Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


 Maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning pedagogik-psixologik jihatlari



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#80286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
maktabda manaviy-marifiy ishlarni tashkil etishning pedagogik-psixologik asoslari

1.2. Maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning pedagogik-psixologik jihatlari 

 

Ma’naviyat  va  ma’rifat  xonalari  hamda  maskanlarini  qanday  nomlagan  ma’qul? 



Mustaqillik  tufayli  siyosiy,  ijtimoiy  ­  iqtisodiy,  huquqiy,  ma’naviy  ­  ma’rifiy,  mafkuraviy 

sohalarda  muhim  o‘zgarishlar  ro‘y  beradi.  Xususan,  oliy  o‘quv  yurtlari,  akademik  litseylar  va 

kasb­hunar  kollejlari,  barcha  vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari,  uyushmalar,  korporatsiyalar, 

konsernlar, kompaniyalar, birlashmalar, banklar, muassasa hamda ishlab chiqarish korxonalarida 

yangi  bir  “Ma’naviyat  xonalari”,  “Ma’rifat  xonalari”,  “Ma’naviyat  maskani”,  “Ma’naviyat 

majmuasi”,  “Ma’naviyat  markazi”  va  hokazo  nomlar  bilan  nomlanuvchi  ma’naviy  ­  ma’rifiy 

maskanlar paydo bo‘lmoqda. 

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu tashkil etilayotgan majmualar kimningdir ko‘rsatmasi 

yoki buyrug‘i bilan vujudga kelayotgani yo‘q, aksincha, har bir jamoaning xohish­istagi, irodasi, 

intilishlari bilan paydo bo‘lmoqda. Bu quvonarli hol, albatta. Chunki ushbu yangilik mustaqillik 

yillarida amalga oshirilgan ma’naviy ­ ma’rifiy islohotlarning mevasidir. Demak, hozirgi davrda 

paydo  bo‘layotgan  bunday  maskanlar  jamiyatning  ma’naviy  ehtiyoji  zarurati,  desak,  aslo 

yanglishmaymiz. 

Madomiki  shunday  ekan,  tashkil  bo‘layotgan  bunday  maskanlar  qanday  nomlanishi 

kerak?  Hozircha  bunday  maskanlarni  ba’zilar  “Ma’rifat  xonasi”,  yana  kimlardir  “Ma’naviyat 

markazi”,  boshqa  birovlar  “Ma’naviyat  burchagi”,  “Ma’naviyat  markazi”  singari  nomlar  bilan 

nomlashmoqda.  Bizning  fikrimizcha,  tashkil  etilayotgan  bunday  maskanlarni  “markaz”  yoki 

“burchak” deb nomlash to‘g‘ri emas. 

“Markaz”  deganda,  avvalambor  barchaning  ko‘z  oldida  o‘z  hisob  raqami  va  nizomiga 

ega,  Adliya  vazirligi  tomonidan  ro‘yxatga  olingan  jamoatchilik  tashkiloti  gavdalanadi. 

Ikkinchidan, “Ma’naviyat burchagi” deb nomlash ham mantiqan unchalik to‘g‘ri emas. Masalan, 

maktablarda  tashkil  qilinayotgan  xonalarni  aksariyat  joylarda  “Ma’rifat  xonasi”  deb 




 

15 


yuritilmoqda.  Axir,  maktabning  o‘zi  aslida  ma’rifat  maskani  ­  ku.  Ma’rifat  maskanida  yana 

“Ma’rifat xonasi” tashkil etish mantiqqa to‘g‘ri keladimi? Shuning uchun hozirgi vaqtda bunday 

joylarni  tashkil  qilishdan  avval  uning  vazifasi  nimadan  iborat  ekanligini  yaxshilab  aniqlab 

olishimiz  kerak.  Ana  shu  maqsad  va  vazifalar  mohiyatidan  uning  nomi  ham  kelib  chiqadi. 

Tashkil  etilayotgan  bunday  joylarning  eng  asosiy  maqsadi  insonni  ma’naviy  barkamol  qilib 

tarbiyalash ekan, ularni “Ma’naviyat maskani” deb atasak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Oliy  o‘quv  yurtlari,  akademik  litseylar,  kasb­hunar  kollejlari,  o‘rta  umumta’lim 

maktablari  va  ishlab  chiqarish  korxonalarida  tashkil  qilinayotgan  “Ma’naviyat  maskani” 

shunchaki xo‘jako‘rsinga yoki ko‘z­ko‘z qilish uchun emas, balki sof ma’naviy ­ ma’rifiy ishlar 

natijasi o‘laroq vujudga kelishi kerak. Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, “Ma’naviyat maskani” 

da  faqatgina  ayrim  tadbir  va  yig‘ilishlar  o‘tkazilib,  boshqa  paytlar  yopib  qo‘yilmoqda.  Albatta, 

“Ma’naviyat maskani” ni bunday tashkil etish to‘g‘ri emas. Fikrimizcha, “Ma’naviyat maskani” 

har  bir  jamoaning  yuzi  bo‘lishi  va  jamoaning  har  bir  a’zosi  u  yerdan  ma’naviy  oziq  ola  bilishi 

lozim. 


“Ma’naviyat  maskani”  ni  tashkil  etish  uchun  butun  mamlakatimizda  yagona  andoza 

bo‘lishi kerakmi? 

“Ma’naviyat maskani” ni tashkil etish nuqtayi nazaridan olib qaraganda, yagona andoza 

juda ham kerak. Lekin mazmuni jihatidan olib qaraganda esa yagona andoza bo‘lishi shart emas. 

Chunki  har  bir  maktab,  akademik  litsey,  kasb­hunar  kolleji  va  oliy  o‘quv  yurti  yoki  muassasa 

yoki  tashkilot  o‘z  imkoniyati,  kasbiy  yo‘nalishidan  kelib  chiqib  mazmunan  rang  –  barang 

“Ma’naviyat maskanlari” tashkil etishlari maqsadga muvofiq.  

Shunga qaramasdan, har qanday “Ma’naviyat maskani” umumiy talablarga javob berishi 

kerak. 

Albatta, ushbu masala har bir jamoaning ixtiyoridagi ish. Ammo ko‘pgina jamolarda joy 

masalasi muammo bo‘lishi ham mumkin. Shu nuqtai-nazardan biz o‘z tavsiyalarimizni berishni 

ma’qul topdik: 

1. Oliy o‘quv yurtlari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va maktablarda “Ma’naviyat 

maskani” kutubxonaning qiroatxonasi (o‘quv zali) yoki ma’ruza zallarining birida tashkil qilinsa, 

maqsadga muvofiq bo‘ladi. Biroq bu xonaning keng va yorug‘ bo‘lishiga alohida e’tibor berish 

kerak. 


2.  Barcha  vazirliklar,  Davlat  qo‘mitalari,  uyushmalar,  korporatsiyalar,  konsernlar, 

kompaniyalar,  birlashmalar,  banklar,  muassasalar  va  ishlab  chiqarish  korxonalarining  majlislar 

zalida tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

“Ma’naviyat maskanlari” ni jihozlashda, asosan, quyidagilarga e’tibor berish lozim: 

 

O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari (Bayroq, Gerb, Madhiya) va ularning 




 

16 


to‘liq tasnifi; 

  siyosiy-huquqiy  qadriyatlarimiz  (mamlakatimiz  xaritasi,  Konstitutsiyamiz  hamda 



milliy valyutamizni ifodalovchi lavhalar); 

 



ma’naviy-ma’rifiy  islohotlarga  oid  farmonlar,  farmoyishlar,  qonunlar  va  qarorlar 

jamlanmasi; 

  mustaqillik, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarga oid Prezident Islom Karimovning asarlari 



hamda ularning qisqacha annatotsiyasi; 

  milliy ma’naviyatimizning zabardast vakillari siymolari aks ettirilgan suratlar hamda 



ularning donishmandona fikrlaridan namunalar; 

  xalqimizning madaniy merosi, an’analari, udumlarini aks ettirvchi ko‘rgazmalar; 



  Respublika  Ma’naviyat  va  ma’rifat  Kengashi  nashrlari,  “Tafakkur”  va  “Jahon 

adabiyoti” jurnallarining barcha sonlari; 

 



“Ma’naviyat” nashriyotida chop etilgan asosiy kitoblar; 

 



“Milliy  istiqlol  g‘oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar”  risolasi,  shu  fan  hamda 

“Ma’naviyat  asoslari”,  “Odobnoma”ga  doir  darslik  qo‘llanmalar  asosiy  gazeta  va  jurnallar 

taxlamlari; 

  Diniy ahloqiy kitoblar, mazkur jamoa a’zolarining aql-salohiyatini va nafosatini ifoda 



etuvchi namunalar. 

Shuningdek, bu ishda o‘ta muhim bo‘lgan ikkita yangilikni joriy etish tavsiya etiladi: 

Birinchisi,  elshunos  olim,  tarix  fanlari  nomzodi  Bilol  Aminov  tomonidan  yozilgan 

“Hikmat  –  ibrat”  risolasida  keltirilgan  “Tillo  qushchalar  parvozi”  nomli  hikmatlar 

yo‘riqnomasiga  binoan  “Ma’naviyat  maskani”ning  bir  qismida  devorning  katta  va  kichik  sathi 

loyiha  asosida  ishlanib,  “Dono  bo‘lay  desangiz”  yoki  “Olim  bo‘lay  desangiz”  kabi  so‘zlar 

zaruriyatga  ko‘ra  turli  tillarda  yozib  qo‘yiladi.  Bu  katta  yozuvlar  ostiga  naqshli  hoshiyalarga 

hikmatli  so‘zlardan  15  –  20  tasi  chiroyli  qilib  yoziladi.  Hoshiyalar  atrofida  chiroyli  qushchalar 

parvozi, daraxtlarda o‘tirgan holatlari gul yoki daraxtda sayrayotgan qushlar tasviri beriladi. 

Ostiga 8-10 quticha  o‘rnatiladi.  Ularga  haftada ikki  yoki uch  marta  “vizitka”  shaklidagi 

turli  hikmatlar  yozilgan  “tillo  qushchalar”  maketi  solib  qo‘yiladi,  ularning  soni  kishilar  soni 

kishilar  soniga  qarab  ko‘paytirilishi  mumkin.  Chiroyli  naqshli  “vizitka”da  2  tadan  hikmat 

yozilgan  bo‘ladi.  “Tillo  qushchalar”  nomini  olgan  bu  “vizitka”larni  o‘quvchi  o‘quvchi  yoki 

xodimlar  o‘z  ixtiyorlari  bilan  oladigan  va  kelgusida  davomini  sabrsizlik  bilan  kutadigan 

bo‘lishlari kerak.  

Matnlar  muassasa,  korxona  va  tashkilotlarning  ma’naviyat  va  ma’rifat  bo‘limida 

tayyorlanadi va kseroks apparatida ko‘paytiriladi. 

Dastlab  haftada  bir  marta,  keyinchalik  ikki-uch  marta  seanslar  tashkil  etish  mumkin. 




 

17 


Seanslarni  katta  tanaffus  vaqtida  yoki  mashg‘ulotlardan  so‘ng  o‘tkazsa  bo‘ladi.  Seanslarda 

beriladigan ma’naviy oziq tabiiy ravishda ehtiyojga aylanib ketishi va yoshlar e’tiborini tortishi 

uchun “chaqiruvchi xabar signallari”dan foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, sun’iy daraxt 

yoki  katta  tuvakdagi  manzarali  daraxt  va  gullarga,  ma’lum  vaqtlarda  ular  orasiga  ustalik  bilan 

joylashtirilgan  tovush  chiqaruvchi  karnaycha  orqali  magnitofondan  sayroqi  qushlar  ovozi  berib 

boriladi. Buni shunday tashkil qilish kerakki, qush sayrashi o‘rniga Turg‘un Alimatov tanburda 

ijro  etgan  mumtoz  kuylardan  berib  borish  ham  mumkin.  Bu  oniy  lahzalarda  kishilar  ham 

madaniy,  ham  ma’naviy  oziq  olishiga  ishonchimiz  komil.  Ushbu  yangilikni  joylarda  

mutaxassislar soddalashtirib yoki jonlantirib tashkil etishlari ham mumkin. Masalan, hikmatlarni 

nafaqat  “vizitka”  shaklida,  balki,  ko‘rgazmali  plakatlar  yoki  texnik  vositalar  yordamida  ham 

berish  mumkin.  Jalb  qilish  borasida  mumtoz  o‘zbek  kuylaridan  ham  foydalanilsa  ayni  muddao 

bo‘lur edi. 

Ikkinchi  yangilik  –  bu  juda  sodda,  lekin  g‘oyatda  ma’suliyatli  ish,  milliy  ma’rifat 

tizimidagi g‘ochtda muhim o‘zgarishdir. Xalqimizning madaniy merosi, urf- odatlari, an’analari 

va qadriyatlari tushirilgan videojamlanma tashkil etiladi. “Ming bor eshitgandan, bir bor ko‘rgan 

afzal”, - deydi dono xalqimiz. 

“Odobnoma”  hamda  “milliy  istiqlol  g‘oyasi  va  ma’naviyat  asoslari”  darslarida, 

“Ma’naviyat kun”lari har doim og‘zaki bayon qilish uslubidan foydalanavermay, videojamlanma 

vositasida  darslar  tashkil  etish  juda  katta  samara  bergan  bo‘lar  edi.  To‘g‘ri  ushbu  yangilik 

akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarida moliyaviy mablag‘ talab etadi. 

Bunday  muammoni  homiylar  va  o‘ziga  baquvvat  ishlab  chiqarish  korxonalari  yordamida  hal 

etish mumkin. Madaniy meros, urf-odat, an’ana va qadriyatlarimizni ifoda etuvchi videotasmalar 

“Ma’naviyat  vama’rifat”  markazi,  “Oltin  meros”,  “Mahalla”  jamg‘armalarining  joylardagi 

bo‘limlari  hamda  tuman  xalq  ta’limi  metodistlari  bilan  hamkorlikda  tayyorlansa  maqsadga 

muvofiq  bo‘ladi.  “Ma’naviyat  maskani”da  videojamlanmani  tashkil  etish  yosh  avlodning 

ma’naviy kamolotida zamonaviylikka mos vosita usuli bo‘lar edi. 

Umuman, yoshlarning zamonaviy dunyoqarashini hisobga olib, yuqorida keltirilgan ikki 

yangilikni imkoni boricha joriy etish samara berishi shak-shubhasiz. 

 “Ma’naviyat  maskani”ning  old  eng  yuqorisida  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

Islom Karimovning quyidagi so‘zlari yoziladi: 

“Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singadi ” 

Bundan so‘ng: 

“O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat!” shiori yoziladi.  

Ushbu  yozuvlarning  yuqoridan  chap  qismida  O‘zbekiston  davlatining  rangli  siyosiy 

xaritasi joylashtiriladi. 



 

18 


Xaritaning pastki qismida quyidagilar yoziladi: 

Davlat tuzumi – Respublika 

Qonun  chiqaruvchi  oliy  organi  –  Oliy  Majlis  Parlamentimiz  Senat  va  qonunchilik 

palatasidan iborat,     

Davlatni – Prezident boshqaradi. 

Ma’muriy  va  hududiy  tuzilishi:  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  12  viloyat,  Toshkent 

shahri va 161 qishloq tumanlardan iborat. 

Hududi – 447,7 ming kv.km. Poytaxti – Toshkent shahri.  

Xaritaning  yonidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  portreti 

hamda pastki qismida uning qisqacha tarjimai holi beriladi. 

Hozirgi kungacha mavjud bo‘lgan “Ma’naviyat maskani”larida Davlat ramzlarini to‘g‘ri 

o‘rnatish yoki jihozlash masalalarida turli xil qarashlar mavjud edi. Shu sababli bu yo‘nalishlarda 

o‘z tavsiyalarimizni berishni ma’qul toptik. 

Yuqorida  keltirilgan  davlat  ramzlari  va  siyosiy  xaritaga  teng  hajmda  kitob  tasviri 

tushirilib,  uning  tepa  qismida  “O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi”  deb  yoziladi.  Pastki 

qismidan  esa  “O‘zbekiston  –  mustaqil,  demokratik  respublika”,  “O‘zbekiston  Respublikasi”  va 

“O‘zbekiston”  degan  nomlar  bir  ma’noni  anglatadi,  “Demokratiya  –  O‘zbekiston  ijtimoiy–

siyosiy  taraqqiyotining  bosh  yo‘li”  va  “Bizning  Konstitutsiyamiz  yakka  partiyaviylik,  sinfiy 

illatlaridan xolidir”, - deb yoziladi. 

Davlatchiligimiz  tarixining  qaysi  bir  davrini  olib  qaramaylik,  Vatan  timsollari  aziz  va 

muqaddas  sanalgan.  Har  bir davrda ham davlat ramzlari,  timsollari  shunchaki siyosatni  amalga 

oshirish  vositasi  bo‘libgina  qolmay,  balki,  juda  katta  ijtimoiy­ma’naviy  ahamiyat  kasb  etgan. 

Xalqimizning  mustaqil  va  mustahkam  davlat  barpo  etish  g‘oyasi,  salohiyati  va  umuminsoniy 

qadriyatlarga sodiqligi, eng avvalo, davlat ramzlari va timsollarida o‘z ifodasini topgan. 

Yuqorida chapdan ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan eng qadimiy yozma ma’naviy 

merosimiz bo‘lgan “Avesto” va uning bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati o‘z ifodasini topishi 

kerak.  

1­jihozning  yonidan  eni  va  bo‘yi  unga  teng  ravishda  2­jihoz  “Turkiy  qavmlar 

ma’naviyati”  joy  oladi.  Ushbu  ruknda  milliy  qahramonlarimiz  Alp  Er  To‘nga  (Afrosiyob), 

Shiroq,  To‘maris,  Spitamenlarning  Vatan  ozodligi  yo‘lidagi  qahramonliklardan  lavha  va 

namunalar keltirish mumkin. 

Yoki  shu  ruknning  o‘zida  eng  qadimgi  turkiy  yozuvlar,  bitiktoshlardagi  hozirgi  davr 

uchun  ibratli  bo‘lgan  hikmatlardan  namunalar  berish  mumkin.  Shundan  so‘ng  turkiy  adabiy 

tilning shakllanishiga muhim ta’sir ko‘rsatgan buyuk allomalar Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos 

Xojib,  Ahmad  Yugnakiylarning  buyuk  asarlari  tasviri  tushurilib,  birichi  kitob  ustiga  “Devonu 



 

19 


lug‘otit turk”, ikkinchi kitob ustiga “Hibbat ul­haqoyiq”, uchinchi kitob ustiga “qutadg‘u bilig” 

deb  yoziladi  va  ushbu  asarlardan  hikmatli  baytlar  keltiriladi.  Mahmud  Qoshg‘ariy,  Ahmad 

Yugnakiylarning yuqorida ta’kidlangan asarlaridan ham hikmat namunalarini keltirish mumkin. 

4­jihoz  “qomusiy  ma’rifat  yog‘dusi”  deb  nomlanib,  butun  bashariyatga  daxldor,  O‘rta 

Osiyoda  yashab  ijod  etgan  buyuk  allomalar  Muso  Xorazmiy,  Abu  Nasr  Forobiy,  Ahmad 

Farg‘oniy,  Abu  Rayxon  Beruniy,  Abu  Ali  ibn  Sinolarning  suratlari  hamda  tarjimayi  hollari 

beriladi. 

Har  bir  alloma  suratining  ostki  qismida  kitob  tasviri  tushurilib,  kitobda  har  birining 

yozgan  asarlari  ro‘yxati  berilishi  mumkin.  Bundan  tashqari  buyuk  qomusiy  olimlarimizning 

donishmandona  fikrlari,  hikmatlari,  baytlari  berilsa  yoki  ular  yaratgan  olamshumul  ixtirolar 

sanalsa ham o‘quvchilar ma’naviyatini yanada oshiradi. 

5­jihoz “Temuriylar davri ma’naviyati” deb nomlanib, diqqat bevosita Sohibqiron Amir 

Temur  shaxsi,  uning  hukmronligi  yillarida  fan  va  madaniyatning  gullab-yashnaganligi, 

hokimiyatni  idora  etish  usullari  singari  milliy  qadriyatlarga  qaratilishi  kerak.  Bu  ruknda  Amir 

Temurning  portreti  va  uning  dasturi  bo‘lmish  “Kuch  –  adolatda.  Adolat  rahbaringiz  va 

dasturingiz  bo‘lsin”  shiori  beriladi.  Shu  ruknning  o‘zida  Sohibqiron  tomonidan  bunyod  etilgan 

tarixiy obidalar va unga vobasta ravishda mustaqillik yillarida qurilgan “Temuriylar tarixi Davlat 

muzeyi”  hamda  Toshkent,  Samarqand,  Shahrisabz  shaharlarida  o‘rnatilgan  Amir  Temurning 

haykallaridan  biri  tasvirlanadi.  Shuningdek,  qomusiy  olim,  temuriylar  davrining  buyuk  arbobi 

Mirzo Ulug‘bek portreti, uning qisqacha tarjimayi holi, yozgan asarlari keltiriladi. Buyuk shoir, 

temuriylar  davrining  eng  zabardast  vakillaridan  biri  bo‘lmish  hazrat  Alisher  Navoiyning  ham 

mo‘’tabar siymosi, uning hayoti va ijod yo‘li, asarlaridan namunalar beriladi. 




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish