6.2. Erikson ishlarida tadqiqot metodlari
Qator nashrlarda ta’kidlangani kabi E.Eriksonning ishlari
psixikani tadqiq etishning yangi yo‘li — o‘zida tarixga psixologik
tahlilni qo‘llashni aks ettiruvchi psixologik-tarixiy usuldan darak
beradi. E.Erikson bu usul yordamida Martin Lyuter, Maxat-
ma Gandi, Bernard Shou, Tomas Djefferson va boshqa buyuk
odamlarning tarjimayi holini, shuningdek, zamondoshlari — kat-
talar va bolalarning hayotiy tarixini tahlil qildi. Psixologik-tarixiy
usul shaxs psixologiyasiga bolganiday inson yashaydigan jamiyat
xarakteriga ham barobar e’tiborni talab qiladi. E.Eriksonning
asosiy vazifasi aniq madaniy muhitni inobatga olgan holda shaxs
rivojlanishining psixologik-tarixiy nazariyasini ishlab chiqishdan
iborat bo‘ldi.
E.Erikson klinik xarakterdagi tadqiqotlardan tashqari ikkita
hind qabilasida bolalar tarbiyasini dala etnografik tadqiqotini
o'tkazdi va ularni AQSHning shaharda yashovchi oilalardagi bola
tarbiyasi bilan solishtirdi. Eslatib o‘tilganidek, u har bir madani-
yatda har bir ona yagona to£g‘ri deb idrok etadigan onalikning
o‘ziga xos uslubi mavjudligini aniqladi.
Biroq E.Erikson ta’kidlaganidek, onalik uslubi bola man-
sub bo‘lgan ijtimoiy guruh - uning qabilasi, sinf yoki tabaqasi
kelajakda undan aynan nimani kutishi bilan belgilanadi. E.Erik
son fikriga ko‘ra, rivojlanishning har bir bosqichi o‘zining, ush
bu jamiyatga xos bo£lgan, shaxs oqlashi yoki oqlamasligi mumkin
bo£lgan va shunda u yoxud jamiyatga qo£shiladi, yoxud jamiyat to-
105
monidan inkor etiladigan kutilmalarga javob beradi. E.Erikson
ning bu mulohazalari uning konsepsiyasini ikkita birmuncha mu
him tushunchalari asosiga joylashdi — «guruhli o‘xshashlik» va
«egoo‘xshashlik». Guruhli o‘xshashlik bolani hayotining birinchi
yilidayoq tarbiyalash uni mazkur ijtimoiy guruhga kiritish, ush
bu guruhga xos bolgan dunyoqarashni ishlab chiqishga yo‘naltiri-
lishi sharofati bilan shakllanadi. Egoo‘xshashlik guruhli o‘xshash-
lik bilan parallel tarzda shakllanadi va subyektda inson o‘sishi va
rivojlanishi jarayonida sodir boladigan o‘zgarishlarga qaramay
barqarorlik va o‘z «Meni»ning uzluksizligi tuyg‘usini bunyod etadi.
Egoo‘xshashlikning yoki boshqacha aytganda, shaxs bir bu-
tunligining shakllanishi insonning butun hayoti davomida davom
etadi va qator bosqichlarni olaydi, shu bilan birgalikda, Z.Freyd
bosqichlari E.Erikson tomonidan inkor etilmaydi, balki murak-
kablashtiriladi va go‘yoki yangi tarixiy vaqt nuqtayi nazaridan
qaytadan anglaniladi. Freyddan farqli ravishda egopsixologiya-
da asosiy e’tibor hayotiy muammolarni hal qilishni anglash bi
lan bogliq bolgan normal soglom shaxsning rivojlanishiga qara-
tiladi. Eriksonning shaxs rivojlanishi nazariyasi psixoijtimoiy deb
ataladi, chunki uning markazida shaxsning ijtimoiy muhit bilan
o‘zaro ta’sirda rivojlanishi yotadi.
Erikson an’anaviy psixoanalitiklar foydalangan muammo-
li bolalar bilan ishlashda aniq vaziyatni mazmunli tahlil qi
lish metodidan tashqari soglom bolalarni longityud tadqiq et-
gan. U shuningdek, etnografik (krosmadaniyat) metodidan ham
foydalangan: amerikalik indeyslar qabilalarida tarbiyalangan
bolalar bilan zamonaviy texnologik Amerika jamiyatida tarbi
ya xususiyatlarini olgangan. Bu unga shaxsning shakllanishida
turli madaniyatlarning ta’sirini olganish imkonini bergan. Shu
ningdek, u demokratik jamiyatda shaxs o‘z potensial imkoniyat-
larini toliq namoyon etadigan sharoit va ijtimoiy rollar qat’iy
nazoratga olingan sharoitlarda individning identiklik yutuqlarini
tahlil qilgan. Eriksonning Martin Lyuter yoki Maxatma Gan-
di kabi mashhur shaxslar hayotini olganishga baglshlagan tad-
106
qiqotlari ham qiziqish uyg‘otadi. Bunda Erikson inson hayotining
asosiy mavzularini tarixiy voqea va hodisalar bilan bog‘lashga
harakat qilgan hamda psixotarixiy metoddan foydalangan. Erik
son inson hayoti jarayonida uch muhim jihat (somatik, shaxsiy va
ijtimoiy)larning o‘zaro bog‘liqligini va birligini, faqatgina tahlil
va o‘rganishning qulayligi uchungina ajratilishini ko‘rsatib o‘tgan.
Inson hamma davrlarda ham organizm, jamiyat a’zosi va Ego
(Men, shaxs) bolgan.
Erikson tomonidan shakllantirilgan Egoning rivojlanish na
zariyasi individning butun hayot yolini qamrab oladi, uni ba’zan
shaxs hayot yoli konsepsiyasi deb atashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |