Zaboy va zaxodka turlari.
Reja:
Zaboy va zaxodka turlari.
Mexanik cho’michlarning zaboylari turilari.
Draglayn ishlash sxemalari.
Zaboy ekskavatoming ish joyi hisoblanadi. Zaboyning o’lchamlari va tuzilishi ekskavatoming o’lchamlari va tog’ jinsi xarakteristikalariga bog’liq bo’ladi. Kon massasini mexanik kuraklar bilan qazib olishda quyidagi zaboy turlari mavjud: old tomonli (yondan), oxiri berk (transheyali) va frontal (rasm. 3.5). Yon tomonli zaboy ekskavatoming maksimal unumdorligini ta’minlaydi, bu uncha katta bo’lmagan yuklashga qaytishning o’rtacha qiyalik burchagi (90 darajadan ko’pmas) bilan, yuklashga transport vositalarini qulay etqazish va transport aloqalarini tashkil qilish va harakatlanishida kam to’xtovlar bilan asoslanadi. Oxiri berk (transheyali) asosan avtomobil va konveyer transportidan foydalanib transheyalar o’tishda qo’llaniladi. Transheyani o’tishda temiryo’l transporti qo’llanilsa, ekskavator ish paytida yuqoridan yuklashni amalga oshiradi. Frontal zaboyda ekskavatoming o’rtacha qaytish burchagi 120-140° ni tashkil qiladi. Zaxodkaning kichik kengligi sababli transport aloqalarining ko’proq yangi tuzilishi va xarakatlanishi talab qilinadi, bu esa ekskavatoming unumdorligini kamaytiradi. Shu sababli frontal zaboy kam qo’llaniladi (turli zaboylarni avtomobil transportini qo’llab qazishda). Yon va transheyali zaboylarda mexanik kuraklar 3.6 va 3.7 rasm.larda ko’rsatilgan sxemalardagi kabi ishlaydi.
Mexanik cho’michlarning zaboylari turi:
a-oxiri berk; b-yon tomondan; v-frontal.
Zaboylami qazib olish sxemasi, ulaming o’lchamlari va tuzulishlari yumshoq va yumshatilgan tog’ jinslarini portlatish bilan qazib olishda o’zgaradi.
Yumshoq tog’ jinslarida zaboy tuzilishi cho’michning xarakatlanish traektoriyasiga mos bo’ladi. Shu sababli zaboy o’tkir burchakka ega bo’ladi (qiyalik burchagi 70-80°). Qazib olinayotgan pog’ona balandligi xavfsizlikni ta’minlash tomonidan ekskavatorning maksimal qazib olish balandligidan Нчмах oshmasligi kerak, ya’ni hy <Нчмах . Agar bu shart bajarilmasa, pog’onaning
yuqori qismida osilmalar hosil bo’ladi, ular ekskavator ishlash davrida unga zarar etkazishi mumkin.
Kon massasini ekskavator joylashgan gorizontda (a), ekskavatordan yuqorigi gorizontda (b) transport vositalariga yuklash yoki ag’darmaga (v) tashish orqali mexanik kuraklar yon zaboyda ishlash sxemasi.
Kon massasini ekskavator joylashgan gorizontda (a), ekskavatordan yuqorigi gorizontda (b) transport vositalariga yuklash yoki lahim bortiga joylashtirish (v) orqali mexanik kuraklar transheya zaboyida ishlash sxemasi.
Qoyasimon va yarim qoyasimon tog’ jinslarida qazib olinadigan pog’ona balandligi ekskavatorning maksimal qazib olish balandligidan Ячжш: dan 1.5 marta oshmasligi kerak. Shu o’rinda tog’ jinsi yig’imi bir yoki ikki qatorli portlatishda eskavatorning qazib olish balandligidan oshmasligi kerak, qo’pqatorli portlatishda esa - qazishning maksimal balandligidan bir yarim barovaridan. Portlatilgan kon massasini qazishda qo’shimcha soyabonlar yoki osmalar hosil bo’Hshini oldini olish kerak. Pog’onaning minimal balandligi cho’michni bir qazishda to’lishini ta’minlashi kerak. EKG-5 va EKG-8 ekskavatorlari uchun bu ko’rsatkich 2.5-3.5 m oralig’ida bo’ladi. Mexanik kuraklar transport vositalariga yuqoridan yuklash turida pog’ona balandligi bo’shatish balandligi va radiusi bilan chegaralanadi (rasm. 3.8). Pog’ona balandligi quyidagi formula bilan aniqlanadi (m):
■ bo’shatishning maksimal balandligidan foydalanish holati bo’yicha:
hy = Яp.мах - hB - a (3.1)
bunda, hB - transport vositasi balandligi, m;
a=0.7^1 - yuklash vaqtida kuzov va cho’mich orasida xavfsiz masofa, m;
bo’shatish radiusining to’liq foydalanish holati bo’yicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |