Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

311


Ishonch  hissi.

  Narsa  va  hodisalar  o‘rtasidagi  bog‘lanishlar  va 

munosabatlarning to‘g‘riligi kichik maktab  yoshidagi bolalarning 

tafakkuri jarayonida aniqlanib,  mantiqiy ravishda chiqarilgan xu­

losalar  bilan  amaliyotning  o‘zida  yaqqol  isbot  bolganida  ularda 

ishonch hissi tug‘iladi.

Shubhalanish hissi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda to‘liq 

rivojlanmagan  bo‘lib,  bu  his  asta-sekinlik  bilan  o‘quv  jarayonida 

bolaning o‘zi chiqargan qoidalari yoki nazariyalariga zid bo‘lib, ular 

bilan to‘qnashib qolganida tug‘ iladigan hissiyotdir.  Bu juda muhim 

hissiyot bolib, u to‘plangan dalillarni va aytilgan qoidalarni har to- 

monlama tekshirib ko‘rishga rag‘batlantiradi.  «Samarali ilmiy faoli­

yat  uchun  doimo  shubha  bilan  qaramoq  va  o‘z-o‘zingni  tekshirib 

turmoq zarur»  (I.P.  Pavlov).  Bu hislar bola qiyinchiliklarni yengib, 

o‘z ishida malum muvaffaqiyatlarga erishganida ahamiyatli ravish­

da  rivojlanadi.  Kichik  maktab  yoshidagi  bola  o‘qish  va  yozishni 

bilib olganida, o‘zi misol yoki masalani yechishni o‘rganib olganida 

juda katta xursandchilik hissini boshidan kechiradi.  0 ‘quvchilarda 

o‘z  mehnatidan xursand  bolish  hissini  iloji  boricha ko‘proq  yuza­

ga keltirish va uni bola xarakterining emotsional jihatiga aylantirish 

boshlanglch  sinf o‘qituvchisining  asosiy  vazifalaridan  biridir.  Ki­

chik maktab yoshidagi o‘quvchilarning intellektual hislari uning bi­

lish qiziqishlari bilan bogliqdir.  Boshlanglch sinf o‘quvchisi nima 

bolganiga,  qayerda, qachon va qanday qilib bolganiga juda qiziqa- 

di, shuningdek, uni «Nima uchun boldi?» savoliga javobga nisbatan 

shu voqea bilan bogliq bolgan faktlarning o‘zi qiziqtiradi.

Kichik  maktab  yoshidagi  o‘quvchi  doskaga  chaqirilganda  u 

o‘qib  berishga  yoki  yozib  berishga  qolqib,  uyalib  xijolat  tort- 

sa,  bunday  o‘quvchilarni  tez-tez  doskaga  chiqara  berish  kerak, 

ana  shunda u tortinmaydigan bolib  qoladi.  Qayta-qayta  doskaga 

chiqaverish natijasida qo‘rquv hissi susaya beradi va u nihoyat bu- 

tunlay «so‘nib  qolishi» va yo‘q bolib ketishi mumkin.

Albatta,  bunda  shu  hislarni tug‘diruvchi manbaning  takrorla- 

na berishi emas,  balki odamning salbiy kechinmalardan qutulish 

istagi muhim rol  o‘ynaydi.

312



«Lekin  bu  qonuniyat  faqat  oddiy  va  tez  olib  ketadigan  his- 

larga  ya’ni,  bolaga  bir  xilda  ta’sir  qiluvchi  va  mazmuni  chuqur 

bo‘lmagan  obyektlar  sababli  tug‘iladigan  hislargagina  taalluqlidir. 

Murakkab,  chuqur  hislar  bolada  shu  hislarni  tug‘dirgan  obyekt­

lar  bizga  qayta-qayta  ta’sir  o‘tkaza berganida  yo‘q  bolib  ketmay- 

di,  balki,  aksincha,  yana  ham  kuchli  va  barqaror  bolib  qoladi. 

Masalan,  musiqa asarlarini  qayta-qayta eshitish natijasida bizning 

estetik  hislarimiz  chuqur  va  kuchli  bo‘lib  qoladi.  0 ‘zimiz  yaxshi 

ko‘rgan,  o‘zimiz  uchun  qadrli  bolgan joylarga  har  safar borgani- 

mizda bizning shu joylarga bo‘lgan hislarimiz,  mehrimiz,  odatda, 

kuchaya boradi.  Ayrim  emotsional  kechinmalarning  «so‘nib  qoli- 

shi»da boshqa qonuniyatlar ham bor.  Masalan,  qarama-qarshi his­

lar ba’zi  nisbatlarda  bir-birini  yo‘qotib  yuborishi  mumkin.  Salbiy 

his paydo bolib turganida kuchliroq ijobiy his yuzaga keltiradigan 

sabab  paydo  bolib  qolsa,  u holda  salbiy  his  so‘nib  qolishi,  yo‘qo- 

lishi mumkin.  Masalan,  bola yiqilib  tushib,  yiglab  turibdi.  Onasi 

shu paytda kelib qolib,  uni erkalatdi.  Bu  erkalash ijobiy hislarning 

paydo bolishiga kuchli sababchi boladi, shuning uchun ham bola­

da ko‘z yoshi  o‘rniga  kulish,  xursandlik paydo  boladi.  0 ‘quvchi- 

dagi cho‘chib turish hissini qayta-qayta doskaga chiqarish yoli bi- 

langina yo‘q qilib  qolmasdan,  balki bolada qarama-qarshi hislarni 

tug‘dirish  yoli bilan  ham  bu  cho‘chishlikni  oldini  olish  mumkin. 

Masalan,  birinchi sinf o‘quvchisining xavotirligining sababi uning 

o‘z kuchiga ishonmaganligida bolsa, unga oson bajara oladigan va- 

zifalarni berish kerak.  Shu vazifalarni bajara olgani uchun kattalar 

tomonidan  rag‘batlantirilishi,  maqtalishi  bolada  ijobiy  hislarning 

tugllishiga yordam beradi,  xavotirlik  hissi  esa yo‘qoladi.  Shuning 

uchun ham doska oldida u o‘zini dadilroq his  etadi.

Kichik maktab yoshidagi bolalarda intellektual va axloqiy his­

lar,  o‘rtoqlik,  do‘stlik hislari katta o‘rin  ola boshlaydi.  Vatanpar- 

varlik,  vijdoniy  burch  hissi  va  shu  kabi  hislar  paydo  boladi  va 

o'sadi.  Axloqiy  hislarning  rivojlanishiga  jamoaviy  ishlar,  o‘qish 

mazmuni,  turli jamoat  tashkilotlari  va  shubhasiz  o'qituvchining 

shaxsiy namunasi ta’sir ko'rsatadi.  0 ‘qishning boshida aynan shu



313


o‘qituvchi shaxsi kichik maktab yoshidagi o‘quvchining juda ko‘p 

axloqiy hislarining rivojlanishini belgilab beradi.  Birinchi vaqtlar- 

da  o‘quvchi  sinf jamoasi bilan  o‘qituvchisi  orqaligina  bog‘langan 

bo‘ladi.  0 ‘qituvchi  bola  uchun  barcha  diqqat-e’tibori  va  hislari 

qaratilgan  markaziy  figura  bolib  hisoblanadi.  Bilimli,  mahorat- 

li,  bolalarni  sevuvchi  pedagog  o'qishning  keyingi  bosqichlari- 

da  ham  o‘quvchilarining  o‘ziga  bolgan  shunday  munosabatini 

saqlab  qoladi.  Lekin  keyinchalik  bu  muhabbat,  bogliqlik  usto- 

zi va  sinf jamoasi,  o‘rtoqlari,  do‘stlari o‘rtasida bolinadi.  Shunga 

qaramasdan  boshlanglch  sinf o‘quvchisi  uchun  o‘qituvchi  asosiy 

avtoritet  hisoblanadi.  U  o‘qituvchisi  haqida uyida jo‘shib va  hur- 

mat  bilan gapiradi.  0 ‘qituvchining  ta’siri  ostida  asta-sekinlik bi­

lan  o‘quv,  mehnat va o‘yin  faoliyatlarida  har bir sinfdoshi  uchun 

tashvishlanish,  jamoa  (kollektivizm)  hissi  paydo  boladi.  Bu  esa 

bolalardagi oltoqlik hissining rivojlanishiga zamin boladi.  Bola­

lar  o‘qishda  past  o‘zlashtirayotgan  oltoqlariga  yordam  berish­

ga  harakat  qiladilar.  Bu  motivlar  shunchalik  chuqur  va  kuchli 

boladiki,  ular  maqsadlariga  erishish  uchun juda  ko‘p  qiyinchi- 

liklarni:  o‘zlashtirmayotgan  o‘rtog‘ining  dangasaligi,  o‘zining 

darslarini tayyorlashga tezroq ulgurishi, ba’zan esa hatto ota-ona- 

larning  qarshiliklarini  ham  yengishi  kerak.  Bunday vaziyatlarda 

bolada  shakllanayotgan  mas’uliyat hissi qiyinchiliklarni yengish- 

ga va o‘z ishini muvaffaqiyatli bajarishiga yordam beradi.  Birinchi 

sinfda  o‘quvchi  o‘qituvchisining  tanbehlari  o‘rtoqlarining  oldida 

yoki  o‘ziga  yolglz  berilganiga  e’tibor  bermasa,  ikkinchi  sinfda 

o'rtoqlari  oldida  berilgan tanbehlardan  uyaladigan  bolib  qolishi 

bolaning  o‘zini jamoa  a’zosi  sifatida  toliq  his  etayotganidan  va 

oltoqlari uni hurmat  qilishlarini istayotganidan dalolat beradi.

Estetik  hislar  birinchi  navbatda  bolalarning  badiiy  asarlarni 

idrok  qilish  jarayonida  namoyon  boladi.  Uchinchi  sinfga  borib 

bolalar  ustozi  o‘qiyotgan  she’rlarning  nafaqat  mazmuniga,  balki 

o‘qilishidagi  go‘zalligiga  ham  e’tibor  beradilar.  Badiiy  asarlarni 

o‘qiyotganlarida  va  kinofilmlarni  ko‘rayotganlarida  bolalar  aso­

san  asar  qahramonlarining  axloqiy  sifatlarini  baholaydilar.  Ba-



314


diiy asarning estetik tomoni pedagog tomonidan bolalarga ko‘rsa- 

tilishi  kerak.  Ana  shunday  o‘rgatish  bolgan  taqdirdagina  kichik 

maktab  yoshidagi  bolalar  ularga  mos  bo‘lgan  musiqiy  asarlarga 

emotsional baho bera  oladilar.




Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish