Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


Takrorlash va muhokama uchun savollar



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/167
Sana31.01.2023
Hajmi6 Mb.
#906125
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T. (1)

Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Kitob qanday ijtimoiy ahamiyatga ega?
2. Kutubxonalaming vazifasi nimalardan iborat?
3. Kitob targ‘iboti va savdosini qanday tashkillashtirish kerak va 
buning noshirlik ishidagi ahamiyati qanday?
4. Muharrir marketing bilan shug‘illanishi kerakmi?
2-§. Kitobxonlar talabi va nashriyotda uni o‘rganish.
• 
Kitobxonlar talabi va uni nashriyotda o (rganishning aha­
miyati
• Kitobxonlarning xatlari bilan ishlash
• Adabiy tanqid va bibliografiyaning kitob yaratishdagi aha­
miyati
• 
Nashriyotlar ijodiy xodimlarining kitob targHbotidagi ish-
tiroki
Kitobxonlar talabini o‘rganish tahririyat-nashriyot amaliyotida 
jiddiy ahamiyatkasb etadi. Talabni o‘rganishjarayonidataklifishlab 
chiqiladi. Chiqariladigan kitobning kimlarga mo‘ljallanganligiga 
ko‘ra qo‘lyozmani baholash mezonlari aniqlanadi, qanday beza- 
tilishi, shakli va boshqalar belgilanadi. Talabni o‘rganish nashriyot 
mavzuli rejasini to‘g‘ri shakllantirishda ham muhim omillardan 
bo‘lib hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kitobxonlar 
talabini o‘rganish kitob ishida dolzarb vazifa bo‘lib qoladi.
Kitobxonlar talabi - shunisi bilan qiziqarliki, unga tez o‘zgaruv- 
chanlik tabiati xos. Uning shakllanishiga ko‘pgina iqtisodiy, siyosiy, 
ma’naviy-na’rifiy, psixologik va boshqa omillar o‘z ta’sirini
137


o‘tkazadi. Bugungi axborot maydonidagi globallashuv sharoitida 
uning shakllanishi quyidagi omillarga bog'liq: birinchidan, aholi 
sonining oshishi; ikkinchidan, aholi bilim saviyasining darajasi; 
uchinchidan, aholining kasbiy darajasi; to‘rtinchidan, ishlab 
chiqarish, fan, texnika, ta’lim, umuman, madaniyatnng ahvoli; 
beshinchidan, aholining moddiy jihatdan ta’minlanganlik darajasi; 
oltinchidan, kishilaming bo‘sh vaqtga egaligi; ettinchidan, 
mafkura va davlatning tashqi va ichki siyosati; sakkizinchidan, 
o‘tgan davrlarda aholining boshqa nashrlarga bo‘lgan talabining 
qondirilganlik darajasi; to‘qqizinchidan, kitobxonlaming ruhiyati; 
o‘ninchidan, chiqarilayotgan kitoblar targ‘iboti va reklama; o‘n 
birinchidan, kitobsevarlar bilan noshirlaming uchrashuvlari, 
anjumanlar, kitob taqdimoti va boshqa tadbirlar; o‘n ikkinchidan, 
mualliflar jamoasining noshirlar, kitobxonlar bilan muloqoti va 
boshqalar.
Yuqorida aytilgan omillaming ro‘yxatini davom ettirish 
mumkin. Lekin maqsad omillami sanab o‘tish emas, balki ulaming 
mohiyatini ochib berish.
Omillar ichida eng muhimi kitobxonlaming xatlari hisoblanadi. 
Ular to‘g‘ridan to‘g‘ri nashriyotlarga keladi, ba’zan, gazeia va 
jumallar tahririyatiga ham keladi, so‘ng ular orqali nashriyotga 
boradi. Ba’zan xatni to‘g‘ri muallifga ham yuboradilar. Xatlar 
miqdori xususida qat’iy bir narsa deyish qiyin, ular ko‘plab bo‘iishi, 
siyrak ham bo‘lishi mumkin. Masalan, Nashriyot-matbaa ijodiy 
uylariga kitobxonlardan ko‘pgina xat keladi. Xatlarda o'quvchilar 
o‘qigan asar lari xususida o‘z fikr va mulohazalarini bildiradilar. 
Tabiiyki, ular kitob juda ma’qul bo‘lganligi, minnatdorliklarim


izhor etadilar. Bundan tashqari nashriyot sha’niga tanqid ham 
bo‘ladi, Kitobxonlar asarning mazmuni, bayon usuli, bezatilishi, 
poligrafik ijrosi va boshqalarga oid kamchilik va nuqsonlami qayd 
etadilar, shuningdek, kitobning adadi, kitobdan muayyan dona 
yuborish, qayta nashr xususidagi istaklarini bildiradilar.
Kitobxonlardan kelgan xat bilan nashriyotda, awalo, muharrir 
tanishib chiqadi. Tanishib chiqqach u o‘z oldiga aniq maqsadlami 
qo‘yadi. Maqsadlar, xususan, quyidagi tarzda bo‘lishi mumkin: asar­
ni qayta nashrga tayyorlash bilan bog'liq kitobxonning fikrlarini 
mulohaza qilib ko‘rish; yangi asarni chop etishda kitobxonlaming 
mulohazasini tahlil qilish. Eng muhimi nashriyot chop etgan asar 
o‘quvchisini qanoatlantiradimi, yo‘qmi degan savolgajavob topishdir.
Kitobxonlar talabini o‘rganishning yana bir shakli vaqtli 
matbuotda e’lon qilingan taqriz va tanqidiy materiallar hisoblanadi.
Kitob xususidagi jamoatchilikning fikrini ifoda etib, adabiy 
tanqid va bibliografiya kitobxonlar talabini ma’lum darajada shakl- 
lantirish imkonini beradi. Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilin­
gan taqrizlar kitob haqidagi qimmatli ma’lumot hisoblanadi va uni 
faol targ‘ib etadi. Bular, shu bilan birga, nashriyotga o‘z ishlarini 
o‘tkir ko‘z bilan nazardan o‘tkazish uchun turtki bo‘ladi, nashming 
qimmatini ob’ektiv baholash, mavzuli rejalashtirishni, umuman 
tahrir-noshirlik ishini samaradorlashtirishda yuqori natija beradi.
Nashrga bo‘lgan talabni o‘rganishda kitobsevarlar bilan uchra- 
shuvlar, suhbatlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday uchrashuvlami nashriyot nashr rejasini tuzishdan oldin 
o‘tkazishi maqsadga muvofiq. Talabni o‘rganishning bu shakli 
shunisi bilan ahamiyatliki, bunda kitobxonlar, noshirlar bilan


yuzma-yuz uchrashadi, jonli muloqot vaziyatida fikr almashiladi.
Nashriyotlaming xodimlari kutubxonalar, kitob savdosi bilan 
shug‘ullanuvchilar, kitob do‘konlarida xaridorlar bilan muloqotda 
bo‘lishlari, kitob ko‘rgazmalarida qatnashishlari bugungi knn talab- 
lari, shuningdek, istqibolni bashoratlashda, xullas, kitob bozorini 
o‘rganish, tadqiq etishda juda asqotadi.
Nashriyot xodimlarining, ayniqsa, ijodiy faoliyatdagi xodimlar- 
ning joylarga xizmat safarlari ijobiy natijalar berishi, shubhasiz. 
Safar chog‘ida ular respublika yoki viloyat miqyosidagi shaharlar 
va boshqa aholi manzillarida, yirik ishxonalarda bo‘ladilar, jamoat- 
chilik vakillari, maktab, litsey, kollej, oliy ta’lim muassasalarining 
xodimlari bilan muloqotda bo‘ladilar. Bunday uchrashuvlar natija- 
sida ular bosma mahsulotlarga bo‘lgan talabni, qaysidir ma’noda, 
bozoming ehtiyojini tadqiq etadilar. Tadqiq natijalari nashriyot 
mavzuli rejasi ustida ishlashda ma’lumot manbai vazifasini o'taydi. 
Bundan tashqari asar adadini belgilashda ham asqotadi.
Safar chog‘ida to‘plangan ma’lumotlar umumlashtiriladi, te- 
gishli xulosalar chiqariladi, bu o‘z navbatida, dasturulamalga ay- 
lanadi, istiqbollami bashoratlash uchun asos bo‘ladi. Ma’lum 
reja tasdiqlangandan so‘ng, rejadagi ishlami bajarishga kirishish- 
dan oldin nashriyot xodimlarini annotatsiyalangan reja bilan uni 
muhokama qilish uchun joylarga chiqishlari maqsadga muvo- 
fiqdir. Buning natijasida reja qat’iy ko‘rinishda o‘z tasdig‘ini 
topadi, kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchilardan buyurtmalar 
olinadi. Shuningdek, adabiyot turlari bo‘yicha takliflar, ba’zi fikr- 
mulohazalar, xullas, ma’lumotlar jamg‘armasiga ega bo‘linadi.
0 ‘quvchilar talabi xususida qimmatli ma’lumotlami kitob


savdosi bilan shug‘ullanuvchi firmalar, shaxslardan, shuningdek, 
kutubxona xodimlaridan olish mumkin.
Kitob savdosi xodimlaridan olingan ma’lumotlar adabiyotlarga 
bo‘lgan buyurtmalami, kitob savdo shahobchalarini kitob olish 
bo‘yicha oldindan beradigan talabnomalarini, adabiyot turlarini, 
xullas, bozoming barcha talablarini aniqlash imkonini beradi. 
Kutubxonalarda esa qancha kitob berilayotgani, adabiyotlaming 
o‘qilish darajasi (qo‘ldan qo‘lga o‘tish), o‘quvchilar orasida оЧка- 
zilgan so‘rovlar, ayrim adabiyotlar xususidagi fikrlar va hokazolar 
haqida ma’lumotlar mavjud bo‘ladi.
Nashryotlaming o‘zlari ham nashrlari haqida ma’lumot to‘plash- 
lari mumkin, mumkingina emas, balki kerak. Chunki shunda 
ular o‘zlarining qaysi nashri alohida ommaviylashgani-yu, qaysi 
nashrga talab sustligi, yangi nashrlar mavzui bo‘yicha 
0
‘quvchiIar 
fikrini bevosita bilish imkoniga ega bo‘ladilar.
Kitob o‘quvchilaming - bozoming talabini o‘rganish nashriyot- 
laming, xususan, muharriming muhim vazifalaridan biridir.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish