56
3.1. Singish
STMA qisqartmasidagi «S» tanaga kimyoviy moddalarning singishi
jarayonini, ya’ni tana ichiga to‘qima to‘siqlari orqali kimyoviy moddalarning
surilish jarayonini anglatadi. Zaharli moddaning singishi bir qator anatomik
joylarda sodir bo‘ladi, biroq kundalik hayot davomida uch anatomik joy, ayniqsa,
zaharli moddalarning singishida muhim rol o‘ynaydi (3.2-rasm).
3.2-rasm. Toksik moddalar asosan uch yo‘l orqali organizmga kirib boradi, o‘pka
orqali nafas olib, havodagi zarralar va zaharli moddalarni yutish orqali, oshqozon-
ichak yo‘liga og‘iz boshlig‘i orqali oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish orqali
va teriga toksik moddalarning singishi orqali. Kasbiy kimyoviy moddalar ta’sirida
o‘pka orqali nafas olish va teri orqali singish muhim ahamiyat kasb etadi, dori
vositalarida va mahsulotlarga qoshiladigan komponentlarda esa og‘iz boshlig‘i
ahamiyatga ega.
Kimyoviy moddalar, gazlar va havodagi kichik zarrachalar (masalan, tutun)
uchun o‘pka tomonidan nafas olishda o‘pka muhim rol o‘ynaydi. O‘pka nafas
olish yo‘li orqali kasbga oid kimyoviy moddalar tanaga singib kiradi; Odatda, bir
ishchi navbatdagi 8 soat ish kuni davomida havo orqali 10 kub havo yutadi. O‘pka
to‘qimasining biologik tuzilishi qonning tez oksidlanishiga olib keladi, o‘pkada
57
anatomik to‘siqlar mavjud emasligi bois havodagi kimyoviy moddalar va zarralar
organizmga tez singib boradi. Bundan farqli ravishda teri himoya qatlamiga ega
bo‘lib, kimyoviy moddalarning surilishiga to‘sqinlik qiladi. Teri orqali tanaga
singib kirib ichki organlarga salbiy ta’sir etuvchi kimyoviy moddalar ayniqsa ish
joylarida shakllanadi, ya’ni ishchilar ma’lum bir sohada muntazam ravishda
ma’lum bir kimyoviy moddalarga ishlov berishlari alohida ahamiyatga ega
(masalan, muntazam ravishda bo‘yoqchilar va rassomlar purkagichlar yordamida
bo‘yoq vositalaridan foydalanishi). Bunday ishchilar tez-tez (masalan bug‘lar va
havodagi moddalardan) nafas oladilar, oziq-ovqat manbalaridan va suv orqali ham
zararli moddalar ular organizmiga kirib boradi, teriga zararli moddalarning
sachrashi yoki to‘kilish holatlari ro‘y berib turishi mumkin.
Zaharlanish terining ochiq yerlariga kimyoviy moddalar sachrashi yoki
to‘kilishi, ayrim hollarda barmoq va kaft orqali ehtiyotsiz harakat qilinishi orqali
ham sodir bo‘ladi. Bu turdagi zaharlanish ko‘pincha qishloq-ho‘jalik ishlari bilan
band bo‘lgan va doimiy ravishda pestitsidlar bilan ish olib boruvchi kishilarda
uchraydi. Sezilarli ravishda teri orqali zaharlanish mevali daraxtlar va o‘simlik-
larga, uzumzorlarga kimyoviy moddalar sepilganda va himoya tarzida yuz, qo‘l
kremlari va losyonlari surtilganda sodir bo‘ladi.
So‘nggi o‘n yilliklarda farmatsevtika sanoati va ilmiy izlanish muassasalari
hodimlarining say’i harakatlari tufayli bir qator tadqiqot ishlari olib borilib, dori
vositalarining oshqozon-ichak yo‘li orqali singishi borasida ko‘plab ma’lumotlarga
ega bo‘lindi. Tadqiqot ishlari natijasida zaharli moddalar yuqori oshqozon-ichak
trakti orqali singishi aniqlandi. Yuqori oshqozon-ichak yo‘llari muhim qon oqimi
kanali bilan ham bog‘liq.
10
O‘pka, oshqozon-ichak va teri orqali zaharlanishga qo‘shimcha tarzda zahar-
lanish qon tomirlari va burun, quloq va ko‘zga dori vositalari yuborilganda ham
sodir bo‘lishi ta’kidlanishi lozim.
Singib kirgan kimyoviy moddalar sifatlari. Toksikokinetika aslida inson
10
Smith DA, et al. Pharmacokinetics and metobolism in drug design. Weinheim: Wiley-VCH; 2012.
58
tanasidagi suyuqlik bilan to‘la bir qator membrana to‘siqlarini o‘rganadi.
11
Membrana to‘siqlar nafaqat hujayralarni va to‘qimalarni o‘rab turuvchi fosfolipid
bi-qatlamlarni, shuningdek, mitohondri kabi ichki hujayra bo‘limlarni,
endoplazmik qatqorin va Golgi apparatini ham o‘z ichiga oladi. Membrana bi-
qatlami ichida fosfolipidlar shunday joylashganki unda qutbiy ionlashgan bosh
suvli bo‘lim tomonga yo‘naltirilgan, gidrokarbon dum esa gidrofob yadro tomon
yo‘nalgan. Bunday biologik jihatlar bir necha fizik omillar orqali kimyoviy
moddalar bilan singishga tayyorligini nazorat qiladi (3.3-rasm).
Hajm. Molekula hajmi yoki vazni uning tanaga singishiga katta ta’sir etadi.
Yaxhi singigan kimyoviy moddalar odatda unchalik katta hajmda bo‘lmaydi.
Molekula tashuvchi oqim uchun substrat hisoblanadi. Molekula biologik ta’sir va
zaharli hujayra ichidagi atrof-muhit uchun substrat hisoblanadi. Molekula
membranaga kirishga kattalik qiladi. Molekula lipid membranasiga kirishda
gidrofil bo‘ladi. Molekula lipid membranasiga kirganda hajm muvozanati,
lipofillik va iyonlashuvga ega bo‘ladi. Kichik molekulalar suv to‘la kanallar orqali
to‘qimalarga kirib boradi.
Singib kirishni oldindan bashorat etish.Zaharlanishni baholashda membrana
ksenobiotiklarni singib kirishini oldindan aytib bera olish qobiliyati juda muhim.
Bu ayniqsa dorining og‘iz orqali singi-shida muhim, chunki, dori-darmon bilan ish
olib boruvchi kimyogarlar membranalarni singib kirishini bashorat qila oladigan
vositalari keng ko‘lamda ishlab chiqdi.
LogP. Kimyoviy moddalarning fizik va kimyoviy xususiyatlari “moy-suv”
yoki “oktanol tarqalish koeffisiyenti-suv” yordamida baholanadi. Qisqacha
aytganda, qiziqish uyg‘otayotgan moddani teng hajmda suv bilan to‘ldirilgan suvli
idishga solinadi, idishda suv va suvga aralashmaydigan organik suyuqlik ya’ni
n-oktanol yoki biotik lipid yoki o‘simlik yog‘i ham bo‘ladi. Idishni mahkam
berkitib yuqorida qayd etilgan moddalar aralashib ketgunga qadar qattiq
chayqatiladi. Organik eruvchi modda suvchalik zich bo‘lmaganligi bois yuqoriga
11
Birkett DJ. Pharmakokinetiks made easy. Deakin: Australian Preskriber; 2009.
59
ko‘tarilib yuza qatlamni hosil qiladi (rasm 3.4). Ikki qatlamdagi zaharli moddalar
aralashmasi – tarqalish koeffitsenti kimyoviy moddalarning qanday yo‘l bilan
biologik membrana bo‘ylab singishini ko‘rsatib beradi. Bu qiymat odatda 10
logorifm asosida namoyon bo‘ladi (ya’ni LogP).
3.3-rasm. Lipidga boy hujayra membranalari tashqi muhitdan kiruvchi kimyoviy
moddalarga nisbatan to‘siq sifatida harakat qiladi. Ksenobiotiklar tomonidan
membranaga singib kirishda ta’sir etuvchi asosiy xususiyatlar o‘z ichiga vazn,
lipofılisit, gidrofobisitin va iyonlashuvni o‘z ichiga oladi. Membrana tashuvchilar
ham ko‘p to‘qimalarda ksenobiotiklar yig‘ilishini boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |