qozoni, 23 - karterning moy tagligi, 24 - silindrlar bloki, 25 - qozondan
suyuqlikni qaytarish quvuri.
Quvur bo‘ylab shamolparrakdan kelayotgan havo qozonning yonish
kamerasiga kirayotganda uyurmalagich parraklari atrofida bir tekis aylanadi.
Uyurmalangan havo yonish kamerasiga kirayotgan yonilg‘i bilan aralashadi.
Keyin almashtirib ulagich (1) «0» holatiga quyiladi va ulagich (4)
yordamida cho‘g‘lanish svechasiga ulanadi. Ulagich bilan bir vaqtning o‘zida
uning qizishini ko‘rsatuvchi nazorat cho‘lg‘ami ham qo‘shiladi. Cho‘lg‘am
och-qizil ranggacha cho‘g‘langan
zahotiyoq, qozonning yonish kamerasidagi
benzin alangalanadi. Shundan keyin almashtirib ulagich dastagi II holatiga
quyiladi. Yonish kamerasida turg‘un alangalanish bo‘lgandan so‘ng
cho‘g‘lanish svechasi o‘chiriladi va benzinning keyingi yonishi undan oldingi
yongan alangadan sodir bo‘ladi.
12 daqiqa vaqtdan keyin qozonning qo‘yish bo‘g‘zi (10) dan 6-8 l sovut-
ish suyuqligi quyiladi, bo‘g‘iz qopqog‘i yopiladi va dvigatelni qizdirish davom
qildiriladi. Bunda qizdirish qozonining issiqlik quvurida qizigan suv quvur (25)
bo‘ylab silindrlar blokining suv g‘ilofiga keladi va quvur (15) bo‘ylab blokda
sovugan holdagi suyuqlik qozonga keladi. Bir vaqtning o‘zida
gaz chiqarish
quvurlaridan chiqayotgan issiq gazlar dvigatelning karteri ostiga yo‘naltiriladi
va dvigatelning moylash tizimidagi moyni qizdiradi. Suv qizib radiator
bo‘g‘zida bug‘ hosil bo‘lgandan so‘ng tirsakli val tutkich bilan aylantiriladi.
Keyin dastak qozonni shamollatish holati (1) ga quyilgan holda qizdirish
qurilmasi o‘chiriladi va yonilg‘i bakining jo‘mragi (8) yopiladi. Qozondagi
alanga shovqini tugagandan 1 minut o‘tgach, dastak «0» holatiga olib kelingan
holda shamolparrak o‘chiriladi. Shundan keyin dvigatel yurgiziladi, radiatorn-
ing suv to‘kish jo‘mragi yopiladi va tirsakli valni o‘rtaga
aylanishlar chasto-
tasida qizdiriladi, sovutish tizimi oldin quyish bo‘g‘zi orqali, keyin radiator
qopqog‘i yopiq holatda teshik orqali to‘ldiriladi.
Dvigatel 70°C haroratgacha qizigandan so‘ng avtomobilni harakatlantirish
mumkin. Isitish asbobi ishlatilganda shuni
esdan chiqarmaslik lozimki,
qizdirish qurilmasi qozoni 1,5 minutdan ortiq suvsiz qolishi ta‘kidlanadi.
Qozonning suyuqlik bilan to‘la to‘ldirilmasligi ham uning ortiqcha qizib
ishdan chiqishiga olib keladi. Elektrik shamolparrak bilan qozonni shamollat-
maguncha qizigan qizdirish qurilmasi ishga tushirilmaydi. Zaharli gazlar bilan
zaharlanishdan saqlanish uchun shamollatish yomon bo‘lgan yopiq joylarda
dvigatelni qizdirish ma‘n qilinadi.
Dvigatelni sovutish tizimida suyuqlik to‘kilayotganda qizdirish qurilmasi-
ning to‘kish jumragini ham ochish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: