Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova



Download 12,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/343
Sana31.12.2021
Hajmi12,64 Mb.
#270960
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   343
Bog'liq
Rivojlantirish psixologiyasi Pedagogik psixologiya Nishanova Z T

Tayanch  tushunchalari  kuzatish,  eksperiment,  test,  anketa, 

sotsiometriya,  faoliyat  natijalarini  o‘rganish,  longityud  metod, 

ko‘ndalangiga kesim  metodi.

2.1.  Kuzatish va eksperiment yosh psixologiyasining  asosiy 

metodi  sifatida

Ta’lim-tarbiya jarayonida  o‘quvchilarga  individual  yondashish 

uchun ularning  individual-psixologik  xususiyatlarini,  o‘quvchilar 

shaxsining  o‘ziga  xosligini  bilish,  o‘rganish  zarur.  «Agar  peda- 

gogika odamni har jihatdan tarbiyalamoqchi bo‘lsa,  u oldin o‘sha 

odamni  ham  har jihatdan  bilib  olishi  kerak»,  —  deb  yozgan  edi 

K.D.  Ushinskiy.

Shuning  uchun  har  bir  o‘qituvchi  o‘quvchilarni  o'rganish 

usullari bilan  qurollanishi  shart.  Demak,  yosh va  pedagogik psi­

xologiya  asoslarini bilish har bir fan  o‘qituvchisi,  har bir pedagog 

uchun muhim ahamiyatga  ega.

21



Har bir fanning o‘rganish metodlari bo‘lgani kabi, yosh va peda­

gogik psixologiya ham psixologiya fanining alohida bo‘limlari sifati­

da o‘z tadqiqot metodlariga ega. Yosh va pedagogik psixologiyaning 

metodlari  faqat  nazariy,  ilmiy  tadqiqot  ishlari  uchungina  emas, 

balki kundalik,  amaliy vazifalarni hal qilish uchun ham zarur.

Rus psixologi B.G.  Ananyev bo‘yicha tadqiqot metodlari 4 gu- 

ruhga bo‘linadi:

I.  Tashkiliy  metodlar:  taqqoslash,  longityud  va  kompleks 

metodlari  kiradi.  Taqqoslash  —  umumiy  psixologiya,  ijtimoiy 

psixologiya,  pato-psixologiya  va  defektologiyada  keng  qo‘llanila- 

di.  Yosh va  pedagogik psixologiyada  o‘rganilayotgan  psixik jara- 

yonlarning  dinamikasini  aniqlash  uchun  qollaniladi.  Longityud

—  (uzluksiz)  uzoq vaqt  davomida ayni bir xil  kishilar o‘rganiladi. 

Kompleks  — psixologik tadqiqotlar boshqa fanlar metodlari ishti- 

rokida  o‘tkaziladi  (shaxsning  jismoniy,  fiziologik,  psixik  va  ijti- 

moy taraqqiyoti  aniqlanadi).

II.  Empirik  metodlar:  kuzatish  va  o‘z-o‘zini  kuzatish;  ekspe- 

rimental  psixodiagnostika  metodlari  (test,  anketa,  suhbat,  sotsi- 

ometriya,  intervyu);  faoliyat  natijalarini  tahlil  qilish;  biografiya 

metodlari.

III.  M a’lumotlarni qayta ishlash metodlari:  miqdoriy  (statisti- 

ka)  va psixologik yoki  sifatiy tahlil turlariga bo‘linadi.

IV.  Sharhlash  metodlari:  genetik  va  donalash  metodlari.  Ge- 

netik  metodda  taraqqiyotdagi  bosqich,  pog‘onalar,  inqiroz  holat- 

lari  ajratib  ko‘rsatiladi  (vertikal  aloqa).  Donalash  metodida  esa 

shaxsning  barcha  xarakteristikalari  o‘rtasidagi  «gorizontal»  alo- 

qalar aniqlanadi.

Yosh va pedagogik psixologiya metodlari

Bu metodlardan ayrimlarini ko‘rib  chiqamiz.


Download 12,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish