Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


15.3.  Kichik  maktab  yoshida  yetakchi  faoliyat



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

293


15.3.  Kichik  maktab  yoshida  yetakchi  faoliyat

K ichik  m aktab  yoshidagi  b o lalarning   asosiy  faoliyati  o'qish 

hisoblanadi.  B olaning  m aktabga  borishi,  uning  psixologik  rivoj­

lanishi  va  xulq-atvoridagi  o 'rn i  nihoyatda  katta.  Bu  davrda  ax­

loqiy  x atti-h ara k at  qoidalari  o'zlash tirilad i,  shaxsning  ijtimoiy 

yo'nalishi  tarkib  topa  boshlaydi.

O 'qish  faoliyati  kichik  m aktab  davridagi  bolalar  psixikasi  rivo- 

jidagi  o'zgarishlarni  belgilab  beradi.  M aktabga  birinchi  bor  kelgan 

bola  o'z  faoliyatining  tub  m ohiyati  va vazifasini  to 'la tu shunib  yet- 

maydi,  balki  h am m a  m aktabga  borishi  kerak,  deb  biladi.  K atta­

larn in g   ko'rsatm alariga  am al  qilib,  tirishqoqlik  bilan  m ashg'ulot- 

larga  kirishib  ketadi.  O radan  m a ’lum   vaqt  o'tgach,  shodiyona 

lahzalarn in g  taassuroti  kam ayishi  bilan  m aktabning  tashqi  bel- 

gilari  o'z  aham iyatini  yo'qota  boradi  va  bola  o'qishni  kunda- 

lik  aqliy  m ehnat  ekanligini  anglaydi.  Shunda  bola  aqliy  m ehnat 

ko‘nikm asiga  ega  b o 'lm asa  uning  o 'qishdan  ko'ngli  soviydi,  u n ­

da  um idsizlik  hissi  vujudga  keladi,  o'qituvchi  esa  bunday  holning 

oldini  olish  uchun  bolaga  ta ’lim n ing   o 'y in d an   farqi,  qiziqarliligi 

h aqida  m a ’lum otlar  berishi  va  uni  shu  faoliyatga  tayyorlashi  ker­

ak.  O 'qish  faoliyati  davom ida  tarkib  topgan  xususiyatlar  bolaning 

kelgusi  rivoji  uchun  zam in   bo'lib xizm at  qiladi.  M aktabdagi  o'qish 

b o lalarning bilish  ehtiyojlarini tez  rivojlanishi va sifatli  tarkib topi- 

shi,  u larning  atrof-hayotga  faol  qiziqishlarini  yuzaga  keltirib,  yan­

gi  bilim   va  k o 'n ik m alarn i  egallashlari  uchun  sharoit  yaratadi.  Bo­

la  asta-sekinlik   bilan  o'z  psixik  jarayonlariga  egalik  qilib,  idrok, 

diqqat  va  xotirasini  boshqara  olishga  o 'rgana  boshlaydi.



294


Kichik  maktab  yoshidagi  bola  o‘qituvchisi  bilan  yaxshi  emot­

sional  munosabatda bo‘ladi.  Shu  davrgacha bevosita kattalar rah- 

barligida  u  yoki  bu  axborotlarni  o‘zlashtirib  kelgan  bo‘lsa,  endi 

o‘z  xohish-irodasi  bilan  zarur  ma’lumotlar  to‘plashga,  o‘z  oldiga 

aniq maqsad va vazifa  qo‘yishga harakat qiladi.  Bolaning  ana shu 

faolligi  xotirasining  muayyan  darajada  rivojlanganligini  bildiradi. 

Oqilona  tashkil  qilingan  ta’lim jarayoni  mazkur  yoshdagi  bola­

larning  tafakkurini jadal  rivojlantiradi.  Bu  yoshdagi  bola  boshqa 

davrlarga  nisbatan  ko'proq  narsani  o‘zlashtiradi.  Maktab  ta’limi 

o‘quvchining  turmush tarzini,  ijtimoiy mavqeyini,  sinf jamoasi va 

oila  muhitidagi  o'rnini  o‘zgartiradi.  Uning vazifasi o‘qishdan,  bi­

lim olish,  ko‘nikma va malakalarni egallash,  o‘zlashtirishdan  ibo­

rat  bo‘lib  qoladi.  Kichik maktab  yoshidagi  o‘quvchilarning  o‘quv 

faoliyatlari  murakkab  bo‘lgan  ko‘p  darajali  motivlar  tizimi  bilan 

boshqariladi.  0 ‘quv  faoliyati  motivlari  o‘quvchilar  nima  uchun 

o‘qiyotgan larini ko‘rsatib beradi.  Maktabning birinchi sinfiga kel­

gan bolalarda ijtimoiy motivlar ustunlik qiladi.  Bu motivlar  atrof- 

dagilar  orasida  yangi  mavqeni  egallash,  ijtimoiy  ahamiyatga  ega 

boMgan va baholanadigan faoliyat bilan bog‘liq bolgan motivlardir. 

Lekin birinchi sinfning oxirlariga borib,  ko‘pchilik o‘quvchilar o‘z 

maktab  majburiyatlariga mas’uliyatsizlik bilan  qaray boshlaydilar. 

Bu bir qancha sabablar bilan bogliq:  1) bola endi  o‘quvchi boldi, 

o‘quvchi  bolish  istagi  qondirildi.  Bu  maqomni  ushlab  turish 

uchun  hech  narsa  qilmasa  ham  boladi;  2)  o‘quvchining  ijtimoiy 

mavqeyi maktabda ularga beriladigan o‘quv faoliyati mazmuni bi­

lan belgilanmaydi. Yangi dasturlar ta’lim mazmuni va uni tashkil 

etishga  mutlaqo  yangicha  yondashuv  asosida  tuzilgan  bolib,  ki­

chik  maktab  yoshidagi  o‘quvchilarning  yosh  imkoniyatlarini  yu­

zaga  chiqarib,  bolalarda  qat’iy  o‘quv  motivlarini  rivojlantirishga 

xizmat qiladi.  Ta’limning mazmuni o‘quvchining bilimlarni egal- 

lashga  qiziqishi,  o‘z  aqliy  mehnati  natijasidan  qanoatlanish  hissi 

bilan  uzviy  bogliqdir.  Bu  his  o‘qituvchining  rag‘batlantirishi  bi­

lan  yuzaga  keladi  va  o'quvchida  samaraliroq  ishlash  mayli,  istak 

va ishtiyoqini  shakllantiradi.  Bolada paydo bolgan faxrlanish,  o‘z



295


kuchiga  ishonch  hislari  bilimlarni  o‘zlashtirish  va  malakalarning 

rivojlanishiga  xizmat  qiladi.  Kichik  maktab  yoshidagi  bolalarni 

o‘qitish jarayoni,  o‘quv  faoliyatining  asosiy  komponentlari:  o‘quv 

masalalari,  o‘quv  vaziyatlari,  o‘quv  harakatlari,  nazorat  etish  va 

baholash bilan (W.Davidov bo‘yicha) tanishtirishdan boshlanadi. 

Bu borada barcha predmetli harakatlar aqliy rivojlantirishga qulay 

bo'lgan  sharoitda  amalga  oshirilishi juda  muhim.  O'quvchining 

o'quv  faoliyatini  o'zlashtirishi  o‘quv  masalalari  tizimini  yechish 

jarayonida  amalga  oshiriladi.  0 ‘qishning  boshida  kichik  maktab 

yoshidagi o'quvchilar mustaqil ravishda o‘quv masalalarini qo'yish 

va yechishni bilmaydilar.  Bu vazifani boshida o'qituvchi bajaradi. 

Asta-sekinlik bilan o'quvchilarning o'zlari ham o'quv masalalarini 

qo'yish va yechish uchun  zarur bo'lgan  ko'nikma va  malakalarni 

egallay boshlaydilar.  Bu  mustaqil  o'quv  faoliyati  shakllanishining 

muhim bosqichidir.  O'quv  masalalarini  ajratib  olish  boshlang'ich 

sinf  o'quvchilari  uchun  ma’lum  bir  qiyinchiliklarni  yuzaga  kel- 

tiradi.  Shuning  uchun  ham  har bir  darsning  so'nggida  o'qituvchi 

o'quvchilari aniq bir topshiriqlarni bajarishning ma’nosini  qanday 

tushunganliklarini aniqlash uchun vaqt ajratishi kerak. «Biz bugun 

darsda  nimalarni  o'rgandik?»  tarzidagi  savol  bolalarga  shuncha- 

ki  daftarda  chiziqchalarni  chizib,  doirachalarni  bo'yashni  emas, 

balki  sanashni,  qo'shishni  yoki  ayirishni  o'rganganlarini  tushu- 

nishlarida yordam beradi.  Agar bola  o'quv harakatlarini  noto'g'ri 

bajarsa, bu uning o'quv harakatlarini yo nazorat va baholash bilan 

bog'liq  harakatlarni  bilmasligi,  yoki  ularni  yaxshi  egallamagan- 

ligidan  dalolat  beradi.  Bolaning  mustaqil  ravishda  bajargan  ha­

rakatlari  natijalarini  o'z  xatti-harakatlarining  xususiyatlari  bilan 

taqqoslay  olishlari  unda  o'z-o'zini  nazorat  etish  layoqati  ma’lum 

darajada  shakllanganidan  dalolat  beradi.  Kichik  maktab  davrida 

yetakchi faoliyat doirasida refleksiya awalo  o'quv harakatlari,  na­

zorat va baholash bilan bog'liq bo'ladi.  Bu harakatlarning interio- 

zatsiyasi o'quvchiga mustaqil ravishda o'zlashtirilayotgan ko'nikma 

va  layoqatlarga  mustaqil  ravishda  yondashish  imkoniyatini  bera­

di.  Kichik maktab  yoshidagi  o'quvchilaming  o'quv faoliyatini ja-



296


moa  faoliyati  sifatida  tashkil  etilishiga  ko‘p  vaqt  unchalik  e’tibor 

berilmadi.  Bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni individual jarayon deb 

hisoblangan.  Buning natijasida pedagogik psixologiyada o‘quvchi- 

larning  mustaqil  fikrlashi va mustaqil  faoliyati  ishning  individual 

shakllaridagina  ro‘yobga  chiqishi  mumkin  deb  hisoblangan.  Le­

kin so‘nggi yillarda sobiq ittifoq davlatlarida,  shuningdek,  Polsha, 

Germaniya kabi mamlakatlardagi ilg‘or o‘qituvchilarning ishlarida 

guruhiy  bilish  faoliyati  har bir 

0

‘quvchiga  darsda  maksimal  faol­



lik  va  mustaqillikni  ta’minlanishi  zarurligi  tasdiqlangan.  So'nggi 

yillardagi olib borilgan tadqiqotlar tafakkur mustaqilligini faoliyat 

sifatida an’anaviy tushunishga jiddiy tuzatishlar kiritdi.  0 ‘quvchi- 

larning o‘zaro nazorati va javobgarligiga asoslangan guruhiy o‘quv 

faoliyati  tafakkur  mustaqilligining  rivojlanishi  uchun  qulay  sha- 

roitlar yaratishi aniqlangan.

Taniqli psixolog va pedagoglarning ilmiy asarlarida kichik mak­

tab  yoshidagi  o‘quvchining  o‘quv  faoliyatidagi  mustaqilligi  uchun 

shart-sharoitlarni  yaratish  nihoyatda  ahamiyatli  ekanligi  haqida 

fikrlar mavjud.  Shunday shart-sharoitlardan biri boshlang‘ich davr­

da o‘quv faoliyatini jamoaviy faoliyat sifatida tashkil etilishidir.

Quyidagi belgilar mavjud bo‘lgan  taqdirdagina  ishni jamoaviy 

deb hisoblash mumkin.

1

.  0 ‘qituvchi  tomonidan  berilgan  o‘quv  vazifasi  yoki  alohida 



bir mikroguruh tomonidan baravar bajarish  qabul  qilinsa.

2.  Vazifalarni  o‘zaro  taqsimlagan  holda  birgalikda  biron-bir 

ish bajarilsa.

3.  0 ‘zaro nazorat va mas’uliyat mavjudligi.

4.  Ishlarni  taqsimlashni  tashkil  etish  va  uning  kechishini 

o‘quvchi laming o‘zlari  nazorat  qilishlari.

Frontal  ishda  (ma’ruza,  hikoya  qilib  berish,  frontal  so‘rovno- 

ma  va  h.k.)  o‘qituvchi  butun  sinfga  teng  ravishda  ta’sir  ko‘rsa- 

tishga  harakat  qiladi.  Bunday  holatda  o‘quvchi  bilan  muloqot 

o‘qituvchining  tashabbusi  bilan  lekin,  juda  kam  miqdorda  amal­

ga oshiriladi.  Individual ishda  (darslik bilan mustaqil ishlash,  mi- 

sol,  masala yechish,  mashqlarni  bajarish va h.k.)  o‘qituvchi  bilan



297


to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot yo‘q.  Bunday holda ko‘pincha  o‘quvchi- 

o‘quvchi,  ya’ni  sinfdoshi  bilan  muloqotga  yo‘l  qo‘yilmaydi  yoki 

cheklanadi.  Darsdagi jamoaviy faoliyat o‘quvchining to‘liq musta- 

qilligi va faolligini rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir.  Bunda 

o‘quvchilar asta-sekinlik bilan o‘quv faoliyatining subyekti sifatida 

yangi  imkoniyatlarini  o‘zlari  uchun  ochib  boradilar.  Bu jarayon- 

da o‘quvchi faoliyati samaraliroq bolishi uchun o‘zini o‘zi nazorat 

etishga  harakat  qiladi.  0 ‘quv  vaziyatlarida  bolalar  ayrim  turdagi 

masalalarni yechish yo‘llari bilan tanishadilar va ularni  egallagan 

zahoti aniq bir masalalarni yechishda  amaliy foydalanadilar.

0

‘quv faoliyatida nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish kichik mak­



tab  yoshidagi  o‘quvchilarda  o‘quv harakatlarini  mustaqil  rejalash- 

tirishi  va  bajarishni  shakllanishida  juda  muhimdir.  Tadqiqotlar- 

ning ko‘rsatishicha, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining masalalarni 

yechishdagi ayrim yo‘l va tushunchalarni yetarlicha egallamaganli- 

gi bu tushuncha va yollarni shakllantirishda bolalar barcha kerak- 

li o‘quv harakatlarini bajarishga o‘rgatilmaganligining natijasidir.

Bolalar  tafakkuri  va  nutqining  rivojlanishida  ovoz  chiqarib 

mulohaza  yuritishning  va  bu  uslubdan  o‘quv jarayonida  foydala- 

nishning ahamiyati katta.  Ovoz chiqarib mulohaza yuritish va o‘z 

yechimini  asoslab  berish  aqliy  sifatlarning  o‘sishiga  xizmat  qilib, 

kishi  o‘z  mulohazalari  va  xatti-harakatini  tahlil  etishi  va  angla- 

shini  rivojlantiradi.  Kichik  maktab  yoshidagi  o‘quvchilarda  aqliy 

va  o‘quv  materialini  o‘zlashtirish  imkoniyatlari  ancha  yuqori  hi­

soblanadi.  To‘g‘ri  tashkil  etilgan  ta’limda  bu  yoshdagi  bolalar 

o‘rta  maktab  dasturida  ko‘rsatilgan  bilimlarga  nisbatan  ko‘proq 

bilimlarni tushunishlari va o‘zlashtirishlari mumkin.  Kichik mak­

tab  yoshidagi  bolalar  o‘quv  faoliyatining  o‘ziga  xos  xususiyatla- 

ridan yana biri  shundaki,  shu  davrdan boshlab,  o‘quv  materialini 

o‘zlashtirmaslikning  dastlabki  belgilari  ko‘zga  tashlanadi.  Kichik 

maktab yoshida past o‘zlashtirish sabablari va o‘qishdagi qiyinchi- 

liklar  quyidagilar bilan  bog‘liqdir:  1)  neyrofiziologik  sabablar;  2) 

bilish jarayonlarining  yetarli  darajada  rivojlanmaganligi;  3)  erkin 

va mustaqil harakat qilish darajasining pastligi;  4) motivatsion so-

298



hdarining  yetarli  rivojlanmaganligi;  5)  oila  tarbiyasidagi,  oilaviy 

munosabatlardagi kamchiliklar;  6)  maktab ta’limi va tarbiyasidagi 

kamchiliklar;  7)  o‘zaro  muloqot  va  munosabatdagi  kamchiliklar; 

8

)  shaxs  xususiyatlardagi  oglshishlar1.  Kichik  maktab  yoshidagi 



bolalar  o‘qishidagi  qiyinchiliklar  bola  shaxsining  barcha  shaxsiy, 

bilish, motivatsion va hissiy va irodaviy sohalarda aks etadi.  Bu qi­

yinchiliklar o‘zaro bir-biri bilan bogliq.  Bir qiyinchilikni bartaraf 

etilishi ikkinchi qiyinchilikni ham kamayishiga olib keladi.

0

‘qishga  nisbatan  ijobiy  munosabat  kichik  maktab  davrining 



oxirlariga kelib, birmuncha pasayish ko‘zga tashlanadi.  0 ‘quv faoli­

yatiga  qiziqish  —  1—2-sinflarda  ko‘tarilib,  3—4-sinflarda  pasaya- 

di.  0 ‘quv faoliyatiga qiziqishning pasayishida o‘qituvchining tayyor 

materialni  bayon  etishi  va  o‘quvchilarning  yodlab  olishlari  usta- 

novkasi  ustunlik  qiladi  va  o‘quvchilarning  faolliklari  taqlid  qilish 

xarakterida boladi.  3—4-sinf o‘quvchilari odatda o‘qilganlarni qay­

ta  hikoya  qilib  berishni,  doskada  yozilgan  mashqni  ko‘chirib  yo- 

zishni,  qoidalar va she’rlarni yodlashni yoqtirmaydilar va aksincha, 

misol  va  masalalarni  mustaqil  ravishda  yechishni,  tabiat  hodisa- 

larini  kuzatishni,  rasm  chizish va  plastilin va  loydan  narsalar  ya­

sash  ishlarini  yaxshi  ko‘radilar.  Boshqacha  aytganda,  kichik  mak­

tab  yoshidagi  o‘quvchilar tashabbus  va  mustaqillik  imkoniyati  bor 

bolgan ishlarga ko‘proq qiziqish bildiradilar.  Kichik maktab yoshi­

da o‘qishga qiziqishning pasayish sabablaridan biri sifatida V.A.Su- 

xomlinskiy o‘qituvchi tomonidan past bahoning  ko‘p  qo‘yilishi,  bu 

esa bolada o‘qishga  nisbatan  qiziqishning pasayishi va o‘z imkoni- 

yatlariga nisbatan bolgan ishonchning pasayishida deb biladi.

Boshlanglch  sinf  o‘quvchilarida  o‘quv  faoliyatining  hamma 

elementlari  shakllantirilganligi va  mustaqil bajara  olinishi  yetak­

chi  faoliyat  sifatidagi  o‘qish  o‘z  vazifasini  bajarganligini  angla- 

tadi.  Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning o‘quv faoliyati o‘z 

tarkibiga quyidagilarni  kiritadi:




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish