Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova


  Tadqiqotning yordamchi metodlari



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

2.3.  Tadqiqotning yordamchi metodlari

Anketa  —  savollar  yordamida  psixologik  axborot  to'plashning 

metodik usulidir.  Bunda savollar mantiqan bir-biri bilan bog‘lan- 

gan bo‘lib,  tadqiqotning  maqsadiga mos keladi.  Anketa yordami­

da o‘qituvchi  o‘quvchilar shaxsiy sifatlarini aniqlash uchun mate­

rial to‘playdi.

Taklif etiladigan  savollarga  qarab,  anketalar mazmun,  funksi- 

yasi,  shakli bo‘yicha turli xil bo‘lishi mumkin.

Mazmun bo‘yicha  anketa:

1.  Faktlar  («Sening  bo‘sh  vaqtingdagi  mashg‘uloting,  «Uy joy 

sharoitingni  ta’rifla»).



2.  Atrofdagi  kishilar,  hodisalar xarakteristikasini  («0‘quv-ish- 

lab  chiqarish  korxonasida  ish  formasi  boshqacha  b olishi  kerak 

deb  hisoblaysanmi?»,  «Ko‘pchilik  bolalar  o‘z  imkoniyatlarini 

to‘liq ishga solmay o‘qishlarining sababi nim ada deb o‘ylaysan?»).



3.  0 ‘quvchining  niyatlarini  ifodalashi  mumkin  («Oliy  o‘quv 

yurtiga kirasanmi?»,  «Yozgi  oromgohga borasanmi?»).

Savollar  bajaradigan  funksiyasiga  ko‘ra  anketa  o‘z  ichiga  qu- 

yidagilarni  oladi:

a)  Filtrlovchi-savollar.  М.:  agar o'qituvchini oliygohga kirishni 

xohlovchilar  qiziqtirsa,  anketada  quyidagicha  savollar  taklif eti- 

ladi:  «Sening  yoqtiradigan  predmeting?».  Bunga  faqat  oliygohga 

kirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilargina javob beradilar.

b)  Tekshiruvchi yoki nazorat qiluvchi savollar.  Ularning asosiy 

funksiyasi  — ma’lumotning to‘g‘riligini  tekshirish.

Shakli bo‘yicha  anketalar:

27



a)  ochiq  —  bunda  to‘g‘ri  savollar  o‘z  xohishiga  qarab,  erkin 

javob berish mumkin;

b)  yopiq  —  bunda  savollarga  tayyor  javob  berilgan  bo‘lib, 

o‘quvchi ulardan birini tanlashi lozim.

Anketa savollariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

1.  Savollar aniq,  tushunarli,  sodda va  konkret  bo‘lishi  lozim.

2. Anketaning boshida oson savollar,  keyin qiyin,  undan keyin 

eng murakkablari,  nihoyasida yana  oson  savollar berilishi lozim.

3.  Bitta  xususiyatni  aniqlashga  bir  necha  savollar,  nazorat  qi­

luvchi savollar berilishi lozim.

Anketa metodining  ijobiy tomoni:

1

)  ommaviy o‘rganish imkoniyati;



2

)  informatsiya to‘plash tezligi;

3)  m a’lumotlarni analiz qilishda matematik metodlardan keng 

foydalanish imkoniyati;

4)  og‘zaki  formada javob  olish  qiyin  bo‘lgan  savollarga javob 

olish imkoni;

5)  bir necha tadqiqotlar natijasini  taqqoslash  imkoni;

6

)  natijalarni  qayd  etishning  qulay usuli.



Shuni  ham   nazarda  tutish  lozimki,  anketa  metodi  shaxs  xu- 

susiyatlarining  barcha  sohalarini  to‘la  o‘rganish  imkonini  ber- 

maydi,  o‘quvchilar turlicha javob  berganlari  tufayli ularni  klassi- 

fikatsiya qilishda qiyinchiliklar uchraydi, javoblarning obyektivligi 

yuqori  emas,  chunki  o'quvchilar  bunga  vijdonan  yondashmas- 

liklari  mumkin.

Quyida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning kommunika- 

tiv  (muloqotchanlik)  xususiyatlarini  aniqlash  uchun  mo‘ljallan- 

gan  anketa tavsiya  qilinadi.


Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish