Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


  Shaxs  rivojlanishining  psixoijtimoiy bosqichlari



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

6.4.  Shaxs  rivojlanishining  psixoijtimoiy bosqichlari

E.Erikson  o‘zining  birinchi  yirik  va  o‘ta  mashhur  ishida 

yozgandiki,  shaxsiy  individuallilikni  o£rganish  XX  asrning  ik- 

kinchi  yarmida  XIX  asr  oxirida  Z.Freyd  vaqtidagi  shahvoniyat- 

ga berilganlikni  o'rganish  qanday bo‘lgan bo‘lsa,  shunday strate- 

gik  masala bo£ldi.  «Turli tarixiy  davrlar,  — deb  yozadi u,  — bizga 

insoniy shaxsning  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  ajralmas  qismi yuzasidan 

turli jihatlarni vaqtga oid keskinlikda  ko‘rish  imkonini beradi».

6

-jadvalda  E.Erikson  bo‘yicha  shaxs  hayotiy  yoMining  bos­



qichlari taqdim etilgan.

Hayotiy  siklning  har  bir bosqichi  uchun jamiyat  tomonidan 

oldinga  suriladigan  maxsus  vazifa  xarakterlidir.  Jamiyat  hayo­

tiy  siklning turli bosqichlarida  rivojlanish  mazmunini  ham bel- 

gilaydi.  Biroq  E.Eriksonga  muvofiq  vazifaning  yechimi  shaxs­

ning  psixologiik  harakatlantiruvchi  rivojlanishda  erishgan 

darajasi kabi  u  yashayotgan jamiyatning  umumiy  ma’naviy mu- 

hitiga  ham bog‘liq.

Go‘daklik  yoshining  vazifasi  —  olamga  asosli  ishonchni 

shakllantirish,  bir-biridan ajralganlik va begonalashish tuyg‘usini 

bartaraf etishdan iborat.  Ilk yosh vazifalari — shaxsiy erkinligi va 

mustaqilligi uchun o‘z harakatlaridan kuchli shubhalanish va uyat 

tuyg‘usiga qarshi kurashdan iborat.  0 ‘yinli yoshning vazifalari  — 

faol  tashabbusning  va  ayni  vaqtda  o‘z  istaklari  uchun  aybdorlik



108


hamda  axloqiy  mas’uliyat  hissini  boshdan  kechirishning  rivoj­

lanishi.  Maktabda o‘qish davrida yangi vazifa — o‘z no‘noqligi va 

foydasizligini  anglashga  qarshi  turuvchi  mehnatsevarlik  va  meh- 

nat  qurollari bilan muomala qila olish  malakasining  shakllanishi 

sodir  bo‘ladi.  O'smirlik  va  ilk  o‘spirinlik  yoshida  dastlabki  yax­

lit o‘zini va  olamdagi o‘z  o‘rnini anglash vazifasi;  bu vazifani  hal 

qilishdagi salbiy qutb  — shaxsiy «Men»ini  («bir xillik diffuziyasi») 

tushunishda  ishonchsizlik paydo  bo'ladi.  0 ‘sprinlikning  oxiri  va 

yetuklikning  boshlanishidagi  vazifalar  — umr  yo‘ldoshini  izlash 

va yolg‘izlik tuyg‘usini bartaraf etuvchi yaqin do'stona aloqalarni 

o‘rnatishdan iborat.

Yetuklik  davri  vazifasi  —  insondagi  ijodiy  kuchning  qoloqlik 

va  turg‘unlikka  qarshi  kurashuvi.  Keksalik  davri  hayotdan  ehti- 

moliy ixlosi qaytish va o‘sib borayotgan umidsizlikka qarama-qar­

shi tarzda o‘zi,  o‘z  hayotiy yo‘li to‘g‘risidagi  yakuniy yaxlit tasav- 

vurning  shakllanishi bilan xarakterlanadi.

E.Erikson  bo‘yicha  bu har bir vazifaning yechimi  ikkita oxir- 

gi  qutb  o‘rtasida  muayyan  dinamik  nisbat  o‘rnatishga  olib  kela­

di.  Shaxs  rivojlanishi  —  bu  rivojlanishning  keyingi  bosqichiga 

o‘tishda  so‘nmaydigan  oxirgi  imkoniyatlar  kurashining  natija- 

sidir.  Rivojlanishning yangi bosqichidagi bu kurash yangi,  ancha 

dolzarb  vazifalar  yechimi  bilan  bostiriladi,  biroq  tugallangan- 

lik  hayotiy  omadsizliklar  davrida  o‘zi  haqida  eslatadi.  Har  bir 

bosqichda  erishilgan  muvozanatlar  o‘zida  egotenglikning  yangi 

shakllarini  aks  ettiradi  va  subyektni  ancha  keng  ijtimoiy  muhit- 

ga kirish  imkonini  ochadi.  Bolani  tarbiyalashda  «salbiy»  tuyg‘u- 

larning  hamisha  mavjudligi  va  butun  hayot  davomida  «ijobiy» 

tuyg‘ularga  dinamik  zid  a’zo  bo‘lib  xizmat  qilishini  unutmas- 

lik zarur.

Egotenglikning  bir  shaklidan  boshqasiga  o‘tish  tenglik  in- 

qirozini  uyg‘otadi.  E.Erikson bo‘yicha inqirozlar  — bu shaxsning 

kasalligi,  nevrotik buzilishlar ko‘rinishi emas,  balki  «progress  (is- 

tiqbol)  va regress  (inqiroz),  integratsiya va sustlik  o‘rtasidagi  tan- 

lov lahzalari»,  «aylanish punktlari»dir.




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish