282
Gonadotrop ta’sir − jinsiy sohaga ta’sir.
Zahar deposi − organizmda zahar to‘planadigan (yig‘iladigan) joy
(masalan, yog‘ to‘qimasi, jigar).
Detoksikatsiya − zaharni zararsizlantirish.
Diffuziya − moddaning konsentratsiyalar gradienti ta’sirida (ya’ni katta
konsentratsiyadan past konsentratsiya yo‘nalishida) membrana orqali passiv
o‘tkazilishi.
Ingibirlovchi (inaktivatsiyalovchi) − faollikni bo‘g‘uvchi.
Intermitik ta’sir − zaharli moddalarning vaqt kesimida o‘zgaruvchi
miqdorlarining organizmga uzlukli yoki to‘xtalib-to‘xtalib ta’siri.
Intoksikatsiya (zaharlanish) − organizmga endogen va ekzogen toksik
moddalarning ta’siri tufayli kelib chiqqan patologik holat.
Do'stlaringiz bilan baham: