Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

Rivojlantiruvchi:

  Olingan  nazariy  bilimlarni  mustahkamlab, 

amaliyotga  yo‘naltirish  yo‘llari  bo‘yicha  ko‘nikma-malakalarni 

rivojlantirish.



Tayanch  tushunchalar: 

kichik maktab yoshi,  o‘quvchi,  maktab 

ta’limi, psixologik tayyorgarlik,  o‘quv faoliyati,  shaxsiy tayyorgar­

lik,  intellektual tayyorgarlik,  harakat tayyorgarligi.



15.1.  Maktab  ta’limiga  psixologik tayyorgarlik va rivojlanishning 

ijtimoiy  shart-sharoitlari

Bolaning  maktabda  muvaffaqiyatli  o‘qishi  ko‘p jihatdan  ular­

ning  maktabga  tayyorgarlik  darajalariga  bog‘liq.  Bolaning  mak­

tabda o‘qishga tayyorligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi.



1.  Shaxsiy  tayyorgarlik.

Motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi. Bilishga qiziqish­

ning mavjudligi.  Ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘zining maxsus

272



o‘rni bo‘lishiga intilish,  muhim baholanadigan faoliyatni bajarish

— o‘quvchi bo‘lish.

Motivatsion  tayyorgarlik.  Katta  bog‘cha  yoshdagi  bolalar  aso­

san,  maktabda  o‘qish  uchun  ehtiyoj  sezadilar,  lekin bu  xohish va 

ehtiyoj  motivi  turlicha  bolishi  mumkin.  «Menga  chiroyli  for­

ma,  daftar,  qalam  va  ruchkalar  sotib  olib  berishadi»,  «Maktabda 

o‘rtoqlarim ko‘p boladi va men ular bilan mazza qilib o‘ynayman», 

«Maktabda  uxlatishmaydi».  Bunday  motivlarni  bolalarga  odatda 

ota-onalar  singdiradilar.  Maktabning  tashqi  ramzlari,  shubhasiz 

bolalarni juda qiziqtiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o‘qish 

uchun  asosiy  sabab  bola  olmaydi.  Ota-onalar,  pedagog,  tarbi­

yachilar tomonidan bolalarga bilish,  o‘rganish motivlarining sing- 

dirilishi  maktabda  muvafaqqiyatli  o‘qish  omili bolib  xizmat  qila 

oladi.  «Men  otamga  o‘xshagan bolishim  uchun  o‘qishim  kerak», 

«Yozishni juda  yaxshi  ko‘raman»,  « 0 ‘qishni  o‘rganaman»,  «Mak­

tabda qiyin misollarni yechishni o‘rganaman»  — bunday motivlar 

to‘g‘ri  motivatsion tayyorgarlikka misol bola oladi.

«0 ‘quvchining  ichki  pozitsiyasi»  bolaning  maktab  ta’limiga 

tayyorligi  ko‘rsatkichi  sifatida  — psixologik yangi  tuzilma bolib, 

kattaroq  ijtimoiy  mavqeni  egallash  ehtiyoji,  bilish  ehtiyojining 

o‘zgarishida namoyon boladi.

ixtiyoriy sohaning rivojlanishi:  ixtiyoriy diqqat,  ijtiyoriy xotira, 

namuna bo‘yicha,  qoida bo‘yicha harakat  qilish.


Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish