Z. T. Karabayeva



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

7.4-rasm.  A  rasm:  atrof-muhitni  ifloslantiruvchilar  endokrin  tizimiga  zarar 
yetkazuvchilar sifatida; B rasm: estrogen retseptorining ligandasi sifatida qaralgan 
estradiolning  turli  atrof-muhitni  ifloslantiruvchi  potensiyalarga  solishtirilishi. 
Muayyan  estradiol  [3  H]  birikmaning  raqobatbardoshligi  umurtqali  jonzodlar 
                                                           
45
 
Meeker  JD.  Exposure  to  environmental  endocrine  disruptors  and  child  development.  Arch  Pediatr  Adoleck  Med. 
2012;166:952–8.
 
 


 
 
177 
 
jigaridan  olingan  sitazol  ekstraktida  o‘rganilgan.  C  rasm:  Rivojlanayotgan 
homilada ostrogen retseptorlariga choralar zaharlanishni kamaytiradi. 
 
Bu  kabi  turli-tuman  birikmalarning  toksikologiyasi  manbasi  kandan-kam 
holatda bitta bo‘ladi va ularning endokrin to‘qimalariga ta’sirini ligandlar sifatida 
samarali  faolligidan  bashorat  qilish  oson.  Ular  steroid  garmonlariga  ta’sir  qiladi, 
bular  esa  o‘z  o‘rnida  endokrin  tizimiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadigan    kimyoviy  
moddalar  uchun  asosiy  maqsad hujayrasidir  (7.4-b,c rasm).  
BFA  va  u  bilan  bog‘liq  ekologik  birikmalarning  endokrin  zaharlovchisi 
shuni  ko‘rsatdiki,  zaif  estrogenli  bir  nechta  birikmalarning  birlashuvi  qo‘shimcha 
zaharlanishni keltirib chiqaradi. Bu  g‘oya  hayvonlar ustida tajribalar olib boruv-
chi  mutaxassislar  tomonidan  qo‘llab-quvvatlanishiga  qaramasdan,  ularni  odam-
larda  sinab  ko‘rish  bir  qator  qiyinchiliklarni  keltirib  chiqarishi  mumkinligi  sabab 
qarshiliklarga uchradi.  
b)    Pestitsidlar.  Sintetik    pestitsidlarning  qishloq  xojaligida  keng  qo’llani-
lishi  bu  birikmalarga    toksikologiya  jihatidan  ko‘proq  e’tibor  qaratishni  taqozo 
qiladi.  Turli  harakat  mexanizmlari  va  har-xil  kimyoviy  jihatlariga  ega  bo‘lgan 
pestitsidlarning  sog‘liq  uchun  zararli  jihatlari  haqida  umumiy  to‘xtamga  kelish 
qiyin.  Masalan,  ko‘plab    organoxlorin  pestitsidlarining  yuqori  lipofillik  va 
metabolizmga  bardoshlilik  xususiyatlari  ularni  fosforogen  pedtitsidlarining 
zaharlanish  farqlari  spektinidan  boshqacha  ekanligining  yaqqol  dalilidir.  Ayni 
paytda  dunyo  miqyosida  40  dan  ortiq    fosforogen  pestitsidlari  zararkunanda 
hashorotlarga qarshi qo‘llanilmoqda, va bu guruhga kiruvchi pestitsidlar eng ko‘p 
ishlatiladigan  samarali  moddalar  hisoblanadi.  Xloroorganik  moddalarning 
qo‘llanilishi qator mamlakatlarda ancha kamaytirilganiga qaramasdan, ular qishloq 
va  shaharoldi  regionlarida  zararkunandalarga    qarshi    eng    yaxshi    vosita    bo‘lib  
qolmoqda. 
Kaliforniya  bog‘dorchiligida  ishlaydigan  bir  guruh  muhojirlarning  farzand-
lari  tekshiruvdan  o‘tkazilganda,  pestitsidlarning  qurbonlari  ijtimoiy  jihatdan  farq 
qilishi  aniqlandi.  Odamlarga  tog‘ridan-tog‘ri  ta’siridan  tashqari,  pestitsidlar  uzoq 


 
 
178 
 
vaqt  atrof-muhitga  ham  ta’sir  o‘tkazadi,  bu  esa  birinchi  marta  boqqa  yoki  dalaga 
bordandagi  ta’sirdan  ancha  yuqoridir:  ular  yer  osti  qatlamida  va  suvda  saqlanib 
qoladi,  uzoq  yillar  davomida  yerni  zaharlaydi,  bundan  tashqari  o‘simliklar, 
hashorotlar, sudralib yuruvchilar va sut emizuvchilar ham bevosita zaharlanadi. 
Pestitsidlarning  turli  mavsum  va  turli  maydonlarda  har  xil  ko‘rinishda  va 
maqsadlarda  ishlatilganligi  sababli  ularning  inson  sog‘ligiga  zarari  miqdorini 
aniqlash  murakkab  jarayon.  Ikkinchi  tomondan  esa,  ayrim  pestitsidlar  bir  turdagi 
hosillarni  katta  miqdorda  yetishtirish  jarayonida  uzoq  vaqt  mobaynida  ishlatiladi. 
Toksikologlar  hamda  aholi  sog‘lig‘ining  himoyasiga  javobgar,  kimyoviy 
moddalarning    salbiy  ta’sirini  baholovchi  mutaxassislar  turli  sharoitlarda  inson-
larga  ta’siri  va  natijalarni  hisobga  olishlari  zarur.  Doimiy  ravishda  katta  miqdor-
dagi  dorilar  bilan  ishlaydigan  qishloq  xo‘jaligi  mehnatkashlaridan  tortib,  to 
qishloqlardagi  zaharlangan  suv  va  havo  iste’molchilari  va  tarkibida  kimyoviy 
moddalar    bo‘lgan  tuproqni  og‘ziga  solgan  bolalargacha  pestitisidlar  qurbonlari-
dir.  Bu  zanjirning  oxiri  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarining  shahardagi  iste’mol-
chilaridir. 
Pestitsidlar  saraton  kasali  sababchisi  sifatida  uzoq  vaqt  davomida 
mutaxassislar  tomonidan  o‘rganilayotgan  bir  paytda,  rivojlanayotgan  miyaga 
ularning  ta’siri  masalasi  ko‘tarildi.  Bu  esa  texnologiyalarning  tirik  organizmlarda 
aniq  vaqt  kesimida  miya  funktsiyasini  o‘rganish  imkoniyatlarini  ko‘rsatib  berdi. 
Bu  texnologiyalar  miya  strukturasidagi  o‘rganilayotgan  sub’yekt    va    pestitsid 
ta’siri  natijasi  orasidagi  nozik  farqlarni  ko‘rsatib  beradi.  Keng  qo‘llaniladigan 
fosfororganik  insektitsid  xlorpirifosmitil  miyaning  rivojlanishiga  salbiy  ta’siri 
sababli  mutaxassislar  diqqatini  tortadi.  

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish