2.4. Tarbiyaviy tadbirlar asosida o‘quvchilarni milliy qadriyatlarga va buyuk
vatandoshlarga hurmat ruhida tarbiyalash
Tarixdan ma’lumki, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Mahmud Torobiy
kabi milliy qahramonlarimiz mavjud bo‘lib, ular ona yurt ozodligi, xalq tinchligi, farovon hayot
uchun jonlaridan kelgan insonlardirlar. Shuning uchun ular milliy qahramonga aylanib,
millatimizning faxriga aylanganlar. Bugungi kunda o‘quvchi-yoshlarni ularning hayot
solnomasidan
xabardor
qilish,
ajdodlarimizga
munosib
voris bo‘lib,
mustaqillikni
mustahkamlash va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishga hormay-tolmay xizmat qilishga
undashda tarixiy qadriyatlardan, ayniqsa buyuk sarkarda, milliy qahramonlar jasorati haqida
ma’lumot berish muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib hisoblandi.
Ayniqsa bunday tarixiy qadriyatlardan Buxoro yaqinidagi qishloqda tug‘ilgan, oddiy
hunarmand oilasida tarbiya ko‘rgan, yovga nafrat o‘ti, vatanga muhabbat tuyg‘usi bilan yongan,
ozodlikni muqaddas burch va majburiyat deb bilgan, o‘zbek xalqi qahramonligini o‘zida to‘liq
mujassamlashtirgan, ona yurtini arosatda ko‘rib «Uzoq uxladik, uyg‘onmak kerak, alhol,
Tangrim kechirmagay!» deb Chingizxon qo‘shiniga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan va shahid
bo‘lgan Mahmud Torobiyning jasorati alohida hurmatga loyiq. U o‘zbek xalqining milliy
qahramoni, Buxoroning faxridir.
Binobarin, Mahmud Torobiy shaxsida o‘zbek xalqining bahodirligi, kuch-qudrati, iymon-
e’tiqodi mujassamlashgan bo‘lib, u suvda cho‘kmas, olovda yonmas ma’naviy–ruhiy kuchga
egaligi bilan tavsiflanadi. Sotqin, vatanfurush, mal’un va nafs hamda boylik bandasi Olovxon
Yusuf bilan uchrashganida, unga qahru g‘azab bilan dahshat solib og‘ir yarador bo‘lganidan
chalqancha yotgan holda qilich yalang‘ochlab turgan dushmaniga shunday xitob qiladi: «-Ur,
inim, ura qol, bas, mahtal qilma! ...Bu jonim omonat, omonat jonni shunday kunda
topshirmasam, qachon topshiraman?! Esimni taniganimdan beri orzu qildim Olloh diydoriga
yetishmakni, shul saodatni sening qilichingdin buyurgan ekan! Ur, ura qol, mahtal qilma!...»
Mahmud Torobiyning oddiy kosiblikdan buyuk sarkarda darajasiga ko‘tarilishi, Vatanga
yov bostirib kelganda, ota kasbi elakchilikni tashlab qo‘liga qilich olib jangga chorlanishi, zo‘r
kuch-quvvat, yengilmas iroda bilan yovga qarshi shiddatli hujumlarga o‘tishi – bu ona-Vatanini
jonu-dilidan sevishi, xalqini mutelik va xoru-zorlikda ko‘rishdan orlanishi, hurriyatga intilishi bu
el-yurtga sadoqat ramzi edi. Uning bu mardligini, matonatini, erk, ozodlik yo‘lidagi jon fido
qilganligini tarix unutgan emas. Shuning uchun ham uning jasorati o‘quvchilar uchun muhim
tarbiya manbai bo‘lib xizmat qila oldi.
45
Tarixiy qadriyatlar tizimida bobokalonimiz sohibqiron Amir Temurning hayot solnomasi
va jangovor faoliyat yo‘li ham o‘quvchilarda fuqarolik madaniyatini shakllantirish ta’sirchan
vositasi bo‘lib xizmat qila oladi.
Tarixdan ma’lumki, Amir Temur yurtni turli bosqinchilardan tozalab, parokanda yurtni
birlashtirib, markazlashgan yagona davlat barpo eta olgan, ilm-ma’rifatga homiylik qilib,
madaniyat, ma’rifatni rivojlantirish orqali taraqqiyotni tezlashtira olgan buyuk shaxs, yengilmas
sarkarda hisoblanadi. Shuning uchun ham uning hayot yo‘li, jasorati, ilmiy-ma’rifiy faoliyati
bugungi o‘quvchilar-yoshlar uchun hayot maktabi, ilm-ma’rifat, adolat, jasorat manbai va
fuqarolik tarbiyasi vositasi bo‘lib xizmat qila oladi.
Amir Temur o‘z faoliyatida adolatga suyanib yashadi va uni o‘z mamlakatida o‘rnatdi
hamda targ‘ib qildi. Uning shiori ham «Rusti-rosti» («Kuch adolatda») degan iboradan tarkib
topganligi sababli, uning adolat qilichi bir umr sinmay, doimo unga zafar keltirdi. Amir Temur
qoldirgan tarixiy meros «Temur tuzuklari» jahon madaniyati xazinasidan joy olgan asar bo‘lib, u
tarixiy taraqqiyotni turli davrlarida davlatni boshqarish ishlarida dasturamal bo‘ldi va shunday
bo‘lib qolmoqda.
«Temur tuzuklari» sohibqironning 63 yillik (1342-1405) ijtimoiy-siyosiy, madaniy-
ma’rifiy faoliyati aks ettiruvchi asar hisoblanib, unda 27 mamlakatdan iborat markazlashgan
davlatni tuzganligi, uni 1)kengash; 2)mashvaratu-maslahat; 3)qat’iy qaror-tadbirkorlik va
hushyorlik; 4)ehtiyotkorlik bilan boshqarganligi hamda uning jamiyat kishilariga bo‘lgan
munosabati izohlangan.
Ilm-fan, madaniyat, ta’lim-tarbiyaning davlat ravnaqi, saltanat rivoji uchun muhim
ma’naviy ozuqa ekanligini chuqur his etgan. Amir Temur olim va fozillarga katta e’tibor bilan
qaragan, vatan ozodligi, el-yurt farovonligi yo‘lida madaniyatni, fanni asosiy vosita deb bilgan
va uni bu haqda u o‘zining «Temur tuzuklari» da shunday yozadi: «Har bir shaharda madrasalar
xonaqolar qurishni, yo‘lovchi musofirlar uchun yo‘l ustiga ko‘priklar qurishni buyurdim.
Musulmonlarga diniy masalalardan ta’lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari,
tafsir, hadis, fiqhdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va muddarislar tayin qildim».
Amir Temurning siyosiy-ijtimoiy va madaniy faoliyati haqida Sharofiddin Ali
Yazdiyning
«Zafarnoma»,
Ibn
Arabshohning
«Ajoyib
al-maqdur»,
Abdurazzoq
Samarqandiyning «Matla’-ul-Sa’dayn», Foshx Havofiyning «Majmal-i Fosixiy» kabi asarlarida
qimmatli ma’lumotlar bayon etilganki, ular buyuk sarkardaning davlatni boshqarish va ahli
fuqaroga munosabatda adolat, insof, diyonat, el-yurtga hurmat, g‘amxo‘rlik nuqtai nazardan
yondashilganligi haqida so‘z yuritilgan.
Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriya bilan uyg‘unlashsa, o‘quvchida ma’naviy
kamolot, fuqarolik madaniyati shakllanishi tezlashishini tadqiqotimiz natijasi ko‘rsatdi. Masalan,
46
butun jahonni mavq etgan Amir Temur ham umuminsoniy qadriyatlarni, ya’ni o‘zga xalqlar,
millatlar qadriyatlarini, urf-odatlarini yaxshi bilgan va ularga hurmat bilan yondashgan. Shuning
uchun ham boshqa ellar, xalqlarning hurmatini qozona olgan.
Markaziy Osiyo xalqlarining umuminsoniy va O‘rta Osiy xalqlari milliy ma’rifiy
qadriyatlari asosini tashkil etgan “Tunyukuk bitigi”, “Kul tigin bitigi”, “Bilga xoqon bitigi”,
“O‘rxun Enasoy bitiklari”, “Manas”, “Alpomish” dostonlari, “To‘maris”, “Shiroq” afsonalarida
vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik kabi umuminsoniy va milliy fazilatlar o‘z
ifodasini topganki, ular mustaqillik sharoitida yashab, faoliyat ko‘rsatayotgan har bir o‘quvchi-
yoshning faxri, g‘ururi va fuqarolik madaniyatining asosini tashkil etadi. Shuning uchun ular
o‘quvchining insoniy fikrini uyg‘otadi, ularni millatning o‘tmishi, buguni va kelajagi uchun
ma’suliyatli, burchli ekanligini ko‘rsatadi, ya’ni fuqaroligini tarkib toptiradi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mohiyatidan kelib chiqib, dastavval tadqiqotimiz
jarayonida o‘quvchilarda fuqarolik madaniyatini shakllantirishni ta’minlaydigan milliy va
umuminsoniy qadriyatlar tasnifi ishlab chiqildi.
Binobarin jadvalda keltirilgan «Ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlar», «Tarixiy qadriyatlar»,
«Axloqiy qadriyatlar», «Umuminsoniy qadriyatlar», «Milliy marosimlar», «Milliy bayramlar»
mazmunini muayyan millat, xalq uning ajdodlariga xos bo‘lgan g‘oyat qadrli ma’naviy–ma’rifiy
va moddiy boyliklar tashkil etadi. Shuning uchun ham ular katta tarbiyaviy imkoniyatlarga ega.
Demak, o‘quvchilarda fuqarolik madaniyatini shakllantirishda ulardan foydalanish
mazkur qadriyatlarning mazmun-mohiyati o‘quvchilar bilan birga o‘rganish birinchidan
qadriyatga bo‘lgan o‘quvchining hurmat va sadoqatini tarbiyalasa, ikkinchidan, o‘quvchining
qadriyat mazmunini boyitishga intilishini kuchaytiradi.
Masalan, salomlashish, kattalarga hurmat, kichiklarga e’zozda bo‘lish, o‘zaro yordam,
muomala odobi kabi qadriyatlar o‘zbek xalqining asrlar davomida asrab kelinayotgan va
avloddan-avlodga o‘tib, boyib, sayqal topib, rivojlanib borayotgan qadriyat hisoblanib, u o‘tmish
ajdodlarimizning ma’naviy–axloqiy, badiiy–estetik odatlaridan darak berib, talab-yoshlarning
insoniy burch, ma’suliyat, majburiyatini, mustaqillik tafakkuri bilan boyitishga ko‘maklashadi.
Shunday ekan o‘quvchilarga ushbu qadriyatlarning ahamiyatini falsafiy-pedagogik talqin
qilish, ma’naviy-ma’rifiy mazmunini yoritish yoshlarni ezgu niyatlar sari yetaklashga imkoniyat
yaratish muqarrar. Shuning uchun ham qadriyatlarni asrab avaylash, ularga hurmat bilan qarash
va sodiq qolishga o‘quvchilarni o‘rgatish oliy ta’lim professor–o‘qituvchilarining kasbiy–
ma’rifiy burchi hisoblanadi. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida
ta’kidlaganidek, «Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy ma’naviy va madaniy merosini
avaylab asrashga majburdirlar».
Bu tadbirlar oliy o‘quv yurtlarida har hafta o‘tkaziladigan “Ma’naviyat soatlari” va
47
“Ma’naviyat kunlari”ning tarbiya darslarida olib borildi.
Ma’lumki, buyuk insonlar va mashhur kishilarning ta’limoti, turmush tarzi muhim
qadriyat hisoblanadi. Shu ma’noda ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlar tizimidagi mashhur shoiru-
fuzalolar, buyuk siymolarning hayot va ijod yo‘li, qomusiy olimlar, diniy ilm namoyondalarining
ta’limoti, o‘tmish va hozirgi kundagi donish uylari yoshlarimizga inson va uning aqliy
tafakkurning qudrati haqida ma’lumot berib, o‘quvchilarda fuqarolik madaniyati to‘g‘risidagi
tushunchalarni boyitishga shakllantirishga ko‘maklashishi bilan birga millatning, xalqning urf-
odatlarii, milliy-mintaqaviy jihatlari, inson qudrati, uning qadr-qimmati haqida bilim beradi va
insonni e’zozlash, uning qadr-qimmati, shaxsini hurmat qilishni o‘rgatadi.
Natijada o‘quvchilarda, buyuk insonlarga hurmat, ular ta’limotiga e’tiqod, ota-onaga
sadoqat, qo‘ni-qo‘shni, mahalla-kuyga hurmat kabi fazilatlar tarkib topa boradi. O‘z turmushini
yaxshilash, bilimini oshirish, mehnat ko‘nikmalarini takomillashtirish, sog‘ligini avaylash,
jismoniy va aqliy kuchlarini yuksaltirishni tarbiyalaydi. Zero, halollik, iymon, vijdon, adolat,
mehr–shavqat, insonni ulug‘lash va e’zozlash kabi sharqona fazilatlar fuqarolik madaniyatini
shakllantirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quvchi-o‘quvchilarda tarixiy qadriyatlar muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Modomiki inson va uning hayoti, ijod yo‘li oliy qadriyat hisoblanar ekan, uning mehnati, hatti-
harakati, odob–axloqi, aql-zakovati, ma’naviy-axloqiy salohiyati bilan yaratilgan tarixiy merosni
o‘rganish, uning asosida yoshlarning shaxsiy fazilatlarini tarkib toptirish muqaddas burch
hisoblanadi.
Shu nuqtai nazarda mustaqillikni mustahkamlash, fuqarolik jamiyati asoslarini
shakllantirish sharoitida o‘tmish bobokalonlarimiz Ahmad Yassaviy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek,
Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurauf Fitrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy
kabilarning hayot yo‘llari-yu ta’limotlarini, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad
Bobur singari buyuk sarkardalar Temur Malik, Mahmud Tarobiy, yanglig‘ xalq
qahramonlarining turmush-tarzi-yu, jasoratini o‘rganish, donishmandlik maktablari-yu, diniy ilm
namoyondalarining purma’no fikrlaridan bahramand bo‘lish va ularga amal qilish har bir
o‘quvchi-yoshda fuqarolik madaniyatini shakllantirishga amaliy yordam ko‘rsatishi muqarrar.
Shuning uchun oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchi-professorlari, murabbiylari, guruh
rahbarlari bu manbalarni mukammal bilishlari va o‘quvchi-yoshlar tarbiyasiga ulardan o‘rinli
foydalanishlari maqsadga muvofiq ekanligini tadqiqotimiz natijalari isbotladi.
Fuqarolik madaniyati muhim mezonlaridan biri – bu vatanparvarlikdir. Vatanparvarlik
har bir insonning ajdodlari avlodlari yashab o‘tgan muqaddas manzilga, kindik qoni to‘kilgan
joyga munosabatdir. Boshqacha aytganda vatanparvarlik –har bir fuqaroning fidoyiligi,
vatanning har bir qarich tuprog‘ini muqaddas bilishi, uni asrab-avaylashi, ona hududga bo‘lgan
48
mehr-muhabbatining iymon va e’tiqod darajasiga ko‘tarilishidir.
Vatanparvarlik–ona diyor, ona xalq, ona tarix, ona tilni sevish, ulug‘lash va asrab-
avaylashdir.
Vatanparvarlik–milliy ma’naviy meros, milliy an’analar, urf-odatlar, marosimlarga
hurmat e’tibordir.
Vatanparvarlik–o‘z millati, xalqi, mamlakati uchun astoydil mehnat qilib, milliy istiqlol
g‘oyalariga sodiq qolishidir.
Vatanparvarlik–shu yurt, shu Vatan uchun o‘z mehnatini, o‘z shonini, o‘z jonini
ayamaganlarga hurmat, sodiqlik va har doim Vatan, xalq himoyasiga shay turishdir.
O‘quvchi-yoshlarda vatanparvarlikni tarbiyalashda tarixiy qadriyatlar muhim ahamiyat
kasb etadi. Ayniqsa, asrlar davomida yaratilgan arxitektura obidalari, machitu-minoralari,
muqaddas tuproqni bosqinchilar zulmidan ozod etishga qaratilgan xalq qahramonlari, ularning
jangovor jasoratlari, mustaqillik yillarida tarixiy meros, dunyo ilm-faniga hissa qo‘shgan ulamo-
yu-fuzalolar tavalludini nishonlanishi, Vatan himoyasi, yurt ravnaqi uchun jangovor yo‘lini
bosib o‘tgan buyuk sarkardalarning qayta yodga olinib, bayram qilinishi o‘quvchi-yoshlar
qalbini janbushga keltiradi, qalbini iftixor tuyg‘usi bilan to‘ldiradi. Shu el farzandi, shu yurt
fuqarosi ekanligidan faxrga to‘maris tuyg‘usini paydo qiladi va yoshlarda vatanparvarlik hissini
tarbiyalaydi.
Shu ma’noda o‘quvchilar bilan ma’naviyat soatlari va tarbiya darslarida “Buyuk Amir
Temur”, “Sheryurak va yengilmas Jaloliddin Manguberdi”, “Qalbi jasoratga to‘la Mahmud
Tarobiy”, “Xalq farzandi Spitamen”, “Buyuk Buxoro farzandi” kabi mavzularda o‘tkazilgan
davra suhbatlari o‘quvchilarda o‘zlikni anglash, fuqarolik burchi va ma’suliyatni chuqur his
qilish tuyg‘ularini tarbiyalash uchun asos bo‘ldi.
49
Ma’lumki, ota-bobolarimiz azal-azaldan inson tarbiyasi masalalariga jiddiy e’tibor berib
kelishgan va bu an’ana avloddan-avlodga ko‘chib, takomillashib, yangicha usullar evaziga boyib
borgan. Zotan, inson ma’naviyati tarbiyaga bog‘liq. Tarbiyasiz ma’naviyat poydevorsiz binoga
o‘xshab omonatlik kasb etadiki, bu holni sharhlab, izohlab o‘tirishning hojati yo‘q. Shu boisdan-
da, ta’lim-tarbiya jarayoniga barcha davlatda kuchli extiyoj sezilgan.
Ma’naviy islohot ma’naviyatimiz manbalari va sarchashmalari bo‘lgan madaniy
merosimizni istiqlol mafkuramizning asosiy manbalaridan biri sifatida qarash bilan birgalikda bu
merosni har tomonlama xolisona o‘rganishni, uning hozirgi davrimiz uchun nihoyatda ahamiyatli
ekanligini nazarda tutadi. Shu bilan birgalikda ma’naviy soha milliy qadriyatlarimizni tiklash,
ularni to‘plash, o‘rganish, xalqqa yetkazib berishni ma’naviy siyosatimizning poydevoriga
aylantirish kabi jihatlarni ham qamrab oladi.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishning xos va mos
xususiyati shundan iboratki, bu munosabatlar ijtimoiy-ma’naviy yo‘naltirilgan, milliy mazmunga
ega. Ana shu munosabatlarni shakllantiradigan va unda faoliyat ko‘rsatadigan kadrlarning
ma’naviy dunyosi - «Men»i yuksak ideallar, milliy qadriyatlar asosida qaror topishi zarur.
Boshqacha qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirish, xuquqiy demokratik
davlat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyatini qaror toptirish maqsad o‘zida milliy va
umuminsoniy ijobiy fazilatlarni mujassam qilgan, yuksak madaniyatli insonlarni voyaga
yetkazmay turib erishib bo‘lmaydi.
Ilm-fan jadal taraqqiy etayotganligi tufayli turli fan sohalarida erishilgan yutuqlar tez
yangilanib bormoqda. Bilim o‘sish omilidir, uni vaqt talabi darajasida texnika o‘sishidan bir
necha barobar tez yangilab borish kerak. Shu tufayli oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi
sohasida ishlayotgan kadrlar malakasini oshirish ham katta e’tiborga molikdir.
Ayniqsa, madaniy–ma’rifiy, ijtimoiy fanlarning mohiyati, mafkuraviy jihatdan yangilanib
zamonaviylashganligi va ko‘pgina masalalarning eskirganligi bu soha o‘qituvchilarining malaka
oshirishini yanada dolzarb masalaga aylantiradi.
50
Do'stlaringiz bilan baham: |