Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


-§. Kitobni reklama (targ‘ib) qilishning



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/167
Sana31.01.2023
Hajmi6 Mb.
#906125
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T. (1)

3-§. Kitobni reklama (targ‘ib) qilishning
ahamiyati va bunda muharriming o‘rni
• 
Kitob reklamasi jamoaviy ish
• K o‘rgazmalar, tanlovlar, taqdimotlar o (tkazish
• Kitob reklamasida muallif ishtiroki
• Nashrga tayyorlanayotgan asar reklamasi
Kitobni reklama qilish bir tarafdan odatiy va tushunarli tuyuladi. 
Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bu termin tez-tez uchrab 
turadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida nashriyotlaming nashr mahsu- 
lotlarini, xususan, kitobni targ‘ib qilish tadbirlari tizimidan iborat 
bo‘lib, nashrga tayyorlanayotgan yoki nashrdan chiqqan kitoblar 
xususida iloji boricha keng o‘quvchilar ommasiga mumkin qadar 
qo‘proq ma’lumot etkazish uchun nashriyotning barcha xodimlari 
ishtirokini talab etadi. Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan 
nashriyotlar, noshirlik ishi bilan shug‘ullanayotgan firmalar kitob 
reklamasi bilan shug‘ullanishda mutlaqo mustaqil, lekin shu bilan 
birga, 0 ‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi 
qonunchilik xujjatlariga muvofiq shug‘ullanishlari, bunda turli 
vositalardan (ichki, tashqi reklamalar va h.) foydalanishlari mumkin. 
Ular kitobni reklama qilishda awalo uning mundarijasi, g‘oyasi, 
umumlashtirilgan tajriba xususida ko‘proq ma’lumot berishlari 
maqsadga muvofiqdir. Ilmiy asarni targ'ib qilish ilmni targ‘ib qilish, 
ishlab chiqarish, o‘rta va kichik biznesni targ‘ib qilish demakdir. 
Badiiy adabiyotni targ‘ib qilish badiiy ijoddagi erishilgan yutuqlami 
targ‘ib qilish hisoblanadi. Hozirgi zamon noshirlik ishida mazkur
142


sohaga e’tibor kattaligi tabiiydir. Ko‘pgina nashriyotlar tarkibida 
reklama, tijorat va marketing bo'limlari faoliyat yuritmoqda. 
Ushbu xizmatlar nashriyot-tahririyat bo‘limlari bilan jips aloqada 
faoliyat olib borishlari lozimdir. Shundagina kitob reklamasi talab 
darajasida amalga oshiriladi. Nashriyot o‘z faoliyatidan kutgan 
daromadni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi.
Tahririyat xodimlari ko‘pincha o‘z maqolalari bilan matbuot 
sahifalarida, radio va televidenieda chiqishlar qilib turishlari, kitob 
savdosi, kitob ko‘rgazmalari, tanlovlar xususida fikrlar bildirib 
borishlari lozim.
Bunday ishlarda, ya’ni nashrdan chiqqan kitoblami ommalash- 
tirishda muharrir o‘ziga xos alohida o‘ringa ega.
Hech ikkilanishsiz aytish mumkinki, bu borada hech kim 
muharriming o‘mini bosa olmaydi. Chunki nashriyotning birorta 
ham xodimi kitobning mazmun-mohiyatini, nazariy, amaliy qim- 
matini, o‘ziga xos jihatlarini uning muharriridan ko‘ra yax- 
shi bila olmaydi. Vaholanki, kitobni reklama qilish degani uning 
mundarijasini ochib berishdir, buni hammadan yaxshi muharrir 
bajarishi isbot talab qilmaydigan hoi. Shuni alohida ta’kidlash 
joizki, muharriming kitobni targ‘ib qilishdagi ishtiroki, shun- 
chaki qo‘shimcha, yordamchi ish emas, balki uning asosiy majbu- 
riyatlaridan biri hamdir.
Kitobning reklamasida uning muallifi ishtirok etishi ham g‘oyat 
muhim. Albatta, bunga turlicha qarashlar mavjud. Ba’zan kitob 
reklamasi, qaysidir ma’noda, unga beriladigan baho, har bir muallif 
ham bu xususda ob’ektiv bo‘lavermaydi, degan xavfsirashlar 
yo‘q emas. Albatta, bunday mulohaza haqiqatdan unchalik yiroq


maqsadi, g‘oyasi, nuqtai nazari izchil va aniq bo‘lmasa, uning asari 
tuzilish jihatdan puxta - muvaffaqiyatli chiqmaydi.
Badiiy asardagi har-bir unsur, voqea, hodisa, vosita hamisha 
muayyan maqsadga xizmat qiladi, bir-biri bilan ham shaklan 
ham mazmunan munosabatda bo‘lgan holda mantiqiy bog‘liqlik
- uyg‘unlik kasb etadi. Ko‘rinadiki, kompozitsiya asar mazmuni 
to‘laqonli tarzda ayonlashuvni ta’minlovchi shakliy unsur ekan. Bu 
unsurdan mohirona foydalanish, ya’ni uni aniq, maqsadga muvofiq 
tanlash, albatta, har bir ijodchining ijod laboratoriyasini tadqiq 
etishda asqotadi.
Albatta har bir ijodchi o‘zi tanlagan mavzu bo‘yicha asar 
yaratishda kompozitsiyani o‘zi belgilashiga to‘g‘ri keladi. Lekin 
ijodchi bu masalaga har qancha individual yondooshmasin, bunda 
uning tanloviga ijodiy usul, adabiy yo‘nalish, oqim va bularga xos 
va mos ijod tamoyillari bevosita ta’sir etadi, ijod namunasi shularga 
bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Masalan mumtoz ijodiyotda asar 
personajlarining tabiiy xususiyatlari - ijobiy yoki salbiy jihatlari 
qat’iy belgilangan bo‘ladi va ularga xos jihatlar aniq va yorqin 
ifoda topgan bo‘lishi shart. Alisher Navoiyning “Layli va Majnun”, 
“Farhod va Shirin” asarlarida bu hoi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Bularda asar kompozitsiyasi qaysidir ma’noda bir yoqlamalik 
kasb etadi. Ya’ni yaxshi, yaxshi, yomon, yoman. Lekin badiiy 
kompozitsiya ham o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega bo‘lib, go‘yo 
qahramonlar turg‘un holatini aks ettirishga xizmat qiladi. Mumtoz 
ijodiyotdan farqli o‘laroq hayotiy ijod namunalarining tuzilishiga 
muayyan tarixiy voqealar turmushtarzi, etnografik, e’tiqodiy omillar 
o‘z ta’sirini o‘tkazadi, ya’ni ijodchi shulami e’tiborga olgan holda


asar kompozitsiyasini tanlaydi. Qahramon mavjud tarixiy voqealar 
ichida tasvirlanadi. Lekin shuni alohida e’tirof etish lozimki, 
hayotiy asarlar kompozitsiyasi bir qolipda qotib qolgan emas, 
balki zamon va makonda, ijod taraqqiyotining turli bosqichlarida 
badiiy asar kompozitsiyasi turli shakllarga ega bo‘lgan dastlab, 
badiiy asarni bir qahramon obrazi birlashtirib turuvchi bir necha 
hikoyalardan iborat tuzilish yetakchilik qilgan bo‘lsa, keyinchalik 
asar bosh qahramonining oldida qator to‘siqlami paydo qilish va 
qahramon ulami birin-ketin yengib o‘tishi ustvmlik qilgan.
Mazkur tuzilishga ega asarlar XVIII asrdagi badiiy ijod namu- 
nalariga taalluqlidir. XX asr badiiy ijodchiligida hayotiy asarlar 
kompozitsiyasida turli-tuman o'zgarishlar kuzatildi. Asar tuzilishi 
bir qator usul va vositalar tufayli rang-baranglashadi. Bu hoi 
adabiyotda makon va zamon masalasi dolzarblashganligini anglar 
tadi. Masalan, Oybekning “Qutlig‘ qon” romanidagi voqealar faqat 
Toshkent shahrida bo‘lib o'tadi. Abdulla Qodiriyning “0 ‘tgan 
kunlar” romanida Toshkent va Marg‘ilonda, G‘afur G‘ulomning 
“Shum bola” asaridagi voqealar esa Toshkent shahri va uning 
shimolidagi qishgloqlarda kechadi.
Zamon masalasiga kelsak “Qutlig‘ qon” asaridagi voqealar 
20-asming ikkinchi o‘n yilligi o‘rtalarida, “0 ‘tgan kun”lardagi 
voqealar 19-asming birinchi у armi oxiri va ikkinchi yarmi boshlarida 
“Shum bola”ning boshidan kechirganlari 20-asr boshida yuz beradi. 
Ayrim asarlar ham borki, ularda makon va zamon cheksizdek 
tuyuladi. Masalan, Sadriddin Aynining “Qullar" romanida 400 
yillik voqea, hodisalami qamrab olgan, bir emas bir necha avlod 
hayoti o‘z aksini topgan. Bunday asar tuzilishini belgilash, qismlar


orasidagi tadrijiylik va mantiqiy bog‘liqlikni, uyg‘unlikni belgilash 
ijodchidan yuksak mahorat va iqtidor talab etadi.
Ma’lumki asar kompozitsiyasiga zamon va makondagi ko‘z 
ilg‘amas ufqlami sig‘dirishda muallif tavsifi, dialog, xotirlash, 
monolog, ichki nutq, ruxiy kechinmalar, hikoya ichida hikoya, link 
chekinish va h. usullardan foydalaniladi.
Aytaylik Oybekning “Bolalik”, Abdulla Qahhoming “0 ‘tmish- 
dan ertaklar” asari, Ayniyning “Esdaliklar” asari xotiralar tarzida 
tuzilishga ega. Sh. Xolmirzaevning “Hayot abadiy” hikoyasi tush 
ko‘rish shaklidagi kompozitsiyaga ega. Oybekning “Novoiy” 
romanining tuzilishi oddiy. Matn boblarga ajratilgan va tartib 
berilgan, jami 37 bobdan iborat.
Har bin tuzilishiga ko‘ra o‘ziga xos, qisqacha kirish, xulosa 
va asosiy qismdan iborat. Ayrim boblar rim raqami bilan (I, II) 
qismlarga ajratilgan. Aslida har bir bob mustaqil asar (kichik 
xajmdagi) bo‘ lishi mumkin, ulami asaming bosh qahramoni obrazi 
birlashtirib turadi, bu asar kompoziyasiga yaxlitlik bag‘ishlaydi. 
Quyidagi parchaga e’tibor beraylik. Parcha romanning o‘n 
to‘qqizinchi bobining II qismi bo‘lib, u kompozitsiyasiga ko‘ra 
mantiqiy mustaqil asar bo4 lishi mumkin.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish