'Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan nashriyot-matbaa ijodiy uylari-
dagi asosiy lavozimlar ro 'yxati ilovada berildi.
qism hisoblanadi. Bunday bo‘limlar adabiyot turlariga ko‘ra tashkil
topgan bo‘ladi. Ba’zi shunday nasriyotlarda, masalan 0 ‘zbekiston
nashriyot-matbaa ijodiy uyida ikkita bo‘lim faoliyat yuritadi. Biri
ijtimoiy-gumanitar adabiyotlar, ikkinchisi tabiiy - texnikaviy
adabiyotlar tahririga ixtisoslashgan. Albatta bunday paytda
tuzilish, shakllanishlar davr talabi asosida yuz bermoqda. Buni
bozor iqtisodiyoti taqozo etadi. Endilikda nashriyotlar mavzuli reja
tuzishda bozor talabidan kelib chiqishi va shunga yarasha taklifni
shakllantirishi kerak bo‘ladi.
Mamlakatimizda ilmiy-axboriy faoliyatni tashkil etishga alohida
etibor qaratilmoqda. Ko‘pgina ilmiy-axboriy markazlar faoliyatinig
asosiy qismini noshirlik ishi tashkil etadi. Ular ko‘lami ancha keng.
Ilmiy-axboriy sohadagi noshirlik ishi ikki xil xususiyatga ega.
Birinchidan, barcha tahririyat - nashriyot bo‘limlari o‘z noshirlik
faoliyatini tarkibiy qismi hisoblangan tashkilot topshirig‘iga asosan
olib boradi. Ikkinchidan, ular faoliyatida tahririyat va bosmaxona
ishlarini birlashtirgan holda o‘z imkoniyatlari asosida olib boradi.
Biroq ular qo‘lyozmani tahririy jihatdan bosishga tayyorlashda
noshirlik borasidagi an’anaviy tajribaga tayanadi.
Lavozimiga ko‘ra qanday atalishidan qat’iy nazar qo'lyozmani
nashrga tayyorlovchi xodim- muharrir nashriyotlarda bajariladigan
ishni amalga oshirishi lozim.
Kitob nashri bilan shug‘ullanuvchi nashriyotlar tarki
biy
qismlari ichida muayyan tur adabiyotga ixtisoslashgan bo‘g'm
asosiy tarmoq hisoblanadi. Masalan, badiiy adabiyotlar, ijtimoiy-
gumanitar adabiyotlar, o‘quv adabiyotlari, ensiklopedik
asarlar va
boshqalar. Bugungi kunda turli muassasa va tashkilotlar tarkibida
10
tashkil etilgan axborot markazlari, reklama, nashriyot bo‘limlari,
tahrir bo‘limi va boshqalarda ham bevosita matn ustida ishlash
amalga oshiriladi. Albatta, bunday bo‘lim yoki bo‘linmalarda
bevosita tahrir bilan shug‘ullanuvchi xodimning bo‘lishi tabiiy.
Ulaming vazifasi qo‘lyozmani tahrirdan chiqarish hisoblanadi.
Hamon shunday ekan, bular ishining asosini noshirlik ishi bo‘yicha
to‘plangan ko‘p yillik tajriba tashkil etadi. Lavozim jadvalida matn
tahriri bilan shug‘ullanuvchi xodim qanday atalishidan qat’iy nazar
u nashriyotlardagi muharrir vazifasini tugal ado etishi talab etiladi.
Oarchi biz yuqorida sanab o‘tgan bo‘lim va bo‘linmalarda tahrir bi
lan shug‘ullanish mavjud bo‘lsa-da, bunga alohida-alohida to‘xtalib
o‘tmaymiz. Biz kitob nashri bilan shug‘ullanuvchi nashriyotlar
faoliyatidagi asosiy jarayonlarga to‘xtalib o‘tamiz. Zero, mazkur
jarayonlar to‘lig‘icha muayyan muassasa, tashkilot tasarrufidagi
matn ustida ish olib boruvchi bo‘lim va bo‘linmalaming faoliyatiga
ham to‘la taalluqlidir.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, noshirlik ishida muharrirlik
kasbi yetakchi kasb hisoblanadi. U har qanday qo‘lyozmaning
muallifiga birinchi yordamchidir. Matnning birinchi o‘quvchisi,
uning tanqidchisidir.
Muharrir e’lon qilinishi kerak bo‘lgan har qanday nashming
boshlanishidan to tugagunicha yo‘naltiruvchi hisoblanib, uning
taqdirini ko‘p jihatdan hal etuvchi hamdir. 0 ‘z faoliyati mobaynida
u adabiy til me’yorlari va uslublariga qat’iy amal qilishi, jamiyat
nuqtai nazaridan kelib chiqishi shart. Mudom nashming yuqori
sifati uchun kurashish, har bir kitob, risola mazmun mundarijasiga
ko‘ra, kimlarga mo‘ljallanganligiga ko‘ra o‘z ahamiyatiga to‘liq
11
ega bo‘1 ishi uchun kurashish muharriming muqaddas burchidir.
Muharrir nashriyotning asosiy xodimi. Kitob chiqarish bilan
bog‘liq, ya’ni muayyan asaming dunyo yuzini ko‘rishi bilan bog‘liq
barcha jarayonlarda uning ishtiroki albatta zarurdir. Mohiyatan
qiziqarli, mazmundor va kam uchraydigan muharrirlik faoliyati
hamisha jamiyatda yuz berayotgan (alohida bir jamiyatdagina
emas, balki butun dunyoda yuz berayotgan) siyosiy hodisalardan
hamisha xabardor bo‘lish, fan, texnika va madaniyat sohasidagi
yangiliklami bilib borishi, o‘zida hayotiy hodisalami idroklash,
tahlil qilish va umumlashtirish kabi jihatlami tarbiyalashi lozim.
Kitobshunoslikdagi tarifga ko‘ra tahririyat-nashriyot ishlovidan
o‘tgan, belgilangan tartibda nashr bildirgichiga ega, jamlangan
ma’lumotni o‘quvchiga yetkazishga mo‘ljallangan poligrafik jihat-
dan mustaqil o‘z shakliga ega bosma asarga nashr deyiladi.
Hozirgi zamon nashrlari favqulodda rang-barang, mazmun va
shakliga ko‘ra turli-tuman. Ulaming barchasini sanab chiqishning
iloji ham, hojati ham yo‘q. Biz eng asosiy belgilariga tayangan
holda 4 jihatga asosan farqlaymiz:
-
Tuzilganiga ко ‘ra;
- Belgilar tabiatiga ко ‘ra;
-
Davriyligi va tuzilishiga ко ‘ra;
- Qanday maqsadga mo ‘Ijallanganligi va та ’hmotlar tavsifiga
ко ‘ra.
Nashr mahsulotlarining tuzilish tarxiga ko‘ra kitob, jumal
va varaqa (plakatlar, bukletlar, gazeta va boshqalar) nashrlariga
ajratish mumkin.
Belgilar tizimining o‘ziga xosligidan matniy, no tali, xarita,
tasvir va boshqalarga ko‘ra farqlanadi.
Davriyligiga ko‘ra nashr mahsulotlari turli tuman (davriy
bo‘lmagan, davriy-davomiy nashrlar) va tuzilishiga ko‘ra bir marta
nashr etiladigan, to‘plam, asarlar to‘plami, turkum va boshqalar.
Qanday maqsadga mo'ljallanganligi va ma’lumotlar tavsifi
bo‘yicha muhim nashr turi bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi: rasmiy,
ilmiy, ilmiy-ommabop, ommaviy-siyosiy, o‘quv, ishlab chiqarish,
Do'stlaringiz bilan baham: |