Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/167
Sana31.01.2023
Hajmi6 Mb.
#906125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T. (1)

(jodkorlar)dan 
tarixan uzilish yuz beradi, vaqt o‘tishi bilan bu 
uzilish tabora chuqurlasha boradi. Bu shubhasiz tabiiy jarayon.
Agar XX asr 27-37-yillarida badiiy ijodiyot va publisistik ijod 
sohasida Abdulla Qodiriy, Choipon, Fitrat, Behbudiy, Abdulla 
Avloniy, Oybek va boshqalar, ta’bir joiz bo‘lsa, buyuk uyg‘onishni 
boshlab beruvchilar hisoblansa, XXI asr ijodiyotining ham o‘z 
darg'alari bo‘ lishi shubhasiz. Yangi avlod vakillari hamyo‘q yerdan 
paydo boMmaydi, o‘z-o‘zidan ijod cho‘qqisini zabt etolmaydi. XX 
asr o‘zbck adabiyoti, publisistikasi yorqin namoyondalarining ijod 
laboratoriyasi bilan tanishib, an’analarini davom ettiribgina yangi- 
yangi yuksalishlarga erishishlari mumkin.
5


Shu ma’noda yaqin o‘tmishda o‘zining badiiy ijodi, publisistik 
asarlari bilan yangi ijodiyot ufqlarini ochgan adiblar Abdulla 
Qodiriy, Oybek, G‘afur G‘ulom va boshqa ijodkorlaming elga 
manzur asarlarini o‘rganish asosida, ular ijod laboratoriyasidan 
bahramand bo‘lish foydadan holi bo‘lmaydi, bu ayniqsa, bo‘lajak 
jumalistlar uchun muhimdir.


IQ ISM
NOSHIRLIK ISHI
1-BOB.
NASHRIYOTLAR VA NOSHIRLIK MUASSASALARI, 
NASHR TURLARI
• 
Nashriyotlarning mustaqillikkacha bo‘lgan tuzilishi.
• 
Nashriyotlar ixtisoslashuvi.
• Birlashgan nashriyot.
• 
Nashriyotlar ichki tuzilishi.
• 
Qayta shakllanish.
• Yangi nom, yangicha faoliyat.
• Bozor iqtisodiyoti va noshirlik.
• Nashr jarayonida ishtirok etuvchilar.
• 
Nashr jarayonining barcha bosqichida muharrir ishiiroki.
• 
Nashr mahsulotlarining tuzilish tarxi.
• Noshirlik va kitobshunoslik.
(V/.bekiston mustaqillikka erishgunga - 1991-yilga qadar nash­
riyotlar alohida yuridik shaxs hisoblangan. Bosmaxonalar ham 
mustaqil ishxona bo‘lgan. Bosmaxonalar barcha tur nashr mahsu- 
lotlarini ishlab chiqarsalar, nashriyotlar muayyan tur adabiyotlar 
chiqarishga ixtisoslashgan edi. Shunga 
ko‘ra 
nashriyotlar ular 
chiqar.uligan mahsulotlariga ko£ra farqlangan. Adabiyct turlari 
bo yicha keng ko‘lamli va 
ixtisoslashgan. 
Tasarmfidaligiga ko‘ra 
esa davlat, tashkilot 
(muassasa) 
va xususiyga ajraladi. Ilgari


(1991 -yilgacha) “0 ‘zbekiston” nashriyotida bir necha tur - siyosiy, 
ommaviy-siyosiy, ilmiy-ommabop, iqtisodiy, falsafiy, tarixiy va 
xarbiy mavzulardagi, ma’lumotnoma adabiyotlar, shuningdek, 
kalendar, plakatlar chiqarilgan. “Ensiklopediya” nashriyoti faqat 
ensiklopedik (umumiy, sohaviy ensiklopediyalar, ensiklopedik 
lug‘atlar), “Fan” nashriyoti ilmiy adabiyotlar, “0 ‘qituvchi” nashri­
yoti o‘rta maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari uchun 
faqat o‘quv adabiyotlari chiqarar edi. Boshqa nashriyotlar ham to‘- 
liq ixtisoslashgan bo‘lib, muayyan tur adabiyotlar chiqargan. Al- 
batta, yuqoridagi tur tasnifimiz nisbatan shartli. Bundan tashqari 
qat’iy buyurtma asosida nashriyotlarda ixtisoslashuvi doirasiga 
kirmaydigan nashr mahsulotlari ham chiqarilgan. Adabiy asarlar 
chop etuvchi nashriyotlar bilan bir qatorda gazeta va jumallar chop 
etadigan Birlashgan nashriyot ham faoliyat yuritgan. 0 ‘zbekistonda 
nashr etiladigan barcha markaziy gazeta va jumallami chiqarish 
shu nashriyotning monopoliyasida edi.
Nashriyotlar asosan quyidagi tarkibiy qismlarga ega bo‘lgan:
-
kitob tahririyati bo ‘limlari.
- qo'lyozmani ко ‘chirib bosish bo‘limi (mashinkada yozuvchi-
lar bo ‘limi).
-grafika, rassomlar, badiiy tahrir bo 'limi.
-fotolaboratoriya.
- musahhihlar bo ‘limi.
- kutubxona.
- ishlab chiqarish bo ‘limi.
- reja-iotisod bo ‘limi.
- buxgalteriya.
- kadrlar bo ‘limi.


-
yuridik xizmat.
- та ’muriy -xo ‘jalik bo ‘limi va boshqalar1.
Bugunga kelib nashriyotlaming tarkibiy bo‘lim, bo‘linmalari 
alohida olingan har bir muassasaning ish hajmi, nashrlar tavsifi, turi 
va boshqa ko‘rsatkichlarga ko‘ra belgilanadi. Nashriyot bo‘ysu- 
nadigan tashkilot tomonidan tasdiqlanadi.
Bozor iqtisodiyoti tizimiga o‘tilgandan so‘ng 0 ‘zbekistondagi 
barcha davlat tasarufidagi nashriyotlar, bosmaxonalar qayta tashkil- 
lashtirildi. Endilikda nashriyot, bosmaxonalar birlashib, aytish 
mumkunki, yirik ishlab chiqarish birlashmasi - nashriyot-matbaa 
ijodiy uylari yuzaga keldi. Ular yagona axborot-matbaa agentligi 
tasarrufiga o‘tkazildi. Albatta, bunday yirik nashriyotlar o‘ziga 
xos murakkab tuzilishga ega. Masalan, “0 ‘zbekiston” nashriyot- 
matbaa ijodiy uyiga umumiy rahbarlikni bosh direktor amalga 
oshiradi. Uning tarkibida bir nechta direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim 
boshliqlari va hokazo ma’muriy-boshqaruv xodimlari faoliyat 
ko‘rsatadi.
Ixtisoslashuvidan qat’iy nazar nlarda boshqa tur adabiyotlar 
ham chop etilmoqda. Xususan, ensiklopedik asarlar chiqarishga 
ixtisoslashgan nashriyot o‘quv adabiyotlari, hatto badiiy asarlami 
ham nashrdan chiqarmoqda. Nashriyot-matbaa ijodiy uylari tar­
kibida tijorat (kitob savdosi), reklama, marketing bo‘limlari ham 
mavjud. Ba’zi nashriyotlarda ayrim mustaqil bo‘limlar vazifasini 
maxsus xodim bajarmoqda. Kitob nashri bilan shug‘ullanuvchi 
nashriyotlarda tahrir bilan shug'ullanuvchi bo‘limlar asosiy tarkibiy

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish