Memuar nima? - "Memuar" fransuzcha "esdalik" ma'nosini anglatadi. Muallifning o'zi qatnashgan yoki ko'zi bilan ko'rgan real voqealar haqida hikoya qilingan asar memuar asar hisoblanadi. Oybekning "Bolalik", A. Qahhorning "O'tmishdan ertaklar" asarlari memuarning namunalaridir.
- Memuar asarlar bayon qilish shakli, zamoniy izchilligi jihatidan kunda-liklarga o'xshab ketsa, materialning tabiati, tasvirlanayotgan voqealarning haqqoniyligi, badiiy to'qimaning yo'qligiga ko'ra ilmiy asarlarga yaqin turadi.
Bilimingizni sinang! - Bobur necha yoshda 1-marta Samarqandni egallaydi?
- Bobur “Xatti Boburiy”ni kashf qilganda necha yoshda edi?
- Boburning lirik merosi?
- Bobur kimning qaysi asarini she’riy yo`l bilan tarjima qildi?
- “Boburnomada” “Baldan mahfuza” deb ta’riflangan shahar?
- Boburnomada ikki meva Samarqanddan ham mashhur deyilgan. Bu qaysi meva edi?
- “Boburnoma” da qaysi shaharning qirmizi baxmali haqida, uning atrof javonibga tarqatilishi (eksport qilinishi) haqida aytilgan?
- Qanday asarlar memuar asar deyiladi?
- XX asr o`zbek adabiyotida qanday memuar asarlar bor?
E’TIBORINGIZDAN XURSANDMIZ!
Do'stlaringiz bilan baham: |