MASALALARNI YECHISH USULLARI
Bu turdagi masalalarni yechish asosida u yoki bu faktni o`rnatish(haqiqiy tangalar ichidan qalbaki tangani aniqlash, massasiga ko`ra yuklarni tartiblash va boshqalar) toshsiz, pallali tarozida amalga oshiriladi. Ko`p hollarda masala shartida tortilayotgan ob’ektlar sifatida tangalar ishlatilib, talab etilayotgan faktni ko`rsatilgan miqdorda tortishlar bajarib aniqlash, yoki talab etilayotgan faktni o`rnatish uchun eng kam tortishlar sonini aniqlash talab etiladi.
Tangalardan qalbakisini topishga doir masalalar shartida qalbaki tanga massasi boshqa tangalar massasidan yengil yoki og`ir ekanligi ko`rsatilgan bo`lsa, uni yechishda tortishlar soni kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |