hy = (Rp - R4. у - C)tga (3.2)
bunda, Rp - maksimal bo’shatish balandligida bo’shatish radiusi,m;
S > 3 - yo’l o’qidan pog’ona yuqori maydonchasigacha bo’lgan minimal masofa,m;
a - pog’ona qiyalik burchagi, daraja.
Turg’un tog’ jinslarida (a=60^70°) pog’ona balandligi bo’shatish balandligi bilan chegaralanadi, yumshoq tog’ jinslarida esa - bo’shatish radiusi bilan.
Yuqori yuklashli ekskavatorlar ishlash sxemasi transheyalar o’tishda va yangi gorizontlar hosil qilishda qo’llaniladi. Yuqoridan yuklash transheyani o’tishning tezligini oshiradi va uskunadan foydalanishni yaxshilaydi (asosan temiryo’l transporti bilan ekskavatorlar kompleksida). Ammo yuqoridan yuklashda ekskavatorning unumdorligi 20-30% kamayadi, ekskavastiya uchun harajatlar esa 1.5 martagacha oshadi. Unumdorlikning tushishi ish stiklining oshishi bilan aniqlanadi, xarajatlarning oshishi esa katta ekskavatorlarda ko’p amortizastion ajratishlar bilan bog’liq.
Zaboyning minimal kengligi gorizontda o’rnatilgan ekskavatorning minimal qazish burchagi bilan R4. y aniqlanadi. Yon zaboy bilan qazib olishda qazib olish
holatlariga ko’ra kenglik shu qiymatdan oshmasligi kerak. Zaboyning tashqi tomonida tog’ jinsi 30-40° qaytish burchagiga ega cho’mich bilan yaxshi ushlanadi, ya’ni zaboyning tashqi tomon kengligi (0,5 ^0,!)R4y oralig’ida bo’ladi
(rasm. 3.5). Shunday qilib unumdor qazib olish shartlariga ko’ra yumshoq tog’ jinslarida qazib olish zaboyi kengligi (1,5+1,l)R4y ni tashkil qilishi kerak. Asosan
yon zaboylarda ziboy kenligi 1,5R4.yni tashkil qiladi. Oxiri berk zaboyning kengligi esa 2R4y. Agar kengroq oxiri berk turdagi zaboyga ega bo’lish kerak
bo’lsa, ekskavator zig-zagsimon harakat qiladi yoki zaboy qisqa qo’ndalang zaxodkalar bilan qazib olinadi. Oxiri berk zaboyning 2R4y dan kichik bo’lgan
kengligida ekskavatorning qaytib olish va transheyada transport vositalarini joylashtirish mumkinligi ko’rib chiqiladi.
Tumiryo’l transportidan foydalanilgan holda yon zaboy bilan qazib olinadigan yumshoq tog’ jinslari holatida, temiryo’l yo’llari pog’onaga parallel holda ekskavator o’qidan (0,8^0,9)RpMax masofada joylashtiriladi (rasm. 3.6).
Avtomobil transportidan foydalanish holatida 50m va undan yuqori (panel) zaxodkalar bilan ishlash mumkin (rasm. 3.9). Avtosamosvallar yuklashga ekskavatorning yonidan yoki orqa tomonidan joylashtiriladi. Lentali konveyerlarga yuklash bunker-tarqatgich orqali amalga oshiriladi, ular ekskavatorning yonida yoki orqasida joylashtiriladi (rasm. 3.9). Bu holatda zaxodka kengligi Ак = 1,7R4y + 2kppRp (bunda, kp p =0.8-0.9 - bo’shatish radiusidan foydalanish koeffitsiyenti).
Avtomobil (a) va konveyer (b) transportidan foydalangan holda yumshoq tog’ jinslarini keng zaxodkalar bilan qazib olish sxemasi:
1-ekskavator; 2-avtosamosval; 3-bunker-tarqatgich; 4-zaboy lentali konveyer.
Yumshatilgan qoyasimon tog’ jinslarida zaboy profili ularning tabiiy qiyalik burchagiga mos ravishda o’rnatiladi. Zaboy tog’ jinsi yig’imi kengligi bo’yicha bir hil bo’lmagan balanlikka ega bo’ladi. Tog’ jinsi yig’imi pog’ona balandligi, stelik bo’yicha kirish kengligi, tog’ jinsining portlanuvchanligi, burg’ulash- portlatish ishlarining parametrlari va portlatish sxemasiga bog’liq. Amaliyotda tog’ jinsi yig’imi (1,3-5)hy oralig’ida o’zgaradi.
Qoyasimon tog’ jinslarini qazib olish va yuklash sxemasi qo’llaniladigan transport vositalariga bog’liq. Temiryo’l transportidan foydalanishda qo’yidagi qazish va yuklash sxemalaridan foydalaniladi. Portlashda yoriq tog’ jinslarini siltanishi oqibatida yarim qoyasimon tog’ jinslarini tog’ jinsi yig’imini qazib olish bitta zaxodka bilan amalga oshiriladi (rasm. 3.10). Portlatish ishlari temiryo’l transporti yo’lini joylashtirishdan yoki ularni yotqizishdan keyin
amalga oshiriladi. Bu holat tog’ jinsi yig’imi kengligi (m) quyidagicha bo’lganda mumkin:
В < Ry + Rp-C (3.3)
bunda, S-2.5^3 - yig’imning pastki qismi va yo’l o’qi orasidagi masofa, m.
O’rtacha yoriqli yarim qoyasimon va kamroq qoyasimon tog’ jinslarini portlatishda yig’im ikkita zaxodka bilan qazib olinadi (rasm. 3.10). Birinchi zaxodkani qazib olishdan keyin yo’l yangi trassaga ko’chiriladi va ikkinchi zaxodka qaziladi, keyin yangi blok portlatiladi. Bunda yig’im kengligi:
В < R y + Rp + А - C (3.4)
bunda, A-yo’lni qayta joylashtirish qadami, m.
Portlatilgan tog’ jinsi uyumini bir (a) va ikki (b) zaxodka bilan qazib olish sxemasi.
Qoyali tog’ jinslarini ko’pqatorli portlatishda yig’im kengligi 50-70m ni tashkil qiladi. Uyum bunday holatda bir nechta zaxodkalar bilan qazib olinadi. Yo’llar portlatishdan oldin mumkin bo’lgan uyumdan tashqariga chiqariladi yoki portlatiladigan blokdan tashqariga chiqariladi.
Avtomobil transportida uyumni qazib olish tor zaxodkalar bilan amalga oshirilishi mumkin, ular kengligi Ан = (0,5 -И) R4 y bo’ladi, yoki normal zaxodkalar
bilan qaziladi va kengligi Ан = (1,5 -1,7)R4y, shuningdek keng zaxodkalar (panel) bilan qaziladi.
Konveyer transportidan foydalanishda portlatilgan massani yuklash kolosnyakli elaklar bilan jihozlangan bunker-tarqatgich bilan yuklaniladi. Kon massasining qattiqligi yuqori bo’lganda harakatlanadigan maydalash agregatlaridan foydalaniladi. Zaboy konveyerlarining siljish sonini kamaytirish uchun konveyer qayta yuklagichlaridan foydalaniladi.
Draglayn tog’ jinsini yon va oxiri berk zaxodkalar bilan qazib olishi mumkin (rasm. 3.11). Bunda u pog’ona yuqorisida, oraliq maydonda va pog’ona pastki qismida joylashishi mumkin.
Draglaynni pog’ona yuqorisida joylashtirish holatida kon massasi ag’darmaga tashiladi yoki transport vositalariga yuklanadi. Draglayn zaboyi uning cho’michi harakatiga mos ravishda qiya profilga ega bo’ladi. Zaboyning mumkin bo’lgan balandligi pasportdagi qazish chuqurligiga, zaboy qiyalik burchagi va draglaynni o’matish joyi bilan aniqlanadi. Zaxodkaning maksimal kengligi (m):
Амах = R (slnO + Sln°l) (3.5)
bunda, mx =30+45, rn2 =30^45 - draglaynning harakati o’qidan massiv tomonga va qazib olingan bo’shliqqa qaytish burchagi (rasm. 3.12), daraja.
Do'stlaringiz bilan baham: |