7.1. Asosiy terminlar va tushunchalar
Toksikologiyani homilaning kimyoviy moddalar bilan zaharlanishini
o‘rganadigan sohasi bo‘lgan “Terotologiya”, grek tilidan kirib kelgan bo‘lib, teras,
ya’ni maxluq nomidan olingan. Ilk yillarda bu soha vakillari kuzatishlar olib
borib, rivojlanayotgan organizmga kimyoviy moddalarning ta’sirini o‘rganishgan.
Lekin, oxirgi yillarga kelib, insoniyat rivojlanishining molekulyar asosi haqidagi
dunyoqarashlarning kengayganligiga asoslanib, soha vakillari kimyoviy ta’sir
natijasida dunyoga keladigan tug‘ma nuqsonliklar asosida yotuvchi biokimyoviy
mexanizmlarga asosiy diqqatini qaratdi. kimyoviy ogohlantirgandan prenatal
38
Bowen SE. Two serious and challenging medical complications associated with volatile substance misuse: sudden sniffing
death and fetal solvent syndrome. Subst Use Misuse. 2011;46 Suppl 1:68–72.
160
zaharlanish boshqa zaharlanish belgilaridan farq qilgani sababli, soha tegishli
terminlarni qo‘llay boshladi. Birinchi termin conseptus (konseptus) bo‘lib, u
homilaning urug‘lanish, embrion, bola, qopchiq, yo‘ldosh faoiliyati kabi butun
jarayonini ko‘zda tutadi. Teratogen moddasi homila morfologiyasidagi salbiy
o‘zgarishlarni erta muddatda aniqlab beradi.
Turli kimyoviy moddalar homilaga rivojlanishining har qanday bosqichida
zarar yetkazadi, ayniqsa, birinchi uch oy davomida e’tiborliroq bo‘lish talab
qilinadi. Rivojlantiruvchi toksikant bola tug‘ilgunga qadar bo‘lgan har qanday
muddatda zaharlanishni ko‘rsatib beradi. Terotogenlar ta’sirida kuzatiladigan
strukturaviy o‘zgarishlardan farqli o‘laroq, rivojlantiruvchi toksikantlar chuqur
tekshirishlarsiz yuzaga chiqmaydigan biokimyoviy va molekulyar o‘zgarishlarni
keltirib chiqarishi mumkin.
Nazariyada, haqiqiy rivojlantiruvchi toksikant yoki teratogen prenatal
rivojlanishga ta’sir qiladi, ammo ona sog‘lig‘iga zarar yetkazmaydi.
O‘sishga to‘siqlik qiladigan kimyoviy modda homilani o‘sishiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi va natijada bola kichik vazn bilan tug‘iladi, bu esa tibbiyotda
“karlik”, ya’ni “pakana” deb ataladi. Asosan bu o‘zgarish homilaning oxirgi 6
oyi davridagi kimyoviy zaharlanish natijasida yuzaga keladi. Bola tana tizimi-
ning o‘sishi asosan oxirgi 3 oy mobaynida bo‘lgani sababli, o‘sishga to‘siqlik
qiladigan kimyoviy moddalar ta’siri o‘z salbiy oqibatlariga olib keladi. Aynan
shu davr mobaynida bosh miya turli kimyoviy ta’sirlarga juda ham sezuvchan
bo‘ladi.
Bu sohadagi ko‘plab mulohazalar, tug‘ish samaradorligi yuqori hisob-
langan sut emizuvchilar: sichqon, kalamush va quyonlarni o‘rganish natijalarida
yuzaga kelgan.
39
Axlatlarda kimyoviy zaharlanish asosan 3 ta salbiy natijalarga:
homilaning notog‘ri rivojlanishi, o‘sishdan to‘xtashi va o‘limiga olib kelgan (7.1-
a,b,c,d rasm).
39
Chandler KJ et al. Evaluation of 309 environmental chemicals using a mouse embryonic stem cell adherent cell differentiation
and cytotoxicity assay. PLoS One. 2011;6(6):e18540. doi:
10.1371/
journal.pone.0018540
. Epub 2011 Jun 7.
161
Do'stlaringiz bilan baham: |