Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


Bitiruv  malakaviy  ishining  tarkibiy  tuzilishi  va  hajmi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#80286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
maktabda manaviy-marifiy ishlarni tashkil etishning pedagogik-psixologik asoslari

Bitiruv  malakaviy  ishining  tarkibiy  tuzilishi  va  hajmi:  ish  kirish,  2  bob,  7  bo‘lim, 

umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat bo‘lib, jami 70 sahifani tashkil 

qiladi. 



 



1 BOB. MAKTABDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISHNING 



DOLZARBLIGI 

 

1.1.  Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, uning mazmuni, mohiyati va yo‘nalishlari 

 

Ma’lumki, ota-bobolarimiz azal-azaldan inson tarbiyasi masalalariga jiddiy e’tibor berib 



kelishgan va bu an’ana avloddan-avlodga ko‘chib, takomillashib, yangicha usullar evaziga boyib 

borgan.  Zotan,  inson  ma’naviyati  tarbiyaga  bog‘liq.  Tarbiyasiz  ma’naviyat  poydevorsiz  binoga 

o‘xshab omonatlik kasb etadiki, bu holni sharhlab, izohlab o‘tirishning hojati yo‘q. Shu boisdan-

da, ta’lim-tarbiya jarayoniga barcha davlatda kuchli extiyoj sezilgan. 

Ma’naviy  barkamol,  komil  inson  tarbiyasi  hozirgi  kunning  eng  muhim,  dolzarb 

masalalaridan  biridir.  Yurtboshimiz  Islom  Karimov  "Men  Abdulla  Avloniyning  "Tarbiya  biz 

uchun  yo  hayot  -  yo  mamot,  yo  najot  -  yo  halokat,  yo  saodat -  yo  falokat  masalasidir",-  degan 

fikrini  ko‘p  mushohada  qilaman.  Buyuk  ma’rifatparvarning  bu  so‘zlari  asrimiz  boshida 

millatimiz  uchun  qanchalar  muhim  va  dolzarb  bo‘lgan  bulsa,  hozirgi  kunda  xam  biz  uchun 

shunchalik, balki undan ham kura muhim va dolzarbdir", - deya tarbiya jarayoniga yuksak baho 

berishi fikrimiz dalilidir. 

Zero, bu masalani hal etishda maktab, litsey, kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladigan 

tarbiyaviy ishlarning roli beqiyosdir. 

Ma’naviy  islohot  ma’naviyatimiz  manbalari  va  sarchashmalari  bo‘lgan  madaniy 

merosimizni istiqlol mafkuramizning asosiy manbalaridan biri sifatida qarash bilan birgalikda bu 

merosni har tomonlama xolisona o‘rganishni, uning hozirgi davrimiz uchun nihoyatda ahamiyatli 

ekanligini  nazarda  tutadi.  Shu  bilan  birgalikda  ma’naviy  soha  milliy  qadriyatlarimizni  tiklash, 

ularni  to‘plash,  o‘rganish,  xalqqa  yetkazib  berishni  ma’naviy  siyosatimizning  poydevoriga 

aylantirish kabi jihatlarni ham qamrab oladi.  

Barcha  zamon  va  makonlarda  ma’naviyati  kuchli  millat  bir  jonu  bir  tan  bo‘lib, 

muammolarni tez va soz yechgan, peshqadam bo‘lgan. Ijtimoiy-siyosiy  hayot yangi bosqichga 

kirganida  bu  jarayonlarni  o‘rganuvchi  ilmiy  yo‘nalishlar  ham,  o‘zgarib,  yangilanadi.  Hozirgi 

vaziyat  barcha  ijtimoiy  sohalarda  bo‘lgani  kabi  yosh  avlodlar  tarbiyasida  ham  ilmiy  va  milliy 

tamoyillar  uyg‘unligini  taqozo  qilmoqda.  Ushbu  vazifani  amalga  oshirish  uchun  ma’naviyat, 

tarbiya  masalalarini  o‘rganuvchi,  o‘zgartiruvchi  yangi  yondashuvlar  zarur.  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  qator  asarlarida,  jumladan  «Fan  taraqqiyotga  xizmat 

qilsin!» nomli ma’ruzasi mazmunida ko‘zda tutilgan dasturiy tamoyil shuni taqozo qilmoqda. 

Jahonning  milliy  mustaqillikni  qo‘lga  kiritgan  mamlakatlari  o‘z  taraqqiyot  yo‘llarini 

belgilab olib, har biri o‘z xalqining milliy qiyofasi va o‘zligi xususida chuqur o‘ylab, milliylikni, 



 

milliy  ma’naviyatni  tiklashni  bosh  vazifalaridan  biri  deb  islohatga  kirishganlar.  Bizning 



davlatimiz  ham  xalqimizning  o‘tmish  taraqqiyoti  va  ma’naviyatini  hisobga  olib,  shularga  mos 

tarzda  yo‘l  tanladi.  Ayniqsa  respublika  rahbariyatining  jamiyat  ma’naviyatini  yuksaltirish 

borasidagi  sa’yi-harakatlari  yoshlar  tarbiyasini  xalqimiz  ruhiyatiga  mos  bo‘lishini  taminlashga 

yo‘naltirilmoqda.  Chunki  bu  -  davlatimizning  milliy  ma’naviyatini  tiklash,  jamiyatni  ma’naviy 

yangilash,  o‘quvchi-yoshlarning  milliy  mafkuraviy  ongliligini  oshirish  vazifalarini  amalga 

oshirishga qaratigan siyosatning amaliy-pedagogik vositasi bo‘lib xizmat qiladi.  

O‘zbekistonda  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlarini  shakllantirishning  xos  va  mos 

xususiyati shundan iboratki, bu munosabatlar ijtimoiy-ma’naviy yo‘naltirilgan, milliy mazmunga 

ega.  Ana  shu  munosabatlarni  shakllantiradigan  va  unda  faoliyat  ko‘rsatadigan  kadrlarning 

ma’naviy  dunyosi  -  «Men»i  yuksak  ideallar,  milliy  qadriyatlar  asosida  qaror  topishi  zarur. 

Buning uchun ta’lim-tarbiya tizimi milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan sug‘orilgan bo‘lishi 

lozim.  Boshqacha  qilib  aytganda,  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlarini  shakllantirish,  xuquqiy 

demokratik davlat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyatini qaror toptirish maqsad o‘zida milliy va 

umuminsoniy  ijobiy  fazilatlarni  mujassam  qilgan,  yuksak  madaniyatli  insonlarni  voyaga 

yetkazmay turib erishib bo‘lmaydi.  Buni har bir yosh avlod nazarda tutishi, shundan kelib chiqib 

o‘z  Vatani,  xalqi  odidagi  yuksak  ma’suliyat  hissini  barqaror  qilishi  tadqiqotimizda  dolzarb 

masala  sifatida  kun  tartibiga  qo‘yilmoqda.  Milliy  va  umuminsoniy  tamoyillar  uyg‘unligiga 

asoslangan taraqqiyotimiz talabiga ko‘ra hozir pedagogik aloqalar, tajribalarni qiyosiy o‘rganish 

har  qachongidan  ham  rivojlantirilishi  kerak.  Chunki  kelajak  ko‘p  jihatdan  jahon  pedagogikasi 

yutuqlarini o‘rganib, milliy tarbiya maqsadlarida foydalanishimizga bog‘liq bo‘ladi.  

Buyuk  kelajakni  yaratish  zarurati  respublika  fuqarolarining  umummilliy  ijtimoiy 

xamkorligini yaratishning pedagogik muammolarini o‘rganishni ham taqozo etadi.  

Bu  milliy  taraqqiyotimiz  tadrijini  pedagogik  o‘rganish  uchun    hayotiy  ahamiyatga  ega. 

Chunki  mamlakatimizning  hozirgi  va    bundan  keyingi  taraqqiyoti  xalqimizda,  ayniksa 

yoshlarimizda milliy mustaqillikni mustahkamlashga qodir, har qanday buzg‘unchi g‘oyani fikr 

bilan  yenga  oluvchi  e’tiqodning  shakllanganligiga  bog‘liq.  Bu  esa  g‘ururli,  vatanparvar, 

davlatlararo, millatlararo do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qilishga qodir, so‘zi bilan ishi bir, 

milliy  istiqlol  goyasini    chuqur  o‘zlashtirgan  kishilar,  yoshlarga  bog‘liq.  Bunday  fazilat 

sohiblarini  tarbiyalashga  maxsus  pedagogik  masala  sifatida  o‘rganilishi  va  tajriba-tadqiqot 

ishlarida  sinab  ko‘rib,  joriy  qilinishi  davlat  va  jamiyat  qurilishi  nuqtai-nazaridan  katta 

ahamiyatga molik. 

O‘zbekiston  XX1  asrda  kirib  borarkan,  o‘zining    jahon  hamjamiyatida  munosib  o‘rinni 

egallashi  uchun  ma’naviy  poydevorga  ega  bo‘lmog‘i  lozim.  Jamiyat  ma’naviyati  -  ijtimoiy 

tarbiya  mahsulidir.  Shu  sababli  ma’naviy  tarbiyaning  ilmiy  asoslarini  ishlab  chiqish  jamiyat 




 

ma’naviy yangilanishining strategik yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Chunki xalqimizning milliy 



o‘ziga xosligi, ma’naviyatini saqlab qolish, tiklash va takomillashtirishni uning ma’naviy tarbiya 

an’analariga tayanmay amalga oshirish mushkul. 

Mamlakatimizdagi  ma’naviy  tiklanishning  hozirgi  bosqichida  fuqaroni,  xususan 

o‘quvchi-yoshlarni milliy  istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalashning ahamiyati tobora oshmoqda. 

Shu  bois,  o‘rta  maxsus  kasb-hunar  ta’limi  ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  tizimini  tubdan  yangilash, 

isloh qilish - O‘zbekistonning buyuk kelajagini ta’minlashning bosh shartlaridan biri deb e’tirof 

qilmoq  kerak.  Tahlillar  shuni  ko‘rsatmoqdaki,  keyingi  yillarda  ayrim  yoshlarda  millatga, 

Vatanga foyda keltirishni o‘ylash, mustaqillikni mustahkamlashda foydali inson bo‘lib yetishish 

hissi  maxsus,  ilmiy  asosda  shakllantirilmaganligi  tufayli  shaxsiy  manfaatni  o‘ylash,  yengil 

yo‘llar bilan to‘kis xayotga intilish hissi namoyon bo‘lmoqda. Shu bilan birga ayrim o‘quvchilar 

orasida  ma’naviy  cheklanganlik,  dunyoqarashning  torligi  tufayli  yot  goyalarga  aldanish,  milliy 

odob me’yorlariga rioya qilmaslik, so‘z va ish orasidagi tafovut, milliy g‘ururning sustligi kabi 

noxush ko‘rinishlar uchrab turadiki, ularni ilmiy asosda o‘rganib, bartaraf qilish lozim. 

 Ma’naviyat  –  insonning  insoniylik  mohiyati,  shaxsdagi  ijobiy  fazilatlar  majmui, 

insonning  zohiriy  va  botiniy  qiyofasi.  U  inson  hayotining  tub  mohiyatini  belgilaydigan  aqliy, 

ruhiy,  axloqiy  va  jismoniy  qarashlar,  ko‘nikmalar,  odatlar  tizimidir.  Ma’naviyat  –  har  bir 

insonning  milliy  va  umuminsoniy  komillik  darajasi,  unga  yetaklovchi,  undovchi  imkoniyat.  U 

inson  shaxsini  insoniylik  bilan  boyituvchi,  kamol  toptiruvchi,  ko‘rkamlashtiruvchi  beqiyos 

hayotiy  omil.  Ma’naviyat  –  yaxshilik  va  ezgulikka  moyil,  yomonlik  va  yovuzlikdan  tiyilish, 

nafosat  va  haqiqatga,  halollik  va  rostgo‘ylikka  intilish,  o‘zi  mansub  jamiyatning  axloqiy, 

huquqiy,  ma’rifiy-madaniy  mezonlariga  amal  qilish  hissidir.  U  insonning  umrguzaronlik 

mohiyati,  faoliyatining  tabiatini  belgilab  bergan  va  faoliyatida  gavdalangan  ijobiy,  go‘zal 

fazilatlar majmui. Ma’naviyatda inson qalbi, shuuri, aql-zakovati, tabiati, bilimi, madaniyati aks 

etadi. 


Ma’rifat  esa  insonning  o‘zini  o‘zi  anglash,  o‘zini  o‘zi  kamol  toptirish,  imkoniyatlarini 

harakatga  keltirish  yo‘lida  bilim,  tarbiya,  madaniyat  boyliklaridan  bahramand  bo‘lishini 

kafolatlovchi omildir. 

Ma’rifat  –  mohiyatan  aql-idrok,  tafakkurning  mayog‘i,  mijozning  murabbiysi,  qalbda 

munavvarlikni,  insoniy  ulug‘vorlikni  qaror  toptiruvchi  umriy  vosita,  iymon-e’tiqod,  xarakter, 

lafzning  me’mori,  vujudning  jon  tomiri.  U  –  bilish,  tanish, ilm  va  madaniyatning  kamol  topish 

mazmuni, usul va vositalaridir. 

Ma’naviyat va ma’rifat va inson tushunchalari bir butun holdagina muayyan mazmunga 

ega  bshladi.  Ma’naviyat  yo‘q  joyda  ma’lum  maqsadga  qaratilgan  insoniy  faoliyat  ham 

bo‘lmaydi, insonlar jamoasining birligi – jamiyat ham bo‘lmaydi. Prezidentimiz Islom Karimov, 




 

“Ma’naviyat insonga havodek, suvdek zarur”, deb ta’kidlagan fikr zamirida ana shunday falsafiy 



mazmun  yashirin.  Ma’naviyatning  ahamiyatini  ana  shu  nuqtai  nazardan  baholamoq  kerak. 

Ma’naviyat  –  xalqning,  millatning,  davlatning  kuch  qudrati,  buyuk  kelajak  sari  yuksaltiruvchi 

mustahkam  poydevoridir.  Ma’naviy-ma’rifiy  islohotlar  davlat  siyosatining  asosiy  ustuvor 

yo‘nalishi sifatida belgilangani bejiz emas. Har qanday ishning, ijtimoiy taraqqiyotning me’mori 

ham,  bunyodkori  ham,  bosh  harakatlantiruvchi  kuchi  ham  inson.  Uning  aql-zakovati  va 

samarador mehnatisiz hech nima yaratilmaydi, vujudga kelmaydi. 

Respublikamizda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar taqdiri pirovard natijada ma’naviy-

ma’rifiy  ishlarni  qay  darajada  yuksak  saviyada  tashkil  qila  bilish  muhim  hayotiy  muammo. 

Chunki  ma’naviy  –ma’rifiy  ishlarning  asosiy  vazifasi  yuksak  axloqiy  fazilatlarni  o‘zida 

mujassamlashtirgan  komil  insonni  tarbiyalashdan  iborat.  Bugungi  kunda  bilimdon,  yetuk 

malakali,  yuksak  aql-zakovat  va  istiqbol  dunyoqarashiga  ega  tadbirkor  kishilargina 

jamiyatimizning  jahon  sivilizatsiyasi  sari  taraqqiyotini  tezlashtira  oladi,  O‘zbekistonning 

dunyodagi rivojlangan mamlakatlar safidan munosib o‘rin egallashini ta’minlay oladi.  

O‘zbekiston  mustaqilligini  mustahkamlashning  va  yangi  jamiyatni  qurishimizning  eng 

asosi  bo‘lgan  ma’naviyat  va  ma’rifatni  yuksaltirish  hamda  uni  izchillik  bilan  hozirgi  zamon 

talablari,  milliy  ruhiyatimizning  ildizlariga  suyangan  holda  yanada  rivojlantirish  bugungi 

kunning dolzarb va g‘oyat muhim vazifasidir. Ma’naviyat va ma’rifat davlat ichki hayotidagi bir 

butunlikni, odamlar ruhiyatidagi  ko‘tarinkilik va  kelajakka  ishonchni,  aql-zakovat  yuksagligini, 

o‘z  faoliyatida  tinchlikni,  millatlararo  hamjihatlikni  barqaror  rivojlantirish  yo‘lini  aniq 

belgilashdagi o‘z fuqarolarning orzu-umidlarini, manfaatlarini ifoda eta bilish, uni buyuk kelajak 

sari  harakatga  yo‘naltirish  va  unga  rahbarlik  qilish  salohiyati  hisrblanadi.  Ma’naviyat  va 

ma’rifatning  yangi  jamiyatni  qurishdagi  qudratli  kuch  va  bebaho  manba  ekanligi  quyidagi 

masalalarda o‘z ifodasini topadi: 

1.  Ma’naviyat  va  ma’rifat  jamiyatda  mavjud  bo‘ladigan  iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy, 

huquqiy, ma’rifiy sohalarni, ularni o‘zaro bog‘lab, uyg‘unlashtirib, davlatning bir butun mustaqil 

sub’ekt sifatidagi maqomini ta’minlab turadi; 

2.  Jamiyatning  iqtisodiy,  ijtimoiy  –siyosiy,  madaniy  huquqiy  va  ma’rifiy  sohalarini 

rivojlantirishdan  ko‘zlagan  asosiy  maqsadi  insonni  kamol  toptirish,  ehtiyojlarini  qondirish,  uni 

barkamollik  darajasiga  ko‘tarishdan  iboratdir.  Ma’naviyat  va  ma’rifatni  yuksak  zamonaviy 

talablar  darajasida  tashkil  qilgandagina  muayyan  vazifalarni  insonga  xizmat  qildirish  mumkin 

bo‘ladi. Bu jarayonda ma’naviyat va ma’rifat me’mori, mezon va yetakchi omil rolini o‘ynaydi. 

3.  Ma’naviyat  va  ma’rifat  jamiyat  oldida  turgan  muammolar  mohiyatini  o‘zida  ifoda 

ettiradi hamda uni hal qilish uchun fuqarolarning davlat manfaatlarini birlashtiradi. Ma’naviyati 

va  ma’rifati  zamonaviy  rivojlangan  mamlakatlarda  xalqning  vatanparvarlik  va  millatparvarlik 




 

tuyg‘ulari  kuchli  bo‘ladi.  Bunday  holat  o‘z  navbatida  davlat  va  xalqning  birligini 



mustahkamlashda  turli  xil  millatlar  va  ijtimoiy  qatlamlarning  bir-birlari  bilan  umummanfaatlar 

yo‘lida jipslashishlarida qudratli omil sifatida xizmat qiladi; 

4.  Ma’naviyat va ma’rifat milliy ong va milliy tuyg‘u, milliy g‘oyalarni shakllantiruvchi 

omildir.  Bular  o‘z  navbatida  har  bir  millatning  o‘z-o‘zini  anglashiga,  manfaatlar  yagonaligini 

tushunishiga,  kishilarda  milliy  g‘urur,  qadr-qimmatning  mustahkam  dunyoqarashga  aylanishiga 

yordam beradi; 

5.  Ma’naviyat  va  ma’rifat  bor  joyda  ehtiyojlar  va  zaruriyatlar  ham  yuzaga  keladi.  O‘z 

navbatida ehtiyojlar va zaruriyatlar shaxs, millat va davlatni kechagidan bugun, bugundan ertaga 

yana  ham  yaxshiroq  hayot  kechirishga,  barkamol  bo‘lishiga  yetaklaydi,  shaxs,  millat  va 

davlatning  tarqqiyoti  sari  harakat  qilishga  da’vat  etadi.  Bu  jarayonda  ma’naviyat  va  ma’rifat 

shaxs, millat va davlat taraqqiyotini harakatga keltiruvchi bosh omil hisoblanadi; 

6.  Ma’naviyat  va  ma’rifat  aql-zakovat,  salohiyat  yuksakligining  muhim  mezoni  va 

manbai hisoblanadi. Bu orqali inson millat mahsulini millat va mamlakatning yuksak moddiy va 

ma’naviy boyliklari darajasiga ko‘taradi; 

7.  Ma’naviyat va ma’rifat davlat ichki hayotida tinchlik, barqarorlikni vujudga keltiradi, 

har  qanday  munozarali  masalalarni  aql  va  vazminlik  bilan  hal  qilishda  xalq  ruxiyatini 

shakllantiradi; 

8.  Ma’naviyat  va  ma’rifat  kishilarni  sub’ektiv,  qarindosh-urug‘chilik,  mahalliychilik 

manfaatlari  ehtiroslarga  berilishidan  saqlaydi,  shaxsiy  va  mahalliy  manfaatlarni  millat  hamda 

Vatan  manfaatlariga  uyg‘unlashtirish  muhitini  vujudga  keltiradi,  millatning  umubashariy 

qadriyatlar sari intilishini kuchaytiradi; 

9.  Ma’naviyat va ma’rifat mamlakatda adolatni qaror toptirish, insonlarni qonunlarning 

ijodkori  va  itoatkori  darajasiga  ko‘taradi.  Qonunlar  davlat,  millat  va  shaxsning  har  qanday 

harakatining  aniq  me’yori  darajasiga  aylangan  mamlakatda  demokratik  ruhdagi  adolatli 

qadriyatlar shakllanishi mumkin bo‘ladi; 

10. Ma’naviyat  va  ma’rifat  davlatning  ichki  hayotidagi  muammolarni  hal  qilishning 

muhim  omili  bo‘lishi  bilan  birga,  u  davlatning  xalqaro  hayotdagi  obro‘  –e’tiborini  oshiradi, 

uning  katta  imkoniyatlarga  ega  ekanligini  va  barqaror  taraqqiy  etayotganligini  tasdiqlaydi.  Bu 

o‘z navbatida davlatning xalqaro hayotda harakat qilish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. 

Ma’naviyat  –  shaxsning  ruhiy  hayot  tajribasi,  ruhiy  olamini,  dunyoqarashini,  aqliy 

salohiyatini  o‘zida  mujassamlashtiradi.  U  shaxsning  va  millatning  o‘zligini  anglashi,  milliy 

g‘urur, milliy iftihor, vatanparvarlik, davlatga hurmat, jamoa an’analariga xayrixohlik, diyonat, 

mehr-shavqat, poklik, halollik, vijdoniylik, rostgo‘ylik, adolatparvarlik, kamtarinlik kabilarni o‘z 

ichiga  oladi.  Ma’naviyat  yo‘li  –  bosqichma-bosqich  o‘tiladigan  yo‘l.  Inson  aqlini  tanigandan 




 

10 


boshlab, tafakkur, ahloq va ma’rifatda kamolotga intiladi. Jamiyat ma’naviyati, uning rivoji ham 

uzoq  davom  etgan  tarixiy  taraqqiyotning  natijasi  hisoblanadi.  Jamiyat  asta-sekin  rivojlanib 

borgan  sari  inson  ma’naviyati  ham  tarkibiy  jihatdan  mukammallashib  borgan.  Ma’naviyatning 

eng  qadimgi  asoslarini  axloqiy,  diniy  va  badiiy  qarashlar  tashkil  qiladi.  Davlatning  yuzaga 

kelishi  bilan  ma’naviyat  ning  siyosiy,  falsafiy  va  ilmiy  shakllari  yuzaga  kelgan.  Shunday  qilib, 

ma’naviyatning tarkibiy tizimini quyidagilar tashkil qiladi: 

–  axloqiy qarashlar va axloqiy ta’lim; 

–  diniy qarashlar va diniy ta’lim; 

–  badiiy qarashlar va badiiy ta’lim; 

–  falsafiy qarashlar va falsafiy ta’lim; 

–  siyosiy qarashlar va siyosiy ta’lim; 

–  huquqiy qarashlar va huquqiy ta’lim; 

–  ilmiy qarashlar va fan; jami tabiiy va gumanitar fanlar ham shu guruhga kiradi. 

Oila – ma’naviyatning ilk va daxlsiz beshigi. Insonning ma’naviy komillik maqomlariga 

ko‘tarilishida  oilaviy  muhit  bilan  birga  jamoatchilik,  ta’lim  tizimi,  milliy  mafkura  va  davlat 

faoliyati  muhim  o‘rin  egallaydi.  Ularning  real  harakatlari  quyidagi  yo‘nalish  va  shakllarda 

namoyon bo‘ladi: 

1. Oila – jamiyatning negizi va davlat taraqqiyotining ilk manbai. 

Oila  –  shaxs,  jamoa,  ijtimoiy  guruh  dunyoqarashlari  shakllanishi  va  ijtimoiy 

munosabatlar  vujudga  kelishining  bosh  asosi  hisoblanadi.  Muayyan  imkoniyatlar  oilaning 

mamlakat  ma’naviyatini  shakllantirish,  uning  mavjudligini  mustahkamlash,  turli  xalqlar  va 

mamlakatlar o‘rtasida ma’rifiy munosabatlar qaror topishini ta’minlaydi. 

Oilaning  yuksak  madaniyatli  shaxsni  shakllantirish  va  davlat  tizimidagi  tutgan  muhim 

o‘rnidan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni hal etish lozim: 

a)  oilani  shakllantirishda  jamoatchilik  boshqaruv  institutlari  rahbarlik  faoliyatini 

kuchaytirish; 

b) o‘zbek  xalqining  ko‘p  bolalikka moyilligi  va aholining  asosiy  qismi  qishloq  joylarda 

istiqomat  qilayotganligi,  o‘ziga  xos  urf-odatlar,  an’analar  va  qadriyatlarning  miliy  taraqqiyotda 

muhim  o‘rin  va  mavqega egaligidan  oilani  ijtimoiy  himoya  qilishni  davlat  siyosatining  ustuvor 

yo‘nalishi sifatida davom ettirishni ta’minlash; 

v)  aholining  o‘zi  yetishtiradigan  mahsulotni  qayta  ishlab  chiqarishni  keng  joriy 

qilish,yoshlarning  ish  bilan  ta’minlanmagan  qismidan  Respublikaning  yirik  qurilishlarida, 

qishloq xo‘jaligida foydalanish va ularning xorijiy mamlakatlarga shartnoma asosida yuborishni 

ta’minlashni  jamoat  tashkilotlari  va  davlat  institutlari  faoliyatining  yetakchi  vazifasi  qilib 

belgilash; 



 

11 


g) xotin­qizlarning farzand tarbiyasi va oilani mustahkamlashdagi alohida o‘rnini hisobga 

olib,  ularning  homiladorlik  va  bolani  tarbiyalash  davridagi  belgilanadigan  ta’tillar  muhlatini 

kengaytirish,  ko‘p  farzandli  ayollarga  tegishli  imkoniyatlar  beruvchi  me’yoriy  hujjatlar  ishlab 

chiqish, soliqlarni imkoniyat darajasida qisqartirib borish; 

d)  davlat  tomonidan  qabul  qilingan  sog‘lom  avlod  dasturini  hayotga  tatbiq  etishda 

oilaning  mas’uliyatini  oshirish.  O‘z  sohasida  bo‘yicha  ishlash  qobiliyatini  saqlab  qolgan 

mutaxassislardan foydalanishning me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. 

2. Oila, maktabgacha bo‘lgan tarbiya, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim, malaka 

oshirish  tarmoqlari  ta’lim  tizimining  asosi  bo‘lib,  davlat  taraqqiyotining  har  bir  bosqichidagi 

taqdirini belgilab beradi. Bu borada quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: 

a)  ta’limning  barcha  sohalarini  birlashtiruvchi,  milliy  xususiyatlarini  o‘zida  aks 

ettiruvchi,  jahon  mamlakatlarining  ilg‘or  tajribalarini  umumlashtiruvchi  davlat  milliy 

konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish; 

b)  shu  maqsadga  tegishli  me’yoriy  hujjatlarni  yaratish,  unda  belgilangan  vazifalarni 

tashkil qilish, boshqarish va rahbarlik qilishni takomillashtirish; 

v)  ta’lim  tizimida  ishlayotgan  o‘qituvchilarning  malakalarini  zamon  talabi  darajasiga 

ko‘tarish, ularni o‘z kasbining fidoyisiga aylantirish, o‘qituvchilik kasbining nufuzini ko‘tarish. 

Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning moddiy va ma’naviy manfaatdorligini bozor 

iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib oshira borish; 

g)  oliy  ta’lim  tizimining  mamlakat  aql­zakovatini  shakllantiruvchi  asosiy  tayanch 

ekanligidan,  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlashni  mamlakat  ehtiyojlaridan  kelib  chiqqan  holda 

tashkil qilish; 

d)  viloyat  markazlaridagi  oliy  o‘quv  yurtlarining  o‘z  hududida  mutaxassis  kadrlarga 

bo‘lgan  ehtiyojlarini  umumdavlat  manfaatlari  miqyosida  qayta  ko‘rib  chiqish,  ularni  yuqori 

malakali professor­o‘qituvchi mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash, moddiy ­ texnikaviy bazasini 

mustahkamlash asosida ma’naviyat va ma’rifat markaziga aylantirish; 

j)  umumiy  ta’lim  va  oliy  ta’lim  tizimida  xorijiy  mamlakatlar  tajribalaridan  foydalanish. 

O‘zbekistonning mustaqil tizimini yaratish maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rib chiqish. 

z) kadrlar tayyorlash sifatini yuksak darajaga ko‘tarishning muhim omili sifatida davlatga 

qarashli oily ta’lim faoliyatini takomillashtirish, bozor munosabatlari va soha raqobatini vujudga 

keltirish  maqsadida  ayrim  oliy  o‘quv  yurtlarini  aksiyadorlik  jamoasi  ixtiyoriga  berish,  uni 

muayyan tartibda va uslubda tashkil qilish va boshqarish masalalarini ko‘rib chiqish; 

i)  ijtimoiy  ­  gumanitar  fanlarning  ma’naviyat  va  ma’rifatni  shakllantirishning  asosi 

ekanligini  e’tiborga  olib,  o‘qitishning  sifati  va  samaradorligini  oshirish  maqsadida  ularni 

quyidagicha izchillik bilan tashkil qilish va o‘qitishni nazoratda tutish. ; 



 

12 


­ umumiy ta’lim tizimida: O‘zbekiston tarixi, o‘zbek tili va adabiyoti, odobnoma, davlat 

huquqi asoslari, xorijiy tillarni mukammal o‘rganish; 

­  o‘rta  maxsus  o‘quv  yurtlari,  litseylar,  kollejlar,  gimnaziyalarda:  O‘zbekiston  tarixi, 

huquqshunoslik,  o‘zbek  tili  va  adabiyoti,  xorijiy  tillar,  ahloqshunoslik  fanlari  o‘qitilishi 

maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish; 

­  mamlakat  ichki  va  tashqi  siyosati  mohiyatini  aholining  anglab  yetishi,  madaniy  ­ 

ma’rifiy,  milliy  ­  huquqiy,  siyosiy  ong  darajalarini  o‘stirish,  mutaxassis  kadrlarni  tanlash, 

joy­joyiga  qo‘yish,  rahbarlik  qilish,  ularning  davlat  siyosatini  hayotga  tatbiq  etishdagi 

qadriyatini,  yoshlar  va  boshqa  umumdavlat  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  muammolarni  o‘rganish, 

tegishli takliflar ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish zaruriyatini hisobga olib, O‘zbekiston Prezidenti 

huzurida Sotsiologiya ilmiy ­ tadqiqot institutini tashkil qilish. 

3.  Milliy  til  ma’naviyat  va  ma’rifatning  yetakchi  omili  ekanini  hisobga  olib,  davlat 

tomonidan qabul qilingan qarorning real hayotda bajarilishini ta’minlash; 

­ davlat tilini ishlab chiqarish, milliy ma’naviyatni tarkib qilish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, 

oliy  ta’lim,  aloqa,  transport,  ommaviy  axborot  va  boshqa  davlat  va  nodavlat  tizimida 

qo‘llanishini ta’minlashni nazorat qilish; 

­ xorijiy mamlakatlar vakillari bilan bo‘ladigan muloqotlar, shartnomalar, ma’lumotlar va 

hujjatlarda asosiy til sifatida davlat tilini qo‘llash ustidan nazoratni kuchaytirish; 

­ davlat tilida ilmiy, badiiy va san’at asarlarini chop etishga e’tiborni kuchaytirish, xorijiy 

tillardan  muxim  iilmiy  va  tarbiyaviy ahamiyatga  bog‘liq  bo‘lgan  asarlarni tarjima  qilish, ta’lim 

tizimida davlat tilini boshqa millat vakillariga o‘rgatishni takomillashtirish, uning ustidan nazorat 

qilish,  davlat  tilni  o‘rganishni  hohlovchi  har  bir  fuqaro  uchun  amaliy,  yordam  ko‘rsatishni 

idoralar, vazirliklar va boshqa muassasalar rahbarlari zimmasiga yuklash; 

­  davlat  tilini  joriy  qiluvchi  komissiyalar  faolini  takomillashtirish,  uning  tarkibini 

qaytadan  ko‘rib  chiqish  va  unga  amaliy  yordam  berishda  faollik  ko‘rsatuvchi  kishilarni  jalb 

qilish; 


­  ko‘chalar,  maydonlar,  tashkilotlarga  o‘zbek  millatining  taqdirida  buyuk  o‘rin  tutgan 

tarixiy  shaxslar,  ulug‘  allomalar,  taniqli  olimlar,  adabiyot,  san’at,  davlat  va  jamoat  arboblari 

nomlarini  berish  bo‘yicha  qabul  qilingan  davlat  qonunining  bajarilishi  ustidan  nazoratni 

kuchaytirish. 

4.  Adabiyot  va  san’atning  ma’naviyat  va  ma’rifatni  shakllantirish  va  barkamol  insonni 

tarbiyalashdagi muhim ahamiyatini nazarda tutib, uni rivojlantirishda: 

­  milliy  qadrini  ko‘tarishga,  uning  ongiga  mustaqillik  va  millatparvarlik  tuyg‘ularini 

singdirishga,  millat  oldida  turgan  muammolarni  hal  qiloishda  ularning  faolligini  oshirishga 

xizmat  qiluvchi  asarlar  yaratilishini  adabiyot  va  san’atning  bosh  talablari  sifatida  belgilanib, 



 

13 


ijodkorlikning  hamjihatligini  vujudga  keltirish,  mamlakat  va  millat  manfaatlarini  himoya 

qilishga xizmat qiluvchi asarlar yaratishga yo‘naltirish; 

­  milliy  san’at  turlarini  rivojlantirishga  ustuvorlik  berish,  bu  sohada  faoliyat 

ko‘rsatayotgan yoshlarni qo‘llab­quvvatlash bilan san’atning jahonda tan olingan janrlarini keng 

targ‘ib  qilish,  yoshlar  ongiga,  millatimiz  ma’naviy  ­  madaniy  manfaatlariga  zid  bo‘lgan 

asarlarning targ‘ib qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik. 

5.  Mafkuraning  millat,  davlat  va  ijtimoiy  guruhlar  manfaatlarini  ifodalash  va  himoya 

qilishdagi ahamiyatini hisobga olib, uni yuksak darajada rivojlantirish va takomillashtirishda: 

­  uni  millatning  milliy,  ruhiy,  aqliy  va  ma’naviy  kuch­qudrati  va  imtiyozlarini  o‘zida 

mujassamlashtiruvchi ilhombaxsh mafkuraga yetkazish: 

­  mafkuraning  ma’naviyat  va  ma’rifat  tayanchi  o‘laroq,  iqtisodiy  ­  siyosiy  tafakkurni 

shakllantirish,  demokratik  jarayonlarni  chuqurlashtirish  va  fuqaro  faolligini  ta’minlashdagi 

mavqeini oshirib borish. 

6.  Ommaviy  axborot  vositalarining  ma’naviyat  va  ma’rifat  ning  targ‘ib  ­  tashviq  qilish, 

jamiyat  va  hayot  muammolarini  o‘rtaga  tashlashdagi  tezkorlik  va  ommaviylik  xususiyatlaridan 

kelib chiqqan holda: 

­  ularning  saviyasini  ko‘tarish,  chinakam  ma’noda  to‘rtinchi  hokimiyat  darajasiga 

yetkazish; 

­  gazeta,  jurnal,  radio  eshittirishlar  faoliyatini  takomillashtirish,  teleko‘rsatuvlarda 

hayotiy muammolarni ko‘tarish muhitini vujudga keltirish, ayniqsa bag‘ishlangan ko‘rsatuvlarda 

milliy qadriyatlar, zamonaviy an’analarga keng e’tibor qaratish; 

­  respublika  radio  va  televideniya  tizimida  ishlayotgan  kadrlarning  saviyasini  ko‘tarish, 

bu  sohada  milliy  tushunchalari  shakllangan  yuqori  malakali  kadrlarni  jalb  qilish,  iqtidorli 

yoshlarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga, tajriba almashishga yuborish; 

­  Markaziy  Osiyo  mamlakatlarining  o‘zaro  yaqinlashuvi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

haqiqatlarni  chuqur  bilish  va  targ‘ib  qilish  maqsadida  oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligining 

mas’ulligida “ma’naviyat taraqqiyot” nomli oylik jurnal chiqarishni yo‘lga qo‘yish. 

7.  Ta’lim,  fan,  sog‘liqni  saqlash,  adabiyot,  texnika­texnologiya,  davlatni  idora  qilish, 

unga rahbarlik qilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa tizimlarda chuqur bilim va boy tajribalarga ega 

bo‘lgan  kishilardan  iborat  ziyolilar  guruhini  tashkil  qilish,  ularning  faoliyatini  yangi  g‘oyalar 

ravnaqiga safarbar etish, millat va davlat taqdiri uchun aholining umumiy mas’uliyani oshirishga 

qaratish;  

­  yuksak  malakali  mutaxassislardan  unumli  foydalanish,  ularning  ish  tajribalarini  keng 

yoyish,  fan  doktorlari,  professorlarning  bozor  iqtisodiyotini  sharoitidagi  moddiy  ­  ma’naviy 

ehtiyojlarni  hisobga  olish,  ularning  maqomini  ko‘tarish,  maosh  tayinlashda  fan  nomzodi  va 



 

14 


doktori  o‘rtasidagi  tafovutlarni  qayta  ko‘rib  chiqish,  ayniqsa  fan  doktorlari  tayyorlash  uchun 

davlat  tomonidan  sarflanadigan  mablag‘ni  ularning  davlatga  keltiradigan  foydasi  va  xorijiy 

mamlakatlar  tajribalarini  hisobga  olib  belgilash,  ularga  oylik  ish  haqini  belgilashda  tegishli 

imtiyozlar berish masalalarini ko‘rib chiqish; 

­  milliy  aql­zakovat  salohiyatini  saqlab  qolish,  uni  rivojlantirish,  mamlakatimizning 

hozirgi  zamon  sivilizatsiyasiga  kirib  borishida  ziyolilarning  alohida  o‘rni  va  xizmatlarini 

e’tiborga  olib,  nafaqat  O‘zbekiston  fan  arbobi,  balki  barcha  fan  doktorlari  va  professorlariga, 

davlat  va  jamoat  tashkilotlarida  xizmat  ko‘rsatgan  ziyolilarga  nafaqalar  tayinlashda,  sog‘liqni 

tiklash muassasalaridan foydalanishda imtiyozlar berish masalasini hal qilish. 

 


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish