunday javobgarlik umuminsoniy mas’uliyatni 

vujudga  keltiradiki,  bu  xavfsizlikni  ta’minlashga  hissa  qo‘shishning  ob’ektiv 

zaruriyatini  keltirib  chiqaradi.  Holbuki,  xavfsizlik  –  uzluksiz,  had-hududsiz  holat 

bo‘lganligi  bois,  hozirgi  sharoitda,  umumiy  xavfsizlikni  ta’minlash  va 

muvozanatga erishish uchun davlatlar va xalq- larning barqarorligini ta’minlashda 

yangicha  yondoshuvlarni  izlab  topish,  xavfsizlikni  ta’minlashning  yangicha 

modellarini ishlab chiqishni ijtimoiy-siyosiy davrning o‘zi taqozo etmoqda. 

Hozirgi  davrda  muayyan  davlat,  millatning  mavjudligi,  xavfsizligi, 

barqarorligi  hamda  istiqboli  ko‘plab  qator  yangi  tahdidlar,  xavf-xatarlar  tizimini 

                                                            

1

 Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 3-жилд.- Т.: Ўзбекистон, 1996. 43- б. 



 

47

sezish,  idrok  etish  darajasiga  borib  taqalmoqda.  Zero,  insoniyat  tarixida  o‘ziga 



baho  berish,  tahdidlarga  nisbatan  keragidan  ziyod  xotirjamlik  tuyish  yoki  ularni 

butunlay sezmaslik oqibatida tanazzulga yuz tutgan davlat va xalqlar ham bo‘lib, 

ular  tarixning  ushbu  sinovlaridan  muvaffaqiyatli  o‘tgan  birliklar  tarkibiga 

assimilyatsiyalashib  ketganligi  barchamizga  ma’lum.  Aksincha,  ma’lum  davrlar 

ichra muttasil taraqqiy etgan millatlar ham borki, ular umrboqiyligining bosh omili 

–  tahdidning  har  qanday  turiga  o‘z  vaqtida  javob  bera  olish  qobiliyati,  aniqrog‘i 

"tahdidbardoshlik" salohiyati va darajasi bilan uzviy bog‘liqdir. 

Tahdid – umuminsoniy taraqqiyotga to‘siq bo‘luluvchi fenomen ekan, uning 

mazmun-mohiyati nimalardan iborat? "Tahdid – ijtimoiy-siyosiy vaziyat bo‘lib, u 

muayyan tarixiy davrda aniq bir maqsadga, ya’ni ijtimoiy tizim sifatida davlatning 

siyosiy  asoslarini  zaiflashtirishga,  yemirishga,  shuningdek,  inson  hayotiy 

faoliyatini  izdan  chiqarishga,  umuman  yashashni  chigallashtirishga  qaratilgan 

hududiy-mintaqaviy,  umumsayyoraviy  omillarning  kirib  kelishi  tufayli  sodir 

bo‘ladi.  Bu  esa,  o‘z  navbatida,  zaruriy  chora-tadbirlar  tizimini  ishlab  chiqishni 

taqozo  etadiki,  uning  amalga  oshirilishi  natijasida  mamlakatda  sezilarli  ijobiy 

siljishlar  ro‘y  beradi"

1

.    Davrning  mohiyatidan  kelib  chiqib,  ichki  va  tashqi 



tahdidlar  sirasini  tashkil  etuvchi  xavf-xatarlarni  quyidagicha  turkumlashtirish 

mumkin: 


–  siyosiy  xarakterdagi  tahdidlar  (qurolli  mojarolar,  terrorizm,  ekstremizm 

xavfi);  

–  iqtisodiy  tahdidlar  (moliyaviy  inqiroz,  tashqi  inqirozlaring  ichki  bozorga 

xuruji, ishsizlik);  

– ijtimoiy tahdidlar (ishsizlik, aholi turmush darajasining pasayishi); 

–  tabiiy-texnogen  va  ekologik  tahdid  (ichki  va  tashqi  omillar  ta’siri 

natijasida  ekologiyaning  buzilishi,  tabiatning  stixiyali  xurujlari,  zilzila,  suv 

toshqinlari, iqlimning o‘zgarishi); 

                                                            

1

  Пахруддинов Ш. "Таҳдид – ҳалокатли куч" – Тошкент, "Академия", 2001 й. 11–12-б. 



 

48

–  mafkuraviy  tahdid  (tashqi  va  ichki  mafkuraviy  xurujlar,  global 



axborotlashuv ziddiyatlari, ma’naviy-axloqiy parokandalik); 

–  demografik  tahdid  (ob’ektiv  va  sub’ektiv  sabablar  ta’sirida  aholining  bir 

mintaqaga  ommaviy  ko‘chishi,  muayyan  hudud  va  mintaqalarda  ommaviy 

mardikorchilikning avj olishi).  

Bugungi kunda davrning mohiyatidan kelib chiqib aytish mumkinki, jamiyat 

taraqqiyotiga  bo‘ladigan  tahdid  –  jamiyatda  tinchlik  va  barqarorlikni  izdan 

chiqarishga  yo‘naltirilishi  bilan  tavsiflanadi.  Ma’lumki,  har  bir  ijtimoiy-siyosiy 

davrga  xos  muammolar  mavjudki,  insoniyat  faoliyati  ana  shu  muammolarning 

mavjud  davrga  xos  yechimini  izlashga  yo‘naltirilgandir.  Mavjud  muammoni 

yechishning samarali usullarini topa bilish rivojlanishga optimistik ruh baxsh etadi. 

Muammoning  mavjud  davrga  xos  yechimi  o‘z  vaqtida  topilmasa,  u  ziddiyat, 

mojaro,  oxir  oqibat  tahdid  sifatida  namoyon  bo‘lib,  o‘z  ta’sir  ko‘lamining 

kengayishiga  intiladi.  Qaysidir  jihatdan    muammo  taraqqiyotni  belgilovchi  omil 

hamdir.  Ya’ni,  u  insoniyatning  keyingi  rivojiga  tayyor  yoki  tayyor  emasligini 

sinash  uchun  davriy  imtihondir.  Insoniyat  uchun  chaqiriq  shaklida  yuz  beruvchi 

bunday  muammolar  o‘z  vaqtida  yechimini  topmas  ekan, taraqqiyotning  regressiv 

holatini  ta’minlab  boradi.  Va  bunday  regressiv  holat  ziddiyat,  mojaro,  so‘ngra 

tahdid sifatida ayrim hollarda taraqqiyotning yashovchanligiga nuqta ham qo‘yishi 

mumkin (yirik imperiyalarning zaiflanib, parchalanishi, SSSRning tarqalib ketishi, 

umuman “sotsialistik lagerni” yo‘q bo‘lib ketishi ). 

Muammo  ham  tahdid  singari  ichki  va  tashqi  muammolarga  bo‘linib,  ichki 

muammolar  siyosiy  hokimiyat  va  jamiyat  a’zolarining  harakat  va  faoliyatlari 

tufayli tashqi muammolarga nisbatan vaqtida o‘z yechimini topishi imkoniyatining 

kengligi bilan farqlanadi. Tashqi muammolar o‘zga siyosiy qobiqlarda kurtak otib, 

o‘z  yechimini  topavermagach,  ziddiyat  va  mojaro  sifatida  namoyon  bo‘lib, 

agressiv  mohiyat  kasb  eta boradi hamda  tahdid darajasiga ko‘tarilgach, o‘z  ta’sir 

doirasini kengaytirish maqsadida o‘zga sarhadlarga, o‘zga jamiyatlarga ham tahdid 

solib  turadi.  Shu  bois,  har  qanday  tahdid  siyosiy  xarakter  kasb  etadi.  Ya’ni  har 



 

49

qanday  tahdid  ob’ekti  siyosatning  sub’ekti  bo‘lgan  jamiyat  a’zolariga  qaratilgan 



bo‘ladi.  

Ana shu nuqtai-nazardan barqaror xavfsizlikni ta’minlash uchun jamiyatning 

tahdidbardosh bo‘lishi ustuvor ahamiyatga egadir. Tahdid- bardoshlik jamiyatning 

jismoniy  va  ma’naviy  sog‘lomligini  ta’minlashi  bilan  bir  qatorda,  taraqqiyotning 

optimal  rivojiga  ham  shart-sharoitlar  yaratib  boradi.  Orzu  etilgan  har  qanday 

jamiyat yaratish mumkin, lekin u mavjud tahdidlarga javob berish salohiyatiga ega 

emas  ekan,  o‘z  yashovchanligini  saqlab  qololmaydi  (sobiq  kommunistik  jamiyat 

qurish  orzularini  eslang).  Tahdid  davlatning  siyosiy  asoslarini  zaiflashtirishga 

yo‘naltirilgan  faoliyat  ekan,  unda:  tahdidbardosh  jamiyat  –  ma’naviy-axloqiy 

omillar ustuvor mohiyatga ega bo‘lgan shunday kishilar birligiki, unda har bir davr 

taraqqiyoti  yoki  tanazzulini  ta’minlovchi  ijtimoiy-tarixiy  sharoitga  xos  bo‘lgan 

muammo  –  ziddiyat  va  tahdid  darajasiga  ko‘tarishining  oldini  olishga  qaratilgan 

ongli  faoliyatni  o‘zida  mujassamlashtirgan  jamiyatdir.  Shuningdek,  jamiyatning 

tahdidbardoshlik  salohiyati  uning  har  qanday  tahlikali  vaziyatlardan  chiqa  olish 

qobiliyati bilan belgilanadiki, bular siyosiy va iqtisodiy omillar bilan bir qatorda, 

davlat  va  jamiyat  tomonidan  ushbu  omillarning  vujudga  kelishi,  yashovchanligi 

hamda  barqarorligini  ta’minlovchi  ma’naviy-axloqiy  jihatlar  bilan  uzviy 

bog‘liqdir.  Bizning  nazarimizda  jamiyatning  tahdid-bardoshlik  salohiyati 

ko‘rsatkichlari  sifatida  quyidagilar  maydonga  chiqadi:  ma’naviy  yetuklik, 

vatanparvarlik,  yurtparvarlik  xislatlarini  milliy  g‘oyada  belgilangan  konseptual 

fikrlar  asosida  har  bir  fuqaro  ongida  shakllanishiga,  rivojlanishiga  hamda  ushbu 

jihatlarning  ular  amaliy  faoliyatida  ifodalanishiga  erishish;  siyosiy  hokimiyat 

tomonidan  amalga  oshirilayotgan  ishlarni,  chunonchi,  siyosiy  islohotlarni, 

ijtimoiy-iqtisodiy  yangilanishlarni  jamiyat  a’zolari  tomonidan  o‘ziniki  deb  bilib, 

ushbu  jarayonlarda  aholining  faol  ishtirokiga  erishish;    siyosiy  hokimiyat  va 

jamiyat  a’zolari  o‘rtasida  o‘zaro  yakdillikni  ta’minlab,  o‘zaro  muvozanatning 

barqarorligiga  erishish;  mavjud  resurslardan  oqilona  foydalanish  hisobiga 

jamiyatda iqtisodiy barqarorlikka erishish.  



 

50

Xullas,  tahdidbardosh  jamiyat  taraqqiyotga  intiladi  hamda  u  progressiv 



rivojlanishga  haqli  va  vakolatli  yagona  birlik  sifatida  jamiyat  barhayotligini 

ta’minlovchi barcha siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy immunitetlarni o‘zida 

mujassamlashtiradi.  Har  qanday  jamiyatning  yashovchanligi  uning  yuqorida 

ta’kidlangan  immunitetlar  darajasi  bilan  belgilanadi.  Tahdidbardosh  jamiyatning 

salohiyati shu bilan belgilanadiki, bunda u har qanday ichki va tashqi, mavjud va 

ehtimoliy, rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan tahdidlarning oldini olib yoki o‘z 

vaqtida  javob  berib,  shu  tariqa  optimal  taraqqiyotning  davomiyligini  ta’minlab 

boradi.  Jamiyatda  ezgu  va  yovuz  kuchlar  o‘rtasida  doimiy  raqobat  mavjud  ekan 

hamda ular siyosiy leksikonda taraqqiyot va tahdid shaklida talaffuz etilib, ijtimoiy 

hayotda  namoyon  ekan,  milliy  taraqqiyotimizning  optimal  rivojini  ta’minlash 

uchun  jamiyatning  tahdidbardoshlik  salohiyatini  yuksaltirish  har  birimizning 

zimmamizdagi mas’uliyatdir.  

 

 


 

51

XULOSA 



 

Mafkuraviy  xurujlarning  hozirgi  vaqtda  nihoyatda  keng  qamrovli  tus 

olganligi  va  mafkuraviy  xurujlar  jamiyatning  barcha  sohalari:  siyosiy,  ijtimoiy, 

madaniy, ta’lim-tarbiyaviy, iqtisodiy sohalariga mafkuraviy immunitet g‘oyasining 

mantiqiy  rivoji  sifatida  shakllantirish  vazifalari  tabiiy  ravishda  kelib  chiqmoqda. 

Chunki  mafkuraviy  immunitet  jamiyat  hayotining  barcha  jihatlarini  bekamiko‘st 

qamrab  oladi.  Mamlakatimiz  xavfsizligini  yanada  mustahkamlash  yo‘lida  

jamiyatimiz  imkoniyatlarini  to‘liq  safarbar  qilish  uchun  keng  sharoitlar  yaratadi. 

Ta’lim-tarbiya, ma’rifat, madaniyat, siyosiy ong va siyosiy madaniyat kabi jamiyat 

taraqqyotining yetakchi omillari mafkuraviy immunitetni shakllantirish jarayonida 

asosiy o‘zak vazifasini bajaradi.  

Tahdid  har  qanday  muammoning  rivojlanib,  ziddiyat  va  mojaroga  aylanib, 

yanada keskinlashib, umuminsoniy taraqqiyotga g‘ov bo‘luvchi salbiy fenomendir. 

Tahdid kishilik jamiyatining ilk davridan boshlab insoniyatga doimiy xavf sifatida 

jamiyatning  barqaror  rivojiga  to‘sqinlik  qilishga  intilib,  jamiyat  a’zolarini 

hushyorlikka chorlab kelgan. 

Globallashuv  ziddiyatlari  hosilasi  sifatida  ichki  tahdidlarga  nisbatan  tashqi 

tahdidlar  ehtimoli,  soni  hamda  ko‘lami  kengayib  ketayotganligi  hamda  mavjud 

tashqi  tahdidlarning  ichki  tahdidlarnida  vujudga  keltirish  ehtimolining  ustunligi 

Vatan  sarhadlarini  mustahkamlash,  avaylash  va  asrashdek  mas’uliyatli  vazifasini 

har birimizning zimmamizga yuklaydi. Bugungi kunda, dunyoning barqarorligi va 

taraqqiyoti  uchun  har  bir  millat  muayyan  darajada  javobgar  bo‘lib,  bunday 

javobgarlik  umuminsoniy  mas’uliyatni  vujudga  keltiradiki,  bu  xavfsizlikni 

ta’minlashga  hissa  qo‘shishning  ob’ektiv  zaruriyatini  keltirib  chiqaradi.  Holbuki, 

xavfsizlik  –  uzluksiz,  had-hududsiz  holat  bo‘lganligi  bois,  hozirgi  sharoitda, 

umumiy  xavfsizlikni  ta’minlash  va  muvozanatga  erishish  uchun  davlatlar  va 

xalqlarning  barqarorligini  ta’minlashda  yangicha  yondoshuvlarni  izlab  topish, 


 

52

xavfsizlikni ta’minlashning yangicha modellarini ishlab chiqishni ijtimoiy-siyosiy 



davrning o‘zi taqozo etmoqda. 

Ommaviy  axborot  vositalari  faoliyatining   plyuralizm  tamoyili  asosiga 

qurilishi   demokratiyaning  taraqqiyotiga  xizmat  qiladi.  Buning  uchun  qarama-

qarshi nuqtai nazarlardan iborat bo‘lgan dasturlarni yaratish, chiqishlarda muqobil 

fikrlar  to‘qnashuviga  erishish  lozim.  Shundagina  ommaviy  axborot  vositalari 

jamoatchilik  fikrini  shakllantirish  va  rag‘batlantirishga  qodir  bo‘ladi.  Respublika 

OAV  orqali,  shuningdek  bugungi  kommunikatsion  texnologiyalarning 

imkoniyatlaridan  keng  foydalangan  xolda  “Vebsayt”lar-ni  ochib,  ular  orqali  turli 

tillarda O‘zbekistonning davlat siyosatida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarni bartaraf 

etish masalalarini chuqur aks ettiradigan ma’lumotlarni muntazam berib borish, bu 

sohada  amalga  oshirilayotgan  demokratik  o‘zgarishlarni  atroflicha  o‘rganishga 

hamda, xolisona qarashlarni shakllanishiga xizmat qiladi. 

Diniy  ekstremistik,  fundamentalistik  va  terroristik  harakatlarga  qarshi 

kurashda mahallalarda, mehnat jamoalarida shu mavzuga bag‘ishlangan suhbatlar, 

ochiq  muloqotlar  tashkil  etish,  o‘quv  maskanlarida  esa  ilmiy-amaliy 

konferensiyalar o‘tkazish, malakasini oshirish, qayta tayyorlash kurslarini ko‘proq 

tashkil etib, unga jalb etish yaxshi samara beradi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

53


Download 430,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish