Model haqida:Amaliy masalalarda tabiat hodisasi, ishlab chiqarish jarayoni,
konstruksiya, boshqarish sistemasi, iqtisodiyot va shu kabi real “nomatematik”
ob’ektlar bevosita ko’rib o’tiladi. Masalani echish tadqiqot ob’ektni
formallashtiridan, tegishli matematik modelni qurishdan boshlandi. Ob’ektning
eng muhim xususiyatlari va xossalari ajratiladi hamda matematik munosabatlar
yordamida tavsiflanadi. Matematik model qurilgandan so’ng, ya’ni masalalaga
matematik forma berilgandan keyingina uni o’rganish uchun matematik
metodlardan foydalanish mumkin bo’ladi. Masalan, yozuv stoli sirtining yuzini
aniqlash lozim deb faraz qiling. Buning uchun uning bo’yi va enini o’lchab,
topilgan sonlar o’zaro ko’paytiriladi. Bu elementar protsedura aslida quyidagini
anglatadi. Real ob’ekt-stol sirti-abstrakt matematik model-to’g’ri to’rtburchak
bilan almashtiriladi. O’lchash natijasida topilgan sonlar to’g’ri to’rtburchakning
o’lchamlari deb qaraladi va bunday to’g’ri to’rtburchakning yuzi taqriban
izlanayotgan sirtning yuzi deb qaraladi.
Yozuv stoli sirti uchun to’g’ri to’rtburchak modelini tanlaganda odatda biz
o’z ko’rish tasavvurimizga asoslanamiz. Biroq odamning ko’zi o’lchov asbobi kabi
katta aniqlikka ega emas. Shuning uchun masalaga jiddiy qaralganda yuzni
aniqlashda to’g’ri to’rtburchak modelidan foydalanishdan avval uni tekshirish
lozim. Tekshirishni quyidagicha amalga oshirish mumkin: stolning qarama-qarshi
tomonlarining, shuningdek diagonallarining uzunliklari o’lchanadi hamda o’lchash
natijalarini o’zaro taqqoslanadi. Agar qarama-qarshi tomonlar va diagonallar
uzunliklari juft-juft bilan talab etilgan aniqlikda o’zaro teng bo’lsa, u holda stol
sirtini haqiqatan to’g’ri to’rtburchak deb qarash mumkin. Aks holda to’g’ri
to’rtburchak modelidan voz kechish va umumiy ko’rinishdagi to’rtburchak modeli
bilan almashtirish lozim. Aniqlikka yuqori talab qo’yilganda modelni yanada
aniqlashtirish, masalan, stolning yumaloqlangan burchaklarini ham hisobga olish
zarurati tug’ilishi mumkin.
Shu sodda misolni bunchalik batafsil muhokama qilishimizdan maqsad
boshidayoq quyidagi muhim fikrni ta’kidlab o’tishdir: matematik modelni
tekshirilayotgan ob’ekt bir qiymatli aniqlamaydi. Bitta stolning o’zi uchun yo
to’g’ri to’rtburchak modelini, yo umumiy ko’rinishdagi to’rtburchak modelini, yo
yana ham murakkab–«yumaloq burchakli to’rburchak» modelini qabul qilishimiz
mumkin. U yoki bu modelni tanlash aniqlikka qo’yilgan talablarga bog’lik. Aniqlik
ortib borishi bilan modelni o’rganilayotgan ob’ektning yangi-yangi xususiyatlarini
hisobga olgan holda murakkablashtirishga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |