TAQQOSLASHGA DOIR MASHQLAR
Taqqoslash-o`rganilayotgan ob’yektlarning o`xshashlik yoki
farqli tomonlarini(xossalarini) fikran ajratish va tafakkurda o`rnatish usulidir. Taqqoslash tadqiqot usuli sifatida ob’ektlarga tegishli matematik xossalarni o`rganish uchungina emas, balki bu xossalarni o`rnatishda xam qo`llaniladi.
Taqqoslash usulini qo`llashda quyidagi talablar bajarilishi zarur:
1. Bir-biri bilan ma’lum aloqa va bog`lanishlarga ega bo`lgan
ob’ektlarni taqqoslash mumkin, ya’ni taqqoslash ma’noga ega bo`lishi zarur. Ob’ektlarning turli xossalarini ifodalovchi miqdorlarni taqqoslash mumkin emas.
Taqqoslash reja asosida amalga oshirilishi kerak, ya’ni taqqoslash bosqichlari, xossalari aniq belgilanishi zarur.
50
3. Matematik ob’ektlarni bir xil xossalari bo`yicha taqqoslash to`la, ya’ni oxirigacha yetkazilgan bo`lishi lozim, ya’ni taqqoslanayotgan xossa bo`yicha ob’ektning barcha xossalari tadqiq etilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |